Sariq Dev
13.9K subscribers
1.24K photos
381 videos
4 files
842 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar.

Avval aytagnimdek, dasturlash asoslari darsimiz yakuniga yetib qoldi. Xo'sh keyingi rejalarimiz qanday?

Dastavval reja qilinayotgan darslar bilan tanishsak:

1. Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (Data structures and Algorithms) - har bir dasturchi bilishi shart bo'lgan mavzu.

2. Data Science - bugungi kunda eng dolzarb va kundan-kunga talab ortib borayotgan yo'nalish. Bu darslik o'z ichiga ma'lumotlar bilan ishlashdan tortib, kompyuterlarni tarbiyalash (machine learning, deep learning) mavzularini o'z ichiga oladi.

3. Django - Pythonda web dasturlar yaratish uchun framework (ko'p sonli talablarga ko'ra)

4. Pythonda mukammal Telegram botlar yaratish bo'yicha darslik. Katta ehtimollik bilan bu darslarimiz pullik bo'ladi (lekin qimmat emas 😅). Bunga sabab, darslarni tayyorlash uchun ancha vaqt va resurslar sarf qilinayapti. Evaziga esa siz tayyor hunarga ega bo'lasiz, va botlar yozish orqali daromad qilishni ham boshlab yuborishingiz mumkin.

Inshaalloh, darslar orada 1-2 hafta farq bilan, oldinma-ketin boshlanadi, parallel olib ketiladi va tempi avvalgidan tezroq bo'ladi. Sababi, endi siz dasturlash olamiga yangi emassiz (Dasturlash Asoslari darsimizni yaxshilab o'zlashtirib olgansiz) deb tasavvur qilamiz

Texnik jihatdan ham darslarimizni yangi bosqichga chiqaramiz, inshaalloh. Birinchi navbatda, bepul va chegaralangan gitbook xostingidan, maxsus, ta'lim uchun mo'ljallangan xostingga ko'chamiz. Bu o'z navbatida onlayn testlar, amaliy mashg'ulotlarni avtomat tekshirish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, har bir mavzu ostida izoh qoldirish, savol-javob, talabalar bilan ikki tomonlama muloqot va eng muhimi onlayn video muloqot qilish imkoniyati qo'shiladi.

Bularning hammasini amalga oshirish uchun biroz vaqt talab qilinadi, shuning uchun dasturlash asoslari darsimizni tugatib, texnik tayyorgarlik uchun 1 hafta-10 kun tanaffus qilamiz.

Umid qilamiz, bu orada yangi tinglovchilarimiz ham Dasturlash asoslari darslarimizni tugatib, qolganlarga yetib olishadi.

Xullas rejalar katta. Duo qiling va sahifamizni yaqinlar bilan ulashishni unutmang.

Hurmat bilan, Anvar Narzullaev @sariqdev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/tvA1QV7D1Lo

Ushbu darsimizda Pythonning standart kutubxonasidagi datetime, math, pprint, regex modullari bilan tanishamiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/last-words/38-python-library

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
☺️ Dasturlashni o'rganish mutlaqo oson!

tutorials.uz platformamizda ham bepul ham pulli dasturashga oid video dars va kitoblarni o'zbek tilida topshingiz mumkin.

Kanalga qo'shiling 👇
@tutorialsuz
RedMonk portali GitHub va StackOverflow saytlarini tahlil qilib, eng ko'p ishlatilgan dasturlash tillarining reytingini tuzibdi:
1 JavaScript
2 Python
3 Java
4 PHP
5 C#
5 C++
5 CSS
8 TypeScript
9 Ruby
10 C
11 Swift
12 R
13 Objective-C
14 Shell
14 Scala
16 Go
17 PowerShell
18 Kotlin
19 Rust
19 Perl

Katta o'zgarishlardan, Dart (Flutter) dasturlash tili bir yilda 3 punkt yuqoriga ko'tarilib, top 20 ga yaqinlashibdi.

JavaScript 1-o'rinni saqlab qolgan. Java esa 2-o'rinni Pythonga bo'shatib bergan.

@sariqdev
Mana dasturchilar xato qilganda nima bo'ladi. AQShdagi banklardan biri mijoziga bitta plastik kartani 64 marta yuboribdi.
While tsikli to'xtamay qolgan shekilli 🤦‍♂️
@sariqdev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/59pGm0doHB0

Ushbu darsimizda Pythonning tashqi kutubxonasidagi turli foydali modullar bilan tanishamiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/last-words/39-pip-pypi

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
Kechagi Python tashqi kutubxonasi haqidagi darsimiz uchun izlanish qilib, yana bir qiziqarli va #foydali modulga ko'zim tushdi.

Tanishing, howdoi moduli. howdoi ingliz tilidan "Qanday qilib..." deb tarjima qilinadi. Bu modul yordamida siz istalgan dasturlash tiliga oid savollarga javob olishingiz mumkin.

Savol ingliz tilida bo'lishi kerak. Javob StackOverflow sahifasidagi top natija asosida qaytariladi. Albatta, qurilma internetga ulangan bo'lishi kerak.

Rasmdagi misolda men Pythonda for tsiklini qanday qilib yozishni so'radim, va ko'rsatilgan javobni oldim. Aslida bundan ham murakkab so'rovlar yuborish mumkin.

Marhamat, siz ham urinib ko'ring. Ehitmol, kimdur howdoi va googletrans asosida yangi bot ham yaratar (faqat Kirill-Lotin (Eng-Uz) bot qilaverasilarmi 😁).
🔥 Assalomu alaykum hurmatli dasturchilar! 🔥
Mana CSS bo'yicha kursimizni ham yakunlab oldik🎉 63 ta dars davom etgan kursimizda CSSning eng asosiy qismlarini ko'rib, tushunib va amalda ishlatib ko'rdik. O'ylaymanki kurs davomida o'zingizga kerakli bilim va tajribalarga ega bo'ldingiz.

Yaqinda bizning hisob bo'yicha 3-kursimiz boshlanadi va u "CSS"ning mashhur Bootstrap freymvorkiga bag'ishlanadi. Kurs davomida freymvork o'zi nimaligidan boshlab, "Bootstrap 5"ning barcha asosiy mavzularini birma-bir ko'rib chiqamiz. Kursni tugatib sizlar osonlik bilan responsive va sifatli veb sayt qilishni o'rganib olasizlar. Kursni ozgina tanaffus bilan boshlab olamiz va In Shaa Allah 22-mart kuni kursimizning birinchi darsini Youtube sahifamizga yuklaymiz.

Agar kurslarim sizga ma'qul kelayotgan bo'lsa albatta izohlarda o'z fikrlaringizni bildirib o'ting. Do'stlar bilan ulashishni ham esdan chiqarmang 🙂

Hurmat ila,
@ulugbeksamigjonov
NASA tomonidan yaratilgan va hozirda Mars sayyorasini kezib yurgan Mars 2020 Perseverance roboti 256MB operativ xotira, 2GB flesh xotira va 200MHz prosessorga ega.
Bu avvalgi robotdan salkam 10 barobar ko‘proq.

@sariqdev
@uzimlo_bot bilan xatosiz yozamiz.

Yaqinlarga ulashing, foydasi tegsin.

Siz ham dasturchi bo'lishni istasangiz @sariqdev kanaliga tashrif buyuring.
🧠 Ақлий меҳнат сирлари

Ақлий меҳнатнинг мисоллари: қийин китоб ўқиш, мураккаб масала устида ишлаш ва маънили матн ёзиш (ва албатта дастурлаш)

Оз одамларгина ақлий ишга осонгина шўнғиб, жараёндан лаззат топа оладилар, натижа эса уларга қўшимча мукофотдек бўлади. Кўпчилик эса бунга киришади-ю қандайдир ички совуқ тўсиққа урилиб хафсаласини йўқотади. Шу тўсиқларни енгиб ўтиш баъзи сирлари билан бўлишмоқчиман.

1. Ақлий иш қилишдан олдин таомингизга аҳамият беринг. Оқсилга бой, енгил ҳазм бўладиган озуқа мияга ҳужайралари тез ва самарали ишлашига омил бўлади. Балиқ, ёғсизроқ гўшт, тухум, творог, бир оз ёнғоқлар, кўтара олсангиз сут – мана шулар каби. Ширинлик, хамир овқатлар ақлий ишни секинлаштиради. Яхшиси уларни мукофот тариқасида иш битгач еган яхши, мутлақо воз кечвориш ярамайди.

2. Жисмоний машққа киришиш олдидан аъзоларни қиздириб, чўзиш ҳаракатлари қилинади. Худди шундай ақлий ишни бошлаш олдин мия аъзоларини яхшилаб қиздириб олиш керак. Лекин қиздириш ҳаракатлари, биринчидан, ишингиз мазвзуга алоқадор бўлгани яхши; иккинчидан, енгил истеъмол бўладиган визуал контент бўлмасин. Мисол учун биология бўйича китоб ўқиётганингизда “қизиқишни уйғотиш учун” енгил елпи мавзуга оид бўлса ҳам видео ролик кўманг. Ундан кўраси биологияга оид журнал кичик мақолаларини варақланг, ёки китобингиздаги ажратиб ёзилган абзацларни кўз югуртириб чиқинг. Асосий нарса миянгизда саволлар туғилсин ва ўзингизча жавобни ўйлаб кўринг, ўқиш жараёнида миянгиз жавобингизни текшириб кўришга уринади. Қизитиш йўлларидан бири бу. Видео контент эса ташқи ҳиссиёт ички ҳиссий иштаҳани бўғиб қўйиши мумкин (ширинликлар каби).

3. Ўпка, қон томирлари ва мия ҳужайралари етарлик кислород билан тўйинишини таъминланг. Билиб қўйинг, мияни зўриқтирадиган ақлий меҳнат - биокимёвий жараён. Биокимёвий жараённи ёниш деса бўлади, кислородсиз ёндириш, куйдириб босиш мумкин эмас. Нафас олиш машқлари жуда кўп, биронтасини танлаб қўлланг. Юриш ҳаракати ҳам кислород билан яхши таъминлайди. Сув ичиш ҳам кислород билан тўйинишга ёрдам беради, умуман биокимёвий жараёнлар сувли муҳитда кечади.

4. Ишга киришишдан олдин чалғимасликка аҳд қилиб 10, 20, 40, 60 минутдан иборат танаффусли муддатлар белгиланг. Самарасиз бўлаётган бўлса ҳам шу 10 ёки 20 минутлик вақт охиригача етказиб ўтираверинг. Агар мия ишлаб кетиб, илҳом ёқангиздан тутганини ҳис қилсангиз-у муддат тугаган бўлса ҳам тўхташ интизомини шакллантиринг.

Бир оз танаффус қилиб янги муддатни бошланг. Интернетда “Помодорро” услуби ҳақида қизиқиб кўринг. Ишнинг энг қизиқ жойида узишдан қўрқманг! Бу ҳақда кейинги бандда.

5. Ҳеч қачон чарчаб холсизлангунча, кўнглингизга тегиб кетгунича ишламанг! Шундай қилсангиз вазифангизга бошқа сафар қайтиш жуда оғир кечади. Чарчоқнинг бошқа номи - оғриқ. Мия оғриқни ёмон кўради. Мия оғриқни унутмайди, минг хил баҳона билан ақлий ишга қайтишингизга тўсқинлик қилади. Яхшиси иштаҳа борида тўхтанг.

Эртаси куни учун қайси жойидан давом эитишни белгилаб бошқа ишларингизга равона бўлинг, масалан ухланг. Вақти келиб енгилгина шу жойидан давом этиб кетаверасиз. Бу нафақат синалган услуб балки деярли барча ёзувчилар ва олимлар муваффақиятли меҳнати сири!

Бундан кучлироқ тавсия топмаганман... Ишонишингиз учун, эсланг нима учун одамлар узундан узун сериалларни кутиб, севиб кўришади? Ҳар бир серия қизиқ жойидан узилади. Минг бир кеча эртакларидаги Шаҳризода ҳам бу сирни яхши билган.

Бу ҳақда яна ёзгим келди-ю, ажратилган тайм тугаб қолди.

Жамшид Муслимов
14.03.2021
Dasturlash asoslari kursimizning yakuniy videosi: https://youtu.be/aWbfQRwZz7E
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoylik olimlar maxsus tok va yorug'lik o'tkazuvchi tola ixtiro qildilar. Bu toladan to'qilgan matodan endi bemalol "aqlli" kiyimlar yaratish mumkin. To'qilgan smartfon deysizmi? Kaftingizga ekran deysizmi? Kayfiyatingizga qarab rangi o'zgaradigan kiyimlar deysizmi? Marhamat, imkoniyatlar cheksiz.

@sariqdev
"Dasturlash Asoslari" video kursi asosida kitob chop etilishiga qanday qaraysiz?

Iltimos, izohlarda fikringizni bildiring.
Anonymous Poll
54%
Chiqsa sotib olardim
24%
Chiqsa yaxshi, lekin menga video kurslar ham yetdi
9%
Shart emas. Video darslarning o'zi yetarli
13%
Farqi yo'q 😏
💡 Yuqori daromadli kasb egasi bo'lishni xohlaysizmi? Web dasturlash bo'yicha bilim va konikmalaringizni maksimal darajaga olib chiqmoqchimisiz?

💡 Unda sizga quyidagi kanalni tavsiya qilaman, bu kanal bilan web dasturlashga bo'lgan qiziqishlaringizga javob topasiz.

💡 Kanalda quyidagi texnologiyalarga oid real loyihalar videodarslar va zoom meetinglar bo'lib o'tadi:

Front-End: HTML 5, CSS 3, Sass, Bootstrap 4, JavaScript, jQuery, ReactJs, Git\Github;

Back-End: PHP 7, Oop, Sql, MySql, Yii 2, Laravel;

Bonus: Wordpress, Joomla.

Albatta hammasi tekin o'rgatiladi 😊

LINK: 👉 @webkurs_fullstack
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
Ishga kirish suhbatida so'ralgan savolga javob bera olasizmi?

Kodingizda birorta raqam (son) ishlatmasdan 1 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni konsolga chiqaruvchi dastur yozing.

Javoblaringizni izohda kutaman. Googledan so'ramasdan javob topishga harakat qiling.

upd: Javoblarni http://carbon.now.sh/ sahifasi yordamida rasm qilib yuklang. Kod qaysi tilda ekanini kodning 1-qatorida izoh ko'rinishida qoldiring.

#jumboq
Demak, ertalabgi savolga juda ko'p to'g'ri javoblar berildi. Ba'zilarini postda keltirdim. Birinchisi men o'zim taklif qilgan yechim. Lekin undan ham originallari borligi uchun juda xursandman.