Sariq Dev
13.4K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
844 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gemini sun’iy intellektni insoniyatga foyda keltirishqilishni maqsad qildi.

Boshqa sun’iy intellekt modellaridan farqli o‘laroq, Gemini turli xil ma’lumotlarni, jumladan, matn, tasvir, audio, video va kodni birgalikda ishlay olishga o‘rgatilgan.

@naxalov
🔥48👍18👏21
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishga kirishdagi muammolarga yechimlar

😀 MohirDev bitiruvchilari bilan maxsus uchrashuv bo'lib o'tdi

📶 Anvar Narzullayev, Sardor Dushamov va Ulug'bek Samigjonovlar ishtirokida bo'lgan uchrashuvda rezyume to'ldirishdan boshlab junior sifatida ish boshlashgacha bo'lgan jarayon tahlil qilindi

🔥 Kuchli porfolio, ajralib turadigan rezyume, “cover letter, networking” mavzulari sizga qiziq bo'lsa, tadbir videosini albatta ko'rib chiqing

🖥 Tadbir so'ngida "resume-review" - bitiruvchilarning rezyumelari tahlil qilinib, muhim tavsiya va ko'rsatmalar berildi

👉 Videoni tomosha qilish

Dasturchi do'stlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🔥11👏32🎉2
MohirDev.uz
Ishga kirishdagi muammolarga yechimlar 😀 MohirDev bitiruvchilari bilan maxsus uchrashuv bo'lib o'tdi 📶 Anvar Narzullayev, Sardor Dushamov va Ulug'bek Samigjonovlar ishtirokida bo'lgan uchrashuvda rezyume to'ldirishdan boshlab junior sifatida ish boshlashgacha…
Ishsizman deydi, lekin shu videoda aytilgan xatolarni toʻgʻrilamaydi. Qanday qilib dasturchi boʻlmoqchi, hayronman. Kecha ham bir CV keldi, koʻrib koʻzim qonab ketdi.

Qilmaylar degan hammasini ataylab qilganga oʻxshaydi.
😁174😢23🔥20👍17
Haqiqiy startuplar ogʻriq ustiga quriladi. Kim qanday tushundi?

Izoh qoldiring 👇
👍167🤔23😢5👎3🤩2🔥1
Sariq Dev
Haqiqiy startuplar ogʻriq ustiga quriladi. Kim qanday tushundi? Izoh qoldiring 👇
Tony Fadell (iPod, iPhone, Nest) "Build" kitobida shunday deydi: "Eng zo'r startuplar bu og'riq qoldiruvchi dorilar, vitaminlar emas". Odam vitamin ichmasdan bir umr yashashi mumkin, vitamin ichib yurganlar esa 3-4 kun boringki 1 oy ichmasa ham hech narsa bo'lmaydi. Lekin og'riq kelib turganda, dori ichmasa kuni o'tmaydi.

Ko'pchilik izohda startupga to'g'ri ta'riif berib, "Startuplar muammolarni hal qiladi" deb yozibdi, agar bu muammo og'riqli muammo bo'lsa undan ham zo'r. Agar bu og'riq kop'chilikni qiynab kelayotgan, asoschilar o'zi shaxsan his qilgan, uzoq muddatdan beri azob chekib kelayotgan bo'lsa, nur ustiga a'lo nur. Mana shunday og'riq ustiga qurilgan startuplar kuchli bo'ladi.

Men oxirgi 2 yil juda ko'p startup xakaton va bootcamplarda tashkilotchi, mentor yoki jyuri sifatida qatnashdim. Afsuski bugungi kunda aksar startuplar "Kelinglar bitta g'oya o'ylaylik" bilan boshlanadi. Ya'ni na og'riqni his qilib, na bu og'riqning sababini bilib, birdan muammo va yechim izlashga o'tib ketishadi. Undan ham yomoni avval yechim topib, keyin muammoni izlaydiganlar bor.

Jarayon esa aksincha bo'lishi kerak, avval og'riqni his qilasiz (topasiz), keyin uning sababini qidirasiz (muammo), so'ngra unga yechim izlaysiz (g'oya). Lekin endi ham shoshib ketmang, sababi g'oya odamni ko'r qiladi.

G'oya bu huddi farzand kabi, sizning farzandingiz hammadan go'zal va aqlli bo'lgani kabi, g'oyangizning ham nuqsonlarini ko'rmaysiz. Boshqa g'oyalar ko'zingizga ko'rinmaydi. Eng zo'r g'oya sizniki va hoziroq himoya qilish kerak. Uni hech kimga ishonmaysiz, hech kim bilan muhokama qilmaysiz, ahir boshqalar "tushunmaydi" yoki hammasidan yomoni tushunib qolsa, o'g'rilab ketadi. Mana shunday fikrlash odamni ko'r qiladi, g'oyani esa tug'ulmasidan o'ldiradi.

Kallangizga g'oya keldimi, shoshmang. Uni avval o'rganing. Nega bu g'oya boshqalarning hayoliga kelmagan, kelgan bo'lsa nega aynan sizniki boshqalardan farqli? O'zi g'oyangiz yaxshimi? To'g'rimi? Bozor qabul qiladimi? Odamlar foydalanadimi? O'zi bu kimgadur kerakmi?

G'oyani boshqalar bilan muhokama qiling, balki siz ko'rmagan nuqsonlar, siz bilmagan yoki kutmagan past-balandlari bordir? Balki suhbatdosh g'oyangizni sayqallashi yoki undan ham yaxshiroq g'oya taklif qilishi mumkindir? Balki sizning og'rig'ingizni his qilgan boshqa bir inson ham uzoq muddatdan beri qiynalib, hamkor/sherik izlab yurgandir? Balki g'oyangizni siz kutmagan tarafdan qo'llaydigan insonlar bordir?

Xullas, startup qilish oson emas. Eng yaxshi startuplar esa o'g'riq ustiga quriladi.

Fikringiz qanday? Izohlarda qoldiring.
👍143🔥233👏3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mohirdev uchun muhim kun...
👍88🔥24🎉10👏4😱32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
45 kunlik General English Booster
(Online video course)

📆Boshlanishi: 1-yanvar

📈Darajalar:
Beginner + Elementary + Pre-intermediate

Kurs kimlar uchun?
-Ingliz tilini chala o'rganganlar
-Ingliz tilini mustaqil o'rganayotganlar
-Ingliz tilini takrorlash istagida bo'lganlar
-Ingliz tilini TEZ o'rganishi kerak bo'lganlar
-Ingliz tilini ish uchun o'rganmoqchi bo'lganlar
-Chet elga ketishi kerak bo'lganlar


Kurs kimlarga to'g'ri kelmaydi?
-Ingliz tilini 0 dan boshlayotganlarga
-Ingliz tilini puxta o'rganmoqchi bo'lganlarga


Kursga kiradi:
Video darsliklar
Elektron kitoblar
Maxsus guruh + chat
Support teacher
Headway 5th original video
Exit Test
Har darajadan keyin, jonli efir

Joylar soni: 100

Kurs narxi: 750.000 250.000 UZS

PS: Videolar kursdan keyin yana 1 oy davomida saqlanib qoladi.

Dars sifatini ko'rish👈

Darslarga yozilish:
@leapsupport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥9👎4
Forwarded from Nizamoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUN'IY INTELLEKT - DO'ST YOKI DUSHMAN?

2023-yilda eng ko'p eshitgan so'zlarimizdan biri "Sun'iy intellekt" mavzusida YouTube sahifam uchun foydali video tayyorladik. Video davomida Anvar Narzullayev va Adham Zohirovlardan olgan intervyularimiz bilan esa sohaning texnik tomonlari haqida ham qiziqarli ma'lumot olasiz!

📌 TO'LIQ KO'RSATUV:
https://youtu.be/IYtUIzjGXnQ
🔥27👍11
Ajoyib xushxabar!

Shanba kungi bo'ladigan "Bir ilm" kitob suhbatining bu galgi mehmoni kim ekanini bilasizmi?

— Yeungnam universtiteti axborot texnologiyalari muhandisi PhD olimi — "Mohirdev" platformasi hamda Mohir AI asoschisi
— "Universiti Sains Islam Malaysia" oliygohi professori
— "Pythonda dasturlash asoslari" kitobi muallifi

Anvar Nazrullayev

bu galgi ilm suhbatimizda qadrli mehmon bo'ladilar!

"Musulmon tadbirkor" kitobi suhbatida tirik kitoblarning tajribasidan ham o'rganamiz!

Vaqti: 23-dekabr,
O'zbekiston vaqtida: 19:00
Koreya vaqtida: 23:00

Ilmning ustuni savol. Suhbatgacha savollaringizni qayd qilib yurish esingizdan chiqmasin!

Ilmga muhabbat havasdan boshlanadi!
#elon

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍61🔥194👏4🥰2
Forwarded from MohirDev.uz
🎙 Computer Vision sohasi haqida gaplashamiz

Sohani o'rganishga ikkilanayotganlar uchun ovozli suhbat uyishtirishga qaror qildik

Suhbatda siz Computer Vision imkoniyatlari, O'zbekistondagi unga bo'lgan talab, sohada ishlash va yaqinda e'lon qilingan kurs haqida bilib olasiz

Bundan tashqari, 7 yildan buyon Computer Vision sohasida faoliyat ko'rsatayotgan Zarifjon Naxalovdan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo'lasiz

🗣 Ovozli suhbat 23-dekabr, soat 21:00 @mohirdev telegram kanalida bo'lib o'tadi

O'tkazib yubormang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪄MagicBot 2.0, bugun!

Yangi daraja uchun yangi yilni kutish shart emas.

Chegaralarsiz sotish imkoniyatini va'da qilayotgan yangi versiyamiz tayyor. Yangi dizayn, avvaldan buyurtma berish imkoniyati(предзаказ) va 10 dan ortiq yangi funksional yechimlar. Mahsulotingiz va mijoz orasidagi masofani maksimal qisqartiring. Onlayn savdoda o’z o’rningizni mustahkamlang!

Bu hali hammasi emas, katta o'zgarishlar oldinda. Hozirdan bizga qo'shilishga qaror qilganlar uchun ajoyib chegirmalar taklif qilamiz.🎁

🔜 Bugun 25.12.2023 soat 20:30 taqdimotni o'tkazib yubormang!

Taqdimot uchun Link 🔗
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍13
Google Bard yangi qoʻshimchalaridan biri endi istalgan Youtube videoning qisqa mazmunini olish, shu video boʻyicha savol-javob qilish, kerak boʻlsa qaydlar yoki maqola yozdirish ham mumkin.
👍157🔥23😁9😢5🤩4🤯3
Kecha koʻp bahslarga sabab boʻlgan post haqida fikringiz qanday?

Izohlarda qoldiramiz.👇 Kechroq oʻzimning fikrimni yozaman.

p.s. Shaxsiyatga oʻtmasdan, fikrga fikr bildiramiz. Tupoylar uchun ban 🚫
😁73👍17🔥32👎2
Aytgancha, Microsoft imi-jimida Co-pilot mobil ilovasini chiqarib yuboribdi. Qizigʻi, ichida GPT-4 bepul (ChatGPT da pullik).

p.s. yuqoridagi post boʻyicha video kechroq chiqadi. Yozildi, siqilayapti.
🔥63👍26😱10😢5😁3🤯3
Baʼzilarda "yaxshi pul yoki ulush berilsa yonib ishlaydi" degan tushuncha bor va bu xato.

Xato ekanligi esa qayta-qayta tadqiqotlar bilan isbotlangan. Buni Fortune 500 (top 500) kompaniyalarning 30 yillik tarixini oʻrganib chiqqan, minglab rahbar va oddiy ishchilarning suhbatini olib, "Good to Great" kitobini yozgan Jim Collins juda yaxshi tushuntiradi:

The good-to-great companies understood a simple truth: the right people will do the right things and deliver the best results regardless of the incentive system.
...
The purpose of a compensation system should not be to get the right behavior from the wrong people, but get the right people on the bus in the first place and to keep them there


Maʼnosini buzmaslik uchun, tarjimani oʻzingizga qoldiraman.
👍92🔥17👎42