Sariq Dev
13.6K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
843 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Axborot texnologiyalari rivojlanyapti, lekin axborot xavfsizligi ortda qolmoqda (mi?)

🇺🇿 O'zbekistondagi kiberxavfsizlik bo'yicha ahvol qanday? Foydalanuvchilarning ma'lumotlari yetarli darajada himoyalanganmi?

🎙 Shu kabi savollarga javob topish maqsadida soha mutaxassislari bilan podkast uyushtirdik.

- Anvar Narzullayev - MohirDev platformasi asoschisi;
- Sanjar Toshev - kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis, CyberBro kompaniyasi asoschilaridan biri;
- Mavlutdin Narzullayev - axborot xavfsizligi bo'yicha mutaxassis.

🔔 Podkast premyerasi bugun, soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi

👉 Premyerani tomosha qilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MohirDev.uz
🔍Barcha "detektiv"larni meetup'ga chaqirib qolamiz

🔵 "QA - Sifat Nazorati" mutaxassislari detektivlarga o'xshaydi. Ularning vazifasi xatolarni topish va ularni to’g’rilashga yordam berish.

🗣 Agar siz ham QA mutaxassisi bo'lishni niyat qilgan, yoki bu soha bilan yaqindan tanishmoqchi bo'lsangiz, sizni katta QA MEETUP'ga chaqirib qolamiz.

📶 Tadbirdan nimalar kutilmoqda?

- Sanjar Qosimov - "QA haqida barchasi" - mavzusida sizni QA olamiga olib kiradi, QA o'zi kim, sohani o'rganish bosqichlari va yo'l xaritasi;

- Boburbek Baxrombekov - "Web Automation testing using Cypress and JS" - veb-saytlarni test qilish va uni avtomatlashtirish hamda, amaliy ko'rsatma;

- Jo'raboyev Abdurashid - "Rest assured'ga kirish" - Rest dasturi yordamida API'larni avtomatlashtirib testlash haqida aytib o'tadi.

📍 Tadbir 12-avgust, shanba kuni, soat 18:00'da MohirDev ofisida bo'lib o'tadi. Ishtirok etish uchun hoziroq o'z joyingizni band qiling.

👉 Ro'yxatdan o'tish

😉 Detektiv do'stlaringizni xabardor qilish esingizdan chiqmasin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bazida koʻngilxushlik ham qilib turish kerak.
#IshBor #Vakansiya

👤 Lavozim: Sotuv Menejeri (Sales Manager)

▪️ Vazifalar:
— Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash
— Kurslarga oid so'rovlarga javob va maslahat berish
—Olingan ma’lumotlarni bazaga kiritish
—Mijozlarga to'lov kvitansiya yuborish
—Ishga mas'uliyat bilan yondoshish

🔺 Talablar:
— Sotuvda tajribaga ega bolish
—20-30 yosh orasidagi ayol-qizlar va yigitlar
— Xushmuomalalik, intizom
— Shaxsiy rivojlanishga intilish

Imkoniyatlar:
— O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
— karyeraviy o'sish imkoniyati;
— o'z vaqtida to'lanadigan ish haqi;
— malakali mutaxasisslardan tashkil topgan katta va ahil jamoa;
— katta tajriba orttirish imkoniyati;

Ish jadvali: 6/1 soat, 09:00-18:00
Maosh suhbatda kelishiladi

Rezyumeni quyidagi havola orqali toldirib yuborishingiz mumkin:
✉️ https://oneapp.ly/en/jobs/sales-manager--79eK8W0z
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻchada Mohir aka deb chaqiradiganlar koʻpayib ketdi 😅
Ideal rezyume yozish formulasi

💼 Ishga topshirganingizda birinchi bo'lib so'raladigan narsa bu albatta - REZYUME

✍️ Qachonki rezyume talabga javob bersagina keyingi bosqichga o'tishingiz mumkin. Shunday ekan talabga javob beruvchi rezyume qanday bo'ladi?

MohirDev ta'lim bo'limi tomonidan "Ideal rezyume yozsh formulasi" nomli maxsus qo'llanma tuzib chiqildi. Bu qo’llanma orqali to’g’ri rezyume yozishni o’rganasiz va uni o’qib bo’lgach, aniq ketma-ketlikda rezyume yozish uchun shablonga ega bo’lasiz

🆓 Maxsus qo'llanmani bepul qo'lga kiritishni xoxlaysizmi? Unda quyidgai linkdan ro'yxatdan o'ting:

👉 Qo'llanmani yuklab olish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzida shunday mayda narsalar ustida ham kimdur bosh qotirganiga besh ketamanda. Textdan nusxa olsam, telefon raqamini alohida xotiraga oldi. Juda foydali qoʻshimcha.
Sun'iy intellektning ta'limga ta'siri qanday?

🔥Barchamizga ma’lumki, sun’iy intellekt (AI) so’nggi yillarda buyon juda tez fursatda rivojlanib kelmoqda va bu orqali har bir sohaga kirib sezilarli darajada ta’sir o’tkazib kelmoqda. Bularga yaqqol misol bu sun’iy intellektning ta’limdagi o’rni. Uning hozirgi kunda ta’limga kirib kelganini hisobga olgan holda, biz sun’iy intellektning O’zbekistondagi ta’limga qanday ta’sir ko’rsatayotganini aniqlash maqsadida tadqiqot olib bormoqdamiz.

👋 Ushbu so'rovnoma orqali biz talabalar, o'qituvchilar va mutaxassislarning fikrlarini bilishni xohlaymiz. Sizning sun'iy intellektning ta'limga ta’siri haqida bergan fikrlaringiz biz uchun juda muhim!

Sizga qulay bo'lishi uchun biz ushbu so'rovnomani ikki tilda taqdim etmoqdamiz: O'zbek va Ingliz. Keltirilgan havolalardan o'zingizga tegishlisini tanlang va ta'limni rivojlanishi uchun o'z hissangizni qo'shing

Talaba va o'quvchi yoshlar uchun so'rovnoma:
1. O'zbek tilidagi savollar 👉 Google Forrm
2. Ingliz tilidagi savollar 👉 Google Form

O'qituvchi va mutaxxasislar uchun so'rovnoma:
1. O'zbek tilidagi savollar 👉 Google Form
2. Ingliz tilidagi savollar 👉 Google Form
Hozir shunaqa qilish "moda" ekan😅

Qisqasi, foydali deb bilgan AyTi kanallarni yig'dik va bitta "folder"ga joyladik.
Qiziq bo'lsa qo'shib qo'ying, qiziq bo'lmasa, yo'lingizda davom etavering😜
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Bugun 20:30 da

Kiberxavfsizlik bo'yicha master-klassni o'tkazib yubormang

🎁 Master-klass qatnashchilarini maxsus sovg'a va katta chegirma kutmoqda

@kiberxavfsizlik_masterklass
⚡️Ulgurmaganlar uchun faqat 23-avgustgacha yana bir imkoniyat

Qiymati 2,500,000 so'mlik bo'lgan kursni siz 400 ming chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Bonus sifatida qiymati 247 ming so'mlik Telegram Bot kursini bepul qo'lga kiritasiz.

👉 Buning uchun:

1. kiber.mohirdev.uz saytiga kiring.
2. Ma'lumotlaringizni kiriting.
3. 100 ming so'm to'lab, joyingizni band qiling.

😊 Qolgan to'lovni keyin to'lashingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Mahsulot nima? 

Hayratlanarli darajada ko‘p startap loyiha asoschilari nima sotayotganini bilmaydi.

Oddiy misol, bugun Pizza & Pitch tadbiri davomida bir yigit onlayn meditsina xizmati g‘oyasini taqdim qildi. Mahsulotingiz nima degan savolga esa "Onlayn platforma" degan javobni oldim.

Yoki yana bir misol, Taksi chaqirish xizmati. Menga yillar davomida son-sanoqsiz odamlar "Yandex Taxiga muqobil dastur yaratayapman" deb murojaat qiladi. Yaqindan gaplashganimda, asl mahsulot qolib, katta summani mobil ilova yaratishga sarflagan bo‘lib chiqadi.

Endi sizga savol, bu ikkisi qanday xato qildi? Asl mahsulot nima edi? Mablag‘ va resurslarni qayerga sarflash kerak edi?
Sariq Dev
📱 Mahsulot nima?  Hayratlanarli darajada ko‘p startap loyiha asoschilari nima sotayotganini bilmaydi. Oddiy misol, bugun Pizza & Pitch tadbiri davomida bir yigit onlayn meditsina xizmati g‘oyasini taqdim qildi. Mahsulotingiz nima degan savolga esa "Onlayn…
🚖 Mahsulot nima? (Davomi)

Aslida bu savolga javob olish uchun startapga mijozning koʻzi bilan qarash kifoya.

Yuqoridagi birinchi misolda mahsulot bu – sogʻliqni saqlash (shifokor, dori, poliklinika, laboratoriya). Mijozga doktor kerak, sizning ilovangiz esa vositachi xolos.

Ikkinchi misolda mahsulot bu – taksi (A nuqtadan B nuqtaga borish). Ilova esa qoʻshimcha qulaylik xolos.

Aksar startaplarning xatosi – agar zoʻr ilova (platforma) qilsam, mahsulot oʻzi yugurib keladi deb oʻylashida. Natijada, asoschilar hamma pulini dastur yaratishga sarflaydi, dastur ishga tushadi, mahsulot esa yoʻq.

Agar YandexTaksi kabi dasturlarning bozorga kirib kelishini oʻrgansak, ular aksar pulini haydovchilarga sarflagan boʻladi. Mijozlarga raqobatchilardan pastroq narx, haydovchilariga esa koʻproq pul vaʼda qilib, oʻrtadagi tafovutni oʻz choʻntagidan beradi (demping).

Onlayn medisina ham shunday, dasturni MVP (eng sodda) koʻrinishiga olib kelib, asosiy kuchni aynan shifokorlarni jalb qilishga harakat qilish kerak.

Soʻzimni bitta yaxshi misol bilan tugataman, mohirdev kompaniyasiga asos solganimizda oʻz-oʻzidan darslarni joylash uchun platforma masalasi koʻtarildi va sherigim Muhammadxalil bosh qotirmasdan, bepul Wordpress va bitta arzon plagindan foydalanishni maslahat berdi. Asosiy urgʻuni esa mahsulotga (video darslarga) qaratdik.

Huddi shu payt, bizga miraman.uz deb nomlangan oʻquv platformasi aloqaga chiqdi va ularda platforma tayyor ekanligi va darslarimizni ularga qoʻyish taklifink berishdi. Meni hayron qoldirgani, ular platformani yaratish uchun 50000$ sarflashgan edi. Ya'ni asosiy mahsulot (darslar) qolib, hamma investisiya vositachi dasturga sarflab yuborilgan.

Oradan 2 yil oʻtdi, Miraman.uz sayti hozir ham aktiv, holatini esa kirib koʻrsangiz boʻladi (albatta, bu yerda boshqa faktorlar ham boʻlsa kerak).

Xullas, bu xatoni qilmang, resurlarni toʻgʻri taqsimlang.
Mohirdev top 😎