Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Koreada startuplarga investisiya kiritish davlat miqyosida ragʻbatlantirilgan. Maxsus Fund of Funds (Fondlar fondi) tashkil etilib, bu fond venture fondlarga, ular esa oʻz navbatida startuplarga sarmoya kiritadi.

Fund of Funds vazirlik miqyosidagi tashkilot. Oʻzbekistonda ham tez orada shunday fond tashkil etilishi va pullar UzVC orqali tarqatilishi koʻzda tutilgan.
👍81🔥10😱21
Uzcard Ventures. 1 million dollar portfolio. Shu kunga qadar 500ming sarmoya kiritishgan. Yaxshi loyihalar boʻlsa, Fintech, Medtech, Edtech, E-commerce va boshqa loyihalarga investisiya berishadi.
👍67🔥8👎2
Aloqabankning AloqaVentures sarmoya fondi. Oʻzbekistondagi eng katta fond. Jamgʻarmasi 8 million dollar. Oʻrtacha sarmoya $50-250K.
👍66🔥14👏3
Mohirdev haqida ham aytib berdik. Tarixi, investorlar bilan munosabat, muammolar va hokazo.
👍105🔥185
Bugungi muhokamadan umumiy xulosalar:
- Venchur fondlar va startuplar davlat rivoji va innovatsiya uchun o’ta muhim.
- O’zbekiston venchur sarmoya borasida ilk qadamlarini bosmoqda, bozorda o’yinchilar ham startuplar ham qo’l bilan sanoqli darajada kam.
- Pul bor. Katta pul bor, sarmoya olishga arzigulik startuplar esa yo’q.
- Startuplarni yetishtirish uchun tizimli ishlash kerak. Akkselerasiya va inkubasiya loyihalari ko’payishi kerak.
- Qonunchilik tomondan katta muammolar bor. Startup, investor, valuation (qiymat), equity, option, tushunchalari yoki umuman yo’q yoki eskicha qolib ketgan.
- Chet el venchurlarida O’zbekistonga nisbatan hali ham qo’rquv va ishonchsizlik bor. Pul kiritishdan avval startupdan firmani chetga (Dubai, Singapurga) ko’chirishni so’rashadi.
- Qonunchilikni yangilash uchun AloqaVentures va IT Park prezidentga takliflar bergan, tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda. Bu yuqoridagi ikki muammoni hal qiladi deb umid qilamiz.
- Kelajak startuplarniki.
👍114🔥19👏9🤩51
Bugungi kunim Kitoblar Olamida yakun topdi. Alisher Sadullayev bilan Ibrat Farzandlari loyihasini muhokama qilib, yillik rejalarni aniqlashtirib oldik.

Aytgancha, bugun bayram, Ibrat Academy mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshdi.

Bu hali boshlanishi, oldinda sizni ajoyib yangiliklar kutmoqda.

Kuzatib boring.
👍143🔥21👏122
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥102
Sariq Dev
Video message
Mohirdevda Uzgeeks hamjamiyati bilan hamkorlikda .Net tadbiri boʻlayapti.

Shunday tadbirlarda qatnashmay, ish topa olmayapman deb nolimang. Networking judayam muhim. .Net ni tushunmasangiz ham, kamida Sardor ogʻani koʻrib ketish, savollarga javob olish imkoni boʻladi.
👍77😁17🔥4
Bu hammasi mish-mish, Sardor og’a o’zi bilan olib kelib, stolni ustiga qo’yib, rasmga olib ketgan bo’lsa kerak 😒.
😁217👍11🔥82👎1
Forwarded from Format | Mohirdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🏫 👩‍🏫 Universal informatika oʻqituvchilari

Agar “Bizda informatika ustozi faqat dars beradi”, – desangiz ishonmayman.

😅 Izohda shunaqa koʻpfunksional informatika oʻqituvchilarini belgilab ketamiz.
@format_mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁204👍22🔥11
Bugun @mohirdevda Sardor o’gani kuzatar ekanmiz. Senior dasturchining kun tartibi qiziqmi? Unda @mohirdev kanaliga o’ting. Kechqurun esa jonli suhbat ham bor ekan.

PHP yoki Python degan savolni so’rash esdan chiqmasin 😁.
👍54🔥13😁63😱2
Bugun sening kuning,
Kuning sening bugun,
Sening kuning bugun,
Bugun kuning sening,
Kuning bugun sening,
Sening bugun kuning!
😁110👍14🎉7🔥51👏1
MohirAI jamoamiz ham 10 kishidan oshibdi, qoil. Bir yilda juda koʻp ishlar qilindi. Oʻzbek tili modelimiz raqobatchilar orasida aniqligi eng baland boʻlib qolmoqda.

Yil davomida bozorga bir nechta Rossiya va Yevropa kompaniyalari kirishga harakat qilishdi, hozircha hammasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

Biz esa B2C sektordan B2B ga fokusni qaratganimiz uchun onlaynda koʻrinmay qoldik. MohirAI asosiy mijozlari qoʻngʻiroq markazlari boʻlib qolmoqda. Sunʼiy intellektimiz Oʻzbek tilida soʻzlashib, bemalol savollarga ham javob bera oladi. Bundan tashqari katta media kompaniya bilan kino va seriallarni AI yordamida dublyaj qilish ustida ishlayapmiz, natijalar zoʻr. Ovozlarni hissiyotlar bilan chiqardik, haqiqiy aktyor ovozidan ajratish juda qiyin.

B2C bozori uchun mohir.ai studio mahsulotini chiqarganmiz, Oʻzbek tilidagi videolarga bir zumda subtitr yaratish mumkin. Katta mijozlardan Abdukarim Mirzayev, har bir videolariga Oʻzbek tilida subtitr qoʻshayaptilar. Yaqinda studioga boshqa tillarga avtomat tarjima ham qoʻshish arafasidamiz.

Darvoqe, tarjima modeli ham oʻzimizniki. Bu borada Asaxiy.uz va 1000Kitob loyihasi bilan hamkorlik olib borayapmiz.

1 yil avval MohirAI ni taqdimot qilganimizda baʼzi dasturchilar ustimizdan kulib, "buni biz ham qila olamiz" mazmunida gaplar qilishgan edi. 1 yil oʻtdi, negadir raqobatchilar koʻrinmayapti.

Yana yangiliklar koʻp, tez kunda Ibrat Farzandlari bilan hamkorlikda katta bir loyihani taqdim qilamiz, ungacha esa kuzatib boring.
👍301🔥70😁14🎉84👏4👎2🤩2🤔1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сунъий интеллект “давления”ни даволашни бошлайдими? – Оксфорддаги ўзбек олими билан суҳбат

Иқболжон Собиров дунёнинг энг нуфузли олийгоҳларидан бири, Буюк Британиянинг "Оксфорд" университетида илмий иш қилмоқда. У Kun.uz билан суҳбатда илмий иши, унинг аҳамияти ҳақида гапириб берди. Иқболжоннинг айтишича, у илмий гуруҳ билан амалга ошираётган иш келажакда юрак қон томирлари касалликларини сунъий интеллект билан муваффақиятли, тезроқ даволашга, ташхис қўйишга ёрдам бериши мумкин.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ
🔥72👍37🤩6👏3😁3