Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from Lazizbek.io 🗽
Nimaga dasturlashni o'rganish kerak? yohud dasturlashni o'rganishning foydalari

Har kim dasturlashni o'rgana oladi. Bu postda dasturlashni o'rganishdagi foydalar va eng muhimi bu soha sizga to'g'ri keladimi yok yo'qligi haqida bo'ladi.

1. Har kim dasturlashni o'rgana oladi.
Dasturlashning eng jihatlaridan biri shuki sizning yoshingiz, jinsingiz yoki kelib chiqishingizga qaramasdan, bu sohani o'rganish oson. Uzoq vaqt davomida odamlar dasturlashni faqatgina matematik yoki olimlar, qisqa qilib aytganda "botanik"lar uchun deb o'ylashgan. Lekin hozirda esa bunday emas. To'g'ri matematik bilim/ko'nikma va tahliliy fikrlay olish dasturlashni o'rganish va uni amalda qo'llay olish jarayonini bir muncha tezlashtiradi, ammo o'rganish uchun siz daho bo'lishiz shart emas. Yetarlicha vaqt va energiya sarflab, uni bemalol o'rgana olasiz.

2. O'zingiz o'rgana olasiz.
Coding ni o'rganishni yana bir oson tomonlaridan biri bu sizga faqatgina noutbuk va internet tarmog'i kerak bo'ladi. Hozir internetda tonnalab resurs borligi, o'rganishni oldingidan ko'ra ancha tezlashtiradi. Disclaimer: Tutorial Hell dan ehtiyot bo'lish zarur.

Boshlash uchun shu kurslarni maslahat beraman:
Bepul Front-end asoslari - Mohirdev
Bepul Python Dasturlash asoslari - Anvar Narzullaev
HTML asoslari - Ulug'bek Samigjonov

3. O'rganish tezligi
Dasturlashni online o'rganish jarayonidagi eng yaxshi tomonlaridan biri bu sizning o'rganish tezligingizdir, ya'ni kursni o'zizni bilim olish salohiyatingiz va tushunishingizga qarab moslashtira olasiz. Masalan, agar sizdagi kunlik tarzi judayam band bo'lsa, coding ni o'z kunlik jadvalingizga sekinlik bilan moslashtirib olishingiz mumkin. Kuniga 30, 40 minutdan boshlab bir necha soatgacha chiqarib olish mumkin.
Va shu orqali haftasiga 5 - 10 soatgacha vaqt sarflanadi. Qanchalik o'rganganingiz sari, ishtiyoq ham shuncha kuchayib boradi va bir muncha murakkab loyihalar ustida ishlashga ham kirib keta olasiz.

4. Diplom shart emas
Bir necha yil oldin, umuman dasturlash sohasida ishlash uchun malum bir daraja talab etilgan, bakalavr yoki magistr. Lekin hozirda turli xildagi online kurslar va resurslarning mavjudligi, bu "diplom kerak" degan tushunchani yo'qga chiqardi. Shu asnoda, ko'pchilik katta "tech" kompaniyalar ishga qabul qilish jarayonida odatda diplomga unchalik e'tibor berishmaydi, ya'ni diplom ikkinchi darajali. Bu maqolada batafsil yozilgan

5. Dasturchilar jamiyati
Dasturlashga birinchi qadamni qo'yganingizda, tom ma'noda siz dasturchilar jamiyatiga(o'xshash fikrli va bir birini "поддержка" qiladigan individuallar guruhi) qo'shilgan hisoblanasiz. Sizda qanaqadir muammo va tushunmovchilik paydo bo'lsa, ko'plab online forumlarda savol qoldirib osonlikcha javob topish mumkin agar uni Google Tog'o topib bera olmasa. Qo'shimchasiga, har xil soha vakili bo'lgan va hozirda dasturlash bilan shug'ullanayotgan odamlar bilan tanishasiz va do'stlar orttirasiz, bu albatta "networking" uchun foydali.


6. Yuqori maosh
Hozirgi kun ish bozorida eng ko'p maosh oladigan soha vakillari qatoridan shak shubhasiz dasturchilar ham o'rin olgan. Hattoki, sizning ishingiz kod yozishni taqozo etmasa ham, dasturlashni bilishingiz sizga bir qancha ustunliklarni taqdim etadi, masalan ko'proq maosh va "promotion". Dasturchilarning qancha maosh olishlari haqida bu yerda batafsil.

7. Flexibility
Dasturchi sifatida dunyoning istalgan nuqtasida turib ishlash imkoniyatiga egasiz, albatta noutbuk va barqaror internet bo'lishi shart. Qo'shimchasiga, agar siz biror kimning qo'l ostida ishlashni yoqtirmasangiz, bir qancha online platformalarda o'zingizga ma'qul kelgan narx va vaqtga qarab ish olishingiz mumkin. Albatta bu darajaga chiqish uchun biroz vaqt talab qilinadi.

Qisqa qilib xulosa qiladigan bo'lsak, dasturlashni o'rganish uchun bir qancha yaxshi sabablar mavjud. Va shu online resource larning mavjudligi, sizni o'rganishlikdan to'xtatib qola olmaydi. Agar qiziqsangiz, nima uchun harakat qilib ko'rmasligingiz kerak? Shunchaki sinab ko'rish kifoya qiladi va shu yo'l orqali bu soha siz uchun yoki teskarisi ekanligini aniqlashtirib olasiz shunda.
👍90🔥8👏32😁2🤔2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy sunʼiy intellekt Machine Learning yordamida "tarbiyalanadi". Ya'ni, biror obyektni ajratadigan dastur yaratish uchun, avval kompyuterga turli obyektlarni millionlab marta ko'rsatish kerak.

Kompyuter nimani ko'rgan boʻlsa, shuni ajrata oladi xolos. Ko'rmagan narsasini esa "tanimaydi".

Videoda zamonamizning eng aqlli hisoblangan Tesla mashinasi 3.5million dollarlik samolyotni toʻsiqligini tushunmay qolgan.

@sariqdev
😁115👍63😱21🤯11🔥65😢5👎1
Mendan ko'pchilik IT sohasida magistirlik va doktorlik qilaymi yoki ishga tushib ketaymi deb so'raydi.
Mening shaxsiy maslahatim ishga kiring.

Buning bir nechta sababi bor:
1️⃣ Magistrlik va Doktorlik bu ilmiy unvonlar va bu darajalarga ega bo'lish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi. Ya'ni siz 2 yil magistrlik qilgan davrda, 2 yil biror kompaniyada ishlagan odam sizdan ko'ra ko'proq tajribaga ega bo'ladi va sizdan ko'ra qadrliroq kadr hisoblanadi.

2️⃣ Ilmiy unvonlar sizni tor sohada mutaxassis qiladi. Ilmiy nazariyalar amaliyotga nisbatan 2-3 qadam oldinda yurishini hisobga olsak, siz olgan bilimlar yaqin kelajakda amaliyotda qo'llanilmaydi.

3️⃣ Magistrlik va doktorlik bu sehrli tayoqcha emas. MS yoki Doktor bo'lish sizga ish topishni mutlaqo osonlashtirmaydi. Agar ilmiy unvonga ega bo'lganlar osongina ish topadi deb o'ylasangiz juda qattiq adashasiz. Aksincha, junior (boshlang'ich) ishlarga o'zingiz topshirgingiz kelmaydi (shuncha o'qib junior bo'lamanmi), middle (o'rta) lavozimlarga esa tajribangiz yetmaydi (sababi nazariya qilib yurgansiz).

Qolaversa ish beruvchiga ham magistr yoki doktor odamni past lavozimga olishiga yoki ma'naviy (hijolatchilik) yoki yuridik (unvon uchun qo'shimcha haq to'lash) kabi to'siqlar bo'lishi mumkin.

Xo'sh, unda MS va Doktor kim uchun? Kelajakda o'z sohasida ilmiy izlanishlar, ixtiro va kashfiyotlar qilaman deganlar uchun. Magistraturada o'qish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi, lekin boshqa ko'nikmalaringizni bir necha bor kuchaytiradi. Misol uchun tanqidiy fikrlash, masalaga yechim topish, murakkab muammolar ustida mustaqil ishlay bilish, ilmiy izlanish va kashfiyotlar qilish va hokazo.

Agar siz IT sohasida bo'lsangiz, maslahatim, sohada 4-5 yil ishlab keyin magistrlikka harakatni boshlang. Magsitraturada o'qish uchun har kuni universitetga borish talab qilinmaydi. Muhimi haftangizdan hech bo'lmasa 1 kunini ilmiy tadqiqod uchun ajrata olishingiz kerak. Pandemiya bahona esa, bemalol ish joyingizdan turib chet elda ham "o'qishingiz" mumkin.
Ham amaliy bilimga, ham yuqoridagi ko'nikmalarga ega mutaxassis oddiy dasturchidan bir necha barobar qadrli bo'ladi. Odatda bunday mutaxassislar dastur yozish bilan emas, murakkab tizimlarning arxitekturasini tuzish, loyihalar uchun texnik talablar yozish, muammolarni tahlil qilish kabi yuqori darajadagi masalalar bilan shug'ullanadi. Ularning oyligi ham bir necha barobar yuqori bo'ladi.

p.s. Yuqoridagi gaplar faqat IT sohasiga tegishli
p.p.s. O'zbekistonda magistr yoki doktorlik qilmang. Arzimaydi.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev

@sariqdev
👍258🔥13😁76👎6
Forwarded from Osmondagi bolalar
Dasturlash bilan qaytdik!

Biroz tanaffuslardan so'ng biz yana o'z vazifamizni bajarishga qaytdik. Bu safar zamonaviy kasblardan biri — dasturlash haqida gaplashamiz. 🧑‍💻

⚜️ Loyihamizning 24-soni mehmoni Toshkent shahrida tavallud topib, avval Toshkent Islom universiteti akademik litseyini, so'ngra 2018-yilda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "Biznes axborot tizimlari" fakultetini tamomlagan, Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis — Muhammadjavohir Sur'atov bo'ldilar.

Spikerimiz hozirda MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritadi.

Ishonamizki, ertaga soat 20:00 da premyerasi bo'lib o'tuvchi suhbat IT sohasiga qiziquvchilar uchun juda ham foydali va qiziqarli bo'ladi. 😊

🔴 YouTube sahifamiz
👍103🔥14👏4🎉1
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlashda qaysi yo'nalishni tanlagan yaxshi?

Albatta dasturchilik sohasiga kirib kelayotgan deyarli barchani shu savol qiynab keladi.

Aynan shu mavzu bo'yicha bugun 13-may soat 18:30 da @mohirdev youtube kanalida ochiq suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni dasturlash sohasida 15 yillik tajribaga ega, Universiti Sains Islam Malaysia oliygohi Kompyuter Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi Anvar Narzullayev olib boradi.

LINK: https://youtu.be/rEK3Tq-cUD4

Jonli efirda o'tuvchi suhbatni o'tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | Youtube
👍56🔥4😁1
Forwarded from Jahongir Erkinov
Nega ko'pchilik junior dasturchilar senior dasturchi darajasiga chiqa olmayabdi?

Hozirda yurtimizda dasturlash sohasini o'rgangan va o'rganayotganlar juda ko'p va bozor ham tajribali dasturchilarga muhtoj. Shunday holatda nega ko'pchilik junior'lar, senior darajasiga chiqa olmayabdi? Nima ularga to'siq bo'lyabdi va ular bunday holatlarda qanday yo'l tutishlari kerak? 🤔

Aynan shu savolga javobni siz bugun "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi sonini ko'rish orqali bilib olishingiz mumkin.

👉 Loyihaning bu galgi mehmoni Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis, MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi Muhammadjavohir Sur'atov bo'libdilar.

📌 Suhbat premyerasini bugun, soat 20:30 da quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Uni ko'rishni barchaga tavsiya qilgan bo'lar edim.

Havola: https://youtu.be/q5j9HPx3ttw
🔥43👍34
Forwarded from MohirDev.uz
6 oyda 2 000 000 dollarlik kompaniya qanday qurildi?

Hech qanday katta byudjetlarsiz oddiy g'oyadan boshlangan bu loyiha hozirda 30.000 ta o'quvchilarga ta'lim bermoqda.

Aynan mohirdev haqida bugun 14-may soat 20:00 da @mohirdev telegram kanalida ovozli suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatda mohirdev asoschilari Anvar Narzullayev va Muhammadxalil qatnashadilar.

Suhbatni o'tkazib yubormang!
👏99👍28🔥43👎3🤩1
Forwarded from MohirDev.uz
5 daqiqada boshlaymiz.

Link: https://t.me/mohirdev?livestream
👍17🔥4👎1
👍123😁27🔥10
Forwarded from MohirDev.uz
Treningga boravermasdan haqiqiy mutaxassis bo'lish fursati kelmadimi?

Kasbga yo'naltirilgan Praktikumlarimizdan birini tanlab, ishga mos portfolio yarating:

1. 'Popolnenie scheta' qanday ishlashini bilmoqchi bo'lsangiz - java.mohirdev.uz

2. "6 oydan keyin dasturchi bo'lib 5 millionlik ishga joylashaman" deb yozib qo'ygan bo'lsangiz - mern.mohirdev.uz

3. "G'ijimlashganda ham qadringiz yo'qolishini istamasangiz" - Python.mohirdev.uz

4. 'Ko'p tarmoqli marketolog bo'lish uchun - digital.mohirdev.uz

5. "BL" Geytsdan chek kutib o'tirmasdan - frontend.mohirdev.uz

6. Ong osti muammolarini hal qilish uchun - ai.mohirdev.uz

"Qalban" Praktikumlarimizni sotib ololmasangiz, bir so'm sarflamasdan bu yerdan o'rganing - mohirdev.uz/course-category/bepul-kurslar

Nima bo'lganda ham
"TAXTA BO'LIB QOLMANG", o'rganing!


@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
😁190👍82🔥21👏15👎1🤔1🤯1
Kecha mohirpool talabalari uchun Zuccotech kompaniyasi asoschisi, Shvetsiyaning eng nufuzli Royal Institute of Technology bitiruvchisi, dasturlashda 10 yildan uzoq tajribaga ega Shahrom Rustam bilan juda qiziqarli suhbat qildik.

Shahrom ish beruvchi sifatida dasturchilardan nima kutishi? Ular qanday bilim va ko'nikmalarga ega boʻlishi kerakligi. Yangi bitiruvchilarning eng katta kamchiliklari haqida juda foydali maʼlumotlar berdi.

"Cowboy coder"lar haqidagi gaplar men uchun ham yangilik boʻldi.

Mohirpool loyihamiz naqadar kerakli loyiha ekaniga yana bir bor amin boʻldik. Buyerda hech qanday oʻquv markaz yoki Universitet bermaydigan ko'nikmalar beriladi.

Tez kunlarda Mohirpool uchun 5 ta yoʻnalishda qabul e'lon qilamiz. Avvalgi safar 150 ta talabadan 12 kishini tanlab olgan edik. Bu safar kamida 50-70 kishini ishga tayyorlashni reja qildik.

Shahrom bilan esa shu kunlarda barcha talabalar uchun ochiq suhbat tashkil qilamiz.

Mohirpool haqida 👉 https://t.me/sariqdev/1025
👍73🔥14👎42
Navbatdagi mavzu: Kompyuterning eng muhim qurilmalari.

LINK 👉 https://youtu.be/Q1upgMUUVJk
👍65👏5🤩5🔥4👎3🎉31😁1
Forwarded from MohirDev.uz
"Mohirdev" foydali suhbat va vebinarlar tashkil qilishda davom etadi.

Bu gal "Dasturchi sifatida freelancerlik qilish" mavzusida gaplashamiz.

Suhbatda Frontend Praktikum o'qituvchisi, "Mayoq" loyihasi muallifi Muhammadjavohir Sur'atov va "Udevs" kompaniyasida Frontend dasturchi, "Upwork"platformasida freelancer bo'lib ishlab kelayotgan Sabohat Qalandarova qatnashishadi.

Suhbat 17-may, soat 20:00 da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi.

Freelancerlikka qiziqqan va u haqida ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lgan barchani taklif qilib qolamiz.

LINK: https://youtu.be/URn7NfuD-Oc

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍38👎4🔥2
Gender tenglik va Axborot texnologiyalari.

5-sinf uchun yozilayotgan informatika kitobiga juda qiziq va kutilmagan e'tiroz boʻldi, "Nima uchun kitobdagi rasmlarda birorta ayol kishi yoʻq. Nima, AT sohasi faqat erkaklargami?".

Haqiqatdan ham, ahamiyat bersam turli illyustrasiyalarda faqat o'g'il bolalar, erkaklar rasmidan foydalanganmiz. Natijada qizlar kitobda o'zini ko'rmaydi, sohani begona deb qabul qiladi.

Hozir shuni ham toʻgʻrilayapmiz. Illyustratorga alohida oʻgʻil va qiz personajlar chizdirayapmiz. Rasmlarda ayollarni qo'shayapmiz.

Video darslarda ham endi o'rni kelganda ayollarning ismi yoki tasviridan foydalanayapman.

Kitob yozishni ham shunday, biz bilmagan taraflari bor ekan.
👍213👎22😁19👏12🔥11😱4😢2
Forwarded from WTM Tashkent
😍 Women Techmakers IWD ’22 is coming to Tashkent this Saturday!

Women Techmakers is Google’s initiative which provides visibility, community & resources for women in technology.

We aim to encourage, develop and recognize women in tech.

Event will consist of tech sessions, sessions about the opportunities for women, as well as awesome hands-on workshops!

💥 List of speakers:
- Ummatoy Yuldasheva, Alul Astra;
- Munira Begmuratova, TopTal;
- Rayhona Nasimova, Techgirls alumna;
- Nodira Tillayeva & Diyora Daminova, Unisat program participants;
- Hojarbu Xaitmetova, EPAM;
- Samira Isakova, ModMe;
- Mokhinur Abdurakhimova, National University of Uzbekistan;
- Kamilla Salakhova, EPAM;
- Azizbek Matchanov & Yolqin Alimov, Super Dispatch;
- Fotima Khayrullaeva, EPAM.

📆 Date: May 21, 2022
🕓 Time: 14:00
📍 Venue: Inha University in Tashkent

🎟 Get your FREE ticket here:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-wtm-tashkent-international-womens-day-2022/

@gdgtashkent x @wtmtashkent
👍35👎5🔥4