Marketing nega kerak deysizmi? Unda 3 ta yonma-yon joylashgan Nike, Adidas va Puma do'konlariga navbatni ko'ring.
Marketing ilmini esa digital.mohirdev.uz da o'rganing

Forwarded from Diyorakhon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Apache APISIX Student Contributor Workshop
📌This Tuesday we are inviting you for an open lecture about the benefits of the contribution of open-source projects from being a contributor.
👨💻 Our guest speaker: Bobur Umurzokov
- Developer advocate at Apache APISIX
- Software engineer
- Java trainer for several years
During the workshop, we will cover the following:
🔸 Why contribute to Apacha APISIX.
🔸 What does it mean for your future?
🔸 Demo on how to create your first PR
🎯By the end of the workshop, you will have enough knowledge to start with Apache APISIX open-source project..
Date: Tue, Apr 26
Time: 2pm – 3pm
Duration: 1 hour
Venue: Online Zoom
❗️Advocate and register for the workshop from the link. After sign up you can get the generated zoom link for the workshop.
https://forms.gle/jedK1mSR7dn2NEWJ7

Ba'zi bilim va ko'nikmalar faqat yosh va tajriba bilan kelar ekan. Kecha online ta'lim borasida mendan 20 yosh katta bir mutaxassis opa bilan gaplashdim.
2001 yilda, men endi maktabni bitirgan davrimda O'zbekistonda birinchi online ta'lim dasturini yaratgan, kompyuterdan foydalanish bo'yicha kitobi minglab nusxada butun O'zbektondagi maktablarga tarqatilgan ekan (20 yil avval).
Hozirgacha 100 dan ortiq ta'limga oid kitoblarga metodistlik qilib kelgan, shogirdlari dunyoning turli burchaklarida IT fanidan ta'lim berishar ekan.
Prezident maktablari agentligi uchun yozayotgan kitobimni ko'rib, metodik jihaddan qilgan anchagina xatolarimni ko'rsatdi. Kitobni qayta ko'rib beradigan, har hafta uchrashib bizga seminar o'tadigan bo'ldi.
Opani eshitayapman, bir tomondan havasim keldi, ikkinchi tomondan qancha seminar o'tilsa ham, opaning darajasiga chiqish uchun shu 20 yilni bosib o'tishim kerakligini tushundim.
Opa bilgan bilimlarni 1-2 yilda kitoblardan o'qib o'rgana olmaysiz. Ko'p narsa baribir tajirba bilan kelar ekan.
Xulosam, biz ko'pincha o'z tengqurlarimiz bilan o'ralashib qolganmiz. 3-4 kishi bo'lib, o'zimizni eng aqlli, eng dono deb hisoblaymiz. Kattalarning fikri bilan qiziqmaymiz, ayniqsa faoliyatimizga, biznesga kelganda hech kim bizga aql o'rgata olmasligi kerak. Qarilarga dinozavrlardek qaraymiz. Bu katta xato.
Nima ish qilayotgan bo'lsangiz ham, kattalarning fikrini ham biling. Ular orttirgan tajribadan foydalaning. Biror sohada sizdan 20-30 yosh katta mutaxassis bilan maslahatlashib kor'ing. Aminmanki, o'zingiz bilmagan ko'p narsani o'rganasiz.
Yana bir narsa, yoshi katta, tajribali va muhimi bilimli inson bir gap aytganda, tushunmasangiz, to'g'ri qabul qiling. Xali aqling yetmaydi degan gap bekorga aytilmagan.
Ishoning, bilim+tajribaning o'rnini mingta kitob bilan ham bosa olmaysiz.
@sariqdev

Istalgan tashkilotga qoʻngʻiroq qilganingizda...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Malayziya Innovasiya vaziri 2030 yilga qadar aynan dronlar yordamida 100ming kishini ish bilan ta'minlamoqchi.
Hozir Malayziayada dron yo'nalishida 200 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritar ekan.
Asosiy yo'nalishlar: qishloq xo'jaligi, logistika, media va turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish, mudofaa, baliqchilik, kasalliklarni nazorat qilish, tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish va jabrlanganlarga yordam berish, ko'chmas mulkni rejalashtirish va qurilish, energetika.
Rejaga ko'ra 2030 yilda Malayziya dronlardan foydalanish boʻyicha dunyodagi top 10 ta davlatlar qatoridan joy oladi.
Videoda Xitoylik fermer 200 gektar togʻli joyni bir oʻzi dron yordamida parvarishlamoqda.

Future Processing kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra 2021-yil oxirida dunyoda 26.8 million dasturchi bo'lgan ekan. 2030 yilga qadar esa bu son 45 millionga yetishi kutilmoqda.
Eng mashhur dasturlash tillari:
- Javascript - 16.5 million dasturchi
- Python - 11.3 million
- Java - 9 million
- PHP - 7.3 million (web dasturlahda JS dan keyin 2-o'rinda)
- C# - 6.8 million
Dasturchilar ikkinchi til sifatida nimani o'rganayaptilar?
- Go
- Python
- Kotlin
- Typescript
- R
- Scala
- Swift
Dasturchilar uchun yangi yo'nalishlar:
- Robototexnika - 53% dasturchilar shu sohada ishlab boshlashgan
- Computer vision - 51.5%
- Mini dasturlar (mikroservislar) - 50.8%
- Kirptovalyuta - 49.4%
- Blockchain - 47.9%

Data Science va Sun'iy Intellekt kursimizning bitta Machine Learning qismining o'zi 160-ta slayd, 50 ga yaqin video bo'libdi. Bunday moduldan yana 7 ta bor.
Ilm berish ham, olish ham oson emas. Bir zumda aqlli yoki boy bo'lib ketishning formulasi yo'q. Qunt qilib, soatlab, haftalab, oylab o'qish kerak. O'qiganini amalda qo'llash kerak.
Odamlarga ham hayron qolaman, 3 soatlik, hech narsa bermaydigan trenigni 500$ desang yugurib boradi. Oylab vaqt sarflanib, yana shuncha vaqt o'qish talab qilinadigan, lekin oxirida haqiqiy hunar o'rgatadigan kursni 150$ desang "Muncha qimmat, savobga ham ishlash kerakda" deydi.
Yaqinda bitta dasturchi, "Hadeb pul deyavermay, savobga ham kurs yozinglar debdi". Epam kompaniyasida senior iOS dasturchi ekan. "Marhamat, siz iOS kurs yozib bersangiz, platformamizda bepul tarqatimiz" degan edim, qaytib qorasi ko'rinmadi.
Xullas, yig'ilib qolgan ekan, bitta postda hamma dardimni aytib oldim, aybga buyurmaysiz.

MacOS yoki Windows PC?
MacBook Pro olganimga 1 oycha boʻldi, bungacha salkam 30 yil Windows PC ishlatib keldim.
Xullas bugun oʻzim uchun mac yoki pc mojarosiga nuqta qoʻydim.
Mac xarid qilishdan avval oʻzimni qiynagan savollarga quyidagicha javob oldim:
- Windowsdan MacOSga oʻtish qiyin boʻldimi?
- Yoʻq, mayda noqulayliklarni hisobga olmasa muammo boʻlmadi.
- MacOS ga oʻtishda samaradorlik tushmadimi?
- Yoʻq, muammosiz ishlab ketdim.
- Kerakli dasturlar, fayllar bilan ishlashda muammo yoʻqmi?
- Mutlaqo, hozircha barcha kerak dasturlarni topdim. MacOS fayl tizimi Windowsdan farqli boʻlsada, hozircha muammoga duch kelmadim.
- MacOS Windowsdan afzalroqmi?
- Bu ko'nikmaga bog'liq deb bildim. Shaxsan men uchun Windows qulayroq. Ba'zi juda sodda va kerakli funksiyalar Macda yoʻqligi hayron qoldirdi.
- Macbook WindowsPC lardan tezroqmi?
- Bu yerda ikki faktorga ahamiyat berish kerak:
1. Narx
2. Kompyuter parametrlari
Agar bir xil parametrga ega Mac va PC solishtirsak, MacBooklar birmuncha tezroq.
Lekin, bir xil narxdagi Mac vs PC solishtirsak, bu yerda albatta PCga yetadigani yoʻq. Sababi, eng arzon Macbook Air puliga (1000$), anchagina kuchli PC xarid qilish mumkin.
- Macbook qotmasligi rostmi?
- Bu narxdagi PClar ham qotmaydi.
- MacBookning eng katta afzalligi nima?
- Elektr tejamkorlik. Bitta zaryad bilan 1-2 kun ishlashi mumkin
- Macbook kamchiligi nimada?
- Ichki qurilmalarni (prosessor, ram, xotira) yangilab bo'lmaydi. Lekin 90% odamga bu muhim emas.
- Dizayn haqida nima deysan?
- Nisbiy. Dizayn zoʻr. Menga juda yoqdi. Lekin bundan ham chiroyli noutbuklar judayam koʻp. Masalan, Microsoft Studio, Dell XPS, HP x360 va hokazo.
Nimalar yoqmadi?
- Interfeys. Chamamda interfeys 2004-yildan keyin yangilanmagan. Windows 10 va ayniqsa oxirgi 11 oldida 90-yillarga qaytgandek xis qildim.
- Yana interfeys. Mac UI eskiligi sabab, zamonaviy dasturlar ham Mac uchun moslashishga majbur boʻlgan, natijada ular ham kolxoz dizayn bilan qolib ketgan. Eng yomoni bu funksionallikka ham taʼsir o'tkazgan. Ayniqsa Microsoft Office 365da juda sezildi.
- Dock. Mutlaqo keraksiz, noqulay, chala o'ylangan va 20 yilda yangilanmay qolib ketgan. Oʻchirib qoʻya qoldim.
- Bir nechta monitor bilan ishlash o'ta noqulay. Ayniqsa Windows bilan solishtirganda sezildi. Balki faqat Mac ishlatib yurganimda hech qachon sezmasdim.
- Oynalar bilan ishlash. Yagona mantiq yoʻq. Baʼzi oynalar kattaradi, baʼzilari yoʻq. Fullscreen???
- Bluetooth. Windowsda Bluetooth qurilmalar bilan ishlash juda rasvo. Macda ham shunday ekan.
Macbook olishni tavsiya qilamanmi?
- Agar pulingiz bemalol boʻlsa va bir marta noutbuk olib, shu bilan 5-6 yil yangilash haqida bosh qotirishni istamasangiz tavsiya qilaman.
- Ikkinchi kompyuter sifatida judayam tavsiya qilaman.
- Agar Windowsga o'rgangan bo'lsangiz, butunlay MacOSga oʻtishni tavsiya qilmayman. Hech narsadan yutmaysiz.
- Agar qiynalib, Macbookga pul yigʻib yurgan boʻlsangiz, tinchgina yaxshi PC oling. Kam boʻlmaysiz.
- Macbook tanlashimda asosiy faktor nima boʻldi?
- Akkumulyator hayoti. Kun boʻyi quvvat olmasdan ishlaydigan noutbukka ehtiyoj sezdim.
Oʻzim kelajakda yana Macbook olamanmi?
- Balki. Vaqt koʻrsatadi. Deylik yaqinda chiqqan Dell XPS 13 Plusdan keyin ikkilanib qoldim 😅

Kecha Anaconda kompaniyasi yangi PyScript freymvorkini taqdim qildi. Bu bilan Python Frontend dasturlashga ham jiddiy qadam qoʻydi.
PyScript Python tilida yozilgan dasturlarni bevosita brauzerda ishga tushirish imkonini beradi. Bu degani yaqin kelajakda Pythonning minglab kutubxonalari yordamida bevosita brauzer oynasida ishlaydigan kuchli web dasturlar yaratish mumkin bo'ladi.
Bu Python hamjamiyati uchun yana bita katta qadam desak adashmaymiz.
PyScript sahifasi
PyScript Github

Ilkqadam loyihamiz uchun yangi, bepul "Kompyuter savodxonligi" darslari.
Ushbu darsning maqsadi axborot texnologiyalar sohasiga yangi kirganlar uchun kompyuter va unga tegishli boshlang'ich bilimlarni berish.
Batafsil ma'lumot kirish videosida (1 minut): https://youtu.be/Lo3H9Y_FPJI
Ilkqadam loyihasi: ilkqadam.mohirdev.uz
Darslar muntazam ravishda @sariqdev va @mohirdev kanalida e'lon qilib boriladi.

YouTube
#00 Kompyuter savodxonligi | Kirish
Yangi, kompyuter savodxonligi darslari.
Sahifalarimiz:
Sariqdev: https://t.me/sariqdev
Mohirdev: https://t.me/mohirdev
Onlayn darslar: https://mohirdev.uz
Kanalimiz: https://www.youtube.com/sariqdev

Kompyuter savodxonligi darsimizning navbatdagi qismi: Kompyuter o’zi nima?
⚡️YouTube videoni ko’rish (4 daqiqa)
⚡️YouTube videoni ko’rish (4 daqiqa)
Elektron qurilmani kompyuter deb atashimiz uchun u nimalardan tashkil topgan boʻlishi kerak? (toʻgʻri javob kechagi videoda)
Anonymous Poll
76%
Protsessor
42%
Ekran
60%
Operatsion tizim
45%
Xotira
30%
HDD/SSD
48%
Kirish/chiqish qurilmalari moduli
33%
Klaviatura
Sariq Dev
#jumboq Dasturlashdan biroz chalg'iymiz. Nima uchun Malayziyada do'kondagi ba'zi oyoq kiyimlar selofanga o'rab qo'yiladi? p.s. Xohlagan odam selofanni yechib, kiyib ko'rishiga toʻsiq yoʻq
Javob esa oddiy: Bu poyabzallarda choʻchqa terisi ishlatilgan. Musulmonlar bexosdan tegib yoki kiyib koʻrmasligi uchun selofanga o'ralgan va markirovkalangan.
Nurmuhammad yozayapti:
Youtube orqali kasb o'rgana olmaysiz.
Ma'lum texnologiyalarni o'rganishingiz mumkin. Lekin kasbni o'rgana olmaysiz. Ma'lumotlar youtubeda ko'pligidan, qaysi biri yaxshi yomonligini aniqlaguncha yillar yo'qotilib ketishi hech gap emas.
Qanqadir ko'rsatuvlardagi lag'mon sho'rvaga uchib, bolalar yuribdi haliyam ingliz tilini o'rgana olmay.
Youtubedan faqat qo'shimcha material sifatida foydalanish mumkin.
Hech kim sizga tekinga kasb o'rgatmaydi. Motivationni yaxshiroq kurs topib, kallani joyiga qo'yib biror narsani egallashga sarflagan yaxshiroq.
O'zimizni aldashni yig'ishtirib, shortcutlar (qisqa yo'llarni) izlashni tugatganimizda, KUCHAYIB ketadigan AVLOD bo'lamiz.
p.s. Koʻpchilik bilim va kasbning farqiga bormas ekan. Youtubedagi darslar biror kasbga kirishga debocha yoki yetmagan bilimni toʻldirishga qoʻshimcha boʻlishi mumkin xolos.
p.p.s. Agar YouTubedagi darslar yetganida coursera, edx, skillbox, codeacademy, mohirdev kabi platformalar ishsiz qolar edi.

Forwarded from Lazizbek.io 🗽
Nimaga dasturlashni o'rganish kerak? yohud dasturlashni o'rganishning foydalari
Har kim dasturlashni o'rgana oladi. Bu postda dasturlashni o'rganishdagi foydalar va eng muhimi bu soha sizga to'g'ri keladimi yok yo'qligi haqida bo'ladi.
1. Har kim dasturlashni o'rgana oladi.
Dasturlashning eng jihatlaridan biri shuki sizning yoshingiz, jinsingiz yoki kelib chiqishingizga qaramasdan, bu sohani o'rganish oson. Uzoq vaqt davomida odamlar dasturlashni faqatgina matematik yoki olimlar, qisqa qilib aytganda "botanik"lar uchun deb o'ylashgan. Lekin hozirda esa bunday emas. To'g'ri matematik bilim/ko'nikma va tahliliy fikrlay olish dasturlashni o'rganish va uni amalda qo'llay olish jarayonini bir muncha tezlashtiradi, ammo o'rganish uchun siz daho bo'lishiz shart emas. Yetarlicha vaqt va energiya sarflab, uni bemalol o'rgana olasiz.
2. O'zingiz o'rgana olasiz.
Coding ni o'rganishni yana bir oson tomonlaridan biri bu sizga faqatgina noutbuk va internet tarmog'i kerak bo'ladi. Hozir internetda tonnalab resurs borligi, o'rganishni oldingidan ko'ra ancha tezlashtiradi. Disclaimer: Tutorial Hell dan ehtiyot bo'lish zarur.
Boshlash uchun shu kurslarni maslahat beraman:
Bepul Front-end asoslari - Mohirdev
Bepul Python Dasturlash asoslari - Anvar Narzullaev
HTML asoslari - Ulug'bek Samigjonov
3. O'rganish tezligi
Dasturlashni online o'rganish jarayonidagi eng yaxshi tomonlaridan biri bu sizning o'rganish tezligingizdir, ya'ni kursni o'zizni bilim olish salohiyatingiz va tushunishingizga qarab moslashtira olasiz. Masalan, agar sizdagi kunlik tarzi judayam band bo'lsa, coding ni o'z kunlik jadvalingizga sekinlik bilan moslashtirib olishingiz mumkin. Kuniga 30, 40 minutdan boshlab bir necha soatgacha chiqarib olish mumkin.
Va shu orqali haftasiga 5 - 10 soatgacha vaqt sarflanadi. Qanchalik o'rganganingiz sari, ishtiyoq ham shuncha kuchayib boradi va bir muncha murakkab loyihalar ustida ishlashga ham kirib keta olasiz.
4. Diplom shart emas
Bir necha yil oldin, umuman dasturlash sohasida ishlash uchun malum bir daraja talab etilgan, bakalavr yoki magistr. Lekin hozirda turli xildagi online kurslar va resurslarning mavjudligi, bu "diplom kerak" degan tushunchani yo'qga chiqardi. Shu asnoda, ko'pchilik katta "tech" kompaniyalar ishga qabul qilish jarayonida odatda diplomga unchalik e'tibor berishmaydi, ya'ni diplom ikkinchi darajali. Bu maqolada batafsil yozilgan
5. Dasturchilar jamiyati
Dasturlashga birinchi qadamni qo'yganingizda, tom ma'noda siz dasturchilar jamiyatiga(o'xshash fikrli va bir birini "поддержка" qiladigan individuallar guruhi) qo'shilgan hisoblanasiz. Sizda qanaqadir muammo va tushunmovchilik paydo bo'lsa, ko'plab online forumlarda savol qoldirib osonlikcha javob topish mumkin agar uni Google Tog'o topib bera olmasa. Qo'shimchasiga, har xil soha vakili bo'lgan va hozirda dasturlash bilan shug'ullanayotgan odamlar bilan tanishasiz va do'stlar orttirasiz, bu albatta "networking" uchun foydali.
6. Yuqori maosh
Hozirgi kun ish bozorida eng ko'p maosh oladigan soha vakillari qatoridan shak shubhasiz dasturchilar ham o'rin olgan. Hattoki, sizning ishingiz kod yozishni taqozo etmasa ham, dasturlashni bilishingiz sizga bir qancha ustunliklarni taqdim etadi, masalan ko'proq maosh va "promotion". Dasturchilarning qancha maosh olishlari haqida bu yerda batafsil.
7. Flexibility
Dasturchi sifatida dunyoning istalgan nuqtasida turib ishlash imkoniyatiga egasiz, albatta noutbuk va barqaror internet bo'lishi shart. Qo'shimchasiga, agar siz biror kimning qo'l ostida ishlashni yoqtirmasangiz, bir qancha online platformalarda o'zingizga ma'qul kelgan narx va vaqtga qarab ish olishingiz mumkin. Albatta bu darajaga chiqish uchun biroz vaqt talab qilinadi.
Qisqa qilib xulosa qiladigan bo'lsak, dasturlashni o'rganish uchun bir qancha yaxshi sabablar mavjud. Va shu online resource larning mavjudligi, sizni o'rganishlikdan to'xtatib qola olmaydi. Agar qiziqsangiz, nima uchun harakat qilib ko'rmasligingiz kerak? Shunchaki sinab ko'rish kifoya qiladi va shu yo'l orqali bu soha siz uchun yoki teskarisi ekanligini aniqlashtirib olasiz shunda.

Zamonaviy sunʼiy intellekt Machine Learning yordamida "tarbiyalanadi". Ya'ni, biror obyektni ajratadigan dastur yaratish uchun, avval kompyuterga turli obyektlarni millionlab marta ko'rsatish kerak.
Kompyuter nimani ko'rgan boʻlsa, shuni ajrata oladi xolos. Ko'rmagan narsasini esa "tanimaydi".
Videoda zamonamizning eng aqlli hisoblangan Tesla mashinasi 3.5million dollarlik samolyotni toʻsiqligini tushunmay qolgan.