Saytlar va xizmatlarni tobora agentlar uchun moslashtirish davom etmoqda. Cloudlfare ham agentlar uchun vaqtinchalik hosting xizmatini chiqaribdi. Akkaunt ochish, qo'lda sozlash shart emas. Deylik claude code'da sayt yaratib, endi uni cloudflarega joylab ber desangiz, claude o'zi cloduflarega bog'lanib, saytingizni vaqtincha link bilan joylaydi. Link 60 daqiqa amal qiladi, bu vaqt oralig'ida siz bemalol saytga kirib, ishlatib, tahrirlab, yoki mijozga taqdimot qilishingiz mumkin. Agar sayt yoqsa, shu 60 daqiqa ichida Cloudlfarega kirib vaqtinchalik saytni doimiy qilib qo'yishingiz ham mumkin.
Hozir ekranda ko'rib turgan rasm ham aslida vaqtinchalik websahifadan skrinshot.
Xullas sizga ham bu "skill" qiziq bo'lsa claude codega ushbu linkni bering va "o'rganishni" so'rang: https://blog.cloudflare.com/temporary-accounts/
@sariqdev

🔥41👍24❤5🤩1
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Сунъий интеллект ва билим иллюзияси: Нега ёш мутахассислар ўсишдан тўхтаб қолмоқда?
Сунъий интеллект ёш мутахассислар самарадорлигини 35 фоиздан зиёдга оширса-да, у таҳлилий фикрлаш, мулоқот ва масъулият каби муҳим кўникмаларнинг йўқолишига сабаб бўлмоқда.
Ёш мутахассис ҳар гал қийин вазифага дуч келганда мия зўриқиши, ечим излаши ва хато қилиши шарт эди — чунки айнан мана шу ҳақиқий ўсиш нуқтаси ҳисобланади, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев. AI'нинг тайёр жавоблари эса уларни комфорт зонасига жойлаштириб қўймоқда.
👉https://kun.uz/kr/78351853
Kun.uz расмий канали

«Бугунги ёшларда жиддий «билим иллюзияси» ва «когнитив қарз» (ақлий қарз) шаклланмоқда. Бу когнитив қарзлар эса йиғилиб, бора-бора мутахассиснинг пойдеворини бўшатиб қўяди. Илк жиддий, ностандарт ва AI жавоб бера олмайдиган реал муаммо чиққанда эса, бу пойдевор қулайди».
👉https://kun.uz/kr/78351853
Kun.uz расмий канали
🔥44👍21❤7👏6🎉1🤩1
Forwarded from MohirDev.uz
Bu safargi dayjestni yangicha formatda ishladik. Oʻtgan hafta sunʼiy intellekt sohasida nimalar roʻy berganini videoda bilib oling.
👉 SI hafta yangiliklari
@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Hafta yangiliklari. 1-son
Sun'iy intellekt olamidagi haftaning asosiy yangiliklari. OpenAI yangi modelni taqdim etdi, biroq hukumat so'roviga binoan uni cheklab qo'ydi. Germaniya sudi qidiruv tizimlaridagi sun'iy intellekt xatolari uchun kim javobgar ekanligiga aniqlik kiritdi. Bir…
👍51❤9🔥7🎉3😁2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guruhdagi behayo profillar va spam xabarlardan charchab yaratgan botim 1 oy davomida sinovdan oʻtib, ancha sayqallandi.
Bugun shu botning kodini ochib (open-source) ommaga eʼlon qilaman, marhamat, oling, foydalaning: https://github.com/anvarnarz/killspam-bot
Upd: Bot ikki rejimda ishlaydi, bulut SI bilan (gemini) va local SI bilan (NudeNet). NudeNet profil rasmlarini tahlil qiladi, local severda ishlaydi va ortiqcha xarajat talab qilmaydi. Gemini matnlarni ham oʻqiydi va spam xabarlarni aniqlaydi. Geminini bot orqali /setkey buyrugʻi orqali sozlaysiz.
Botdan qanday foydalanish yuqoridagi repoda batafsil yozilgan.

👍162🔥46🎉21❤12👏3
Alhamdulillah, yana bir marra zabt qilindi – bugun rasman Oxford Universiteti bitiruvchisi boʻldim.
🔥646👍266👏65🎉55❤32😁11👎4🥰3🤩2
Forwarded from MohirDev.uz
Sunʼiy intellekt olamida ortda qolmaslik uchun haftalik dayjestni tomosha qiling.
👉 SI hafta yangiliklari. 3-son
@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥22❤8
Yaxshi yangilik, bunday tizim to‘g‘ri ishlashi uchun bir nechta muhim omillar bor.
Birinchidan, kadrlar haqidagi ma'lumotlar uzoq vaqt davomida to‘g‘ri jamlab borilgani va muhimi raqamlashgan bo‘lishi. Ikkinchisi esa saralash uchun yarartilgan SI modeli to‘g‘ri ishlashi. Gap shundaki, SI modellar avvalgi ma'lumotlar asosida o‘qitiladi va bu ma'lumotlarda ketgan xato modelga ham o‘tadi va SI xato xulosa berishni boshlaydi.
Lekin ikkinchi tomondan, agar maqsad aynan halol kadrlarni saralash bo‘lsa, men bunga biroz boshqa tomondan yondoshgan bo‘lar edim.
Oxrigi yillarda ko‘p tizimlar raqamlashdi. Fuqarolar haqidagi aksar ma'lumotlar soliq, IIV, chegara, mehnat, adliya, sog'liqni saqlash, sud, bank, moliya, to'lov tizimlari (uzcard, humo) va hokazo bazalarda batafsil saqlana boshlandi. Hozirda mana shu tizimlarga ulangan holda bugun istalgan inson haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. Masalan, daromad va xarajat o‘rtasidagi nomutanosiblik, proksi mulkdorlik (birovning nomidagi uylar, mashinalar), ijtimoiy tarmoq monitoringi orqali turmush tarzi va daromadi o‘rtasidagi farq va hokazo. Ya'ni bu yerda davlat tasarrufidagi bazalardagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda turli ssenariylar qilish, korrupsiyaga moillik indeksini shakllantirish, kadrlar reytingini yaratish mumkin.
Xullas imkoniyatlar juda ham keng. Umid qilaman, bu tizim qandaydir sodda algoritmlar bilan cheklanib qolmaydi.
Mohirdev aynan shunday tizim ishlab chiqish bo‘yicha Prezident Administrasiyasi SI departamentiga o‘z taklifimizni bergan edik. Agar zarracha foydasi tekkan bo‘lsa hursand bo‘lamiz.

👍92❤20🔥11😁8👎2
🔥 Grok kodlarni o‘g‘irladimi? Xitoy SI dunyosini egallamoqda va GPT-5.6 muammolari
Sun'iy intellekt olamida yana bir qiziqarli va voqealarga boy hafta yakunlandi!
Bu safar Xitoy sunʼiy intellekt bozorida yetakchilikni qoʻlga kiritishga faol kirishdi, Grok tizimi kutilmagan xavfsizlik muammosi bilan eʼtibor markazida boʻldi, GPT-5.6 esa jiddiy e'tirozlarga uchradi. Shuningdek, O‘zbekistonda rahbarlarni SI orqali saralash va sohaning boshqa muhim yangiliklari ham haftalik dayjestimizdan joy oldi.

Grok kodlarni o‘g‘irladimi? Xitoy SI dunyosini egallamoqda | SI hafta yangiliklari. 4-son
Xitoy sunʼiy intellekt dunyosida oʻz ustunligini oʻrnatishga faol kirishdi, Grok kutilmagan xavfsizlik mojarosi bilan diqqat markazida boʻldi, GPT-5.6 esa jiddiy xavfsizlik tanqidlariga uchradi. Shuningdek, Oʻzbekistonda rahbar kadrlarni SI orqali saralash…
👍33❤5🔥4🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥178🎉56👍40❤21👏8🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚨 OpenAI GPT-5.6 Sol modeli Huggingface platformasiga hujum qildi.
🤯70🔥29😁20❤5👍5😱2