Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Сунъий интеллект энди шунчаки технология эмас, у стратегик қурол
Бир неча кун олдин Anthropic компанияси (Claude AI) ўзининг энг сўнгги модели – Fabel 5'ни АҚШ ҳукуматининг топшириғи асосида барча чет элликлар учун ёпиб қўйди. Бу – сунъий интеллект пойгаси энди технологик рақобат эмас, балки давлатлар ўртасидаги стратегик курашга айланганини кўрсатяпти.
Яқин келажакда ривожланган давлатлар энг кучли AI моделларини фақат ўзлари учун олиб қолиб, бошқа давлатларга кучсизроқ ва чекланган версияларини бера бошлайди, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев.
👉 https://kun.uz/kr/23722689
Kun.uz расмий канали

«Агар биз бу пойгадан ортда қолишни истамасак, ўз миллий сунъий интеллект стратегиямизни амалга оширишда маҳаллий AI маҳсулотларни кўпайтиришга ҳаракат қилишимиз лозим».
👉 https://kun.uz/kr/23722689
Kun.uz расмий канали
🔥79👍26❤16😢1🎉1
Eng yaxshi kod bu - hech qachon yozilmagan kod (The best code is the code you never wrote.)
Tanishing virtual dasturchi agentlaringiz uchun yangi jamoadosh - ponytail. Ponytail bu - dangasa, semiz, kamgap, koz'oynak taqqan senior dasturchi. Unga 50 qator kod ko'rsatsangiz, bir zum qarab turadida, yozgan 50 qatoringizni 1 qator kod bilan almashtirib qo'yadi va u ishlaydi!
Xullas, endi claude code/codex/antigravity uchun mana shunday senior dev plagin o'ylab topishibdi. Men ponytailni kecha sinovdan o'tkazdim (o'zining quruq va'dalariga ishonib qolmaslik uchun), natijalar ajoyib.
Boshlanishiga, ponytail yordamida yozilgan kod haqiqatdan ham 5-6 va hatto ba'zi muammolarda 10 barobar qisqa (tokenlar tejaladi, kod qisqaroq va keraksiz narsalardan toza bo'ladi). Muhimi, so'ramagan narsangizni yozmaydi, oson yo'li tuirganda murakkab, qo'shimcha kutubxona yoki paketlarni talab qiladigan yo'ldan yurmaydi.
Qisqa kod xato kod degani emas. Aksincha, bu borada ham ponytail yozgan kod 96-98% to'g'ri bo'lgan. Solishtirish uchun Opus-4.8 88-90% natija ko'rsatgan 😳.
Kod qisqaligi hisobiga, ponytail javob qaytarish (kod yozish) tezligi 2-3 barobar tez, narhi esa 2-3 barobar arzon.
Ya'ni hamma tomondan o'ylangan, ajoyib plagin. Yagona kamchiligi, nima xohlashingizni aniq yozishingiz kerak. Bu vayb koderlar uchun biroz murakkablik tug'dirishi mumkin, sababi claude code odatda sodda promptni ham yetmagan qismlarini o'zi "oy'lab" natijani chiroyli qilib qaytarishga harakat qiladi.
Mening sinovimda ham claudeda taymer yasab berishni so'raganimda claude men so'ramasam ham taymerga animatsiya, stillar, start/pause/reset tugmalarini qo'shib 210 qatorlik chiroyli dastur yasab berdi.
Ponytail esa soddagina 19 qatorlik ortiqcha funksiyalarsiz dastur yasab berdi.
Demak, agar siz nima xohlashingizni aniq bilsangiz. Kod yozishga o'tirishdan oldin SI bilan batafsil reja tuzib, PRD (product requirements document) tayyorlab olgan bo'lsangiz - ponytail to'g'ri tanlov.
Agar siz bitta prompt bilan ish boshlab, mahsulotni jarayonda sayqallab ketishni afzal ko'rsangiz unda ponytail siz uchun emas.
To'liq hisobotni html ko'rinishida izohda qoldiraman.
Sinab ko'rib, o'z fikringizni bildiring.
@sariqdev #ertagakech

👍48🔥26❤15👏4🤩1
Guruhdagi behayo spam xabarlardan charchab, kecha 2 soatda antispam bot yasadim. Hozir guruhni nazorat qilib turibdi, guruhga yangi obunachi qo'shilganida profilni behayo rasm va kanalga linkka tekshiradi, izoh qoldirganda esa har bir izohni o'qib spam izohlarni o'chirib, foydalanuvchini vaqtincha bloklaydi va yana profilni tekshiradi. Agar profil bot akkaunt bo'lsa, bloklab qo'yaqoladi.
Avval bunday botni yaratishga kunlab vaqt ketar edi va eng qiyini spamni aniqlash logikasini qo'lda yozish kerak edi. Hozir esa bekend bu SI. Behayo rasmlarni aniqlash uchun lokal NudeNet modeli, xabarlarni tahlil qilish Gemini 2.5 Flash.
Hozir bot bir nechta guruhlarda sinovdan o'tayapti, agar tajirba muvaffaqiyat bilan yakunlansa kodini ochib, botni ommalashtirib qo'yaman, istalgan guruhda ishlatsangiz bo'ladi.

👍338🔥140👏47❤16🤩4
Saytlar va xizmatlarni tobora agentlar uchun moslashtirish davom etmoqda. Cloudlfare ham agentlar uchun vaqtinchalik hosting xizmatini chiqaribdi. Akkaunt ochish, qo'lda sozlash shart emas. Deylik claude code'da sayt yaratib, endi uni cloudflarega joylab ber desangiz, claude o'zi cloduflarega bog'lanib, saytingizni vaqtincha link bilan joylaydi. Link 60 daqiqa amal qiladi, bu vaqt oralig'ida siz bemalol saytga kirib, ishlatib, tahrirlab, yoki mijozga taqdimot qilishingiz mumkin. Agar sayt yoqsa, shu 60 daqiqa ichida Cloudlfarega kirib vaqtinchalik saytni doimiy qilib qo'yishingiz ham mumkin.
Hozir ekranda ko'rib turgan rasm ham aslida vaqtinchalik websahifadan skrinshot.
Xullas sizga ham bu "skill" qiziq bo'lsa claude codega ushbu linkni bering va "o'rganishni" so'rang: https://blog.cloudflare.com/temporary-accounts/
@sariqdev

🔥41👍24❤5🤩1
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Сунъий интеллект ва билим иллюзияси: Нега ёш мутахассислар ўсишдан тўхтаб қолмоқда?
Сунъий интеллект ёш мутахассислар самарадорлигини 35 фоиздан зиёдга оширса-да, у таҳлилий фикрлаш, мулоқот ва масъулият каби муҳим кўникмаларнинг йўқолишига сабаб бўлмоқда.
Ёш мутахассис ҳар гал қийин вазифага дуч келганда мия зўриқиши, ечим излаши ва хато қилиши шарт эди — чунки айнан мана шу ҳақиқий ўсиш нуқтаси ҳисобланади, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев. AI'нинг тайёр жавоблари эса уларни комфорт зонасига жойлаштириб қўймоқда.
👉https://kun.uz/kr/78351853

«Бугунги ёшларда жиддий «билим иллюзияси» ва «когнитив қарз» (ақлий қарз) шаклланмоқда. Бу когнитив қарзлар эса йиғилиб, бора-бора мутахассиснинг пойдеворини бўшатиб қўяди. Илк жиддий, ностандарт ва AI жавоб бера олмайдиган реал муаммо чиққанда эса, бу пойдевор қулайди».
👉https://kun.uz/kr/78351853
Kun.uz расмий канали
🔥43👍21👏6❤5🎉1🤩1
Forwarded from MohirDev.uz
Bu safargi dayjestni yangicha formatda ishladik. Oʻtgan hafta sunʼiy intellekt sohasida nimalar roʻy berganini videoda bilib oling.
👉 SI hafta yangiliklari
@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Hafta yangiliklari. 1-son
Sun'iy intellekt olamidagi haftaning asosiy yangiliklari. OpenAI yangi modelni taqdim etdi, biroq hukumat so'roviga binoan uni cheklab qo'ydi. Germaniya sudi qidiruv tizimlaridagi sun'iy intellekt xatolari uchun kim javobgar ekanligiga aniqlik kiritdi. Bir…
👍43❤7🔥6🎉3😁2🤯1