Sariq Dev
13.6K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
843 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Assalomu alaykum, aziz obunachilar, barchangizga Ramazon hayiti muborak boʻlsin.

Allohim qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin, oilangizga tinchlik va farovonlik ato qilsin.

Bayram muborak!

@sariqdev
ChatGPTning yangi, rasm generatsiya qilish funksiyasidan nafaqat "Anime" usulidagi suratlarni yaratish, balki jiddiyroq vazifalar uchun ham foydalanish mumkin.

Masalan, tez kunda chiqadigan SI kursiga izlanish davomida Jahon Iqtisodiyot Forumining "Mehnat bozori kelajagi 2025" hisobotini o'qir ekanman ushbu grafikka duch keldim.

Grafikda 2025-2030 yillarda talab oshib boradigan va aksincha, yo'qolib boradigan kasblar ro'yxati berilgan.

Tasvirni kursga qo'shimcha material sifatida qo'shish uchun tarjima qilish kerak edi. Bir dona to'g'ri buyruq (prompt) bilan ChatGPT bu vazifani bir zumda uddaladi.

Tasavvur qiling, avvallari bu uchun nechta qadam bosish kerak edi:
1. Grafikdagi matnlarni qo'lda yozib chiqish
2. Matnlarni tarjima qilish
3. Ma'lumotlarni excel kabi dasturga kiritish
4. Ma'lumotlar asosida grafikni qayta chizish

Bularni hammasiga kamida 1-2 soat vaqt sarflar edik. Endi esa...

Mayli, mavzudan chalg'imaylik, asosiy mavzu keyingi 5 yilda mehnat bozori qanday o'zgarishi.

Eng talab ortib boradigan kasblar orasida ma'lumotlar (data science) va SI muhandislari, dasturchilar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, UI/UX dizaynerlar. Qisqa qilib aytganda kreativ va tahliliy fikrlashni taqozo qiluvchi kabslar topda.

Yo'qolib ketadigan kasblar esa asosan, takrorlanuvchi vazifalarni bajaruvchi lavozimlarga ko'proq tegishli ekan (pochta xizmati, bank, kotib, kassir va hokazo). Bu ro'yxatda grafik dizaynerlar alohida ajralib qolgan, bunga esa albatta Midjourney va ChatGPT kabi dasturlar sabab bo'lmoqda.

Ertaga soat 12:00 da Fikrat tahliliy dasturida aynan shu mavzuni jonli efirda muhokama qilamiz.

Siz qaysi soha vakilisiz? Grafikda o'z kasbingizni topdingizmi?
Forwarded from Digital.edu
Assalomu alaykum, Qurbon hayiti muborak aziz obunachilar. Alloh qilgan ibodatlaringizni qabul qilsin, oilangizga qut baraka va ikki dunyo saodatini bersin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM