sardorcodev
290 subscribers
52 photos
2 videos
3 files
24 links
AI, dasturlash va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha rasmiy kanal.

Official brand: sardorcodev
Founder: Sardorbek Musurmonov

Instagram: instagram.com/sardorcodev
Facebook: facebook.com/sardorcodev
X: x.com/sardorcodev
YouTube: youtube.com/sardorcodev
Download Telegram
10 Tools for Web Developers 🛠🚀 -

💻 Visual Studio Code - Lightweight code editor
🔍 Postman - API development and testing
🎨 CodePen - Front-end development playground
🐙 GitHub - Version control and collaboration
🎨 Figma - UI/UX design and prototyping
📊 Google Analytics - Website traffic analysis
🌐 Netlify - Easy web hosting and deployment
🔒 Auth0 - Authentication and authorization
📦 Webpack - Module bundler for modern JavaScript apps
📦 NPM - Node package manager for JavaScript libraries and tools

#techinfo@developperHome
👍2
️Temu O‘zbekistonda 20-martdan boshlab cheklanadi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bugundan boshlab u yerda hech narsaga buyurtma bermaslikni tavsiya qildi. Agar buyurtma qilingan bo‘lsa, to‘lovni qaytarishni tashkil etish kerakligi taʼkidlanmoqda.

Vanihoyat, izohlarda havola yuboradigan botlar kamayadi.
👍2
Altman va OpenAI jamoasi AQSh hukumatidan DeepSeek’ni taqiqlash va o‘zlari uchun “qonuniy qaroqchilik”ni ruxsat berishni talab qilmoqda

Ular DeepSeek laboratoriyasi Xitoy nazorati ostida ekanligini va Amerikaning intellektual mulkini o‘g‘irlayotganini da’vo qilishmoqda. Shuningdek, R1 modelini “haddan tashqari xavfli” deb atashmoqda, ammo buni isbotlovchi dalillar yo‘q.

Shu bilan birga, OpenAI neyrotarmoqlarni o‘qitish uchun har qanday kontentni “o‘g‘irlash”ga ruxsat berishni talab qilmoqda. Xususan, mualliflik huquqi bilan himoyalangan matnlarni ishlatishni “halol foydalanish” (fair use) deb tan olishni istashmoqda.

DeepSeek’ni to‘liq taqiqlash ortiqcha bo‘lishi mumkin, lekin ikkinchi talab ma’lum ma’noda mantiqiy, chunki:

Agar bunga ruxsat berilmasa, AQSh sun’iy intellekt poygasida Xitoydan ortda qolishi mumkin, chunki u yerda mualliflik huquqlariga nisbatan unchalik qat’iy munosabat yo‘q.
👍2
Xavfsiz, aqlli va ishlatish uchun qulay 11zon
11zon bilan ko'proq ishlarni bajaring. 11 zonali siqish, konvertatsiya qilish, tahrirlash va boshqalar bilan unumdorlikni maksimal darajada oshiring, barchasi bir joyda.

11zon


https://bigpdf.11zon.com/uz/compress-pdf/
👍2
Istalgan vazifa uchun sun’iy intellekt agentlari bazasi

Vondy platformasida turli vazifalar uchun sun’iy intellekt yordamchilari mavjud. Ular yordamida kundalik ishlarni avtomatlashtirib, o‘zingizga ko‘proq vaqt ajratishingiz mumkin.

• Bu agentlar kod yozish, matn yaratish, dizayn, biznes, produktivlik, rasm, ovoz va video generatsiyasi kabi sohalarda ishlaydi.
• Shuningdek, platformada o‘zingizga mos sun’iy intellekt agentini yaratish imkoniyati ham bor.
• Bepul.


Sun’iy intellekt yordamchilari armiyasi — Havola
👍3
ChatGPT tuhmatda ayblandi

Norvegiyalik bir erkak o‘zi haqida sun’iy intellektdan so‘raganda, javoban vahimali yolg‘on ma’lumotlar olgan. Masalan, neyron tarmoq u ikki bolasini o‘ldirib, uchinchisini o‘ldirishga uringanlikda ayblanib qamoqda o‘tirgani haqidagi ma’lumotni to’qigan.

Eng qiziq tomoni shundaki, neyron tarmoq uning tug‘ilgan shahri, uchta farzandi borligi va ularning jinsi kabi ba’zi ma’lumotlarni to‘g‘ri yozgan. Ammo 21 yillik qamoq jazosi va sodir etilgan jinoyatlar to‘liq uydirma bo’lgan. ChatGPT’ni ba’zi odamlar ishonchli manba sifatida qabul qilishayotganini hisobga olsak, bu katta muammo.

Bu erkak OpenAI’ga qarshi GDPR doirasida sudga murojaat qilgan. Agar u yutib chiqsa, kompaniya ChatGPT’ning aytayotgan ma’lumotlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishi yoki Evropa Ittifoqi fuqarolariga undan foydalanishni taqiqlashi kerak bo‘ladi. Bu shaxsiy ma’lumotlarni xato ko’rsatish va yolg‘on ma’lumot tarqatish hisoblanadi. Sud esa GDPR doirasidagi bunday qonunbuzarliklar uchun OpenAI’ga yillik daromadining 4% miqdorida jarima solishi mumkin.

Bu yangi muammo emas, chunki neyron tarmoqlar insonlar haqida faktlarni to‘qib chiqarish odatiga ega. Ba’zan esa bu juda dahshatli natijalarga olib kelishi mumkin.
👍1
Mitti hayvoncha yaratish uchun promt:

Bu promtni kopiravat qiling va ChatGPTga joylang qavs ichiga yaratmoqchi bo'lgan hayvoningiz nomini yozing, o'zbekcha yozsangiz ham bo'ladi.

Нарисуй:гиперреалистичная фотография крошечного [ hayvon nomini yozing], сидящего на человеческой ладони. Не больше ногтя, с нежным мехом/кожей, блестящими глазами и крошечными конечностями. Резкий фокус на животном. Размытый  задний фон природы. Естественное освещение, стиль National Geographic, ультра-HD. 

`

Sun'iy intellekt ilmi –zamon bilan hamnafaslar kanali!

Telegram | Instagram
👍1
- Shundoq ham ijtimoiy tarmoqlarga suratimizni joylayapmizku, nega ChatGPT‘dan xavotir olyapmiz?

- Instagram yoki feysbukka joylayotganda siz buni butun dunyoga tarqalishini bilasiz va hamma ko‘rishi shart bo‘lmagan suratlarni bermaysiz. Lekin ChatGPT kabi dasturlarni faqat o‘zim ishlatyapman deb hisoblaysiz va istalgan suratingizni, yaʼni ommaga oshkor qilishni istamaydigan rasmingizni ham yuklab, unga ishlov berishingiz mumkin. Xavf aynan mana shu nuqtada
...

Manba: RepublicAi
👍2
Samsung o‘zining yangi Galaxy S25 Edge smartfonini rasman namoyish etdi

Ushbu model eng ilg‘or texnologiyalarni atigi 5,8 mm qalinlikdagi korpusga sig‘dira olgan. Buning evaziga kompaniya akkumulyator sig‘imi va televik kameradan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Samsung bu modelga eng premium flagman maqomini bermadi. Texnik jihatlar va narxi jihatidan S25 Edge aynan S25+ va S25 Ultra orasida joylashgan.

Texnik xususiyatlari:

• O‘lchami: 158,2 × 75,6 × 5,8 mm, vazni 163 g;
• Ekran: 6,7 dyuymli OLED, 3120 × 1440, 120 Hz;
• Protsessor: Snapdragon 8 Elite (biroz kuchaytirilgan versiya);
• Xotira: 12/256 yoki 12/512 GB;
• Kamera: asosiy - 200 MP f/1.7, ultra keng burchakli - 12 MP f/2.2, old kamera - 12 MP;
• Batareya: 3900 mA·h, 25 Vt;
• Dasturiy ta’minot: One UI 7.

Rang variantlari: qora, moviy, kumush-jigarrang.

Boshlang‘ich narx: $1100. Oldindan buyurtmalar allaqachon ochilgan.
👍21