Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY
4.16K subscribers
28.9K photos
4.18K videos
39 files
9.13K links
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Web-site: sardobatuman.uz
Instagram:instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/
Download Telegram
Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY
Sardoba tumani aholisi diqqatiga! Bugun, 12-may kuni soat 18:30 dan boshlab Sirdaryo telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda ochiq muloqot bo'lib o'tadi. Unda Sardoba tumani hokimi hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etadi. …
Qoʻshimcha axborot

Ma’lum sabablarga koʻra bugun soat 18:30 da Sardoba tumani hokimigida Sirdaryo telekanali orqali jonli efirda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan "Ochiq muloqot" boshqa kunga qoldirildi.

Sanasi va vaqti bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi!

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Migratsiya agentligi litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyati bilan Migratsiya agentligi shug‘ullanadi.

👉 Batafsil

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞  Guliston shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarbdor 10 kunlik e’lon qilindi

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
#Zarbdor10kunlik


🏙 Guliston shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarbdor 10 kunlik boshlandi

Sirdaryo viloyati hokimi v.b. Erkinjon Turdimov tashabbusi bilan shaharni sanitariya va ekologik holat jihatidan yaxshilash, hududlarni tartibga keltirish maqsadida maxsus zarbdor 10 kunlik tadbirlar e’lon qilindi.

🔹 Har bir xonadon, hovli, molxona va hojatxonalar sanitariya talablariga mos holda tozalanishi;

🔹 Uy oldidagi ariqlar tozalanishi, gul va rayhon ekilishi;

🔹 Juma kuni, 16 may sanasidan boshlab shahar ariqlariga suv berilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan har bir fuqaro o‘z hududidagi ariqlarni suv o‘tishiga tayyor holga keltirishi, chiqindilar va sun’iy to‘siqlardan tozalashi zarur.

❗️ Agar muayyan xonadon hududidan o‘tuvchi ariqlarda sun’iy to‘siqlar yoki chiqindilarning tuplangani aniqlansa, ushbu holat uchun mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik va jarima choralari qo‘llaniladi.

🔸 Hozirda markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulanish ishlari davom etmoqda. Ariqlarga hojatxona va hammom suvlarini ochiq tashlash holatlari bartaraf etiladi.

📣 Shaharni obod va ozoda saqlash — har bir fuqaroning burchi.

Ertaga uyalib qolmaslik uchun, uyingizdagi tozalikni bugundan boshlang!

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 1000 so‘mdan sotib olinadi

Quyosh paneli o‘rnatgan aholi tomonidan o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 so‘mdan subsidiya beriladi, ya’ni davlat elektrni aholidan 1000 so‘mdan sotib oladi.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3581 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 643 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 574 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 274 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 159 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 328 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 455 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 42 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 673 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 98 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 333 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Forwarded from Sirdaryo.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сирдарё вилояти ҳокими в.б. Эркинжон Турдимовнинг Гулистон шаҳар аҳолисига мурожаати

———

Обращение и.о. хокима Сырдарьинской области Эркинжона Турдимова к жителям города Гулистана
Veterinariya va chorvachilik sohasi mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar o'tkazildi

Sardoba tumanida veterinariya va chorvachilik sohasiga oid dolzarb mavzularga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sohaga aloqador mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tajribali fermerlar va veterinariya xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida chorvachilik tarmog‘ida zamonaviy yondashuvlar, hayvonlar salomatligini saqlashda profilaktika va diagnostika usullari, emlash jarayonlarini takomillashtirish hamda mahsuldorlikni oshirishga oid tavsiyalar berildi. Shuningdek, ilmiy-nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida mutaxassislar o‘rtasida uzviy hamkorlikni kuchaytirish, malaka oshirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga doir taklif va tavsiyalar ilgari surildi.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Forwarded from IHMA Sirdaryo viloyati
Kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi

“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.

🖋 Farmonga ko‘ra, 2025 yil 15 maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.

🔴 “Qizil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

aʼzolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;

parvarishga muhtoj aʼzosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;

boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila;

🟡 “Sariq” toifaga – oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda aʼzolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.

🟢 “Yashil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa;

oilaning Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.

📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda viloyat hokimligida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Sessiya ishi bilan jonli efirda quyidagi sahifamizda tanishib borishingiz mumkin:

👉 https://www.youtube.com/watch?v=qT96C4eUxfo
Sirdaryo viloyatidan 102 ta "O`zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

➤ Oqoltin tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 32 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 6 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 1 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 10 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 15 ta (ko'rish)

e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Пресс-пул
Шосаидов Турсунмурод Назир ўғли Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси Сирдарё вилояти бошқармаси бошлиғи ўринбосари этиб тайинланди.

У мазкур тайинловга қадар Сардоба тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари лавозимида фаолият юритган.

Пресс-пул — каналга обуна бўлинг.
O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni ta’sis etildi

2025-yil 29-aprelda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyaning ma’qullanishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini, shuningdek, butun insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi global yechimlarni ilgari surishdagi hissasini yana bir bor tasdiqlaydi.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Forwarded from Hudud Inform
🎧 ДХХ Call-маркази ишга тушди

ДХХ ваколатларига киритилган масалалар юзасидан жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини тезкор равишда қабул қилиш мақсадида Call-марказ (1520 қисқа рақами) фаолият юрита бошлади.

Хусусан, қуйидаги масалалар юзасидан мурожаатлар қабул қилинади:

⚫️ Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузуми, суверенитети ва ҳудудий яхлитлигига бўлган тажовузлар ҳақида;

⚫️ Давлат чегарасини қўриқланиши ва ҳимоя қилинишига бўладиган таҳдидлар;

⚫️ Қуролли Кучлар ва мудофаа-саноат мажмуасида давлат хавфсизлигига бўладиган таҳдидлар;

⚫️ терроризм, экстремизм, уюшган жиноий гуруҳларга оид;

⚫️ қурол-яроғ, гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ноқонуний айланмасига доир жиноятлар ҳақида;

⚫️ давлат манфаатларига таҳдид солувчи коррупция ва иқтисодий жиноятлар юзасидан;

⚫️ миллий, этник ва диний адоватни тарғиб этиш;

⚫️ давлат манфаатлари ва хавфсизлигига таҳдид солувчи ҳуқуқбузарликларнинг содир этилишига доир бошқа ахборотлар.

Мурожаат қилган фуқароларнинг шахси сир сақланиши кафолатланади.

https://t.me/hudud_inform
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистоннинг Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиш жараёни ва уни жадаллаштириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом вступления Узбекистана во Всемирную торговую организацию и мерами по ускорению данного процесса.

#Mirziyoyev #taqdimot #JST #azolik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X