Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY
4.16K subscribers
28.1K photos
4.09K videos
34 files
8.85K links
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Web-site: sardobatuman.uz
Instagram:instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika institutiga Sardoba tumani mutasaddilari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ijtimoiy imtiyozlar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularning hayotda mustahkam o‘rin egallashiga ko‘maklashish, shuningdek, kelajak kasb egalarini fidoyilik va mas’uliyat bilan faoliyat yuritishga undashdan iborat bo‘ldi.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Sardoba tumani hokimligi vakillari bitiruvchilar bilan uchrashdi

2025-yil 25-aprel kuni Guliston davlat universitetining Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti faollar zalida Sardoba tumani hokimligi vakillari bilan
uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv 2024–2025 o‘quv yili bitiruvchilarining kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha bandligini ta'minlash maqsadida universitetning Registrator ofisi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Tadbirda Sardoba tumani hokimining o‘rinbosari B.Jumaboyev, tuman
maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari G.Usmonova hamda Sirdaryo viloyati Yoshlar ittifoqi kengashi raisi A.Rahmonov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bitiruvchilarga tuman hududida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan ish sharoitlari va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdilar.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga tovarlarni bojsiz olib o'tish normalari

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Bugun, 28-aprel

☀️ +38°...+22°, Ochiq havo


Hozir: ☁️ +22°, ↖️ 4.3 m/s

Tong: ☁️ +29°
Kun: ☁️ +37°
Oqshom: ☀️ +34°
Namlik: 13%
Shamol: Janubi-sharqiy, 7.7 m/s
Bosim: 758 mm sim. ust.

Oy: Yangi oy
Quyosh chiqishi: 05:27
Quyosh botishi: 19:16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️
Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!

☎️
Agar sizda yer osti aloqa kabellarining muhofaza hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manziliga yoki 1133 qisqa raqamiga murojaat qiling. Hamda mutaxassislar ko‘rsatmasi asosida ish olib boring.

Murojaatingiz Call-markazlar tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, «O‘zkomnazorat» inspeksiyasining 1144 telefon raqamiga murojaat qiling. Biz holatni albatta nazoratga olamiz.

❗️ Esingizda bo‘lsin, aloqa liniyalariga yetkazilgan zarar avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar sizning hisobingizdan qoplanishi mumkin.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президентимиз футбол бўйича Ўзбекистон терма жамоасини Осиё Кубогидаги ғалабаси билан табриклади. Мактаб таълими ва педагогларни тайёрлаш сифатини ошириш чора-тадбирлари тақдимот қилинди. Самарқандда Туркман халқининг миллий етакчиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан музокаралар бўлиб ўтди.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Президентимиз футбол бойынша Өзбекстан сайланды командасын Азия кубогындағы жеңиси менен қутлықлады. Мектеп билимлендириўи ҳәм педагогларды таярлаўдың сапасын арттырыў илажлары таныстырылды. Самарқандта Түркмен халқының миллий жетекшиси Гурбангули Бердимуҳамедов пенен сөйлесиўлер болып өтти.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент поздравил сборную команду Узбекистана по футболу с победой на Кубке Азии. Представлены меры по повышению качества школьного образования и подготовки педагогов. В Самарканде прошли переговоры с Национальным лидером туркменского народа Гурбангулы Бердымухамедовым.

Weekly review of the most important events: The President congratulated Uzbekistan’s national football team on winning the Asian Cup. Measures were presented to improve the quality of school education and teacher training. In Samarkand, negotiations were held with the National Leader of the Turkmen people, Gurbanguly Berdimuhamedov.

Facebook|Instagram|X
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 3591 ta yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 653 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 573 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 275 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 156 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 327 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 455 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 42 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 672 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 98 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 338 ta (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 2 ta (ko'rish)


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Forwarded from Inson uchun — 2025
📢 DIQQAT E'LON!!!

II an'anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasiga taklif etamiz!

📍2025-yilning 1–2 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar namoyish qilingan an’anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

🤝 Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

😯 2025-yilgi ko’rgazma doirasida yanada keng ko‘lamli ishtirok, tijorat salohiyatiga ega loyihalar va yangi hamkorlik tashabbuslari taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://eventadmin.ihma.uz/register/uz

🗣Bizni kuzatishda davom eting

😎Telegram 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Murojaatlar bilan ishlash bo'yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi N.Safarov tomonidan tumandagi tashkilot mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda tashkilot rahbarlari tomonidan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni tizimga kiritish uchun kerakli xujjatlar, ularni kiritish ketma ketligi va murojaatlarni nazoratdan yechish tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek tashkilot mas’ul xodimlariga murojaatlarni tasniflash va ijrochi tashkilotlarga yuborish bo‘yicha ishlab chiqilgan tarqatma materiallar tarqatildi.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев "ИННОПРОМ. Марказий Осиё" V халқаро саноат кўргазмасига ташриф буюради. Тадбир доирасида икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит V Международную промышленную выставку "ИННОПРОМ. Центральная Азия". В рамках мероприятия планируется проведение двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|X