Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY
4.16K subscribers
28.1K photos
4.08K videos
34 files
8.82K links
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Web-site: sardobatuman.uz
Instagram:instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/
Download Telegram
Sardoba tumanida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Yurtimizda keng miqyosda “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari doirasida Sardoba tumanida ham qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Sardoba tuman markazida joylashgan Axborot-kutubxona markazida mazkur haftalikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq ta’limi, madaniyat bo‘limi vakillari, o‘qituvchilar, yozuvchilar va kitobsevarlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi. Taniqli adib va ijodkorlar ishtirokida kitobxonlik, adabiyot, ijod va ma’naviyat mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» boshlandi.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
#Infografika

Sardoba tumani hokimligi kasaba uyishmasi tomonidan joriy yilning shu vaqtiga qadar amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida o‘rin berilmoqda.

Shu maqsadda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Xidirov va Sardoba tumani hokimi Z.Karimov "Do‘stlik" mahallasidagi o‘zlariga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar, haqida batafsil ma’lumot berildi. Har bir yosh bilan individual suhbat tashkil qilinib, ularning qiziqishlari, maqsadlari va muammolari o‘rganildi.

Shundan so‘ng A.Xidirov va Z.Karimov yoshlar yashayotgan xonadonlarga tashrif buyurib, ularning turmush sharoitlari va qiziqadigan faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif va ochiq muloqotlar natijasida yoshlarning har biri uchun mos yo‘nalishda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
#Tezkor
#bayonot

Kichik va yoshlar sanoat maydonida elektr ta'minoti vaqtinchalik bo'lmaydi

22-aprel kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha Sardoba tumanida joylashgan "Paxtaobod" podstansiyasidan chiquvchi fider Sanoat havo tarmog'ida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli Sardoba tumanining Kichik va yoshlar sanoat maydonidagi tadbirkorlar elektr ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Tadbirkorlardan barcha ehtiyot choralarini ko'rilishini so'raymiz
.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Sardoba tumani Qishloq xo'jaligi bo'limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to'grisida Qishloq xo'jaligi bo'limi rahbari Bekmurodov G'ayrat ishtirokida brifing.

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Bugun, 22-aprel
☀️ +25°...+14°, Ochiq havo


Hozir: ☁️ +14°, ↖️ 1.8 m/s

Tong: ☁️ +19°
Kun: ☀️ +25°
Oqshom: ☀️ +24°
Namlik: 26%
Shamol: G'arbiy-janubi-g'arbiy, 3.2 m/s
Bosim: 767 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:36
Quyosh botishi: 19:10
Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 354 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!

➤ Oqoltin tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 25 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 15 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 30 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 29 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 28 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 37 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 108 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 4 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 30 tа (ko'rish)

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook
Sardoba tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan tuman hududidagi aholi gavjum joylarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan targ‘ibot bannerlari hamda kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.


👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook