Sanjar Hamidullayev
234 subscribers
20 photos
3 videos
59 links
O'rganish uchun o'rgataman. Ma'zur tutgaysiz!
Download Telegram
Counteroffer - Xodimni ishda olib qolish uchun unga qo'shimcha ish sharoitlari taklif qilish!

⌛️Counterofferni qabul qilgan xodimlarning 50 foizi 12 oy ichida tashkilot yoki kompaniyani baribir tark etadi.

Sanjar Hamidullayev

#HarvardBusinessReview
Quyidagicha fikrlash to'g'rimi yoki yo'q?

Mag'lubiyat alami g'alaba rohatidan ikki barobar kuchliroq. *The pain of loss is double the pleasure of winning.
Final Results
46%
To'g'ri, izohda yozaman sababini
38%
Noto'g'ri, izohda yozaman sababini
15%
Tushunmadim
Sanjar Hamidullayev
Quyidagicha fikrlash to'g'rimi yoki yo'q?

Mag'lubiyat alami g'alaba rohatidan ikki barobar kuchliroq. *The pain of loss is double the pleasure of winning.
So'rovnoma javobi: "Noto'g'ri" edi!

Mag'lubiyatga "alamli" deb qarash biz unga olib borishi mumkin deb o'ylagan har qanday ishdan(imkoniyatlardan) o'zimizni olib qochishga moyil qilib qo'yadi.

Mag'lubiyat qo'rquvi sabab, urinishlar soni kam bo'lar ekan bataxqiq natija o'zgarmas bo'lib qolaveradi.

Yutish uchun emas, yutqazmaslik uchun o'ynash tendensiyasiga tushib qolmaganmikanman?

Manba: Amazon, Coca-Cola va Netflix mag'lubiyatdan qanday o'rganishadi.

Sanjar Hamidullayev
Onasini ko'rda o'g'liga baho ber

Xalqimiz orasida "Onasini ko'rib qizini ol" degan ajoyib tavsiya bor, ammo onasiga qarab qiz bola haqida bilgancha teng miqdorda yoki ko'proq shu onaning o'g'il farzandi haqida ham bilib olsa bo'ladi.

Yigit kishining to'laqonli kim ekanligini uning o'zining so'nggi rusumdagi telefoni, eng qimmat ust boshi, ko'rkamligi yoki tushib kelayotgan mashinasining markasi va yoki "iymonli" gap so'zlari emas balki uning onasiga imkoni doirasida yaratib qo'ygan sharoitlari: ust boshi, tashqi qiyofasi, sog'ligi, doimiy kayfiyati, onaning xohishlari nechinchi darajali ekanligi umuman olganda onasiga munosabati ko'proq gapiradi.

Qizlar turmush o'rtoq tanlash chog'ida faqat o'ziga ko'ziga, shirin gap so'zlari emas balki onasi bilan munosabatiga qattiq e'tibor berishlari tavsiya qilinadi. Ishonavering uzoq muddatda sizga munosabati onasiga munosabati darajasidan oshmaydi.

Yana bilmadim?!

Sanjar Hamidullayev
⚠️Insonlar qancha bergani bilan emas, berganidan keyin o'zida qancha qolganiga ko'ra baholanadi.

📌You judge people not by how much they give but by how much they have left after they give.

Sanjar Hamidullayev
Daromad - Xarajat = Farq

Ushbu farq agar to'gri boshqarilmasa xarajat tomonga o'tib ketishiga "tug'ma" moyilligi borligiga shaxsan aminman.

Bu farq shuncha talabgorlar ichidan o'z egasini topishga urinmoqda.

P.S.: Rasmda butun dunyo bo'ylab fond birjalaridan ro'yxatdan o'tgan kompaniyalarning aksiya narxlari o'zgaruvchanligi (1 yillik) aks etgan xarita.

Sanjar Hamidullayev
#ustozdan

Ma'lum bir sohada

daromad topishni boshlash uchun - 1 yil

mutaxassis bo'lish uchun - 3 yil

sohaning egasi(pro) bo'lish uchun - 7 yil

talab qilinadi.

Bu muddatlar sohani o'rganishga vaqtining 50%ini sarfladi deb hisoblaganda.

Siz hozir nechanchi yildasiz?

Sanjar Hamidullayev
TURMA - YUGUR,
TINMA - TIRISH,
BUKILMA - YUKSAL,
HURKMA - KURASH,
QO'RQMA - YOPISH,
YORILMA - QO'ZG'AL...

ABDURAUF Fitrat
O'zimizga foydali hamma narsa - qiyin!

Doimo sog'lom, yosh bo'lib yurish uchun, har kuni erta tongdan issiq to'shakdan turib sport bilan shug'ullanish - qiyin;

Erta turish uchun, kechasi bilan internetda o'tirmasdan erta uxlash - qiyin;

Qomatni saqlash uchun shirinliklardan yoki ko'p ovqatlanishdan o'zni tiyish - qiyin;

Qiziqarli suhbatdosh(ota,ona,turmush o'rtoq,do'st,hamkasb) bo'lish uchun har kuni hech bo'lmaganda 0.5 soat kitob o'qish - qiyin;

O'z sohasida almashtirib bo'lmas xodim bo'lish uchun har kuni izlanish, o'z ustida ishlash - qiyin;

Mijozlar yana qaytib kelishi uchun, ularga ortig'i bilan xizmat ko'rsatish - qiyin;

Bir so'zli inson bo'lish uchun, bergan va'daning ustidan chiqish - qiyin;

............. bu ro'yxatni cheksiz davom ettirsam bo'ladi.

Bizga zararli hamma narsa - oson!

Berilgan vazifani yaxshiroq bajarish mumkin bo'lgan holda chala bajarib dam olib o'tirish - oson;

Kechasi to'yib ovqat yeb bo'lib instagramda lentasini aylantirib o'tirish - oson;

Boshqalar kitobxon ekan deb o'ylashlari uchun kitoblarni xonasiga yig'ib olib birontasini o'qimaslik - oson;

Ijtimoiy tarmoqlarga "iymonli", "aqilli" va hz narsalarni joylashtirib o'zi birontasiga ham amal qilmaslik - oson;

O'zi jamiyatga hech narsa bermasdan undan doimiy nimadirlarni kutib, yomonlash - oson;

Rostini aytib uyalgandan ko'ra yolg'on gapirib o'zini oqlash - oson;

Boshqalarga yordam berishni o'rniga o'zini juda ham band inson qilib ko'rsatish - oson;

............... bu ro'yxat ham cheksiz. (yana boshqa misollarni izohlarda yozishingiz mumkin).

Zotan qiyin ishlar foydali, osonlari esa aksi ekan, yoshligimizda iroda nisbatan kuchliroq bu paytda qiyin bo'lgan ishlar bilan o'zimizni qiynab qolaylik shunda keyinchalik bizga yuqoridagi kabi qiyinlar - oson, osonlari esa qiyin bo'lib qoladi.

Yana bilmadim?!

Sanjar Hamidullayev
Don't choose to be comfortable when you are young. Try to live up to your ideal.

P.S.: Bundan oldingi post akam olib bergan futbolkamdan ilhomlanib yozildi.
Sentabr hayajoni

Ketma-ket 16 yil, har yili sentabr oyi o'zgacha bir hayajon bilan kelar edi. Universitetni tugatganimdan buyon ushbu yoqimli, ajib tuyg'u sekin asta meni tark etayotganday go'yo, yoshlik davri yakunlanayotganidan nishonadir balki bu ham, bilmam?!

Maktab payti shu kunlarda o'zimga o'zim:

Bu yil kimlar o'zgaripti-a? Asalni bo'yi mendan o'sib ketmadimikin? Dildoraniki mendan uzunligi aniq. Bu yil kim bilan o'tirsam ekan-a? Bu yil olgan kiyimlarim sinfdoshlarimga yoqarmikin.

Litsey paytlari o'zimga o'zim:

Endi bu yil matematikadan ham qo'shimchaga borishing kerak. Vaqtni behuda ketkazmassan do'stim maktabda shuncha bekor ketgan yillar yetadi. Sen o'qishga Toshkentga kirishing kerak axir.

Universitetda:

Mana universitetga ham grantga kirib olding. Endi mazza qilib yursang bo'ladi, asosiy ishni qilib qo'yding. Yo'q yo'q to'xta endi hayotga jiddiyroq qarash vaqti keldi. Bor diqqatimni o'qishga qarataman.

Yangi o'quv yili bilan o'quvchi, abituriyent, talaba do'stim.

Sanjar Hamidullayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Havolanib uchgan zarrayu qumlar!

Havolanib uchgan zarrayu qumlar,
Suvga yetib kelgach yeldanda qolar.

Tog'lardan sel bilan oqayotgan toshlar,
Tuzga yetib kelgach seldanda qolar.

Bu dunyo aldoqchi ishonma unga,
Otangdan qolgandur sendanda qolar.

Tushunayapsizmi?

Yo'lga chiqsang o'ng-u so'linga qara,
Qancha shahar, qancha mozor, qancha maqbara.

Bunda barcha tengdur gado-yu to'ra,
Sozanda chalayotgan nayingdan so'ra,

Soz-u, noz-u, raqqosa, eski nog'ora,
Boshqalardan qolgan sendanda qolar.


______________________________
Innaa lillahii va innaa ilayhi rojiun.
Assalomu aleykum, kanalimda meni anchadan beri biladiganlar ko'p, bugun o'qigan maqolamda yaqinlardan quyida so'rovnomada keltirilgan savollarni so'rab ularga ko'ra harakat qilish tavsiya berilgan ekan. Biroz vaqtingizni ayamaysiz degan umiddaman.

Marhamat🫱 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdyWHMt3lDkKXkbOef3dA4h8PqDGpinoCvjBjrNn39xs-GEYQ/viewform?usp=sf_link
#repostqilishniyomonkoramanlekinbu

Umring naqadar qisqaligini bilasanmi?

Bilasan, lekin tasavvur qilishing uchun senga raqamlar yetishmaydi. Kel men senga shu raqamlarni berib ko‘ray.

 ·    Hozir necha yosh bo‘lishingdan qatʼiy nazar sen umringni oxirigacha 2 mlrdgacha sanashga ulgurmaysan. (xatto uxlamasang ham) – kalkulyatorni olib hisoblab ko‘r.

·    Agar hozir 20 yosh atrofida bo‘lsang ota-onang bilan birga o‘tkazadigan vaqtingni 80(o‘g‘il bolalar) – 95%(qiz bolalar)ni yashab bo‘lding,  shundan eng ko‘pi - erta bolaligingda edi.

·    Kuniga 10$ dan ishlab topganingda ham (O‘zbekistondagi o‘rtacha oylikdan yuqori) butun umr ishlab topgan puling Toshkent city dan 1ta kvartira olishga yetmaydi(yemay ichmay yig‘sang ham).

·    Oyiga 2ta kitob tugatsang ham (bundaylar juda kam), umring davomida xatto 1000ta kitob o‘qishga ham ulgurmasliging mumkin.

Bilaman hammaga o'xshab sen ham 90-100 yil yashashni orzu qilarsan balki, lekin men O'zbekistonda o'rtacha umr davomiyligini (ya'ni 65 yosh) olib hisob kitob qildim.

@azizrakhimov_blog
Kobra effekti

Hindistonning Britaniyaliklar tomindan bosib olinishi davrida inglizlar mamlakatda "kobra" ilonlari sonini kamaytirishga qaror qilishadi.

Shu maqsadda inglizlar har bitta kobra boshini olib kelganga mukofot e'lon qilishgach, butun aholi ilonlarni o'ldirishni boshlashadi va bir muncha vaqt o'tgach ular(aholi) bir vaqtning o'zida ilonlarni ko'paytirardi ham chunki bu yo'l bilan ular daromadini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo'lishardi.

Kobra boshlari uchun mukofotlar bekor qilinganda, aholi tomonidan barcha ko'paytirish maqsadida yig'ilgan kobralar qo'yib yuboriladi. Natijada bu mamlakatda kobralar soni oldingidanda sezilarli ko'payib ketishiga olib keladi.

Ushbu voqeadan so'ng "kobra effekti" iborasi paydo bo'ldi, bu mavjud muammoni bartaraf qilganday ko'rinib lekin aslida uni yomonlashtiradigan harakatlarni(qarorlarni) anglatadi.

Sanjar Hamidullayev
Qonun

1. Chala bo'lsa ham qonun borligi, qonun yo'qligidan yaxshi.

2. Qonun chiqarib undan o'zini istisno qilish - o'sha qonunning kuchini keskin pasaytiradi.

Har qanday uyushmada(oila,korxona,tashkilot,jamiyat) huquq, vakolat va cheklovlar aniq belgilangan bo'lishi erkinlikni ta'minlaydi.

Ammo ba'zan qolganlar uchun amal qilish majburiy qonunlar joriy qilib o'zini bundan mustasno qilish, adolatsizlikning muqobil ko'rinishidir.

Sanjar Hamidullayev
Iroda lazzati

Eng yoqimli lahzalar insonning tanasi yoki ongi biron bir og'ir(murakkab) va arzirli ishni bajarish uchun ko'ngilli ravishda o'zni mumkin qadar zo'riqtirganda keladi.

Sanjar Hamidullayev
O'quvchining uy vazifasida QR-code mavjud bo'lib, u o'qituvchisining shu mavzudagi misollarni yechish bo'yicha o'rgatgan darsining Youtube videosiga olib o'tadi.

Sanjar Hamidullayev
Statistika gapirsin

67- diagrammada📊, butun O'zbekiston bo'ylab oilasida kitobga oshnolik va o'qish hamda o'rganish rag'batlantiriladigan va buning uchun barcha jismoniy resurslari ta'minlangan (masalan dars stoli, kutubxona va h.z) muhitda yashaydigan bolalar, bunday muhit darajasi pastroq bo'lgan oila farzandlariga qaraganda hamma fan testlaridan ancha yuqori(och ko'k ustunda) natijalarni ko'rsatganini ko'rishingiz mumkin. Muhit darajasi pasaygani sari bolaning natijasini ham keskin tushganini ko'ring.

Sanjar Hamidullayev

Manba
Seni yaxshiroq bilishimga imkon ber yoxud Fikrlaring menga muhimroq

Kanal och, o'z shaxsiy blogingni boshla, unda istalgan narsangni yoz: o'rganayotgan bilimlaring, xatolardan olgan xulosalaringdir, prinsiplaring yoki orzularingdir bilmadim eng muhimi o'zingni cheklama.

O'zingga yoqqan narsalarni u yerda ulash, g'azabingni keltirgan ishlarga o'z munosabatingni bildir, seningcha qanday bo'lishi kerakligi haqida yoz. O'zing to'g'ri deb topgan narsalarni menga ham o'rgat.

Seni ko'zlaringga, tushunarsiz harakatlaring orqali seni bilib olishimni yoki qandaydir qarorlarga kelishimni kutma. O'zing va qat'iy pozitsiyalaring haqida u yerda menga bildir. Bularni barchasini bilish uchun chegaralari(m)ngni buzishga imkon qoldirma.

Bundan unga yoki undan bunga.

Sanjar Hamidullayev
📈Birgalashib ko'tarilgan, ko'tarilib birlashgandan yaxshiroq.

📈Лучше объединиться и подняться, чем подняться и объединиться.

Alohida-alohida har birimiz tomchimiz, birgalikda esa - okean!


Sanjar Hamidullayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM