Sanjar Hamidullayev
234 subscribers
20 photos
3 videos
59 links
O'rganish uchun o'rgataman. Ma'zur tutgaysiz!
Download Telegram
GPT mendan aqilliroq!

Ushbu sun'iy intellekt chati chiqgandan beri mendan savol so'rashsa, "GPT dan so'rang u mendan aqilliroq" deb javob beraman. Bu vaqtim yo'qligi yoki kamtarligimdan emas rostdan uning javoblari ko'p jabhalarda menikidan ancha aqilliroq. Chunki u 175 mlrd ma'lumotlarni (GPT - 4 bundan 500 barobar ko'proq) analiz qilib, keyin sizga javoblarini tavsiya qiladi.

Endi sodda qilib tushuntiradigan bo'lsam ushbu AI xonim (men o'zim uchun shunday nomlaganman) sizning har qanday savolingizga siz bir umr o'qib tugatib xulosa qila olmaydigan miqdorda ma'lumotlarni o'qib analiz qilib sizga eng maqbul javoblarni qaytaradi. Zo'r a?

Shunaqa gaplar, endi javoblar muhim emas, endi to'g'ri savol bera olish qiymatliroq taqsir!

Sanjar Hamidullayev
12.03.2023
ChatGPT
Sen ularga emas ular senga......

-"O'quvchilarim meni yaxshi ko'rsin, hurmat qilsin" deb harakat qilish noto'g'ri motivatsiya. O'quvchilar sizni yaxshi ko'rgan holida baribir darsni to'liq qilmasligi, mavzularni yaxshi o'zlashtirmasligi mumkin. Buni amaliyotda ko'p ko'rganmiz.
-Xo'sh unda o'quvchilar to'laqonli topshiriqlarni ortig'i bilan bajarib, darsga bor ishtiyoqi bilan kirishishi uchun nima qilishimiz kerak?

-Siz o'quvchilarning eng yaxshi ko'rgan o'qituvchisi bo'lishga urinmang balki ular eng ko'p yoqishni, hurmat qilishini xohlaydigan o'qituvchisiga aylaning. Ular sizga yoqishga, hurmatingizni qozonishga harakat qilar ekan qiyin vazifa va topshiriqlarni ham o'qib organib, amallab bajarib, qo'shimchasiga yana nimadirlarni o'rganib darsga kelishadi. Bu narsani "orientation" yoki "teacher-oriented students" deyishadi. 🫱🏻Ma'lumot o'rnida shaxsan kamina ham xuddi shunday o'qituvchi qo'l ostida ingliz tilini asosini o'rganganman. (Dilshod Marupov "Niners academy")

Xuddi shunga o'xshash xato motivatsiya rahbar hamda uning qo'l ostidagi xodimlar bilan bo'lgan munosabatlarda ham kuzatishimiz mumkin. Rahbar yoki menejer qaror va harakatlari negizida xodimlari uni yaxshi rahbar, hurmatli inson deb o'ylashlari yotarkan u rahbar emas balki o'sha xodimlar rahbardir. Chunki bunday holatda qarorlar xodimlar hisobiga ishlayapti, kompaniya, tashkilot, taraqqiyot yoki adolat hisobiga emas.

Boshqaruvdan privord maqsad xodimlarni maksimal foydalilik koeffsentini oshirish va ularni rivojantirish bo'lsa. Demak oxirgi maqsadga erishish uchun siz emas balki xodimlar bor potensiallarini ishga solib jamoaga o'z hissasini o'z xohishi bilan qo'shishi kerak. Buning uchun uning ishdagi harakatlari motivi siz yani rahbari bo'lishi kerak.

⚠️Bugungi rivojlangan dunyoda sizni bilimingiz sizni yuksak martabali o'qituvchi yoki rahbar sifatida ortiq uzoq ushlab qola olmaydi, chunki siznikidan ancha - muncha ko'p bilimi bor GPT mavjud. Hozirgi liderlarning kuchi nafaqat bilimida balki yuqorida nazarda tutilayotgan soft skillni kuchli rivojlantirganida. Shunday ekan humatli o'qituvchilar va rahbarlar sergak tortish vaqti keldi!

P.S Ushbu xulosalarimni men yoqishga urinib qanday qilib ingliz tilini chuqur, qisqa vaqtda o'zlashtirib olganimni, hamda qanday qilib butun boshli kompaniyani qamrab oladigan loyiha boshlab qo'yganim sabablarini tushunganday bo'lib yozdim.

Sanjar Hamidullayev
13.03.2023
O'qituvchi va rahbarlarga ulashing
Aks da'vo

Nimadir bot bot da'vo qilinar ekan, shu xislat unda yo'q yoki aksidir.

"Sen uchun hamma narsaga tayyorman, jigarim" = Boshingga tashvish tushsa eng birinchi qochadigan menman!

"Laganbardorlarni yomon ko'raman-da" = Kezi kelganda laganbardorlikda ustasi farangman!

"Qo'rqadigan odamga o'xshayapmani?" = Xavf kelsa oyoqlarim qaltiraydi!
...


Sanjar Hamidullayev
20.03.2023
Samarqand
Multiplikator effekti yoxud samarali boshqaruv

Maqsad(Nima uchun?), Insonlar(Kim?), Jarayon(Qanday?).

Kuchli boshqaruvchi o'z jamoasi natijalarini oshirish uchun doimiy ushbu uch richaklarga qanday ijobiy ta'sir o'tkaza olishini o'ylab yuradi. Jamoa kengaygani sari, boshqaruvchining shaxsan bir ishni qanday yaxshi bajarishi ahamiyati pasayib boradi, balki u qanchalik multiplikatorlik effekti orqali jamoasiga ta'sir qilishi ahamiyati oshadi!
Keling buni limonad rastaxonasi boshqaruvchisi misolida amaliyotda ko'ramiz:

Tasavvur qiling, men rastaxona egasiman va soatiga 20 stakan limonad sota olaman, Jorj va Eliza(xodimlar) esa har biri soatiga 15 tadan sota olishadi.
Tasavvur qiling biz kuniga 4 soatdan limonad sotish bilan shug'ullanamiz. Men limonad sotishda qolganlardan eng zo'ri bo'lganim uchun rastada o'tirib limonad sotishim vaqtdan unumli foydalanishdek tuyulishi mumkin. Men kuniga 80 stakan, Jorj va Eliza har biri 60 stakandan limonad sotgan bo'lardik kuniga. Shunda mening hissam jami kunlik sotuvning 40% tashkil qilgan bo'lar edi.

Ammo men boshqaruvchi sifatida vaqtimdan yana qanday unumliroq foydalansam bo'lardi?

Tasavvur qiling men shu vaqtimni Jorj va Elizaga qanday qilib yaxshiroq limonad sotuvchi bo'lishni o'rgatishga sarflaganimda va bu hamma treninglar 30 soat vaqtimni olsa(shuncha vaqt ichida o'zim sotganimda 600 stakan limonad sotgan bo'lardim, juda katta yo'qotish to'g'rimi?)

Ammo bu treninglar Jorj va Eliza soatiga 15 ta emas 16 ta stakan sotishga yordam bersa, bu degani kuniga ikkalasi birga qo'shimcha 8 ta stakan sotishadi. Bu kichik o'sish ammo 3 oydan kam muddat ichida o'sha men ularga sotishni o'rgatib sotilmay qolgan 600 stakanni sotib ulgurishadi. Yiliga esa mening o'zim rastada o'tirib sotish o'rniga treningga sarflagan 30 soatim qo'shimcha 2000+ sotilgan stakanlarga aylanadi.

Trening yagona yechim emas. Agar men o'sha 30 soatimni Tobyni ishga olishga sarflasam nima bo'lar edi?

U tug'ma ko'ndira olish qobiliyatiga ega, xatto tulkiga ham o'z dumini sotib olishga ko'ndira oladigan, bir qancha limonga oid ichak uzdi hazillari ham bor inson. Tasavvur qiling mening limonad rastaxonasini har bitta burchakda bo'lishi maqsadim, uni jamoaga qo'shilishga ruhlantirsa. U hammamizni soatiga 30 stakan limonad sotib ortda qoldirsa. Yiliga rastaxona qo'shimcha 21 000+ stakan limonad sotishga erishgan bo'ladi.

O'zim o'tirib sotishim biznesga qo'shimcha qiymat qo'shsa, ammo boshqaruvchi uchun bu juda yomon natija, chunki men individual hissa qo'shgan bo'laman. Bu bilan yuqori natija qilish qiyin.
Jorj va Elizani o'qitib, men biroz multiplikator effektini biznesga qo'sha oldim📈.
Tobyni ishga olganimda esa bu effekt eskilariga qaraganda sezilarli yuqori ⬆️bo'ldi.

Xulosa: Boshqaruvchi sifatida sizning vazifangiz o'zingiz ish bajarishingiz emas, garchi shu ishda eng zo'ri bo'lsangiz ham - Sizning vazifangiz jamoaning Maqsadi(nima uchun?), Insonlari(kim?) va Jarayon(qanday?)larini rivojlantirishdan iborat.

Sanjar Hamidullayev
Toshkent
Manba: The making of a manager
Qayta a'loqa(Обратная связь) muhim!

Bu ko'proq endi ishga kirgan👷‍♂️yoki bo'limning oddiy xodimi sifatida ishlayotganlar uchun yuqoriga tezda ko'tarilish👨‍💼uchun tavsiya bo'lsa kerak!

Ish boshlaganimdan beri har bir kompaniya uchun keltirgan foydam hamda kiritgan o'zgarishlarim natijalarini aniq raqamlar bilan hisobotini qilib yuraman. Buni Akmal Payziyev o'rgatgan edilar: "Mehmonxonada doorman bo'lsangda nechchi marta mehmonlarga eshikni ochib yopganingni hisobini olib yur" degan edilar.

Shunday ekan menga bo'lim boshlig'i tarafidan maxsus topshiriq berilar ekan, uni bajarib bo'lib - topshiriq bajarib bo'linganligini, natijada eski holatiga ko'ra qanday o'zgarishlar bo'lganligi, aytilmasada qo'shimchasiga bajarilgan qismlari bilan topshiriq beruvchiga raqamlarda hisobotini yuborar hamda o'z kichik portfoliomga kiritib qo'yar edim.

Bunday qilish sizni ishga ma'suliyatli ekanligingizni bildiribgina qolmay, boshliq tashabbusi bilan bajarilgan topshiriq kompaniyaga qanday natija keltirgani, ishonavering unga juda qiziq bo'ladi va sizning qayta a'loqangizni qiziqish bilan kutadi.

Sanjar Hamidullayev
Toshkent
#ustozdan

"Albatta Ha bo'lmasa Umuman Yo'q" - Derek Sivers

Bu iqtibosni sodda qilib tushuntirishga harakat qilib ko'raman:
Bozorga poyafzal olgani kirdingiz, bittasini kiyib ko'rdingiz, ko'rinishi yaxshi, qulay, palonchi firmaniki, juda sifatli, pulingiz bemalol yetadi lekin negadir ikkilanayapsiz, ikkilandingizmi demak bu oyoq kiyimni olishga shoshilmang. Yana boshqa do'konlarni aylandingiz hech biri ko'ngilni to'liq to'ldirmayapti, va bexosdan biriga ko'zingiz tushdi, olib sotuvchi taklif qilmasa ham kiyib ko'rdingiz va eng birinchi kelgan hayol: "Pulim yetmasa Ahmaddan qarzini undirib bo'lsa ham shuni baribir olaman(=Albatta ha)" bo'ldimi, demak siz o'zingiz uchun eng mos oyoq kiyim ustidasiz.

Ya'ni narsa, kasb, turmush o'rtoq, ustoz va h.z tanlar ekansiz, bajarsammi? bajarmasammi? degan narsa hayolingizga kelsa uni bajarmagningiz ma'qul. Chunki hozirgi ikkilanishlaringiz kelajakda afsuslarga aylanish ehtimoli yo'q emas. Sababi ma'lum bir ikkilantiruvchi tanlov - sizning qaysidir talab, xohish, qadriyatingizga mos kelmay turib boshqa ustunliklarga ega bo'lgan holda insonda ikkilanish paydo qiladi.
Sizga har tomonlama mos kelsa sizda ikkilanishdan asar ham bo'lmay balki muhokama qilib ham o'tirmay o'sha tanlovni amalga oshirishga kirishib ketgan bo'lasiz.

❗️Ammo bu qoida faqat sizning talabingizga taklif ko'pligidan tanlashga qiynalib turganda qo'llaniladi xuddi bozorda sotib olishingiz mumkin bo'lgan oyoq-kiyimlar ko'p bo'lganidek.

"Hell Yeah or No" - Derek Sivers (01:10 - 04:05)

Sanjar Hamidullayev
Toshkent
Qaysi kasb (soha)ni tanlasam ekan?

Bugun bizga nima qilishni (what to do) ko'p o'rgatishayapti ammo o'sha nimadurni qanday qilish(how to do) esa mavhumligicha qolmoqda. Eng qizig'i shundaki nima qilishni biz yaxshi bilamiz, bizga uni qanday qilish bilimi ko'proq kerak.

Ko'p uchraydiganlaridan biri: - "O'z sevganing kasbing bilan shug'ullan shunda ishlamaysan balki dam olasan!", "Talantingizni topib shunga ko'ra kasb tanlang shunda muvaffaqiyatli bo'lasiz",...

-Okey! lekin qanday qilib sevgan ishimni yoki talantimni topay

Qachonlardir o'zimni qiynagan ushbu savolga(how to do ko'rinishida) javob berishga harakat qilib ko'raman.

Oldin bir narsani yaxshi anglab olishimiz kerak. Qaysi soha yoki kasb bo'lmasin sizni eng yuqori darajaga olib chiquvchi omil bu doimiy shu sohaning va uning atrofidagi ilmlarni chuqur o'rganib borishdir. Siz ma'lum bir sohada doimiy ilm olib, izlanishingiz uchun esa shu sohaning ilmini olish jarayonidan lazzatlanishingiz zarur deb o'ylayman. Masalan o'qituvchi pedagogika va o'quvchi psixalogiyasi bilimini, dasturchi kod ilmini o'rganishdan mazza qilishi kerak.

Demak kasb tanlashda qiynalayotgan bo'lsangiz, mavjud kasblar ro'yhatini qiling va har biriga oid 3-5 soatlik video darslarini youtubedan toping va bir boshidan o'rganishni boshlang (Bunda siz ko'rayotgan videodarslikni to'liq tushunishingiz juda muhim). Videodarslikning 10 daqiqasigacha ham sabringiz yetmasa o'zingizni qiynamang keyingi kasbga oid videoga o'ting. Qaysi kasbga oid videodarslikni qiziqib oxirigacha ko'rib o'rganayotgan ilmingizdan ruhlansangiz, katta ehtimol bilan shu kasbda muvaffaqiyatga albatta erishasiz.

Sanjar Hamidullayev
Toshkent
Ixtiyoriy ishda har kuni 0.01% ga yaxshilanib borishingiz bir yilda hozirgi holatingizdan 37 barobar yaxshiroq bo'lishingizga sabab bo'lsa,

Har kuni 0.01% ga yomonlashib borish esa sizni bir yilda boridan ham ayiradi.

Tanlov o'z qo'lingizda!

Sanjar Hamidullayev
Nega uzoq vaqt post yozmadim yoki yoza olmadim?

Oxirgi 2 oy ichida ish faoliyatimda keskin burilishlar bo'ldi:

1. Qariyb 1 yillik faoliyatimdan so'ng ta'lim kompaniyasi bo'lmish "Merit"ni tark etdimk.
2. Ma'lum muddat o'zim(soham)ga munosib tashkilot va kompaniyalarni o'rgandim.
3. May oyidan e'tiboran "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar" agentligida ish boshladim.

Bu 3 dona qadam oddiy tuyulgani bilan oson kechmadi!

"Merit"dan olgan xulosalarim;
Nega xususiy emas davlat tashkliloti?
Agentlik faoliyati va vakolatlari va boshqalar haqida keyingi postlarda yoritib boraman.

Sanjar Hamidullayev
Toshkent
Yo'l yurganniki

Aksar hollarda o'zimizga past baho beramiz natijada duch kelgan vaziyat*larga o'zimizni shu vaziyatni imkoniyatga aylantirish uchun qobiliyatsizdek va yoki imkonsizdek his qilib balki boshqalarda ustunlik borligini ro'kaj qilib yoki shikoyat qilib(bazan sirtimizda) o'zimizni sekin chetga olamiz.

Aslida siz o'zingizni o'lchayotgan mezonlar birontasi vaziyat uchun ahamiyatsizdir!?
Shunchaki sizdan bir dona qadam talab qilanayotgandir!?
Vaholangki biz atrofimizda bo'layotgan ko'p narsalarga ta'sir o'tkazishga qodir emasmiz(garchi unday tuyulmasada) faqat o'sha birinchi qadamni qo'yish yoki qo'ymaslikdir bizning tanlovimiz.

*ma'suliyat, vazifa

Sanjar Hamidullayev
🇺🇿Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 216-son Farmoniga binoan 2022-yil oktabr oyida tashkil etilgan.

Asosiy vazifalari:

🔹mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish;

🔹soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda ularning samaradorligini baholash, rasmiyatchilik, sansalorlik va korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratuvchi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish;

🔹Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlarining ijrosini monitoring qilish asosida ularning to‘laqonli va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

🔹xalqaro moliya institutlari, chet el tashkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish ishlarini tizimli tashkil etish, ular bo‘yicha axborot va hisobotlarning ma’lumotlar bazasini yaratish;

🔹davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, jumladan hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, boshqaruv organlari tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish va sohaga oid bo‘lmagan aktivlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini monitoring qilish.
"Не надо героизма!"

"Qahramonlik shart emas" bu iborani 2-bor 2-ustozimizdan ham eshitayapman, shuning uchun ulashishga arzigulik ma'lumot deb bildim.

Tashqaridan qaraganda kechasi ham ishxonada o'tirib ishlayotgan xodim eng sadoqatli, ma'suliyatli, boshqalardan ko'p ishlayotgan qahramon kabi ko'rinadi. Aslida esa aksar hollarda bunday emas ishonavering. Xodimlar kechgacha qolib ishlayaptimi, demak qayerdadir muammo bor:

🔹Yoki o'zini hammadan ko'p ishlayotganday qilib ko'rsatmoqchi (muammo xodimda)
🔹Vazifani qilishga ulgurmagan bundan chiqdi ish vaqtida boshqa narsalar bilan shug'ullangan va tovonini kechqurun oilasi bilan o'tkazishi mumkin bo'lgan vaqtda to'layapti va buni asorati ertangi kun ish samaradorligiga ta'sir etmay qolmaydi (muammo xodimda)
🔹Xodimga vazifa xaddan tashqari ko'p yuklatilgan(muammo tashkilotda, kamdan-kam holatlarda)

Qahramonlik - ortiqcha resurs(vaqt, energiya, pul) sarf qilib qiyin vaziyatda bir martalik jombozlik ko'rsatish! Qahramonliklar u yoki bu ko'rinishda yo'qotishga olib kelar ekan nega shu qiyin vaziyatlar yuzaga kelish sabablarini bartaraf qila qolmaymiz. Shuncha ortiqcha sarflanayotgan resurslarni samaraliroq joyga sarflar edikmi masalan oilamizga, do'stlarimizga.

Imtixonga bir kun qolganda uxlamasdan tayyorlanib, ertasiga 4 baho olish boshqalar nazdida qahramonlikning bir turi aslida ammo bir vaqtning o'zida har bir darsdan keyin vazifalarni bajarib umirboqiy ilm olib imtixonda haqiqiy 5 baho olib o'tish imkoniyatidan maxrum bo'lish ham demakdir! Bu qanday qahramonlik bo'lsin!?

Xullas haqiqiy qahramon xodimlar 18:00 dan keyin uyida oilasi bilan vaqt o'tkazayotganlar. Shuni nazarda tutishgan menimcha ustozlar.

Sanjar Hamidullayev
Toshkent
"Серьёзный" joyga ishga kirmoqchiman!

Korxona yoki tashkilotga odatda xodim oqimi 2 ta joydan keladi:

📌Dunyo tajribasida kompaniyalar 77% hollarda jamoasiga yangi a'zoni karyeraviy va shaxsiy a'loqalarining(networking) tavsiyalari ichidan tanlab ishga olishadi.*

📌Tavsiya orqali topilmasa ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilinadi ulardan asosan - Linkedin | Headhunter.

Demak yaxshiroq joyga yaxshi lavozimga kirmoqchimisiz? Tayyorgarlikni hozirgi ishlayotgan korxonangizdan/o'qiyotgan ta'lim muassasangizdan boshlash kerak bo'ladi. Hozir o'zingizni bor potensialingizni ko'rsatib, ishxonadagi hamkasblaringiz, mijozlaringiz yoki o'qituvchilaringizni shunchaki oddiy xodim, mijoz yoki o'qituvchi sifatida emas balki sizga keyingi katta eshiklarni ochuvchi tavsiyachilar kerak bo'lsa rahbarlar(mulozamat emas natija nuqtai nazaridan) deb bilish kerak bo'ladi.

Kamina eski ishxonamning har bir xodimini o'zimning natijamning baholovchisi sifatida ko'rishga harakat qilganman, ishxonadan ketganimizdan so'ng har xil tashkilotlardan ish taklifi bilan telefon bo'lar edi, raqamimni qayerdan olishganlarini so'raganimda eski ishxonamizning qaysidir xodimi bergan bo'lib chiqardi. Xatto yaqinda aynan eski ishxonamdan yangi rahbariyat meni oldingi lavozimimdan ancha yuqoriroq lavozimiga qaytishimni taklif qilishdi.(sen bir maqtanma ekanda degan joyiga😂)

Linkedin hamda headhunter dan foydalanishni bilmasangiz "Серьёзный" joylarni boshqa joydan qidirmang baribir topolmaysiz.

*Who: "The A method for hiring" kitobidan
#iqtisod

Ko'rinmas qo'l yetaklaydi!

U umuman olganda, na jamiyat manfaatini ko'zlaydi, na qancha manfaat keltirayotganini o'ylaydi. U ishlab chiqarishini mahsulot ko'proq qiymatga ega bo'lishi uchun yo'naltirar ekan, faqat o'z manfaatini ko'zlaydi. Bunda ham boshqa holatlarda ham u asli niyat qilmagan maqsadiga - ijtimoiy manfaatga - erishishi uchun uni bozor tizimidagi ko'rinmas qo'l yetaklaydi. Bu holat asl niyat qilingan maqsadning bir bo'lagi bo'lmagan jamiyat uchun har doim ham salbiy bo'lavermaydi. U jamiyat manfaatiga haqiqatdan intilishidan ko'ra o'z manfaatiga intilish orqali jamiyat manfaatiga ko'pincha ijobiy hissa qo'shadi.

- Adam Smit (1776 yil, Xalqlar boyligi kitobidan)
Qaysi tilni birinchi o'rganay?

Javob: Birinchi rus tilini zo'r o'rgan keyin ingliz tilini.

Yuqorida biz muzokara o'tkazgan xalqaro standartlarga ega tashkilot va kompaniyalarning vakillari tashrif qog'ozlari. Bularning 80% i bilan muzokara rus tilida olib borildi qolganlari bilan esa ingliz tilida.

Bugungi kunda millatlararo biznes yoki davlat muzokaralari odatda ikki tildan birida olib boriladi bu rus yoki ingliz tillari.

MDH(СНГ)ning 12 davlatlari uchun umumiy til bu rus tili O'zbekiston ham shular jumlasidan. Bu degani ushbu 12 ta davlatlar bozorida mahsulot yoki xizmatingni yoki bilimingni sota olishing rus tili bilishingga qattiq bog'liq bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak sen dunyo standartlariga(World-class level) javob beruvchi mutaxassis bo'lmoqchi bo'lsang ona tilimizdan keyin rus va ingliz tillarini mukammal o'rgan, zero unday jombozlar mamlakatimizga hozir juda zarur.
ESG = Foyda

Environmental - Atrof muhit hamda tabiat muhofazasi;
Social - Ijtimoiy himoya;
Corporate Governance - Korporativ (Adolatli) Boshqaruv;

Investor yoki yirik moliyaviy institutlar investitsiya kiritishidan oldin ushbu ESG talablari(metrikalari) bo'yicha kompaniyani baholaydi. Talablarga to'liq javob bergandagina investitsiya kiritishadi. YeTTBi* Korzinka ESG talablariga javob bergani uchun investitsiya kiritgan, sababi ushbu tamoyillar kompaniya uzoq muddat turg'un rivojlanishini kafolatlaydi va bunday kompaniyalar har doim hamma uchun manfaatli.

Keling bu ESG nima ekanligini soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

Environmental - bu kompaniya tabiatga, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi faoliyatlardan tiyilishi hamda uning yaxshilanishiga o'z hissasini qo'shishi;

Social - bu kompaniyada sizning irqingiz, diningiz, jinsingiz hamda kelib chiqishingizdan qatiy nazar sizga shu kompaniyada ko'tarilish, rivojlanish, erkin faoliyat ko'rsatish uchun hech qanday to'siq yo'qligi va uning mijozlarga hamda jamiyatga ijobiy munosabati;

Governance - bu kompaniyada qarorlar rahbar yoki uning atrofidagilar manfaati emas balki kompaniyaning manfaati ustiga qurilishi hamda barcha ma'lumotlarning ochiqligi va shaffofligi;

* - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

Davomi bor!

Sanjar Hamidullayev
Foydasiz insonlar bo'lmaydi. O'z o'rnida bo'lmagan insonlar bor!

Не бывают бесполезных людей. Бывают люди не на своём месте!

Manba
Counteroffer - Xodimni ishda olib qolish uchun unga qo'shimcha ish sharoitlari taklif qilish!

⌛️Counterofferni qabul qilgan xodimlarning 50 foizi 12 oy ichida tashkilot yoki kompaniyani baribir tark etadi.

Sanjar Hamidullayev

#HarvardBusinessReview
Quyidagicha fikrlash to'g'rimi yoki yo'q?

Mag'lubiyat alami g'alaba rohatidan ikki barobar kuchliroq. *The pain of loss is double the pleasure of winning.
Final Results
46%
To'g'ri, izohda yozaman sababini
38%
Noto'g'ri, izohda yozaman sababini
15%
Tushunmadim
Sanjar Hamidullayev
Quyidagicha fikrlash to'g'rimi yoki yo'q?

Mag'lubiyat alami g'alaba rohatidan ikki barobar kuchliroq. *The pain of loss is double the pleasure of winning.
So'rovnoma javobi: "Noto'g'ri" edi!

Mag'lubiyatga "alamli" deb qarash biz unga olib borishi mumkin deb o'ylagan har qanday ishdan(imkoniyatlardan) o'zimizni olib qochishga moyil qilib qo'yadi.

Mag'lubiyat qo'rquvi sabab, urinishlar soni kam bo'lar ekan bataxqiq natija o'zgarmas bo'lib qolaveradi.

Yutish uchun emas, yutqazmaslik uchun o'ynash tendensiyasiga tushib qolmaganmikanman?

Manba: Amazon, Coca-Cola va Netflix mag'lubiyatdan qanday o'rganishadi.

Sanjar Hamidullayev
Onasini ko'rda o'g'liga baho ber

Xalqimiz orasida "Onasini ko'rib qizini ol" degan ajoyib tavsiya bor, ammo onasiga qarab qiz bola haqida bilgancha teng miqdorda yoki ko'proq shu onaning o'g'il farzandi haqida ham bilib olsa bo'ladi.

Yigit kishining to'laqonli kim ekanligini uning o'zining so'nggi rusumdagi telefoni, eng qimmat ust boshi, ko'rkamligi yoki tushib kelayotgan mashinasining markasi va yoki "iymonli" gap so'zlari emas balki uning onasiga imkoni doirasida yaratib qo'ygan sharoitlari: ust boshi, tashqi qiyofasi, sog'ligi, doimiy kayfiyati, onaning xohishlari nechinchi darajali ekanligi umuman olganda onasiga munosabati ko'proq gapiradi.

Qizlar turmush o'rtoq tanlash chog'ida faqat o'ziga ko'ziga, shirin gap so'zlari emas balki onasi bilan munosabatiga qattiq e'tibor berishlari tavsiya qilinadi. Ishonavering uzoq muddatda sizga munosabati onasiga munosabati darajasidan oshmaydi.

Yana bilmadim?!

Sanjar Hamidullayev