Sanjar Hamidullayev
235 subscribers
20 photos
3 videos
59 links
O'rganish uchun o'rgataman. Ma'zur tutgaysiz!
Download Telegram
Birov bilan taqqoslamang balki o'zi bilan

Kishilar(xodimlar, o'quvchilar, farzandlar) samaradorligini baholashda adolat chegarasidan o'tmaslik juda muhim. Shunda ular sizning bahongizni salbiy emas balki ijobiy qabul qiladi.

— Qanday adolatli baholasa bo'ladi?

Ish samaradorligini baholashda kishining natijasi yuqori va yoki aksi bo'lsa solishtirish uchun murojaat qilishingiz mumkin bo'lgan nuqta 2 ta bo'ladi, bular:

1. Kishining o'zining o'tgan davrga nisbatan natijalari (Siz o'tgan oyga nisbatan 10%ga sust ishladingiz!) - vaqtga oid taqqoslov

2. Boshqa xodimning ish natijalari (Siz o'tgan oyda bo'limingizdagi Alisherga nisbatan 5%ga sust ishladingiz) - ijtimoiy taqqoslov

Garvardning tadqiqotlariga ko'ra o'sha kishiga vaqtga oid taqqoslov ijtimoiydan ko'ra adolatliroq tuyulib shuning hisobiga yaxshiroq ta'sir qilar ekan.

Sababi vaqtga oid taqqoslovda, baholanayotgan kishi menejeri u haqida aniq va puxta ma'lumotga muntazam ega ekanligini sezadi va o'zini hurmat qilingandek his qiladi.

Siz uni boshqa kishi bilan solishtirganingizda esa u o'zining o'ziga xos jihatlari hisobga olinmagan deb o'ylaydi. Shuning uchun bu fikr adolatli ekanligiga shubha qiladi (garchi bu fakt bo'lsa ham).

Eng qizig'i bu baholashda ikkinchi tomonga nisbatan bu kishini ijobiy baholasangiz ham ("Siz boshqa xodimlardan yaxshiroq ishladingiz"), bu ularga to'laqonli adolatli tuyulmas yoki maza bermas ekan.

Bu yerda menejerlar xodimlarning, ustozlar o'quvchilarning hamda ota-onalar farzandlarning individual shaxsiyatga ega ekanligini esda tutishlari kerak va bu shaxsiyatlarining ish hamda o'qish joyida, oilada tan olinishni va qadrlanishini xohlashadi. Ularning ishlash natijalari boshqalarnikiga qaraganda qanday bo'lganiga emas, balki vaqt o'tishi bilan o'z natijasi qanday o'zgarganiga e'tibor qaratish orqali ularning xohishlarini —individual munosabat— bajarish mumkin.

Shunda ular salbiy natijalarini ham adolatli qabul qilib to'g'irlashga kirishishadi.

Sanjar Hamidullayev
🕌Muqaddas Qurbon hayiti bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.🫂

Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!🌙

Sanjar Hamidullayev
Qachon topshirish kerak?

O'zingiz a'lo darajada tushunadigan ishlarni boshqa odamga (delegate)bajarishga o'tkazib yuborishingiz mumkin.

Yaxshi tushunmaydiganingiz ishlarni boshqa odamga ishonib topshirib bo'lmaydi.

1. Agar siz u ishni o’zingiz yaxshi tushunmasangiz boshqa odam qanchalik sifatli bajarayotganini qanday baholaysiz axir?
2. Siz bu ishni yaxshi tushunmaganingiz hisobiga bajaruvchining ishiga hech qanday ta'sir ham o'tkaza olmaysiz.

Vazifalarni boshqalarga o'tkazishdan maqsad - siz o'zingiz ideal shug'ullanayotgan takroriy ishlarni boshqalarga topshirib o'zingiz qiyinroq va muhimroq ishlar bilan shug'ullanish.

Sanjar Hamidullayev
#Ibrat

Yapon madaniyatida "kinsugi" deb nomlangan san’at turi bor. Unga ko‘ra biror buyum singanda uni oltin bilan tuzatishadi va bu orqali uning qiymatini oshirishadi.

Hayot ham seni sindirib qo‘ysa, sen o‘zingning oltin xususiyatlaring bilan o‘zingni tuzat. Sabr qil! Taslim bo‘lma! Ishon, bu sening hayotingning qadrini oshiradi.

Credit: Otabek Hasanov

Sanjar Hamidullayev
Haq yo’linda kim sanga bir harf o’rgatmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila!

Alisher Navoiy

Aziz ustozlarim, murabbiylarim! Sizlarni — O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Umringiz uzoq, martabangiz ziyoda bo’lsin.

Sanjar Hamidullayev
Nimadan boshlay ishni?

Yoshsiz, hali tajribangiz ham unchalik yuqori emas, uni ustiga yangi muhit, begona odamlar, tushunarsiz fikr-mulohazalar, o'zgacha maqsadlar, ayri hissiyotlar. Bular har bir yangi jamoaga qo'shilganda yuzaga keladigan hodisalardan. Berilgan vazifalarni qisman bajarayapsiz ham, ammo nimadir yetishmayotgandek, qandaydir noqulaylikni yoki qoniqmaslik hissi bor.

Bunday paytda o'zingizga ishonchni saqlab qolishning yo'li bu sizga berilgan ma'suliyat doirasida ortig'i bilan bajarib ko'proq himmat ko'rsatish. "Ammo nima qilsam qo'shimcha himmat qilgan bo'laman?" "Qanday ishlarni qilsam xato bo'lmaydi?

Hech kim rad eta olmaydigan vazifalarni topib uni bajarishga kirishing. Faqatgina sizga berilgan vazifani bajarishning o'zi yetarli emas. Hisobga olinmagan, hali o'ylab o'rganib ko'rilmagan ishlarni siz o'ylang va siz ularni amalga oshiring. Hamma ko'rib bilib turganini ko'ra olishingiz hech kimga qiziq emas, hamma qaraganda ko'ra olmayotgan nuqtalarni ko'rishga intiling.

Qisqa vaqt o'tib bunday ishlar yoki yondashuv hammaga manfaatli bo'lgani bois sizni iliq qabul qilishadi, fikringizni eshitishadi buni natijasida esa o'z o'zidan siz ham bu joyga nisbatan iliqlikni his etasiz va ishingizga mehringiz oshadi.

Hammasi o'z o'zidan zo'r bo'lishini kutmang zotan o'z o'zidan bo'layotgan ishlar xavfli.

Sanjar Hamidullayev
Hammani ko'nglin oluv istamoq,

Chin ko'ngli borlar e'tiboridan qolmoq!
Ko'rpani o'zingga tortaverma

Rahbar bo'lish boshqalar ko'zida eng mazza ishdek tuyuladi, ammo ko'zga ko'rinmagan qil ustidagi qiyinchiliklari bor.

Eng qiyini hukumat pozitsiyasida tura olish.

Hukumat - bu adolatni ta'minlab beruvchi, nima bo'lishidan qat'iy nazar faqat bir tomonga yon bosmasdan, hammaga teng o'yin qoidalarini joriy qiluvchi, aslo va aslo ko'rpani o'zi tomon tormaydigan pozitsiya.

Ko'rpani o'zi yoki nomunosiblar tomon tortar ekan bu seziladi va tortgani qadar uning jamoasi zaiflashib boraveradi-boraveradi. Kuchlilar tark etaveradi. Zaiflar qoladi chunki unda borishga boshqa variant yo'q-da.

Sen adolat tomon bo'laver kuchli jamoang seni ustingni aytmasang ham yopib qo'yaveradi.

Sanjar Hamidullayev
Umr daftariga yozayotganlarimiz, kanal yuritish bilan bir xil, nimani yozsak atrofimizga beixtiyor shunga qiziqadiganlar yig'iladi unisidayam bunisidayam.
Bozor iqtisodiyoti(Meritokratiya jamiyatida) sharoitida ixtiyoriy mag'lubiyat, omadsizlik, moddiy qiyinchilik bo'lsa aybni o'zimdan(irodamdan) bilgum.
Qo'shilgan qiymat

Vazifa sengacha yetib kelganda hech qachon to'la to'kis bo'lmaydi. O'ylanmagan, o'rganib ko'rilmagan qismlari albatta bo'ladi.

Aytilgan ishni aytilganiday qilish yetarli emas, albatta to'ldirishga joy bo'ladi, buni oxirigacha o'ylash vazifa beruvchi vazifasi ham emas aslida. Hammasini u o'ylasa seni nima keraging bor?

Senga yetib kelgan har qanday ishda o'z qiymatingni qo'sh, kamchiliklarini to'ldir, yangiliklar qo'sh, xullas o'z imzoyingni qoldir.

Bo'lmasa joyni bo'shatib qo'y.
Aravani tezligi otnikidan osharmidi?!)

Hali u ot bolsa-a, xachirlarga ham arava ortishadi goh goh.

Jamoani tortayotgan liderlarni to'g'ri tanlash muhim.
Oldin o'zingni qutqar

Adam Smit'ning "Ko'rinmas qo'l" nazariyasiga ko'ra o'zing ishingda zo'r bo'lsang jamiyat sendan manfaatni "ko'rinmas qo'l" orqali shundog'am ovoladi.

Masalan muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lsang ko'proq ish joyi yaratasan, ko'proq soliq to'laysan, yaratgan xizmating yoki ishlab chiqarishing orqali davlatdagi qaysidir bo'shliqni to'ldirasan - shu jamiyatning sendan olayotgan manfaati. Jamiyatga kerak emas hali o'zing bir ishni qoyillatmasdan turib boshqalarni hayotini qutqarmoqchi bo'lib chiranishing, balki unga bu zarar hamdir - chala shifokor chala davolaydi va shu sabab kimnidir hayotiga zomin bo'lishi mumkinligini esla.

Shuning uchun ishda ham o'ziga biriktirilgan ishni qoyillatmasdan turib, har xil ishlarga chalg'ib, boshqalarga yordam berayapman-ku deb qahramonlikni davo qilib o'zini ovutadiganlarni hech ham tushunmayman.

Xalqda bir maqol bor shuni soddaroq tushuntirishga sal yaqinroq: Ishtoni yo'q, tizzasi yirtiqqa kulibdi.

Hayotdagi eng birinchi yordam berishimiz mumkin bo'lgan inson bo'lsa bu o'zimizmiz.
Qiymatingni taroziga solishga shoshma

Hali yoshsan lekin qo’lingdan bir ikki ish kelib qoldi, o’zingdan mag’rurlanib sendan ancha oldin yo’lga chiqqanlar bilan o’zingi taqqoslab menga buncha oylik qilib bering, men buni qildim uni qildim, men…, men… deb o’zingni muhim sanashga urinaverma.

Sendan oldin ham bu korxona yurgan sendan keyin ham yurishini unutma. Seni sen bo’lishingga sababchi bo’lgan, sharoit yaratganlar bor, sendan boshqa insonni ham senga o’xshab o’stira olishlarini unutma.

Nima qilay? Sendan kutilganidan ortig’ini beraver 10 so’rashsa sen 15 ber. Keyin 20 so’rashadi sen esa 25 ber. Sendan talab oshaverarkan albatta qiymating ham oshaveradi. Taroziga qiymatingni o’zlari solishadi va qiymatingni oshiraverishadi. Lekin bunda tarozisi soz korxona bo’lishi muhim. Ya’ni to’g’ri korxona tanlash ham bir san’at.
Munosabatlar buzilishi

Ikki tomon bir biri bilan hech qanday yolg'on vadalarsiz, bo'rttirma va baland parvoz gaplarsiz, holatni ochiq oydin boricha achchiq bo'lsada pushti ko'zoynakni yechib o'tirib muhokama qilmasligida - vaziyatni holis obyektiv baholamaslikda. Bir-biridan yolg'on yoki noreal kutilmalar bilan yashab, ular reallikda amalga oshmaganida munosabatga dars ketadi.

Munosabat qurilishi

Hayot past-balandlikdan iborat ekanligini ongli ravishda anglab, shu qiyin vaziyatlar kelganda qanday chiqish mumkinligini birgalikda muhokama qilish, yechim izlash imkoniyat ko'ra(yarata) olishdek bir missiyada hamkorlik qilish birlashtiradi.

Yana bilmadim?!
Imidjing qurilayapti(qulayapti) axir

Har bir senga yetib kelgan vazifani qay darajada bajarishing sen qurayotgan o'zing haqingdagi tasavvurga bir g'isht qo'yadi yoki qulatadi. Ishni chala, oxiriga yetkazmasdan, yaltoqlanib bajarsang oldin qo'yilgan g'ishlardan ham bir g'isht olib tashlanadi, aksincha uni(vazifani) ortig'i bilan a'lo darajada bajarsang yana bir katta ulkan g'isht qo'yishadi. Shu zayilda ulkan yoki fundamenti ham quyilmagan imidj binoingni qurib boraverasan.

Imidjing darajasi bilan moddiy va ma'naviy o'sishing ham bir xil bo'ladi.

Sen yillar davomida sen bajargan vazifalar natijasi yig'indisisan.
Ikkinchi imkoniyat berilmaydi

Ishxonada eng og'ir ish bu ishdan bo'shatish, ayni shu payt har doim ikkinchi imkoniyat berishingni so'rashadi. Ammo birinchi imkoniyatni (ishonch, qo'llab-quvvatlov, sharoit, resurs, qayta-qayta imkoniyatlar, xatolarga ko'z yumish, umid va hz) bilmaganlar ikkinchisiga loyiq emas.

Uch marta hayolga "ishdan olish kerak" degan fikr keldimi, bo'ldi demak shu darajagacha olib keldi, bo'shatish qarorini ber - endi ortga yo'l yo'q. Nima bo'lsa ham qarorni ijro qilasan. Bu qatiyating ketganga ham qolganlarga ham yaxshigina dars bo'ladi.

Imkoniyat o'z nomi bilan imkon - cheklangan, istagan payti uni eshiklari ochiq turmaydi, bir yopilsa qayta yillar ochilmasligi mumkin.

Oldingizdagi imkoniyatni qadrlang. Ikkinchi marta sizga bu berilmasligi mumkin.
Sarlavhani siz qo'yasiz

Biz qilib qo'ygan xatoimizni oqlash uchun bir dunyo vaqtimizni sabablar izlashga, tushuntirishga va boshqalar bunga ishongan yoki yo'qligini bilishga ketkazamiz,

Vaqt baribir ortig'i bilan ketayotgan ekan (faqat sal kechroq - xatoligi ayon bo'lgach), shuni bir qismchasini shu ish qilishdan oldin yaxshilab har tomonlama o'ylab ko'rishga sarflaylik.

Vaqtimiz tejaladi, obro'imiz to'kilmaydi, aqilliroq bo'lib boramiz.

Asli bir qilib qo'ygan ishimizni o'sha ishni qilishdan oldin obdon yana bir o'ylab ko'rganimizda o'zimiz ham noto'g'ri ekanligiga amin bo'lardik va shunday qilganlarni qoralardik,

Endi esa uni qizig'i yo'q, "mendan chiqdimi shu ish,fikr,qaror - bu xato bo'lishi mumkin emas" qarshi chiqayotganlar bu qaror,fikr,ishning sirli mohiyatini ko'ra olishmayotgandek go'yo, ularni qoralaymiz.

Exx inson..

P.s: Ushbu postga nima deb sarlavha qo'ygan bo'lar edingiz? Izohda yozib qoldiring, eng yoqqan sarlavhani tanlab yuqoriga yozib qo'yaman.