Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
11.9K subscribers
5.79K photos
1.81K videos
206 files
3.78K links
Download Telegram
⚡️TEZ 🆓 BEPUL ANONIM 🤝DO’STONA

«Do'stona kabinet»…

‼️ Bu haqida batafsil yuqoridagi infografikada ma`lumot berilgan.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
‼️ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida

📌 Mavzu: “OITSga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar”.

Vaqti: 12:00.

Ishtirok etadi: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
GRIPPGA QARSHI EMLASH TADBIRLARI BOSHLANDIMI?

Gripp kasalligiga qarshi emlash tadbirlari haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma`lumot berib o`tdi.

Grippga qarshi emlash tadbirlari qachondan boshlanadi?

Grippga qarshi emlash tadbirlari kasallik mavsumi ko‘tarilishidan, noyabr-dekabr oylaridan bir oy oldin boshlanadi.

Vaksinalar kimlarga qilinadi?

Vaksinalar xavf osti guruhi, ya’ni jamoatchilik bilan ishlaydigan aholi qatlami: o‘qituvchilar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, mehribonlik va sahovat uylari xodimlari va u yerlarda istiqomat qiluvchi shaxslarga qilinadi.

Oddiy aholi qayerda emlanishi mumkin?

Xususiy emlash punktlariga borib emlanishi mumkin.

Bu vaksinalar qayerdan keltirilgan, ular xavfsizmi?

Vaksinalar Rossiya Federatsiyasi, Yevropaning Fransiya, Germaniya davlatlarida ishlab chiqarilgan va tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.

Vaksinani olish majburiymi?

Vaksinani olish ixtiyoriy.

Nojo‘ya ta’sirlari yo‘qmi?

Og‘riq, tana haroratini ko‘tarilishi, holsizlik kuzatilishi mumkin. Bundan zinxor cho‘chish kerak emas,begona oqsil organizmga kirganda organizm unga munosabat bildirishi bu tabiiy xol.

Sanepidqo‘mita Axborot xizmati

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
❗️ ОИТСга қарши курашиш мақсадида амалга оширилаётган ишлар

АОКАда Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси Ахборот хизмати раҳбари Мафтуна Саидова иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

▶️ Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📉 2030 йилга бориб ОИВ юқтирганларнинг 95 фоизи қонида вирус юкламаси аниқланмайдиган даражага тушириш режалаштирилмоқда

АОКАда бўлиб ўтган брифингда Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси ахборот хизмати раҳбари Мафтуна Саидова ОИТСга қарши курашиш мақсадида амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берди:

2030 йилга бориб ОИВ эпидемиясига барҳам бериш учун «95-95-95» стратегиясига кўра ОИВ инфекциясини юқтириб олган шахсларнинг 95 фоизи ўзининг ОИВ статусини яъни организмида ОИВ мавжудлигини билиши, 95 фоиз ОИВ юқтириб олганлар махсус даволаш курслари (РҚТ) билан қамраб олинишлари кўзда тутилган.

Шу мақсадда республикада 173 минг нафардан ортиқ аҳоли ўртасида Экспресс тестлар ўтказилди.

Шунингдек, 129 000 та экспресс тестлар Республиканинг барча туман (шаҳар) кўп тармоқли марказий поликлиникаларига етказилди.

Бундан ташқари, ОИВ инфекцияли оналардан туғилган 700 нафардан ортиқ бола олти ойлик бўлгунча қуруқ сут аралашмалари билан таъминланмоқда.

📝 Батафсил

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 News 24

‼️ «Autumn school of hepatology in Tashkent» international conference

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
✳️ Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida "Gripp kasalligining immunoprofilaktikasi va Grippol plyus vaksinasining ishlatilishi" mavzusida o'quv seminari o'tkazildi.

❇️ Seminarda Sanepidqo'mita mutaxassislari, boshqarma va uning hududiy bo'limlaridagi epidemiologiya bo'linmasi mudirlari, tibbiyot birlashmalari yuqumli kasalliklar shifokorlari, KTMPlar mudirlari ishtirok etdi.

❇️ Gripp kasalligining oldini olishda eng yaxshi samarali usul grippga qarshi emlash hisoblanadi. Tadbirda vaksinalar xavf osti guruhi, ya’ni jamoatchilik bilan ishlaydigan aholi qatlami: o‘qituvchilar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, mehribonlik va sahovat uylari xodimlari va u yerlarda istiqomat qiluvchi shaxslarga qilinishiga to‘xtalib o‘tildi.

❇️ O'tkazilgan o'quv seminari davomida Sanepidqo'mita mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan mavzuga oid savollariga javoblar berib o'tishdi. Kasallikning oldini olishga bag`ishlangan eslatmalar tarqatildi.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси раисига ўринбосарлар тайинланди:

- Атабеков Нурмат - Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси раиси биринчи ўринбосари лавозимига;

- Курбанов Ботиржон Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси раиси ўринбосари лавозимига;

- Ҳайитов Қобилжон Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси раиси ўринбосари лавозимига.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Gripp kasalligiga qarshi profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda

🔹 Ob-havoning sovib borishi oqibatida yurtimizda mavsumiy kasalliklarning tarqalishi ko‘payadi. Gripp – eng keng va tez tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Bu kasallik uchun mavsumiylik xos bo‘lib, asosan, kuz va qish oylarida ko‘p holatda ro‘yxatga olinadi. Gripp virusining A, V va S turlari mavjud. Kasallik manbai faqat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi sog‘lom odamlarga, asosan, havo-tomchi yo‘li bilan bemor aksirganda, yo‘talganda, gaplashganda tez yuqadi.

📌Toshkent shahri aholisi o‘rtasida gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, aholi salomatligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.

🔹 Joriy yilning oktabr oyi boshidan Toshkent shahriga ajratilgan "Grippol plyus" vaksinasi bilan tibbiyot xodimlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va yopiq muassasalarda yashovchilarni emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🔹Emlash jarayonlarini olib borilishini tashkillashtirish va nazoratini olib borishda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

‼️ Unutmang, gripp kasalligini oldini olishda eng samarali usul bu o'z vaqtida emlanishdir.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va JSST bilan hamkorlikda yuqumli kasalliklarni elektron monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimi yaratildi.

❇️ Mazkur tizim orqali tibbiyot birlashmalari va qo‘mita xodimlari o`rtasida axborotlarni tezkorlik bilan yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa o‘z navbatida biron-bir hududda kasallik aniqlangudek bo‘lsa tez tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.

❇️ Kasallik aniqlanishi holati monitoring qilish bo‘yicha axborot tizimiga kiritilsa butun respublika xabardor bo‘lishi va ehtiyot choralarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

‼️ Bunday axborotlashgan tizimi aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
Холмамат Нуралиевич Норбоев бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати бошлиғининг биринчи ўринбосари лавозимидан озод қилинди.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
❗️Iste'molga yaroqsiz tovuq go'shti savdosi to'xtatildi

Aholini salomatligini muhofaza qilish, ular orasida guruhli ovqatdan zaharlanish, ichak infeksiyalari qayd etilishini oldini olish maqsadida bozor va do'konlarda savdoga qo'yilgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati muntazam nazoratga olinadi.

📌 Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari, Veterinariya Sanitariya Ekspertiza laboratoriyasi (VSEL) xodimlari bilan birgalikda "Farhod" dehqon bozori hududida o'rganish ishlari olib borildi.

🔹O'rganish davomida saqlanish va sotilish talablari buzilgan, hidlangan, organoleptik ko'rsatkichlari buzilgan 10 kg. xom tovuq go'shti mahsuloti savdosi to'xtatildi va tegishli tartibda brakeraj qilindi.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube
‼️ Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan tashkil qilingan mobil klinika avtolaboratoriyasi Farg‘ona viloyatining chekka hududlarida yashovchi aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida o‘z xizmatini boshladi.

📍 Mobil klinikaning Farg‘ona viloyatining Dang‘ara, Bog‘dod va O‘zbekiston tumanining chekka hududlaridagi faoliyati davomida umumiy 6419 nafar aholi tekshiruvdan o‘tkazildi.

🧑‍🔬 Shulardan 286 nafar aholi terapevt ko‘rigi, 974 nafar aholi UTT, 888 nafar ayol ginekolog ko‘rigi, 99 nafar aholi EKG tekshiruvi bilan shuningdek, 5146 nafar aholi OIV, gepatitning B, C turlari hamda zaxm kasalligini barvaqt aniqlash maqsadida ekspress usulida tahlillar bilan qamrab olindi.

❇️ Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan yuqumli kasalliklarga qarshi targ‘ibot tadbirlari olib borilib, mavzuga oid buklet va eslatmalar tarqatildi.
Ushbu o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlash, fuqarolar/bemorlarga qulaylik yaratish, bemorlarni kerakli mutaxassislarga yo‘naltirish va sog‘lomlashtirishga erishishdan iborat.

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube