Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasi | Vaksina oling!
11.7K subscribers
5.83K photos
1.82K videos
206 files
3.81K links
Download Telegram
Тақыятас районлық Санитария-эпидемиологиялық тынышлық ҳәм жәмийет саламатлығы бөлими тәрепинен районлық улыўма билим бериў мектеп директорлары қатнасында, 7-санлы балалар музыка ҳәм көркем-өнер мектебинде семинар өткерилди.

❇️ Семинарда санитария-эпидемиология хызмети тәрепинен оқыў дәўири басланыўы алдынан, 1-4 класс оқыўшыларын азық-ауқат өнимлери менен тәмийнлеў бойынша мектеплердиң таярлық жағдайлары үйренип шығылғанлып, жуўмағы бойынша сөз етилди.

❇️ Соның менен бир қатарда қатнасыўшыларға ҳәрекеттеги нызам ҳүжжетлери тийкарында мектеплерде азықлық өнимлериниң қәўипсизлиги, сапасы, жеткерип бериўи ҳәм сақланыўы бойынша түсиниклер берилди.

▶️ @sanepidcommittee
🥗🥮🥬🍇 Озиқ-овқат маҳсулотларини сақлаш бўйича ЖССТ тавсияси билан қуйидаги инфографикада танишишингиз мумкин.

@sanepidcommittee
MAKTAB O‘QUVCHILARINING TAOMNOMASI QANDAY BO‘LISHI KERAK?

‼️ Respublikamizdagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bosh mutaxassisi Go‘zal Muhamedova o‘quvchilar uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yuzasidan tavsiyalarini berib o‘tdi.

🟢 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish “Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya-epidemiologik talablari” 0017-21-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida tartibga solinadi.

🥩Go‘sht va go‘sht mahsulotlari (I kategoriyali mol go‘shti, buzoq go‘shti, yog‘siz qo‘y go‘shti (haftada 1-2 martadan ko‘p emas), parranda go‘shti, kurka, quyon go‘shti; baliq; tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda).

🥛 Sut va sut mahsulotlari (sut), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq; quyultirilgan sut, quyultirilib-pishirilgan sut; tvorog; o‘tkir bo‘lmagan turdagi pishloq; termik qayta ishlanganidan so‘ng qaymoq; kefir (qattiq); yogurtlar; qizaribroq ivigan qatiq, qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari; qaymoq.

🧈 Oziq-ovqat yog‘lari (sariyog‘; o‘simlik yog‘i; salatlarga, vinegretlar, seld balig‘i, ikkinchi taomlar salat yog‘i; margarin pishiriqlar uchun; qoverish uchun cheklangan);

🧁 Qandolatchilik mahsulotlar (konfetlar (zefir, qiyom, marmelad ma’qul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak; qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (ta’m beruvchi moddalarsiz); pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz); qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal;)

🥬 Sabzavotlar (kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodringlar, pomidorlar, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon ko‘kat), shivit, selderey (kashnichsimon oshko‘k), tomat pastasi, tomat-pyure).

🍏 Mevalar (olma, nok, olxo‘ri, uzum, va bananlar; har kimning iste’mol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon); quritilgan mevalar;).

🫘 Dukkaklilar (no‘xat, loviya, soya, mosh.)

🧃 Sharbat va ichimliklar imkon qadar kichik qadoqda; konservantlarsiz va qo‘shimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar; kakao, choy; ichimlik suv.

🥫Konservalar (go‘shtli konserva; konserva ovqatlari (go‘shtli suyuq ovqat (rassolnik), mol go‘shtli karam sho‘rva, mol go‘shtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar bo‘lmaganda istisno tarzida); losos (qizil go‘shtli baliq), sayra yog‘da, qovurilgan skumbriya balig‘i; sharbatlar, meva bo‘laklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi; sterillangan pomidor va bodringlar.

🍞 Non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda.

‼️ Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida sog‘lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, o‘quvchilarning sifatli va sog‘lom oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish sog‘lom avlod shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati

@sanepidcommittee
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мактаб ошхоналарида қандай маҳсулотларни тайёрлаш ва сотиш тақиқланган?

@sanepidcommittee
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kuydirgi odam va hayvonlarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik.

✔️ Karmana tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Karmana tuman bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda kasallikning kelib chiqish sabablari va profilaktikasi muhokama qilindi.
✔️ Bu haqida batafsil 👉🎥

@sanepidcommittee
‼️ Sanepidqo‘mita Toshkent viloyati boshqarmasi Angren shahar bo‘limida EIR-elektron emlash reestri tizimini joriy etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

🔰 Unda shahardagi mavjud emlash punktlari bosh shifokor, bosh hamshira, immunolog vrach, immunizatsiya bo‘yicha mas’ul hamshira va emlash hamshiralari ishtirok etdi.

🔰 EIR-elektron emlash reestri dasturi taqdimoti hamda immunizatsiya sohasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar, tashkiliy masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

‼️ Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassisdan javob olishdi.

@sanepidcommittee