QarDU. San'atshunoslik fakulteti.
203 subscribers
1.01K photos
90 videos
12 files
315 links
Qarshi davlat universiteti San'atshunoslik fakultetining onlayn tanlovlar kanali
👇👇Murojaat uchun👇👇
@Feruza_R_Sh
Download Telegram
Forwarded from Qashqadaryo Yoshlari (Dilfuza Bekzodovna)
🌸 “Qizlar ovozi” klubining viloyat koordinatorlar saylash jarayoni yakunlandi.

#qizlar_ovozi
Telegram | Instagram | Facebook
5️⃣5️⃣5️⃣

⚡️G'oliblar taqdirlandi

Talaba-yoshlar o‘rtasida ijodiy muhitni shakllantirish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish va iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vatanim – mening faxrim” mavzusida tasviriy va amaliy san’at asarlaridan iborat ijodiy ishlar tanloviga start berilgan edi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy asarlarda Vatanimizning go‘zalligi, ulkan o‘zgarish va yangilanishlar, tabiatning maftunkor manzaralari, mahobatli tog‘lar, qiyosi yo‘q sharsharalari, va nafosat olamini aks ettirildi. Har bir ijodiy ish hakamlar hay’ati tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganildi.

Natijalarga ko‘ra,

1️⃣ - o'rin San’atshunoslik fakulteti rangtasvir (dastgohli) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Umida Qahramonova;
2️⃣ - o'rin San’atshunoslik fakulteti rangtasvir (dastgohli) yo‘nalishi 3-kurs talabasi Shahnoza Bozorova;
3️⃣ - o'rin San’atshunoslik fakulteti rangtasvir (dastgohli) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Malika Jo‘rayeva.

G‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

🥇- 1 000 000 (bir million) so‘m;
🥈- 700 000 (yetti yuz ming) so‘m;
🥉- 500 000 (besh yuz ming) so‘m.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_yutug‘i
💥💥💥💥💥
Kuni kecha Qarshi davlat universiteti talabalari "Yil talabasi-2022" Respublika tanlovining universitet bosqichida "Yilning eng faol iqtidorli talabasi" (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san'at, haykaltaroshlik bo‘yicha) nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganliklari uchun
San'atshunoslik fakulteti talabasi
👩‍🎨Ro‘ziyeva Munisaxon Shuxrat qizi faxrli 1-darajali Diplom bilan

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
💁Shuningdek

Xalqaro ta'lim dasturlar fakulteti
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi talabasi
👩‍🎨Ro‘ziyeva Mekka Shuxrat qizi faxrli 3-darajali Diplomlarni qo‘lga kiritishdi.
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Talabalarimizga kelgusi ishlarida ijodiy parvozlar tilab qolamiz.

Kanalga kirish va obuna bo‘lish uchun 👇👇
https://t.me/sanatshunoslik_fakulteti_tanlov
Forwarded from Dilmurod Nabiyev
#iftixor

⚡️Chempion bilan uchrashdim

Har gal katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan talabalarimiz bilan uchrashganimda ko‘nglim cheksiz faxr tuyg‘ulariga to‘ladi. Quvonchimni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Nazarimda, ustoz uchun o‘z shogirdining muvaffaqiyatini ko‘rishdan ortiqroq baxt bo‘lmasa kerak. Bugun ana shunday his-tuyg‘ularni yana bir karra boshimdan kechirdim.

Sport fakulteti talabalari, futbol bo‘yicha U-20 Osiyo kubogi g‘olibi, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, Nasaf FK himoyachisi Zafarmurod Abdirahmatov va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Nasaf FK davozaboni Abduvohid Ne’matov bilan uchrashdim. Suhbatimiz samimiy o‘tib, muvaffaqiyat va natija uchun ularga minnatdorlik bildirdim.

Muloqot chog‘ida Zafarmurod terma jamoa safida harakatlangan va o‘z raqami tushirilgan futbolkani sovg‘a qilishi men uchun kutilmagan, quvonarli hol bo‘ldi. Kelgusida talabalarimizni mamlakat faxriga aylanishiga ishonaman. Salmoqli yutuqlarga erishgan yoshlarimiz safi kengayaversin!

👉@rektor_qarshidu
#tanlov

⚡️Nigohlarda ko‘rkam liboslar

Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan iqtidorli, dizaynerlik va chevarlik qobiliyatiga ega talaba-qizlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimizga hurmat, milliylikni zamonaviylik bilan uzviylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Filologiya fakultetida “Nigohlarda ko‘rkam liboslar” tanlovining universitet bosqichi tashkil etildi.

Milliy qadriyatlarimizning va ko‘rkam liboslarimizning mushtarakligi o‘ziga xos usulda jonlantirilgan ushbu tadbirda ishtirokchi qizlar “Momom kiygan liboslar”, “Milliy liboslar” shartlar asosida bellashdi. Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan tanlov yakunida San’atshunoslik fakulteti jamoasi 1-o‘ringa loyiq topildi. Filologiya fakulteti jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Roman-german fakulteti jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉@qarduuz 👈
💥💥💥Universitetimizning quvnoq va zukko talabalari diqqatiga‼️

📣 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik- tanlovining universitet "Rektor kubogi"🏆 musoboqasiga START beriladi!!!🤩

♨️ Ko'rik-tanlovda barcha fakultetlardan saralangan eng faol bittadan jamoa ishtirok etishi mumkin.

✍🏼 Badiiy kengash ko'rigidan o'tgan jamoalar tanlovning final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

⌛️ Badiiy kengash ko'rigi 21-aprel kuni bo'lib o'tadi.

👑 Tanlov g'oliblari:

🥇 - 2 500 000 so'm;
🥈 - 2 000 000 so'm;
🥉 - 1 500 000 so'm.

💰miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🤳Batafsil ma'lumot: https://t.me/QarDU_QvZ

👉@qarduuz 👈
🌟🌟🌟🌟🌟🌟

🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥
Assalomu alaykum.
🎨🎼San'atshunoslik fakultetining Iqtidorli yoshlari ,
💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫 bugun Qarshi davlat unversitetining asosiy binosi yonida
Soat 16:00 da biz kutgan
"Yoshlar forumi" bo'lib o'tadi, barcha yoshlarni bugungi tadbirimizda kutib qolamiz

Bizni kuzatishda davom eting 👇👇👇
https://t.me/sanatshunoslik_fakulteti_tanlov