SamWeb.uz
40 subscribers
112 photos
49 videos
110 links
🚀 Biznesingizni onlayn boshlang – mijozlaringiz internetda sizni kutmoqda!

🔥 Professional dizayn
⚡️ Tezkor ishlash
💼 Ishonchli tizim

👉 Korporativ sayt
👉 Internet do‘kon
👉 Yangiliklar portali

📲 Murojaat uchun @SamFrontend
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 4DX Kino – Filmni shunchaki tomosha qilmang, uni his qiling!

Yaponiyada keng ommalashgan 4DX texnologiyasi kinoni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Bu formatda siz nafaqat filmni tomosha qilasiz, balki voqealar markazida bo‘lgandek taassurot olasiz.

✨ 4DX imkoniyatlari:
🎥 Harakatlanuvchi o‘rindiqlar
💨 Shamol effekti
🌧️ Yomg‘ir va suv tomchilari
⚡ Chaqmoq va yorug‘lik effektlari
🌫️ Tuman va tutun
❄️ Sovuq havo
🌸 Maxsus hidlar
💥 Tebranish va boshqa real effektlar

Har bir effekt ekrandagi voqealar bilan bir vaqtda ishlaydi. Natijada kino tomosha qilish yanada qiziqarli, hayajonli va unutilmas tajribaga aylanadi.

🎞️ 4DX – bu shunchaki kino emas, balki haqiqiy hissiyotlar olami!

@samwebuz
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 2 ta maxfiy uyushgan jinoiy guruh qo‘lga tushdi

📌Manba : @Qalampir.tv

👉@samwebuz
🤯1
‼️. Nihoyat ular qo‘lga olindi:

O‘zbekistonda APK fayllari orqali Telegram akkauntlarni buzib kirayotgan xaker qo‘lga olindi!

Navoiy viloyatida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari zararli .apk fayllarini tarqatgan kiberjinoyatchi guruh a’zosini qo‘lga olishdi. Ushbu ilovalarni o‘rnatgandan so‘ng, tajovuzkorlar qurbonlarining Telegram akkauntlari va bank ilovalariga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lishgan

👉@samwebuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda robot-yetkazib beruvchilarni payqab qolishdi shekilli? 👀🤖

Ha, bular haqiqatan ham Yandex Uzbekistan robotlari. Hozir ular sinovdan o‘tkazilmoqda va ishga tushirishga tayyorlanmoqda ⚡️

Yaqin orada robotlar Yandex Lavka buyurtmalarini yetkazib berishni boshlaydi. Rasmiy ishga tushirilish sanasi va barcha tafsilotlar haqida jamoa qo‘shimcha ma’lumot beradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚨Toshkentda qariyb 7 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgan yigit ushlandi

Yunusobod tumanida 2009-yilda tug‘ilgan fuqaro 578 ming dollarlik noqonuniy kriptoaktiv operatsiyalarini amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉@samwebuz
Investitsiya olmoqchi bo’lsangiz maslahat so’rang.

Maslahat olmoqchi bo’lsangiz investitsiya so’rang.
🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖ChatGpt men kitob bo'lganimda qanday nom qo'yarding😊


👉@samwebuz
🫡1
O‘zbekistonda fast-food brendlari o‘rtasidagi raqobat haqiqiy troll-marketing va kreativ urushiga aylanmoqda.

Yaqindagina Feed Up va Oqtepa Lavash o‘rtasidagi qiziqarli marketing harakatlariga guvoh bo‘lgan edik. Endi esa navbatdagi shou-shuvli yurish Oqtepa Lavash’dan keldi!

Asosiy voqea shundaki, EVOS o‘zining 20 yilligini nishonlayotgani munosabati bilan, Oqtepa Lavash buni o‘zicha o‘zgacha qarshiladi va butun menyuga 20% chegirma e’lon qildi!

Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi posti g‘oyatda ustakorona yozilgan:

“Qo‘shni bayram qiladi, Oqtepa mehmon qiladi!” 😂

Hatto ular bu bilan to‘xtab qolmasdan, EVOS filiallaridan birining ro‘parasiga katta reklama bilbordini o‘rnatishga ham ulgurishibdi.

Mana shunday sog‘lom va kreativ raqobatdan, shubhasiz, faqat va faqat iste’molchilar yutadi: ham kayfiyat ko‘tariladi, ham hamyonbop mazali taomlarga ega bo‘lishadi!

Oqtepa Lavash’dan navbatdagi zo‘r g‘oya va haqiqiy marketologlar to‘qnashuvi! 👍😎

👉@samwebuz
⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH!

Davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar DIQQATIGA ✅

👨‍💻 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar O‘zbekiston Respublikasidagi davlat organlari, tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kompyuter va serverlariga RDP (Remote Desktop Protocol) xizmati orqali ruxsatsiz kirishga qaratilgan ommaviy kiberhujumlarni amalga oshirayotganligi aniqlandi.

⚠️ O‘rganishlar davomida mazkur kiberhujumlarni boshqarishda foydalanilayotgan zararli C2 (Command and Control) infratuzilmasiga tegishli bir qancha xorijiy IP-manzillar aniqlandi.

Dastlabki tahlillar natijasida ushbu ommaviy kiberhujumlar oqibatida ayrim tashkilotlarning axborot tizimlari zararlanganligi, jumladan, ayrim server va kompyuterlardagi ma'lumotlar SHIFRLANGANligi aniqlandi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.

⚠️ Barcha davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kiberxavfsizlik uchun mas’ul xodimlaridan quyidagi choralarni zudlik bilan amalga oshirish so‘raladi:
✅ Zarurat bo‘lmasa RDP xizmatini vaqtincha o‘chirib qo‘yish yoki Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni cheklash.

✅ RDP xizmatiga faqat ishonchli IP-manzillardan yoki VPN orqali kirishga ruxsat berish, Network Level Authentication (NLA) funksiyasini yoqish hamda 3389-portni Internet tarmog‘iga ochiq holda qoldirmaslik.

✅ Administrator va RDP orqali kirish huquqiga ega foydalanuvchi hisoblarining parollarini murakkab parollarga almashtirish hamda ko‘p faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy etish.

✅ Firewall, IDS/IPS, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari loglarini tahlil qilish, shubhali IP-manzillar bilan bog‘liq hodisalar, ulanishlar, tarmoq so‘rovlari va boshqa anomal faolliklarni aniqlash hamda batafsil o‘rganish o‘tkazish.

✅ RDP xizmatidan foydalanayotgan server va ishchi stansiyalarni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish, ruxsatsiz kirish, yangi foydalanuvchi hisoblari yoki boshqa shubhali o‘zgarishlar mavjudligini aniqlash.

✅ Aniqlangan har qanday shubhali faollik bo‘yicha zudlik bilan ichki tekshiruv o‘tkazish hamda axborot tizimlari monitoringini kuchaytirish.

✅ Zararlanish alomatlari aniqlangan taqdirda tegishli axborot tizimini zudlik bilan tarmoqdan ajratish, hodisaning tarqalishining oldini olish va zarur dalillarni saqlab qolish.

✅ Aniqlangan kiberhodisa yoki komprometatsiya alomatlari to‘g‘risida belgilangan tartibda UZCERT xizmatini zudlik bilan xabardor qilish hamda mavjud ma’lumotlarni taqdim etish (
incident@uzcert.uz).


🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
😂🤦‍♂

👉@samwebuz
🇰🇿 Qozog‘istonda 15 mln fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari tarqaldimi?

Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi texnik tekshiruvdan so‘ng 15 mln fuqaroning ma’lumotlari darknetga chiqarilgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha davlatning eGov tizimlari buzilgani yoki baza bevosita eGov’dan olinganini tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

Shuningdek, eGov’da pasportlarning skaner nusxalari xabarda ko‘rsatilgan shaklda saqlanmasligi ta’kidlangan. Darknetdagi noma’lum foydalanuvchining “bu ma’lumotlar eGov’dan olingan” degan da’vosi ham o‘z-o‘zidan xakerlik faktini anglatmaydi.

🔎 Muhim jihat: tekshiruv hali davom etmoqda. Ya’ni hozircha “ma’lumotlar sizdirildi” deyish ham, “umuman sizdirilish bo‘lmagan” deb yakuniy xulosa qilish ham erta.

👉@samwebuz
Forwarded from Founder
Startapga investitsiya jalb qilish (fundraising) “full-time” ish hisoblanadi.

Stressga va rad javoblarga/‘rejections’ to’la jarayon.

Yaxshi pitchdeck, data room, uchrashuvdan uchrashuvga yaxshilanish, ishonch va davomiy harakat kerak.

@founderdotio
🚀 Salom, dasturchilar!

Yangi Startup loyihamni boshladim! 🔥

Tez orada loyiha haqida sizlarga batafsil ma’lumot beraman. 👨‍💻

Yangiliklarni birinchilardan bo‘lib bilish uchun kuzatib boring! 🚀

Stay tuned! 😉
🔥1
🇺🇿Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin, O‘zbekiston!

Mustaqillik — bu erkinlik, imkoniyat va kelajakka ishonch.

Bugun biz O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘lini nishonlayapmiz.

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, kelajagimiz yanada yorqin bo‘lsin.

👉@samwebuz
❤‍🔥1🎉1
Bitcoin oshmoqda 📈 💵 Dollar tushmoqda📉



📌@samwebuz
💯1