Samarqand Kadastr
1.11K subscribers
1.89K photos
344 videos
1.27K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari


Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing 👆

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XORIJDA
KADASTR TIZIMI
🇷🇺 Kadastr - Rossiyada

🇷🇺Ushbu loyihamizda bu safar dunyodagi eng katta davlatlardan biri – Rossiya Federatsiyasi haqida avvalo bir qancha qiziqarli faktlar, so‘ng esa davlat kadastri haqida qisqacha ma’lumotlarni taqdim etamiz.

◼️ Rossiyaning hududiy maydoni 17 075 400 kvadrat kilometrni tashkil etib, yer quruqligining ettidan bir qismini egallaydi.

◼️ Rossiya yer kadastri Kiyev Rusi davriga borib taqaladi. Bu davlat mavjud bo‘lgan davrda bunday yozuvlarni yuritishdan asosiy maqsad yerlarni har xil turlarga bo‘lish edi.

▶️ Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv faoliyati to'g'risida brifing

⚡️ Bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat kadastrlari palatasi arxiv ishi nazorati bo'limi boshlig‘i Turg'un Mo'minov ishtirokida “Kadastr hujjatlarini raqamlashtirish yo'nalishidagi ishlar bo'yicha ma'lumot" mavzusida brifing o'tkazildi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #brifing

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanadi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-973-son, 09.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

📃 Qonunga koʻra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan oʻz huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari oʻzgartirilmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

🫥 Shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.

📜 Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablagʻlar toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.

◼️Shovkat Komil o'g'li – Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasida yangi tayinlov


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida bugun tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi. Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari Abdullayev Abdushukur Хamidovich, Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich boshchiligida o'tkazilgan yigʻilishda Мarkaziy apparat mutasaddilari va hududiy boshqarma boshliqlari ham ishtirok etishdi.

◼️Yig'ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari lavozimiga tayinlangani e'lon qilindi. Shovkat Komilovichning oʻtgan yillar davomida tizimda koʻrsatgan jonbozliklari qayd etilib, kelgusidagi ishlariga muvaffaqqiyatlar tilandi.

◼️Rahbariyat tomonidan tadbir so'ngida sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun qachon kuchga kiradi?

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📃 Batafsil: https://www.lex.uz/uz/pdfs/7049383

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun kuchga kirishiga oz fursat qoldi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda sugʻoriladigan yerlar boʻyicha ham maʼlumotlar keltirilganmi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

21- oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
 
✏️Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir.

📝 Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak,mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
 

⭐️🌟Kadastr sohasida ham davlat tili me'yorlariga amal qilinishini ta'minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kadastr idoralaridagi barcha hujjatlarning davlat tilida yuritilishiga qat'iy rioya qilinmoqda. Aholi yashash punktlari, mahallalar, ko'chalar, ziyoratgohlar kabi geografik obyektlarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari asralishini ta’minlash, ularning asossiz qayta nomlanishini oldini olish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

📚Xabaringiz bor, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Ona tilim-faxrim” shiori ostida “Kitob marafoni” tadbirlari boshlangan edi. Mazkur xayrli marafon hududlarda ham davom etdi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati

💐 📃 Ushbu millatimiz g'ururi, mustaqillik belgisi bo'lgan "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz hamisha mag'rur yangrasin va abadiy yashasin!
 
#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining Ishtixon tuman filiali boshlig'i Xusniddin Astonovning 🇺🇿 «21-Oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun» bayrami munosabati bilan bildirgan shaxsiy fikrlari va samimiy tilaklari !

#Kadastr_agentligi #Davlat_tili_kuni
#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 21-25- oktabrda  jami  1 363 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

"Sevimli" telekanali qonun haqida

📃 Ariza berilishi talab etilmaydigan - «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati haqida aholi va keng jamoatchilikka ko'plab OAVlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berib kelinmoqda.

▶️ Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokidagi "Yangi hayot" tok shousi "Sevimli" telekanalida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi 937-son- qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🤫 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯 Savol: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Qonunda kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etishning qanday asoslari mavjud?

▶️ Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlarni qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya adolat dushmani


☯️ Barchamizga ma'lumki, korrupsiya bugun butun dunyo miqyosidagi global muammolardan biri bo'lib, unga qarshi kurashish jamiyatning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Ayni shu yo'nalishda Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirib borilmoqda.

🖥 Xususan viloyat boshqarmalari hamda tuman, shahar filiallarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari tomonidan xodimlar o'rtasida “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O'RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda uning ijrosini ta'minlash jarayonida manfaatlar to'qnashuviga, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari haqida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

◼️O'tgan hafta davomida shu kabi uchrashuvlar quyidagi boshqarmalar filiallarida o'tkazildi:

▫️Samarqand viloyati 1,
2, 3
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2
▫️Andijon viloyati 1, 2
▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Xorazm viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi!

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📃 Batafsil: https://www.lex.uz/uz/pdfs/7049383

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- oktabr oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 805 650 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

▶️ DIQQAT E’LON!

⭐️🌟 Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM