Innovative AI Hackathon 2025
💾 Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Germaniya, Kipr va boshqa bir qator mamlakatlardan kelgan soha vakillari sun’iy intellekt yordamida global muammolarga birgalikda yechim topish maqsadida School 21 kampusida to‘planadilar.
👉 Xakaton mavzusi – "BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari va dizayn fikrlashning har bir bosqichida SIning qo‘llanilishi".
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
✨ xalqaro ekspertlardan ma’ruzalar va vorkshoplar,
✨ kelajak texnologiyalari haqidagi muhokamalar,
✨ jamoalarda ishlash va dunyoni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar.
⭐️ Eng yaxshi yechimlar nafaqat sovg‘alar, balki rivojlanishning yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi.
📍Toshkent, School 21, Ziyolilar ko‘chasi, 13
📆 20-21-sentabr
👉 Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali
_______
INNOVATIVE AI HACKATHON 2025
💾 20–21 сентября в кампусе School 21 соберутся участники из Узбекистана, Казахстана, Германии, Кипра и других стран, чтобы вместе искать решения глобальных вызовов с помощью искусственного интеллекта.
👉 Тема хакатона — «Цели устойчивого развития ООН и применение AI на каждом этапе дизайн-мышления».
Что ждёт участников:
✨ лекции и воркшопы от международных экспертов,
✨ дискуссии о будущем технологий,
✨ работа в командах и идеи, которые могут реально изменить мир.
⭐️ Лучшие решения получат не только призы, но и новые возможности для развития.
📍 Ташкент, School 21, Зиёлилар, 13
📆 20–21 сентября
👉 Регистрация по ссылке
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 ICT Week Uzbekistan 2025 — yildagi eng yirik texnologik tadbir!
📌 23–26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx markazida o‘tkaziladigan ushbu haftalikda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va seminarlar orqali sohadagi global tendensiyalar, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.
ICT Week Uzbekistan 2025 quyidagilarni birlashtiradi:
Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov ICT Week Uzbekistan 2025 haqida o‘z fikrini bildirdi.
📥 Ro‘yxatdan o‘ting va o‘z o‘rningizni hoziroq band qiling: https://www.ictweek.uz/oz
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
📌 23–26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx markazida o‘tkaziladigan ushbu haftalikda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va seminarlar orqali sohadagi global tendensiyalar, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.
ICT Week Uzbekistan 2025 quyidagilarni birlashtiradi:
➡️ 20 000 dan ortiq tashrifchilar, tadbirkorlar, investorlar va +50 mamlakatdan keladigan ekspertlar;
➡️ 500+ startaplar va mintaqaning eng istiqbolli loyihalari;
➡️ 300 dan ziyod ishtirokchi kompaniyalar hamda 20 mamlakat pavilyonlari (15 ming kv.m maydonda);
➡️ 20+ xalqaro media vakillari va boshqa ko‘plab mehmonlar.
Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov ICT Week Uzbekistan 2025 haqida o‘z fikrini bildirdi.
📥 Ro‘yxatdan o‘ting va o‘z o‘rningizni hoziroq band qiling: https://www.ictweek.uz/oz
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
#raqamlashtirish
❗️Kelgusi uch yilda davlat xizmatlari soni 900 taga yetkaziladi
Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1,1 mingta interaktiv kiosk o‘rnatiladi.
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi. Xususan, FHDYO organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.
2025-2027 yillarda bosqichma-bosqich 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylashtirishga o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, notarial xizmatlar ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini talab qilish bekor qilinib, buni “FACE-ID” orqali aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘z sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar huzuridagi organlarga ham idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati beriladi.
Bunday hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari soddalashtiriladi. Natijada idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning o‘rtacha muddati 2 barobarga qisqaradi.
📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram

Forwarded from e-gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Avtomototransportlar uchun davlat raqami berish tartibi soddalashtiriladi
“Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025-y.) qabul qilindi.
🚫 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
🔸 avtotransportlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi;
🔸 avtotransportlar uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tartibi.
📝 2026-yil 1-yanvardan avtomototransportlar uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari yagona oshirilgan to‘lov evaziga shaxslarning elektron murojaatiga asosan beriladi.
🔗 Shaxslar yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini quyidagi tizimlar orqali tanlab oladi:
🔹 ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalarida joylashgan infokiosklar;
🔹 Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (YHXX) mobil ilovasi;
🔹 YHXXning rasmiy veb-sayti;
🔹 YIDXP (my.gov.uz).
❇️ Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida hududlarning kod raqami doirasida barcha toifadagi davlat raqami belgilari (oldin berilgan yoki foydalanishda bo‘lganlardan tashqari) joylashtiriladi.

❗️ Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi
“Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-270-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;
🔹 sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish.
✅ Qarorga ko‘ra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to‘liq joriy etiladi.
🔗 “E-ekspertiza” platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo‘lga qo‘yiladi:
🔸 2026-yil 1-yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
🔸 2026-yil 1-iyundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
🔸 2026-yil 1-sentyabrdan tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.

🇦🇺 Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadigan "Vatandoshlar" tadbiri doirasida O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar sohasi rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniyatini taqdim etamiz.
Mazkur uchrashuv quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:
🔻 O‘zbekistondagi raqamli transformatsiya jarayoni haqida muhokamalar
🔻 Tech Ambassador bo‘lish imkoniyati
🔻 IT Park’ning eng so‘nggi tashabbuslari, xorijdagi iqtidorli vatandoshlarimiz bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot
🔻 Nafaqat mamlakatimizning raqamli kelajagini shakllantiruvchi rahbariyat bilan muloqot qilish, balki O‘zbekistonning AT va autsorsing xizmatlari markazi sifatidagi global mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qimmatli bilim, kasbiy tajriba va g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashish imkoniyati.
📍 Manzil: Fraser Suites Sydney
488 Kent Street, Sidney NSW 2000 Avstraliya
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

Viloyatdagi IT Park rezidentlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyatdagi IT Park rezidentlari bilan buxgalteriya hisobini yuritish va soliq hisobotlarini o‘rnatilgan tartibda topshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy shu’basi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev, viloyat hokimining raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Anvarov, viloyat Davlat Soliq boshqarmasi va IT Park mas’ullari hamda viloyatdagi 41 ta IT Park rezidentlari ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuvda mavjud soliq imtiyozlari (foyda solig‘i, YIT, mol-mulk, yer), eksport uchun valyuta operatsiyalari erkinligi, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning soddalashtirilgan tartibi, Zero Risk va Local to Global dasturlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berildi va muhokama o‘tkazildi. Shuningdek, rezidentlar tomonidan imtiyozlardan foydalanish va elektron hisobot topshirish tartiblari tushuntirildi.

📌“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari uchun Forum hamda soha faoliyati yarmarkasi o‘tkazildi
🌟 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida 2025-yilgi tanlov g‘olib stipendiatlari uchun Forum tashkil etildi.
🔠Shuningdek, stipendiatlarga xorijda o‘qish va yashash tartib-qoidalari, ta’limdan keyingi majburiyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Ularni Vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashuvchi, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk va vatanparvar kadrlar sifatida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85015
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
🌟 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida 2025-yilgi tanlov g‘olib stipendiatlari uchun Forum tashkil etildi.
✅ Forumda mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularni samarali davom ettirishda iqtidorli yoshlarning o‘rni hamda jamg‘arma va vazirlik o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🔠Shuningdek, stipendiatlarga xorijda o‘qish va yashash tartib-qoidalari, ta’limdan keyingi majburiyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Ularni Vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashuvchi, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk va vatanparvar kadrlar sifatida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/85015
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
#raqamlashtirish
Sud tizimi sun’iy intellekt asosida raqamlashtiriladi
9-sentyabr, seshanba kuni Oliy sud binosida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning mamlakat sudyalar hamjamiyati bilan konstruktiv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha darajadagi rahbarlar va sudyalar ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, Prezident Administratsiyasi oldiga qo‘yilgan beshta ustuvor vazifada sud islohoti muhim o‘rin tutadi.
«Sakkiz yil davomida Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan odil sudlov sohasidagi eng namunali xorijiy tajribani o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Prezidentimizning sud tizimini sun’iy intellekt asosida raqamlashtirish, sudlarga yengillik yaratish maqsadida nizosiz masalalarni notariuslarga o‘tkazish, sudyalarni tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida yaqinda qabul qilingan farmonlari haqida so‘z yuritdik. Bu sohada eskirgan ta’lim tizimining o‘rnini egallaydigan Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi», – deb yozadi Mirziyoyeva.