SamDigital.uz
189 subscribers
2.49K photos
137 videos
1.25K links
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyat hududiy shu'basining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

⚡️Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi nima va u nima uchun zarur?

Yangi videoda dasturlash bo‘limi boshlig‘i Platforma O‘zbekistonda tibbiy xizmatlardan foydalanishni qanday osonlashtirishini, uning qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini va davlat miqyosida qanday vazifalarni hal etishini batafsil tushuntirib berdi⚡️
___

⚡️Что такое Платформа цифрового здравоохранения и для чего она нужна?

В новом видео начальник отдела разработки рассказал о том, как Платформа упростит доступ к медицинским услугам в Узбекистане, из каких компонентов она состоит и какие задачи будет решать на государственном уровне⚡️

🤩 Raqamli tibbiyotga oid boshqa yangiliklar
🇺🇿 🇫🇮 Finlandiya bilan raqamlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Finlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilkka Rayyasinen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#️⃣Uchrashuv avvalida IT Park Uzbekistan tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, kelgusidagi rejalar, shuningdek, AT xizmatlari eksportida erishilgan natijalar va ularni yanada oshirish masalalari haqida taqdimot qilindi.

🔠Shu bilan birga, Finlandiya tajribasida raqamli transformatsiya jarayonlari va xizmatlardan foydalanishda identifikatsiya tizimining o‘rni va ahamiyatini yorituvchi videorolik ham namoyish etildi.

🔠Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Finlandiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida raqamli ulanish siyosatini rivojlantirish, sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va Yevropadagi hamkorlar – Finlandiya, Fransiya hamda Boltiq davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/83521

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Адиз Бобоев сайёр қабул ўтказади

Вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Адиз Бобоев шу йилнинг 5 сентябрь куни соат 8:00 дан бошлаб Иштихон туманидаги “Истироҳат боғи”да шаҳар ва туманлар аҳолиси учун оммавий сайёр қабул ўтказади.

Lokatsiya:https://maps.google.com/maps?q=39.961882,66.498467&ll=39.961882,66.498467&z=16

Маълумот учун телефонлар: 1177, (66)230-42-68, (66)235-62-36.

———

Adiz Boboyev sayyor qabul o‘tkazadi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev shu yilning 5-sentabr kuni soat 8:00 dan boshlab Ishtixon tumanidagi “Istirohat bog‘i”da shahar va tumanlar aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazadi.

Lokatsiya:https://maps.google.com/maps?q=39.961882,66.498467&ll=39.961882,66.498467&z=16

Malumot uchun telefonlar: 1177, (66)230-42-68, (66)235-62-36.

@Zarnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ATTO bilan oddiy, qulay va tezkor!

Jamoat transportida yo‘lkira haqini qanday tejashni bilmayapsizmi?


Unda videolavhani oxirigacha tomosha qiling!
Sun'iy intellekt savodxonligi bo'yicha maxsus grant!

💻 Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi 🔥 Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda sun'iy intellekt savodxonligi bo'yicha grant e'lon qiladi!


⚜️ Grant Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Xorazm filiallariga 15 tadan, umumiy hisobda 60 o'rinli etib belgilandi. Nomzodlar 2 bosqichariza topshirish va onlayn suhbat orqali saralab olinadi.

Ariza topshirish 12-sentabr oxirigacha davom etadi.

Grant yutgan nomzodlar 2 oylik sun'iy intellekt savodxonligiprompt injinering kursida bepul ta'lim oladi.

🔗 Grantga ariza topshirish

Najot Ta'lim ushbu grant orqali yangi avlodni sun'iy intellekt savodxonligini oshirishni va rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
🇺🇿 🇺🇸 AT kompaniyalarning filiallarini ochish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQSHning Florida va Chikago shaharlarida bir qator yirik kompaniya va tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Dastlab Florida shtati, Orlando shahrida delegatsiya AQShda faoliyat yuritayotgan AT kompaniyalari bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/84128

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Innovative AI Hackathon 2025

💾 Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Germaniya, Kipr va boshqa bir qator mamlakatlardan kelgan soha vakillari sun’iy intellekt yordamida global muammolarga birgalikda yechim topish maqsadida School 21 kampusida to‘planadilar.

👉 Xakaton mavzusi – "BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari va dizayn fikrlashning har bir bosqichida SIning qo‘llanilishi".

Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
xalqaro ekspertlardan ma’ruzalar va vorkshoplar,
kelajak texnologiyalari haqidagi muhokamalar,
jamoalarda ishlash va dunyoni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar.

⭐️ Eng yaxshi yechimlar nafaqat sovg‘alar, balki rivojlanishning yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi.

📍Toshkent, School 21, Ziyolilar ko‘chasi, 13
📆 20-21-sentabr
👉 Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali
_______
INNOVATIVE AI HACKATHON 2025

💾 20–21 сентября в кампусе School 21 соберутся участники из Узбекистана, Казахстана, Германии, Кипра и других стран, чтобы вместе искать решения глобальных вызовов с помощью искусственного интеллекта.

👉 Тема хакатона — «Цели устойчивого развития ООН и применение AI на каждом этапе дизайн-мышления».

Что ждёт участников:
лекции и воркшопы от международных экспертов,
дискуссии о будущем технологий,
работа в командах и идеи, которые могут реально изменить мир.

⭐️ Лучшие решения получат не только призы, но и новые возможности для развития.

📍 Ташкент, School 21, Зиёлилар, 13
📆 20–21 сентября
👉 Регистрация по ссылке

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 ICT Week Uzbekistan 2025 — yildagi eng yirik texnologik tadbir!

📌 23–26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx markazida o‘tkaziladigan ushbu haftalikda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va seminarlar orqali sohadagi global tendensiyalar, innovatsiyalar va yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.

ICT Week Uzbekistan 2025 quyidagilarni birlashtiradi:
➡️ 20 000 dan ortiq tashrifchilar, tadbirkorlar, investorlar va +50 mamlakatdan keladigan ekspertlar;
➡️ 500+ startaplar va mintaqaning eng istiqbolli loyihalari;
➡️ 300 dan ziyod ishtirokchi kompaniyalar hamda 20 mamlakat pavilyonlari (15 ming kv.m maydonda);
➡️ 20+ xalqaro media vakillari va boshqa ko‘plab mehmonlar.


Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov ICT Week Uzbekistan 2025 haqida o‘z fikrini bildirdi.

📥 Ro‘yxatdan o‘ting va o‘z o‘rningizni hoziroq band qiling: https://www.ictweek.uz/oz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
#raqamlashtirish

❗️Kelgusi uch yilda davlat xizmatlari soni 900 taga yetkaziladi

Yiliga 80 ta xizmat “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtiriladi. Aholi gavjum joylar va olis mahallalarda 1,1 mingta interaktiv kiosk o‘rnatiladi.

Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi. Xususan, FHDYO organida nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari, mudofaa bo‘limlarida harbiy xizmatga majburlarning turar joyi o‘zgarganligi haqidagi hujjat so‘ralmaydi, bu ma’lumotlar axborot tizimlari orqali onlayn olinadi.

2025-2027 yillarda bosqichma-bosqich 20 ta notarial harakat onlayn rasmiylashtirishga o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, notarial xizmatlar ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini talab qilish bekor qilinib, buni “FACE-ID” orqali aniqlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘z sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar huzuridagi organlarga ham idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolati beriladi.

Bunday hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari soddalashtiriladi. Natijada idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning o‘rtacha muddati 2 barobarga qisqaradi.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Forwarded from e-gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Avtomototransportlar uchun davlat raqami berish tartibi soddalashtiriladi

“Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025-y.) qabul qilindi.

🚫 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

🔸 avtotransportlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi;

🔸 avtotransportlar uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish tartibi.

📝 2026-yil 1-yanvardan avtomototransportlar uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari yagona oshirilgan to‘lov evaziga shaxslarning elektron murojaatiga asosan beriladi.

🔗 Shaxslar yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilarini quyidagi tizimlar orqali tanlab oladi:

🔹 ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalarida joylashgan infokiosklar;

🔹 Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (YHXX) mobil ilovasi;

🔹 YHXXning rasmiy veb-sayti;

🔹 YIDXP (my.gov.uz).

❇️ Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida hududlarning kod raqami doirasida barcha toifadagi davlat raqami belgilari (oldin berilgan yoki foydalanishda bo‘lganlardan tashqari) joylashtiriladi.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-270-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;

🔹 sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga to‘liq joriy etiladi.

🔗 “E-ekspertiza” platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yo‘lga qo‘yiladi:

🔸 2026-yil 1-yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;

🔸 2026-yil 1-iyundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;

🔸 2026-yil 1-sentyabrdan tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.

📲 egov.uz | Telegram | Facebook | YouTube | instagram
🇦🇺 Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadigan "Vatandoshlar" tadbiri doirasida O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar sohasi rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniyatini taqdim etamiz.

Mazkur uchrashuv quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi:

🔻 O‘zbekistondagi raqamli transformatsiya jarayoni haqida muhokamalar
🔻 Tech Ambassador bo‘lish imkoniyati
🔻 IT Park’ning eng so‘nggi tashabbuslari, xorijdagi iqtidorli vatandoshlarimiz bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot
🔻 Nafaqat mamlakatimizning raqamli kelajagini shakllantiruvchi rahbariyat bilan muloqot qilish, balki O‘zbekistonning AT va autsorsing xizmatlari markazi sifatidagi global mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qimmatli bilim, kasbiy tajriba va g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashish imkoniyati.

📍 Manzil: Fraser Suites Sydney
488 Kent Street, Sidney NSW 2000 Avstraliya

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X