SamDigital.uz
189 subscribers
2.49K photos
137 videos
1.25K links
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyat hududiy shu'basining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
💻my.gov.uz – barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz bir joyda!

🗂 O‘zingizga tegishli barcha muhim ma’lumotlarni my.gov.uz orqali osongina topishingiz mumkin.

📌 Jumladan:

🆔 ID-karta va xorijga chiqish pasporti ma’lumotlari
👨‍👩‍👧‍👦 Oila a’zolari haqida ma’lumot hamda onlayn tahrirlash imkoni
🎓 Ta’lim – o‘qigan va o‘qiyotgan muassasa, diplom ma’lumotlari
💼 Mehnat faoliyati – elektron mehnat daftarchasi, ish joylari
🏠 Ko‘chmas mulk – kadastr raqami, manzil, mulkdor haqidagi ma’lumot
🚘 Avtotransport va haydovchilik guvohnomasi ma’lumotlari
🏥 Salomatlik – oilaviy shifoxona, dispanser, mehnatga layoqatsizlik varaqasi
💳 Moliya – pensiya jamg‘armasi, ish haqi va kredit tarixi
📝 Arizalar va sharhlar – yuborgan arizalaringiz holati, fikr-mulohazalar
🗣Xabarnomalar – hujjatlar muddati haqida eslatmalar
⚖️ Jarimalar – soliq, aliment va xorijga chiqish cheklovlari
🔌 Kommunal xizmatlar – elektr, suv, gaz, chiqindi to‘lovlari
💰 To‘lovlar tarixi – amalga oshirilgan barcha to‘lovlar ro‘yxati

👉 my.gov.uz – shaxsiy onlayn ko‘makchingiz!

▶️https://youtu.be/goaysGbxIew

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
🔐 O‘zbekistonda kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan “Cyber university” davlat universitetida “Moslashuv haftaligi” boshlandi

Bugun, 3-sentabr kuni “Cyber university” talabalarini o‘quv jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida “Moslashuv haftaligi” (Orientation week) ochilish tadbiri tashkil etildi.

✍️ “Cyber university” davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi global mehnat bozorida kiberxavfsizlik sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.

Ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, kiberxavfsizlikning milliy va xalqaro miqyosdagi strategik ahamiyatini alohida ta’kidladi.

🔠“Bugun kiberxavfsizlik nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. “Cyber university” nafaqat yurtimiz uchun, balki mintaqa miqyosida ham yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim rol o‘ynashiga va kelajakda O‘zbekiston yoshlarini xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim oliygoh bo‘lishiga ishonamiz”, – dedi vazir Sh. Shermatov.


⚡️ Shuningdek, Stanford universiteti Muhandislik fakulteti Global va onlayn ta’lim markazi hamda Xitoyning Xidian universiteti rahbariyati Cyber University talabalariga universitetning ilk o‘quv yili munosabati bilan tabrik yo‘llashdi va universitetning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, kelgusidagi hamkorliklarni yanada kengaytirishlarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun: Stanford universiteti Muhandislik fakulteti Global va onlayn ta’lim markazi hamda Xidian universiteti bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan edi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/83157

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
💻“ICT Week Uzbekistan 2025” haftaligida ishtirok etish uchun mobil ilovalar (Google Play va App Store)ni yuklab, olib ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin

Joriy yilning 23–26-sentabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx (Central Asian Expo) markazida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining eng yirik xalqaro anjumani — “ICT Week Uzbekistan 2025” yaqinlashmoqda.

Mazkur haftalik doirasida forum va sammitlarda META, OpenAI, Google kabi nufuzli xalqaro kompaniyalarning yuqori darajadagi spikerlari ishtirok etadi.

Shuningdek, yirik xorijiy tashkilotlar hamda Qatar, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Latviya va boshqa davlatlarning milliy ko‘rgazma stendlari ICT Expo ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting:
🔗 ictweek.uz

📲Shuningdek, mobil ilovani yuklab olib ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

🔗 Google Play

🔗 App Store

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📧 Email: Info@ite-association.uz

📞 Telefon: +998 55 511 07 77

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

⚡️Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi nima va u nima uchun zarur?

Yangi videoda dasturlash bo‘limi boshlig‘i Platforma O‘zbekistonda tibbiy xizmatlardan foydalanishni qanday osonlashtirishini, uning qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini va davlat miqyosida qanday vazifalarni hal etishini batafsil tushuntirib berdi⚡️
___

⚡️Что такое Платформа цифрового здравоохранения и для чего она нужна?

В новом видео начальник отдела разработки рассказал о том, как Платформа упростит доступ к медицинским услугам в Узбекистане, из каких компонентов она состоит и какие задачи будет решать на государственном уровне⚡️

🤩 Raqamli tibbiyotga oid boshqa yangiliklar
🇺🇿 🇫🇮 Finlandiya bilan raqamlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Finlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilkka Rayyasinen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#️⃣Uchrashuv avvalida IT Park Uzbekistan tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, kelgusidagi rejalar, shuningdek, AT xizmatlari eksportida erishilgan natijalar va ularni yanada oshirish masalalari haqida taqdimot qilindi.

🔠Shu bilan birga, Finlandiya tajribasida raqamli transformatsiya jarayonlari va xizmatlardan foydalanishda identifikatsiya tizimining o‘rni va ahamiyatini yorituvchi videorolik ham namoyish etildi.

🔠Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Finlandiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida raqamli ulanish siyosatini rivojlantirish, sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va Yevropadagi hamkorlar – Finlandiya, Fransiya hamda Boltiq davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/83521

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Адиз Бобоев сайёр қабул ўтказади

Вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Адиз Бобоев шу йилнинг 5 сентябрь куни соат 8:00 дан бошлаб Иштихон туманидаги “Истироҳат боғи”да шаҳар ва туманлар аҳолиси учун оммавий сайёр қабул ўтказади.

Lokatsiya:https://maps.google.com/maps?q=39.961882,66.498467&ll=39.961882,66.498467&z=16

Маълумот учун телефонлар: 1177, (66)230-42-68, (66)235-62-36.

———

Adiz Boboyev sayyor qabul o‘tkazadi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev shu yilning 5-sentabr kuni soat 8:00 dan boshlab Ishtixon tumanidagi “Istirohat bog‘i”da shahar va tumanlar aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazadi.

Lokatsiya:https://maps.google.com/maps?q=39.961882,66.498467&ll=39.961882,66.498467&z=16

Malumot uchun telefonlar: 1177, (66)230-42-68, (66)235-62-36.

@Zarnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ATTO bilan oddiy, qulay va tezkor!

Jamoat transportida yo‘lkira haqini qanday tejashni bilmayapsizmi?


Unda videolavhani oxirigacha tomosha qiling!
Sun'iy intellekt savodxonligi bo'yicha maxsus grant!

💻 Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi 🔥 Najot Ta'lim markazi bilan hamkorlikda sun'iy intellekt savodxonligi bo'yicha grant e'lon qiladi!


⚜️ Grant Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Xorazm filiallariga 15 tadan, umumiy hisobda 60 o'rinli etib belgilandi. Nomzodlar 2 bosqichariza topshirish va onlayn suhbat orqali saralab olinadi.

Ariza topshirish 12-sentabr oxirigacha davom etadi.

Grant yutgan nomzodlar 2 oylik sun'iy intellekt savodxonligiprompt injinering kursida bepul ta'lim oladi.

🔗 Grantga ariza topshirish

Najot Ta'lim ushbu grant orqali yangi avlodni sun'iy intellekt savodxonligini oshirishni va rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
🇺🇿 🇺🇸 AT kompaniyalarning filiallarini ochish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQSHning Florida va Chikago shaharlarida bir qator yirik kompaniya va tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Dastlab Florida shtati, Orlando shahrida delegatsiya AQShda faoliyat yuritayotgan AT kompaniyalari bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/84128

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X