Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva
292 subscribers
12.9K photos
694 videos
7 files
3.24K links
Samarqand viloyat
O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali


Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Veb sayt: https://samkarantin.uz/


Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64
Ishonch tel: +99871 202 84 84
Download Telegram
Joriy yilning 27-iyun kuni Payariq tuman inspektorlari A.Xudoyberdiyev, X.Ravshanov, T.Qozoqboyev va S.Abdujabborovlarning “Mevali bogʻlarda uchraydigan zararkunandalar” deb nomlangan maqolasi “Payariq hayoti” gazetasida chop eiildi.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Bugun Nurobod tumani Ulus mahallasida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi viloyat va tuman bo‘limi mutasaddilari, mahalla mas’ullari va yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarda har bir qarich yer maydonidan unumli foydalanish lozimligi, mahalla mas’ullari tomonidan yer maydonlariga talabgorlar ro‘yxatini shakllantirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, bunda asosiy e’tiborni ishsiz yoshlar va migratsiyadan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Seminar davomida mas’ullarning rejalari va fuqarolarning fikrlari atroflicha tinglanib, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

©️ @nur_press
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_chigit_nazorati

Samarqand viloyat Ishtixon tuman "Ishtixon Oltin yerlari" fermer xo'jaligi hududidagi Turkiya davlatidan olib kelingan chigit ekilgan maydon O'simliklar karantini va himoyasi Ishtixon tuman bo'limi fitosanitar nazorati davlat inspektori B.Bayitov tomonidan karantin nazoratidan o'tkazilmoqda.

Hozirgi paytda g'o'zaning holati juda ham yaxshi, sug'orish ishlari olib borilgan.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal
Oidium kasalligi va qarshi kurash

Oidium yoki un shudiring kasaligi.Kasalikni Uncinula necator burill zamburug’i
keltirib chiqaradi.Oidium kasaligi Respublikamizda juda keng tarqalgan va xavfli
kasalik hisoblanadi. Tokning un shudiring kasaligi uzumlar ularning tarkibidagi qand
moddalari miqdori 8% gacha bolguniga qadar zararlashi mumkun.Erta zararlangan
uzumlar qurib mavsum oxirigacha to’kilmasdan tokda osilib qoladi.Keyinroq
zararlangan uzumlar chatnaydi va urug’igacha yirildi, saprotrop zamburug’lar tasirida
chirib ketadi. Mevalar qizil yoki qora navlarning uzumlari chipor tusga kiradi, ulardan
tayyorlangan sharobning ta’mi nohush bo’ladi. Zamburug’ tokning hamma yashil
organlarini zararlaydi.Kasallik yashil organlari bilan birga zararlangan meva
rivojlanishini to’xtadi, qo’ng’irlashadi, qattiqlashadi va quriydi.Kechroq bir
tomonlama zararlangan meaning qobig’i rivojlanishdan to’tagani uchun yorilib ketadi,
urug’i ko’rinib qoladi. Namgarchilik bo’lgan paytlarda bunday mevalarga har xil safrofit zamburug’lar tushib, uni chiritib yuboradi.Natijada hosil sifati pasayib ketadi.
Zamburug’ faqat epidermis xujaylariga kirib ozuqa moddalarni so’rib oziqlanadi.
Kasallik Shimoliy va Janubiy Amerika, G’arbiy Yevropa, Osiyo, Afrika, MDHda,
Ukraina, Moldaviya, Kavkaz orti mamlakatlari va Markaziy osiyoda tarqalgan.
O’zbekistonda oidium uzumning eng ashaddiy, keng tarqalgan va zararli kasalligi hisoblanadi.
Kasallikning belgilari. Tokning barcha yashil qismlari-barb, barg bandi, yashil
novda,gul, to’pgul popugi, gajagi, uzumi va uzum boshlari zararlanadi.Barg
zararlanganida,oldin uning ustki tomonida, dastlab oq, so’ngra oqish-kulrang,
siyrak,nozik gifalardan tashkil topgan.Un yoki changga o’xshash g’ubor paydo
bo’ladi, keyinchalik u bargning ostki tomoni, barg bandlari va novdalarga o’tadi.
Keyinroq bargda kichik, quruq, qo’ng’ir,tarqoq nekrotik dog’lar paydo bo’ladi, ular
bir-biri bilan qo’shilib, to’rsimon rasm hosil qiladi. G’ubor zamburug’ning mitseliy,
konidioforalari va konidiyayalaridan tashkil topadi.Yozilayotgan yosh barglar burishib,nimjon bo’lib qoladi. To’pgul popugi gullashdan oldin yoki keyin
zararlanadi,uzum tugishi kamayadi, xosil pasayadi yoki ko’pincha to’gul butunlay
qurib qoladi.Bu ashaddiy kasallik O’zbekistonda uzum hosilini 50% gacha
pasaytiradi, ba’zi mavsumlarda esa 100% gacha yo’qotilishigacha olib keladi. Kasallik rivojlanishi. Oidium bir mavsumda bir necha avlod beradi. Oidium baxorda
barvaqt paydo bo’ladi, ammo u tok gullashi oldidan jadal rivojlanadi va bu rivojlanishi
xavo juda isib ketishigacha va namlik kamayguncha davom etadi. Bahorda
kasallikning birinchi belgilari shu kurtakdan o’sayotgan novdalarda paydo bo’ladi.
Mitseliy kurtaklar bo’rtgan paytda yoki undan sal ertaroq, o’rtacha xavo xororati 10-11 C0 ga yetganda o’sa boshlaydi va o’sayotgan yosh novda va yozilayotgan barglarni
oq mitseliysi bilan o’rab oladi, ustida ko’p konidiyalar xosil qiladi va ular kasallikni
birlamchi manbai bo’lib, tokning boshqa qismlarini zararlaydi.
Kurash choralari.Toklarning shamol yaxshi yuradigan, oftob yaxshi tegadigan
joylarda o’stirish, shpalerlarga ko’tarib qo’yish lozim. Ularni o’z vaqtida xomtok qilib,
ortiqcha novda va barglarini qirqib turish, ayniqsa kuzda zamburug’ qishlaydigan
zararlangan novdalar va bahorda birinchi paydo bo’lgan, zararlangan “bayroq
novdalar’’kesib olinishi va yoqib yuborilishi juda muhim, agar bu choralar
qo’llanilmasa,boshqa kurash usullarining samarasi juda pasayadi.Toklar oralarini
ag’darib, begona o’tlardan tozalab turish, zararli xasharotlar va boshqa kasalliklar bilan
kurash choralarini qo’llash talab etiladi.
Kimyoviy ximoya uchun xaligacha oltingugurt preparatlari yuqori samara bilan qo’llaniladi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi Qoʻshrabot tuman boʻlimi Fitosanitar nazorati davlat inspektori A. Nosirov

Kanalga ulanish:
👉
@Istiqbol_sari
Hozirda aksariyat gʻoʻza maydonlarida OʻRGIMCHAKKANA VA KOʻSAK QURTIning jadal rivojalanayotganligi kuzatilmoqda.

Viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻi Sh.Urazov Ishtixon tumanida paravarishlanayotgan gʻoʻza maydonlarini nazorat qilmoqda.

Dala uvatlariga oʻrnatilgan dala qutilarining daftarlariga qayt etib borilayotgan maʼlumotlar, xorijiy gʻoʻza ekilgan maydon chetlariga bufer himoya zonasi uchun ekilgan oqjoʻxori ekini, feromon tutqichlar va sadsh suyuqliklariga tushgan kapalaklar soniga qarab,
koʻsak qurtining oʻrta va katta yoshdagi qurtlariga qarshi brakon entomofagidan 1:20; 1:10; 1:5 nisbatlarda zararkunandaga qarshi har bir avlodiga 3-martadan 4-5 kun oralatib chiqarish koʻrsatmasini berib, xoʻjalik maʼsullarini ogohlantirmoqda.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish 👇👇

https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal