Samarqand IIB | Rasmiy kanal
18K subscribers
37.7K photos
8.39K videos
62 files
13.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “Osoyishtalik yo‘lida” nomli koʻrsatuvning navbatdagi soni bugun soat 21:00 da rasmiy sahifalarimiz orqali hamda Samarqand teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatiladi.

Oʻtkazib yubormang!

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
👍6
Furqat Ro'ziyev xalqaro turnir g'olibi

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasi, Buryatiya Respublikasining Ulan-Ude shahrida sportning “Jangovar sambo” turi bo‘yicha “Grand-pri Buryatiya” xalqaro musobaqasi o'tkazilmoqda.

Turnirning 88 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruh komandiri katta leytenant Ro‘ziyev Furqat vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, uning sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi.

Ushbu g‘alaba bilan xodimimizni muborakbod etamiz!

👉@samiibuz
👍99👏20🔥72💯2
Samarqand IIB | Rasmiy kanal
“Xavfsiz hayot uchun!” shiori ostida MARAFONga marhamat! Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni marafonda faol ishtirok etishga chorlab qoladi! (Marafon 19-may kuni soat 08.00 da boshlanadi) 👉@samiibuz
Samarqandda yog'ayotgan yomg'ir sabab mazkur marafon boshqa kunga qoldirilganligini ma'lum qilamiz.

Marafon o'tkazilish kuni yuzasidan qo'shimcha ma'lumot beriladi.

👉@samiibuz
👍19😱7🤬5👎2😁2
Samarqand IIB | Rasmiy kanal pinned «https://www.youtube.com/watch?v=-kQS4ste8KQ»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jinoyatchilikni oldini olish choralari belgilandi

©️ "Sevimli" telekanali "Zamon" informatsion dasturi

👉🏻@samiibuz
👍62👏21💯1
Ijaraga berilgan yer maydonini 36 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 13-may kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

1993-yilda tug‘ilgan Payariq tumanida yashovchi E.Sh. ariza muallifiga Payariq tumani Al-Buxoriy mahallasi hududida joylashgan 4 nafar qarindoshiga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 30 yilga ijaraga berilgan jami 2,10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 36 ming AQSh dollariga sotishini va hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
👍91🔥1👏1😢1
Jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritish evaziga 1000 AQSh dollari olgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 7-may kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bilan hamkorlikda Kattaqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

1992-yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan Sh.F. ariza muallifining 2 nafar tanishini 1000 AQSh dollari evaziga texnikumi direktorini moddiy manfaatdor etish orqali byudjetga o‘qishga joylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
👍12👏21🔥1
Samarqand IIB | Rasmiy kanal
Photo
Chempion munosib kutib olindi

Rossiya Federatsiyasi Buryatiya Respublikasining Ulan-Ude shahrida sportning “Jangovar sambo” turi bo‘yicha “Grand-pri Buryatiya” xalqaro musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritgan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruh komandiri katta leytenant Ro‘ziyev Furqat Samarqand xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

👉@samiibuz
👍50👏61🔥1
Toshkent viloyatida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari terma jamoalari o‘rtasida sportning “O‘q otish” turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘kazildi.

Ushbu musobaqaning yakkalik baxslarida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi guruh komandiri kapitan Ma’rufxon Umarov faxrli birinchi o‘rinni egallab, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

👉@samiibuz
👍153👏2💯2👎1