Samarqand IIB | Rasmiy kanal
17.7K subscribers
29.5K photos
7.44K videos
62 files
11.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

Samarqandda korrupsion holatga chek qo`yildi

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
#диққат

Ўғрилик содир қилган шахсни топишда амалий ёрдам сўраймиз

Ушбу расмдаги шахс 2022 йилнинг 5 апрель куни Самарқанд тумани Миронқул МФЙ ҳудудида ўғрилик жиноятини содир этиб, ҳозирда тергов ва суриштирув органларидан яшириниб юрибди.

Ушбу шахснинг кимлиги ёки қаерда яшириниб юрганлиги тўғрисида маълумотга эга бўлганлар Самарқанд тумани ИИБнинг +998915321717 ёки +998982009395 телефон рақамларига хабар беришларини сўраймиз.

Маълумот берган фуқароларнинг шахси сир сақланиши кафолатланади.

Самарқанд вилояти ИИБ Ахборот хизмати

👉https://t.me/samiibuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avtomobil davlat raqamini yashirib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan videodagi holat boʻyicha haydovchiga bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilgan.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
Toyloq tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Viloyat IIB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Djamshid Kobulov ishtirok etgan yig‘ilishda "Ma'naviyat oyligi" davomida qilingan ishlar muhokama etilib, oylik davomida qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab berildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu kabi xodimlar o‘rtasidagi tartib-intizom, kasbga sadoqat yuzasidan so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib mayor Negmatov Dilshod Shakirovich tayinlandi.

👉https://t.me/samiibuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KATTAQO'RG'ON SHAHRIDA O'TKAZILGAN SAYYOR QABULDA QATOR MUAMMOLARGA YECHIM TOPILDI

👉https://t.me/samiibuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Samarqand viloyati IIO xodimlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2022-yil 25-martdagi 79-sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning 2-aprelidan 2-may kuniga qadar barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʻtkazilmoqda.

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari ham mazkur oylik doirasida Samarqand shahri boʻylab tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishdi.

Amir Temur maqbarasida ular sarkardaning yurishlari tarixi, qoldirgan boy merosi va u yaratgan asarlari hamda Amir Temur davlati haqida toʻliq va batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shundan soʻng, YPX xodimlari Pushkin nomidagi axborot resurs markaziga borib, bu yerdagi adabiy-siyosiy kitoblar va yangi badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi.
Samaraqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari YHXBda xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan tanqidiy uchrashuv oʻtkazdi

Bugun Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Faxriddin Raxmatov YHXBda xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan tanqidiy uchrashuv oʻtkazdi.

Muhokama xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishlari, fuqarolar bilan belgilangan meʼyorlarga asosan, obod-ahloq doirasida muloqot qilish masalalariga bagʻishlandi.

Muhokama soʻngida, YHXB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Obid Alimov shaxsiy tarkibga tanishtirildi.

Kanalimizga qo'shiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz
Qoʻshrabot tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari B.A.Juraqo'lov tomonidan Mirishkor mahallasi binosida navbatdagi sayyor kabul oʻtkazildi

👉https://t.me/samiibuz