Samarqand davlat universiteti
11.9K subscribers
44.7K photos
2.81K videos
104 files
18.4K links
Download Telegram
Forwarded from Samarqandim jurnali
Samarqand davlat universitetining tarix fakultetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalar uchun yozgi amaliyotni Toshkentdagi yetakchi kompaniyalarda tashkil etish, kasbiy rivojlanish bilan shug‘ullanish, soha yetakchilari va tengdoshlari bilan aloqa o‘rnatish, biznes va STEM sohalaridagi mutaxassislardan tajriba o‘rganishni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish haqida so‘z bordi. Ushbu tadbirlarning barchasi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilishi ta’kidlandi.

Mazkur amaliyotga talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏21
“1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) va orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS), ulardan himoyalanish hamda infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha yoshlarga tushunchalar berishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
1👍1
#Tugʻilgan_kun

📌 Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun Samarqand davlat universiteti xo'jalik bo'limi xodimi Tohir Rahmatovning tug'ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan universitet jamoasi Tohir Rahmatovni tabriklaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍11🎉43🔥2
Forwarded from Samarqandim jurnali
EKOLOGLAR ANJUMANI

Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) (COP20) ishtirokchilarining XX konferensiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Zarafshon milliy bog‘ida CITES hamkori bo‘lgan “ZOE” xalqaro ekologik tarmog‘i bilan hamkorlikda yoshlar va talabalar uchun ekologik ta’lim tadbirlari o‘tkazilmoqda. Zarafshon milliy bog‘i xodimlari va “Flamingo” ornitologik klubi rahbari Leyla Belyalova ekologiya fakulteti 4-kurs talabalariga bog‘ning maqsad va vazifalari, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlashda CITESning tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar o‘qishdi.

Ma’ruzadan so‘ng ishtirokchilar “Siz Markaziy Osiyoning noyob hayvonlari va o‘simliklarini qanchalik yaxshi bilasiz?” mavzusidagi viktorinada ishtirok etishdi. Viktorina g‘oliblariga bog‘ va bo‘lajak tadbir — CITES (CITES COP20) ishtirokchilarining XX konferensiyasi timsollari tushirilgan sovg‘alar topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda talabalarga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan "QO‘SHMA MUROJAATI” o‘qib eshittirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
👍2😱1
Forwarded from Samarqandim jurnali
Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Azizjon Ubaydullayevning "Reactions of acetylhaplophyllidine with nitrating mixtures under various conditions" nomli maqolasi  Scopus va WOS bazalariga kiruvchi "Chemistry of Natural Compounds" jurnalida  nashr etildi (Scopus:Q3).

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
Forwarded from Samarqandim jurnali
#tanlov

🎓 Stipendiant bo'lish vaqti keldi!

⚡️Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademiklar nomidagi universitet stipendiyalariga tanlov boshlanganligini e'lon qiladi!

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar quyidagilar:

📌 O'quv jarayonida barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo (ko'pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo'lishi;
📌 Ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan bo'lishi;
📌 O'z yo'nalishiga mos ravishda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan bo'lishi;
📌 Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan, kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2-3-bosqich talabalari, 2-bosqich magistranti va 1-2-bosqich doktorantlari bo'lishi lozim (Aziz Sanjar stipendiyasi uchun).

❗️Doktorantlar uchun qo'shimcha talablar mavjud.

📆 Hujjatlar qabul muddati:
2025-yil 27-noyabrga qadar

✍️ Nomzodlarning hujjatlari Ilmiy- tadqiqotlar va innovatsion rivojlantirish boshqarmasi, 209-xonada qabul qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Forwarded from Samarqandim jurnali
“22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni”

“22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetining зsixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultetning ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Psixologlar qalb tarjimoni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani, dotsent Zarifa Muminova kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda talabalar tomonidan hozirgi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oila muammolari, psixologik zo‘riqish va toliqishni kamaytirish, ularning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlari va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Asqar Karimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Sеrjantlar tayyorlash oliy maktabining Milliy iftixor va harbiy vatanparvarlik kafedrasi boshlig‘i, professor, podpolkovnik Lochinbek Ravshanov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarini tayyorlash fakulteti boshlig‘i, dotsent, polkovnik Anvar Jabborov qatnashdilar.

Tadbir yakunida faoliyatida fidoyi, bilimli xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐  Samarqandim.uz | Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64