SamDCHTI | Rasmiy
10K subscribers
25.9K photos
1.7K videos
487 files
6.4K links
Samarqand davlat chet tillar instituti

Axborot xizmatiga murojaat
👉 @Axborot_xizmatiga_murojaat_bot

E'lon va murojaatlar uchun
👉 @jurnalist_nutqi
Download Telegram
#Diqqat_muhim

Davlat OTMlari talabalar ijara to‘lovining 50 foizini qoplab berishi kerak

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (24
.09.2021 yildagi 605-son)ga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijarada yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;

👉 jara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga
, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;

👉 oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?

Kecha 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar
jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya berilmaydi.

Kontraktdagilar ham stipendiya olish uchun nima qilish kerak?

Buning uchun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qo‘shib to‘lash kerak.

Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 so‘m. Buni 12 oyga ko‘paytirsak, 6 mln 214 ming 560 so‘m bo‘ladi.

Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 so‘m deb tasavvur qilaylik. Shunda agar talaba har oy stipendiya to‘lashni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 so‘m kontrakt to‘lashi kerak bo‘ladi.

Shunda o‘zi to‘lagan pulni har oy bo‘lib-bo‘lib stipendiya shaklida qaytarib oladi.

Bu oddiy holatda unchalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bo‘lsa, stipendiyali shaklda to‘lab qo‘ygani yaxshi. Bundan tashqari ishxonasidagi oylikdan to‘laydiganlar ham stipendiyali qilib o‘tkazsa, soliq imtiyozidan 745 ming so‘m qo'shimcha foyda qiladi.

Bundan tashqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga shartnoma olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali bo‘ladi, chunki ularga foizsiz kredit beriladi.

M: Xushnudbekuz

☎️ Murojaat uchun:
Telegram |
@samdchtijamoasi
#Tanishuv

🔹Ilhomjon Madaminovich To'xtasinov,

Samarqand davlat chet tillar institutida rektor.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
#Tanishuv

🔹Fazliddin Shukurovich Ro'ziqulov,

Samarqand davlat chet tillar institutida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
#Tanishuv

🔹Otabek Muhammadiyevich G'aybullayev,

Samarqand davlat chet tillar institutida yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
#Tanishuv

🔹Zafarjon Boltayevich Qo'ziyev,

Samarqand davlat chet tillar institutida moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
#Tanishuv

🔹Sanjar Imbarovich Qulmurodov,

Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar orasida ijtimoiy-ma‘naviy muhit barqarorligini ta‘minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
#Tanishuv

🔹Asilbek To'raqulovich Abduraimov,

Samarqand davlat chet tillar institutida Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor
maslahatchisi – matbuot kotibi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
Institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori 1-bosqich talabalariga ma’ruza qildi

Respublikamizning barcha ta’lim tashkilotlarida, xususan, oliy ta’lim muassasalarida ham joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlab o’quv jarayonlari boshlandi. Samarqand davlat chet tillar institutida ham bugungi kunda yangi o’quv yili qizg’in jarayonda davom etmoqda.

Bugun, 6-sentabr kuni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ma’ruza qildi. Unda, avvalo, institutda o’quv jarayonlarining davom etishi, nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo’lish tartibi, talabalarning dasr jarayonlarida faol bo’lishi to’g’risida so’zladi.

Shuningdek, jarayon davomida davlatimiz rahbari tomonidan talabala-yoshlarga qaratilayotgan e’tirbor, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so’z bordi va sohaga tegishli eng so’nggi qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga yetkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor 1-bosqich talabalariga ma’ruza qildi

Joriy yilning 6-sentabr kuni institut Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Otabek G’aybullayev birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ma’ruza qildi.

Prorektor ma’ruzasi davomida talabalarga bo’sh vaqtlarida mazmunli mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi, xalqaro va respublika miqiyosida o’tkaziladigan fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish borasida takliflarini bildirib o’tdi.

Shuningdek, institutda besh tashabbus doirasida muntazam ravishda o’tkaziladigan sport tadbirlari, san’at va musiqa hamda kitobxonlik musobaqalari xususida so’z yuritib, unda talabalarning faol bo’lishlari ta’kidlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
⚡️Rasman: kontrakt qog'ozi berilishi boshlandi

kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun
kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi