Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.33K subscribers
5.56K photos
794 videos
9 files
1.07K links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
Poligonga tashrif davomida o‘quvchilar qurol-aslaha va jangovar texnika imkoniyatidan amalda foydalanib ko‘rdilar.

O‘z o‘rnida, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi, o‘quvchi-yoshlarimizning Qurolli Kuchlarda kechayotgan islohotlar, o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashga imkonnini beribgina qolmay, harbiylik kasbiga bo‘lgan havasi ortib borishiga ishonamiz.
Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirni viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jasurbek Fayzullayev ochib berdi.

Shundan so‘ng, Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy okrug katta ofitseri, mayor Xurshidbek Norbutayev so‘zga chiqib, respublikamizda va jahonda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy yangiliklar, jamiyat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar hamda milliy armiyamizning qudrati haqida gapirib o‘tdi.
Ma'ruzachi so‘zi yakunida Vatanimiz sarhadlarida turib, mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlayotgan bojxona xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi, kapitan Furqat Axmedov ishtirok etib, “Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish” mavzusida xodimlarga tushunchalar berib o‘tdi.
“Jartepa” chegara bojxona posti saf ko‘rigi o‘tkazildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyatining ko‘rsatmasi asosida “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazliddi.

Unda post xodimlarining xizmat va jangovar shayligi tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida xodimlarning xizmat guvohnomasi, temir tamg‘alagich, usb kalit hamda xodimlarning tashqi ko‘rinishi va xizmat kiyim-boshlarining holati tekshirildi.

Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i I.Madatov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Melibayevlar tomonidan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi hamda bojxona organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berib o‘tishdi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyati davomida yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish, bojxona nazoratini belgilangan tartibda olib borish hamda ijro intizomiga rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Самарқанд вилоятининг ташқи савдо айланмаси 2022 йилда 2 млрд. 376,1 млн. АҚШ долларига тенг бўлди

Бунда 2021 йилнинг шу даврига нисбатан 621,2 млн. АҚШ долларига ёки 35,4 фоизга ошган.

❗️Ташқи савдо айланмаси – 2 млрд. 376,1 млн. АҚШ доллари.

🟢 Экспорт – 611,7 млн. АҚШ доллари.

🔵 Импорт – 1 млрд. 764,4 млн. АҚШ доллари.

---------------
Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 2022-yilda 2 mlrd. 376,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘ldi

Bunda 2021-yilning shu davriga nisbatan 621,2 mln. AQSh dollariga yoki 35,4 foizga oshgan.

❗️Tashqi savdo aylanmasi – 2 mlrd. 376,1 mln. AQSh dollari.

🟢 Eksport – 611,7 mln. AQSh dollari.

🔵 Import – 1 mlrd. 764,4 mln. AQSh dollari.
Samarqand xalqaro aeroportida to‘poncha va o‘qlarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi