Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.35K subscribers
4.92K photos
672 videos
9 files
869 links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
📊 2022-yil davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 611,7 mln. AQSh dollari miqdorida tovarlarning eksport bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 161,6 mln. AQSh dollariga yoki – 35,9 foizga ko‘paygan.

➡️ Eksport qilingan tovarlar asosan:

🍇🍒 Meva-sabzavot mahsulotlari – 173,2 mln. AQSh doll yoki 28,3%;
👕👖 To‘qimachilik mahsulotlari – 109 mln. AQSh doll yoki 17,8%;
⚙️🔩 Metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 71,8 mln. AQSh doll yoki 11,7%;
🍾 🚬 Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari – 69,5 mln. AQSh doll yoki 11,4%;
🚐🚙 Transport va uning ehtiyot qismlari – 38,9 mln. AQSh doll yoki 6,4%;
🍶🎁 Oziq-ovqat mahsulotlari – 38,7 mln. AQSh doll yoki 6,3%;
🏮 💈 Kalava ip – 36,7mln. AQSh doll yoki 6%;
🥙 🧆 Hayvonlar uchun ozuqalar – 13,3 mln. AQSh doll yoki 2,2%;
🏺 Boshqa mahsulotlar – 60,6 mln. AQSh doll yoki 9,9%;
Toshkentga sayohat

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlang‘ich Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan joriy yilning 9-10 yanvar kunlari bir guruh bojxona xodimlari Toshkent shahriga sayohati uyushtirildi.

Sayohatning birinchi kuni “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif bilan boshlandi. Shundan keyin Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” majmuasi, “Tashkent City” bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Sayohatdan bir olam quvonch olgan kasaba uyushma a'zolari sayohatni tashkil etgan tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Forwarded from SamTVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIYOR_YANGILIKLARI | DORI VOSITALARI SAVDOSI QAY TARTIBDA BO‘LISHI KERAK?

09.01.2023-YIL

https://t.me/SamTvr
В аэропорту Самарканда был задержан узбекистанец с пневматическим пистолетом и патронами к нему

----------
@Samarkand100 - Подпишитесь

Мы в Соц.сетях:
Telegram I Facebook I Instagram
📊 Samarqand viloyati eksportidagi TOP: 10 davlatlar

🏢 2022-yil davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:

➡️🇷🇺Rossiya – 157,2 mln. AQSh dollari.
➡️🇰🇿Qozog‘iston – 95,9 mln. AQSh dollari.
➡️🇹🇷Turkiya – 51,9 mln. AQSh dollari.
➡️🇮🇷Tojikiston – 41,9 mln. AQSh dollari.
➡️🇦🇿Ozarbayjon – 41,5 mln. AQSh dollari.
➡️🇨🇳Xitoy – 37,9 mln. AQSh dollari.
➡️🇰🇬Qirg‘iziston – 32,8 mln. AQSh dollari.
➡️🇧🇾Belorusiya – 27,9 mln. AQSh dollari.
➡️ 🇬🇪Gruziya – 16,4 mln. AQSh dollari.
➡️🇵🇱Polьsha – 15,1 mln. AQSh dollari.

Каналга қўшилинг:👇
https://t.me/sambojxonauz
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Jismoniy shaxslar 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini xorijga olib chiqishlari mumkin.

Endi jismoniy shaxslar qiymati 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 mln. so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishlari mumkin.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma'lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishlari mumkin.

2023-yil 1-fevraldan boshlab affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar

➡️qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;

➡️bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda
maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etildi.

2026-yil 1-yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga (TIF TNning 7101-7104 pozitsiyalari) import bojxona bojlari 0 foiz etib belgilandi.

Mazkur tartiblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarorida belgilandi.
#Ayni_paytda

«O‘zgidromet» ma'lumotlariga ko‘ra, bugun kechqurun mamlakat bo‘ylab -30°gacha bo‘lgan rekord darajadagi sovuqlar kutilmoqda. Hozir tashqarida harorat -18°.

“Jartepa” chegara bojxona posti. Havo harorati shaharga nisbatan ancha sovuq.

“Anomal” deya ta'riflanayotgan qishning qahraton kunlarida bojxona organlari xodimlari mamlakatimiz chegaralarida xizmat olib borib, yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlab, noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Sarhadlarimiz daxlsizli, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlashdek sharafli kasb egalarini ushbu ishlari tahsinga loyiq.
Forwarded from "OVOZA" lavhalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#samarqand #yashil #yolak
Yashil yo'lak hamma uchun emas

Muxbir: Xurshidjon Eshqobilov
Efir: 11.01.2023

Ko'rsatuvni ushbu havola orqali toliq holda tomosha qilishingiz mumkin

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🕊Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Youtube 🌐 TikTok 👍 Lavhalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Samarqand viloyati eksportidagi TOP: 10 tuman va shaharlar

🏢 2022-yil davomida Samarqand viloyati eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan tuman va shaharlar:

🔹Samarqand shahar – 177,6 mln. AQSh dollari.

🔹Samarqand tuman – 60,0 mln. AQSh dollari.

🔹Jomboy tuman – 47,2 mln. AQSh dollari.

🔹Urgut tuman – 46,9 mln. AQSh dollari.

🔹Oqdaryo tuman – 21,8 mln. AQSh dollari.

🔹Ishtixon tuman – 18,2 mln. AQSh dollari.

🔹Pastdarg‘om tuman – 16,4 mln. AQSh dollari.

🔹Narpay tuman – 12,5 mln. AQSh dollari.

🔹Bulung‘ur tuman – 12,1 mln. AQSh dollari.

🔹Kattaqo‘rg‘on shahar – 11,8 mln. AQSh dollari.
Bojxonachilar planshetlardan foydalanmoqda

Hozirda bojxona ko‘rigi jarayonlari "Bojxona ko‘rigi" axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Bunda bojxona ko‘rigini amalga oshirayotgan xodimlar planshetlardan foydalanishmoqda.

Mazkur tizim rasmiylashtiruv vaqti va tadbirkorlarning harajatlarini tejash, ko‘rik jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qilish va uning natijalarini qayd etish imkonini beradi.

Masalan, tizim orqali tadbirkor bojxona ko‘rigi o‘tkaziladigan joyi va vaqti haqidagi ma'lumotlardan onlayn tarzda voqif bo‘ladi, ko‘rik natijalarini ishtirokchilar planshet orqali barmoq izlari bilan tasdiqlaydilar.

Eng muhimi, bunda bojxona xodimlarining ish samaradorligi oshib, korruptsion holatlarning oldi olinmoqda.

Ahamiyat bering, bunda bojxona ko‘rigiga sarflangan vaqt 2 barobarga qisqarishiga erishildi. Ilgari har bir bojxona ko‘rigiga ko‘pi bilan 3 soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich maksimum 1 soat 30 daqiqani tashkil qilmoqda.