Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
1.35K subscribers
5.06K photos
688 videos
9 files
905 links
➡️ https://facebook.com/sambojxona ➡️ "Ishonch telefoni" (66) 233-63-00 ➡️ Murojaat uchun: @Gayrat_Sattarov
Download Telegram
O‘quvchi-yoshlar harbiylar hayoti bilan tanishishdi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi shahardagi 33-umumta'lim maktabi o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida Qurolli Kuchlarimizning nufuzini yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning tashkil etilganligining 31-yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi” 92-sonli Farmoyishini talablarini ijrosini ta'minlash maqsadida "Milliy armiyamiz -Yangi O'zbekistonning mustahkam qalqonidir" mavzusida “Sazagan”dala o‘quv poligoniga tashrif uyushtirildi.

Maktab o‘quvchilarni Qurolli Kuchlarimizni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy armiyaga bo‘lgan iftixor tuyg‘usini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda o‘quvchilar harbiylar hayoti, harbiy qurollar va texnikalar bilan yaqindan tanishtirilib, ularni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar batafsil javob berdilar.
Poligonga tashrif davomida o‘quvchilar qurol-aslaha va jangovar texnika imkoniyatidan amalda foydalanib ko‘rdilar.

O‘z o‘rnida, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi, o‘quvchi-yoshlarimizning Qurolli Kuchlarda kechayotgan islohotlar, o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashga imkonnini beribgina qolmay, harbiylik kasbiga bo‘lgan havasi ortib borishiga ishonamiz.
Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirni viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jasurbek Fayzullayev ochib berdi.

Shundan so‘ng, Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy okrug katta ofitseri, mayor Xurshidbek Norbutayev so‘zga chiqib, respublikamizda va jahonda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy yangiliklar, jamiyat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar hamda milliy armiyamizning qudrati haqida gapirib o‘tdi.
Ma'ruzachi so‘zi yakunida Vatanimiz sarhadlarida turib, mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlayotgan bojxona xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi, kapitan Furqat Axmedov ishtirok etib, “Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish” mavzusida xodimlarga tushunchalar berib o‘tdi.
“Jartepa” chegara bojxona posti saf ko‘rigi o‘tkazildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyatining ko‘rsatmasi asosida “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazliddi.

Unda post xodimlarining xizmat va jangovar shayligi tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida xodimlarning xizmat guvohnomasi, temir tamg‘alagich, usb kalit hamda xodimlarning tashqi ko‘rinishi va xizmat kiyim-boshlarining holati tekshirildi.

Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i I.Madatov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Melibayevlar tomonidan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi hamda bojxona organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va tushunchalar berib o‘tishdi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyati davomida yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish, bojxona nazoratini belgilangan tartibda olib borish hamda ijro intizomiga rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.