DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedovning navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida kattaqo‘rg‘onlik yoshlarni qiynayotgan muammolar, murojaat va takliflar o'rganilib, yechimlari bo'yicha mas'ul tashkilotlar hamda sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida faol yoshlarga kitoblar jamlanmasi topshirildi.
✅@samarqandyangiliklari

Nurobodda yangi tibbiyot binosi foydalanishga topshirildi
Tumanning olis mahallaridan biri - Arabotada tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli "Tim" hududiy bo‘limi poliklinikasi uchun loyiha qiymati 2,0 mlrd. so‘mlik yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
“Registon Nur” MCHJ tomonidan qurib bitkazilgan ushbu bino alohida quyosh batareyasi, quyosh nuridan suv isitgichlar bilan ta’minlangan.
"Tim" hududiy bo‘limi "Arabota", "Nurafshon", "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi 9 mingga yaqin aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi.

СамИСИда олий таълим тизимини рақамлаштириш масалалари ўрганилди
Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида “Олий таълим тизимини рақамлаштириш ва олий таълим муассасаларининг рақобатбардошлигини ошириш” мавзусида халқаро семинар бўлиб ўтди.
————
SamISIda oliy taʼlim tizimini raqamlashtirish masalalari oʻrganildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Oliy taʼlim tizimini raqamlashtirish va oliy taʼlim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.
Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/bj4

⛅️ "Oʻzgidromet" - Bugun, 25-aprel kuni Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.
✅@samarqandyangiliklari
Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.
✅@samarqandyangiliklari
Samarqand shahrida ommaviy axborot vositalari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari uchun Fransiyaning Acted NNT tomonidan “Yangi Mehnat kodeksidagi muhim normalar” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Unda ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, sohaga oid qonunchilikdagi yangi tartib va normalar, ularni hayotda qoʻllashda shartlari yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Aytish joizki, seminar-trening fuqarolik jamiyati tashkilotlari, biznes rahbarlari va jurnalistlar uchun mehnat va ijtimoiy masalalarni oʻrganish boʻyicha hamkorlik platformasi vazifasini oʻtadi. Unda tomonlar mehnat huquqi taʼminlanishidagi muammolar, ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, jarayonni xolis yoritish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻldi.

Respublika yoshlari onlayn forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida o‘tkazilgan onlayn forumda Samarqand viloyati studiyasidan 30 dan ortiq yigit-qizlar turli mavzu va masalalar bo‘yicha taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdi.
Jomboy tumani Qang'li mahallasi yoshlar yetakchisi Nargiza G'affarova turizmga nogironligi bor yoshlar qamrovini oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha tizimli ishlar tashkil qilish yuzasidan taklif bildirdi. Markaziy Kengash raisi U.Inoyatov tomonidan ushbu taklif qo'llab-quvvatlandi hamda partiya saylovoldi dasturiga kiritilishi ma'lum qilindi.