Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!
4.36K subscribers
22.9K photos
3.53K videos
6 files
8.47K links
🌐 Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
📬Murojat uchun: @Ilhomboqiyev

📰 Eng so‘ngi sohaga oid yangiliklar
✍ Tahliliy maqolalar
☝️ Ibratli so‘zlar
🛍 E'lonlar
🌤 Оb-havo ma'lumotlari
Download Telegram
#tungi_mashq

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida tungi vaqtda yong‘in o‘chirish bo‘yicha maxsus amaliy-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv mashqi davomida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda fuqarolarni tezkor evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha shaxsiy tarkib, maxsus xizmatlar va muassasaning navbatchi ishchi xodimlarining shayligi hamda o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.

Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
❤5👍3
#Munosabat

Qorasuv massivi hududida sodir bölgan yonğin töğrisida ma'lumot

Joriy yilning 28-oktabr kunidan 29-oktabr kuniga ötar kechasi soat 00:07 da Samarqand şahar, Qorasuv massivi "B.Yalangtuş" MFY, "Iftixor'' köchasida joylashgan qadoqlaş sexida yonğin sodir bölgani töğrisida viloyat FVBga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 00:10 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 01:18 da töliq bartaraf etdi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

Hozirda yonğinning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.

Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
🔥3❤1
📚 Boşlanğiç tayyorgarlik öquv kursi davom etmoqda

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshliği birinchi örinbosari polkovnik Ş.Fayzullayev boshlanğiç tayyorgarlik öquv kursidagi maşğulotlar jarayonida iştirok etdi.

Öquv maşğulotlarining borişi, tinglovçilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim jarayoni közdan keçirilib, xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş hamda amaliy könikmalarini yanada mustahkamlaş böyiça mas’ullarga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.

Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘rinmas qotildan ogoh bo‘ling!
Vedioni ohirigacha ko‘ring! Daxshati vedio oxirida.

__
_

Кўринмас қотилдан огоҳ бўлинг! Видеони охиригача кўринг!  Дахшати видео охирида.

Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
Alkogol ichimliklar iste’molining salbiy oqibatlari yuzasidan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Alkogol ichimliklar inson xulq-atvorida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi muammo” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand harbiy prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari, boshqarma rahbariyati hamda mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibga mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Ma’ruzalar davomida alkogol ichimliklar iste’molining inson xulq-atvori va ruhiy holatiga salbiy ta’siri, uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar hamda xizmat intizomiga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va har bir xodimning o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
🔥2
Samarqand xalqaro aeroportida mavsumiy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Samarqand xalqaro aeroportida aeroport rahbari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda mavsum davomida xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlarga mavjud xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
👍2❤1