SAMARKANDNEWS.UZ
3.87K subscribers
36.9K photos
4.95K videos
92 files
14K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
“YURAKKA KO‘MILAR ASL SHOIRLAR...”

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11301

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯 GOOOOOL

🌏 Osiyo kubogi U-23 | 1/4 final

🇺🇿 O'zbekiston 1:0 Saudiya Arabistoni 🇸🇦

⚽️ Gol: Norchayev 45+2

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
☑️ O'zbekiston yarim finalda! Keyingi bosqichda 29-aprel kuni Indoneziyaga qarshi o'ynaymiz!

🏆 U-23 Osiyo kubogi | 1/4 final

🇺🇿 O'zbekiston 2:0 S. Arabistoni 🇸🇦

⚽️ Gollar: Norchayev 45+2’, Rahmonaliyev 84’.
🟥 Chetlatish; Ayman Yahyo 70'

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
📍Аллергиянинг давоси оддий

Теридаги аллергик тошмалар билан самарали курашишда доривор ўсимликлар яхши ёрдам беради.

🌿Алоэ. Алоэ шарбатини таъсирланган соҳага юпқа қилиб суртилади. Бир муддат ўтгач, намланган дока ёрдамида артиб тозаланади. Бу муолажани кун давомида 2-3 бор такрорлаб туриш мумкин.

✔️ Мажнунтол. 10-15 г. майдаланган мажнунтол пўстлоғи устига бир стакан қайноқ сув солинади ва яна 10-15 дақиқа паст оловда қайнатилади. Совитилгач, крем сифатида зарарланган тери юзасига суртилади
Соғлом ҳаёт

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Ob-havo
Bugun, 27-aprel kuni Samarqandda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-toʻzonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
🧂Ортиқча туз танага қандай зарар етказади?

🔻Туз ва қон босими
Қондаги натрий хлорид даражасини ошириш орқали одам юрак, мия ва артерияларга босимни ҳам оширади, бу эса қон босимининг ошишига олиб келади.

🔻Туз ва кальций
Кўп туз суякларингизни мўртлаштиради ва тишларингизни ёмонлаштиради. Туз асаб тизимининг фаолиятини тартибга солувчи ва мушакларнинг тўғри тикланиши учун масъул бўлган кальцийни танадан чиқариб юборишга ёрдам беради.

🔻Туз ва буйраклар
Кўп миқдорда туз натрий, калий ва сув мувозанатини бузади ҳамда буйраклар танада кўпроқ сувни ушлаб туришни бошлайди. Натижада тана шишади ва томирлар орқали қон босим билан ўта бошлайди.
Соғлом ҳаёт

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
⚡️Akademik litsey yoki professional ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi

▪️Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

▪️xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

▪️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

▪️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi).

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun 👇👇

@Online_maslaxatchii

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Oʻzbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgan

Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi tarkibida 60 yoshdan yuqori yoshdagilar soni qariyb 3,5 mln kishini tashkil etgan.

Bu Oʻzbekistonning jami doimiy aholisining 9,4 foiziga yetgan.

❗️Maʼlumot uchun, 2024-yil 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
SAYYOR QABUL

Ayni paytda shaharning Ko‘l mahallasida Prezidentning Samarqand viloyat va shahardagi Xalq qabulxonasi hamda shahar sektor rahbarlarining fuqarolar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Fuqarolardan tushayotgan murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida o‘z yechimini topmoqda va vaqt talab qiladigan muammoli masalalarni esa tez fursatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berilyapti.

Samarqand shahrida tashkil etilgan bu kabi qabullar davom etadi...

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Циндао шаҳридаги келишувлар давом этади

Аввал хабар қилганимиздик, айни кунларда Хитой Халқ Республикасида бўлиб турган Самарқанд шаҳар ҳокими Фазлиддин Умаров бошчилигидаги делегация ўз ишини давом эттирмоқда.

Делегация аъзолари даставвал Хитойнинг Урумчи, кейин Циндао шаҳрида бўлди.

Айни пайтда ҳам Циндао шаҳрида қатор келишувларга эришаётган шаҳримиз вакиллари шаҳардаги ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш корхоналарида бўлди ва ўзаро самарали лойиҳалар устида ишлашга эришилди.

Учрашувда "Hisense" компаниясида электротехника маҳсулотлари, “Qingdao Taitou Ecological Construction Engineering Co Ltd" компаниясида дарахт ва кустарниклар питомниклари ҳамда кўчалардаги кўкаламзорлаштиришни етиштириш, Циндао аграр университети билан малакали мутахассислар алмашиш масалаларига тўхталинди.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xalqaro baholash tizimi joriy etilmoqda
#26apr #uzbekiston24

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
“BOGʻIMAYDON” ma’naviyat va ma’rifatga oshno go‘sha

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11303

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
#Биласизми

Фуқароларга пенсия тайинланишида I гуруҳ ногиронига ёки 18 ёшгача бўлган ногирон болага, шунингдек ўзгаларнинг парваришига муҳтож бўлган (даволаш муассасасининг хулосасига кўра) 80 ёшга тўлган қарияларга қараб турилган вақт иш стажига қўшиб ҳисобланади.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sport - salomatlik garovi" ko'rsatuvi

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!