SAMARKANDNEWS.UZ
4K subscribers
36.4K photos
4.87K videos
90 files
13.8K links
Мурожаат йўллаш учун махсус бот манзилимиз: @samarkandnewsbot. Мурожаатда исм-фамилия тўлиқ кўрсатилиши лозим. Қўшимча маълумот учун телефон рақам киритилиши зарур. Ҳеч бир мурожаат эътибордан четда қолмайди.
Download Telegram
“Dinamo” mavsumdagi ilk gʻalabasiga erishdi

Superliganing 4-turi doirasida “Dinamo”  Jizzaxda “Metallurg” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi taymida “Metallurg” futbolchisi Sardor Abduraimov hisobni ochgan boʻlsa, ikkinchi taymning 72-daqiqasida Anvar Hojimirzayev hisobni tenglashtirdi - 1:1.

90+2-daqiqada Xislat Xalilov hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirib, jamoasiga uch ochko taqdim qildi.

Vadim Abramov shogirdlari bungacha Superliganing uch turida ketma-ket magʻlub boʻlib kelayotgan edi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳаси доирасида баҳорги экиш мавсумини ташкил қилиш ва чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
“Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida Samarqand viloyati va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni korxonalari oʻrtasida biznes-forum oʻz ishini boshladi.

Biznes-forum ishida Erkinjon Turdimov Samarqandning investitsion jozibadorligi va salohiyati haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, xitoylik ishbilarmon doira vakillarini Samarqandga investitsiya kiritishni taklif qildi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Баҳор мавсумида маҳаллаларда ва кўп қаватли уйлар атрофида, йўллар ва каналлар бўйидаги ерларга дарахт экиш чора-тадбирлари белгилаб олинди.

Пойтахтда амал қилаётган йирик қурилиш лойиҳаларида майдоннинг камида 30 фоизига дарахт экиш мажбурияти барча вилоятларда жорий қилиниши белгиланди.

Экология вазирлигига “Менинг боғим” лойиҳасини ишга тушириш топширилди. Бунга бюджетда назарда тутилган 50 миллиард сўм ажратилади. Жойларда 444 та яшил боғ ва 160 та жамоат паркларини ташкил қилишга кўрсатма берилди.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Йиғилишда вазирлар ва ҳокимлар тизим ташкилотлари томонидан экилган кўчатларнинг униб-ўсиши ва тўғри парвариш қилинишига алоҳида эътибор бериши лозимлиги таъкидланди.

Яна бир муҳим масала – сўнгги вақтларда дарёлар, табиий сув ҳавзаларида электр билан балиқ овлаш кўпайиб кетаётганига эътибор қаратилди. Бу йилнинг ўзида 39 та ҳолатда электр билан, 436 та тўр билан ноқонуний балиқ овлаш аниқланган.

Мутасаддиларга бу борада таъсирчан назорат ўрнатиб, қонун устуворлигини таъминлаш топширилди. Браконьерлик учун жавобгарликни кучайтириш таклиф қилинди.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🩺 Ортиқча тана вазни, семизлик ва қандли диабет олди беморлари зудлик билан ўз овқатланиш ҳамда яшаш тарзини ўзгартиришлари зарур.

🏃🏻‍♀️ Хўш, бу жараёнда қандай қоидаларга риоя қилиш лозим?

🥗 Соғлом овқатланишни йўлга қўйишда нималарга эътибор бериш керак?

🥬 Кунлик таомномага қайси маҳсулотларни киритиш фойдали?


📹 Ушбу саволларга юқоридаги видеоролик орқали батафсил жавоб топасиз.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
IJRO NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11192

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari ushbu manzillarda test shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Malaka sinovlarining:

1️⃣ birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

2️⃣ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
BOKSCHILARIMIZ "GREAT SILK WAY-2024"DA 18 TA MEDAL BILAN BIRINCHI BO‘LDI

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11205

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
TADBIRKORLAR BILISHI SHART

Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11208

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
❗️Endilikda har oyning to'rtinchi chorshanba kuni "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkaziladi

Hukumat topshirig'iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to'rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to'g'ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" deb e'lon qilindi.

"Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilandi.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Baraka jadvalga sigʻmaydi

Iqtisodchi va hisobchilarning hisobot jadvallarida xarajat va daromadlar aniq koʻrsatiladi. Lekin, baraka bunaqa jadvallarda koʻrinmaydi. Baraka jadvallarga sigʻmaydi.

Bizni oyoqda tutib turgan ham kirim-chiqimlar emas, aynan shu barakadir!

Agar moʻmin boʻlsangiz, rizqni – maoshdan, barakani – daromaddan, marhamatni – amaldorlardan, buyruqni – bandalardan kutmaysiz. Yoʻqsa, bugungi kuningizdan siqilib, ertangi kuningizdan vahimaga tushib yuraverasiz.

***
❗️Eslatib oʻtamiz: bugun Samarqandda iftorlik vaqti soat 18:58 da.

Payariq, Oqdaryo, Ishtixon va Past Dargʻom tumanlarida belgilangan vaqtga +2/+3 daqiqa, Kattaqoʻrgʻon shahri, Narpay, Qoʻshrabot, Paxtachi, Nurobod va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida +4/+5 daqiqa qoʻshiladi.
Matbuot anjumani

BANK XIZMATLARI KO‘RSATILISHIDA INSON OMILI KAMAYTIRILDI


Batafsil: http://www.samarkandnews.uz/post/11207

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!

Samarkandnews.uz | Telegram | Facebook
#2024_йил_1_апрелдан

🔰Қонунчиликка кўра, давлат харидлари доирасида чет эллик етказиб берувчилар билан бир қаторда маҳаллий ишлаб чиқарувчилар иштирок этганда уларга нисбатан импорт товарларининг DDP (Ўзбекистон) нархидан қуйидаги миқдорларда нарх преференцияси берилади:

🔹3 та ва ундан ортиқ маҳаллий ишлаб чиқарувчи иштирок этган тақдирда 15 фоиз;

🔹2 та маҳаллий ишлаб чиқарувчи иштирок этган тақдирда 12 фоиз;

🔹1 та маҳаллий ишлаб чиқарувчи иштирок этган тақдирда 8 фоиз.

@SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!