A.S. Pushkin nomidagi AKM
883 subscribers
4.63K photos
532 videos
35 files
2.69K links
🏛A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot Kutubxona Markazi rasmiy kanali©️
📰Yangiliklar
🎤Tadbirlar
🖥Elektron kitoblar
🌎samarkand.natlib.uz
📚Elektron kitoblar kanali - https://t.me/libsamarkand_kitoblar
👨👩Guruh - @libsamarkand_elektronkito
Download Telegram
#Tugilgan_kun

Erkin Vohidov — o‘zbek shoiri va jamoat arbobi.

Erkin Vohidov zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi.
#Tugilgan_kun

Bugun fantastik asarlar muallifi, bolalarning sevimli yozuvchisi Jyul Vernning tavallud kuni. Uning "Kapitan Grant bolalari", "O'n besh yoshli kapitan", "Robinzonlar maktabi", "Suv ostida 80.000 kilometr" kabi asarlarini sevib o'qiganmiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Unutilmas_siymolar
#Tugilgan_kun

Bugun buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkiri, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun (1483-1530)

📝Zakovatli olim, isteʼdodli shoir va tarjimon Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topganiga 540 yil toʻldi.



Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonligʻ hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidir.

Zahiriddin Muhammad Bobur

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Tugilgan_kun

Sadoqat va vafo timsoli

Zulfiya sheʼriyati XX asr oʻzbek adabiyotida yangi sahifa ochgan, uning boʻy-bastini koʻrsata olish qudratiga ega boʻlgan, kitobxonga vafo va sadoqat, mehr va muhabbatdan saboq beruvchi sheʼriyatdir. Bu sheʼriyatning mavzu va talqin doirasi juda katta qamrovga ega boʻlib, biz unda oʻz Vatanini sevish, oʻzbek ayolining shonli hayot yoʻlini ulugʻlash, bani-basharda tinchlik-omonlikni orzu qilganlar mushoirasi bilan birga, muhim hayotiy muammolar va insoniy dardu kechinmalar tasvirini ham koʻramiz. Bularning barchasi shoira sheʼriyatidagi gʻoyaviy yuksaklik, dilbarlik va pokizalik, teran maʼno-mazmunga ega boʻlgan xususiyatlar jarayonida yuzaga chiqadi. Sheʼriyatidagi ana shunday hayotbaxshlik va vatanparvarlik fazilatlari, yurtning maʼnaviy hayotidagi fidoyiligi uni oʻz xalqining sadoqatli qiziga va shoirasiga aylantirdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Unutilmas_siymolar
#Tugilgan_kun

Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning tavallud topgan kun

Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 6-iyun Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - yangi rus adabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi va nazariyachisi, tarixchi, publisist, XIX-asr birinchi yarmining eng obro‘li adabiyot arboblaridan biri.

Dunyodagi har qanday xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiya, nafaqat Rossiya butun dunyo rusiyzabon kishilarida inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkin. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk va mutlaq nekbin bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Unutilmas_siymolar
#Tugilgan_kun

Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning tavallud topgan kun

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt