A.S. Pushkin nomidagi AKM
635 subscribers
4.63K photos
532 videos
35 files
2.69K links
🏛A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot Kutubxona Markazi rasmiy kanali©️
📰Yangiliklar
🎤Tadbirlar
🖥Elektron kitoblar
🌎samarkand.natlib.uz
📚Elektron kitoblar kanali - https://t.me/libsamarkand_kitoblar
👨👩Guruh - @libsamarkand_elektronkito
Download Telegram
🔰Sayyoramizdagi eng qimmat kitoblar📚
 
❇️1.Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko’zgu yordamisiz o’qib bo’lmaydi.

❇️ 2.“Genrix Sher Injili” — XII asrning oxirida (1175-1188-yillar oraligʻi) Genrix Sher uchun Germaniyada chop etilgan. Kitob 226 varaqdan iborat boʻlib, auksionda 12,4 million AQSH dollariga sotilgan. Hozirda u Germaniyadagi gersog Avgust kutubxonasida saqlanadi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Infografika

Axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish va kataloglashtirsh bo'limining 2023-yil avgust oyi ko'rsatkichlari

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

"Haqiqiy qushga aylanib, bu shohlardan ko'kka parvoz qilishni osmondagi oy manzilida g'oyib bo'lib, bu dunyodagi odamlarning yuzlarini ko'rmaslikni nechog'lik istar edim!"

Asar:Choliqushi
Muallif:Rashod Nuri Guntegin

🖇Muallif:Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul 1956, London) turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri Choliqushi" (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda "Vaqt" gazetasida bo'limma-bo'lim e'lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923- yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o'zgartirishlaridan keyin 1937-yilda "Choliqushi" romani mukammal holga keltirilgan. "Choliqushi" ishqiy mavzuda yozilgan asar bo'lishi bilan birgalikda o'sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. "Choliqushi" Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi.

🖇Asar mavzusi: Asarda bosh qahramon Feridening boshidan otkazgan kechinmalari hamda Kamronga bo'lgan otashin muhabbati juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. G'ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to'xtatolmagan Feride uzoq yil g'ururining sevgisi ustidan qozongan g'alabasidan azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning g'ururi tufayli ko'p yillarini safarda qiyinchiliklar orasida o'tkazgani asosiga qurilgan. Ushbu ishqiy mavzuda bitilgan romandagi barcha voqealar silsilasi muallif tomonidan emas, balki bosh qahramon Feridening tilidan aytilgan bolib, asarda hikoyachilik bosh o'rinda bo'lgan. Bu esa kitobxonni yanada o'sha muhitga tushib qolishi uchun zamin yaratgan, Ya'ni, asar qahramonlarining tashqi ko'rishi, fe'l-atvori. xatti-harakatlaridan tortib boshidan o'tkazgan kechinmalarigacha va har bir aytib o'tilgan joylarning tasviri, holati juda ham chiroyli, aniq va durdona so'zlardan foydalanilgan holatda yozilgan. Shuning uchun ham bunday jumlalar o'quvchi uchun o'z ta'sirini ko'rsatishga xizmat qiladi.

🖇Tarix - "Choliqushi" romanida boʻlib oʻtgan voqealar XX asrning ilk
choragiga tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda
Birinchi jahon urushi dahshatlari asarda ham ko'rinish bermasdan
qolmagan. Yozuvchi XX asr boshlaridagi turk xalqi hayotini ko'p jihatdan mohirona yoritib bera olgan. Roman hayotiy hikoyalarga tayanib yozilgan bo'lib, asarda tilga oligan qahramonning hayotiy ismi Feride Po'latdir. Qushadasidagi uyi restavratsiya qilingan va bugungacha saqlanib qolgan.

🖇Asar sarlavhasi - Asarning bosh qahramoni bo'lmish Feride tabiatan ozod erkin bo'lib yashashni xohlaydigan mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu asarni "Choliqushi" deb nomlagan.
Romanning mahzun va romantik tarzda o'ziga xos hikoya qilinishiga o'lim va ayriliq tushunchalarining, ya'ni motivlarining ta'siri kuchlidir. Kichik yoshda ota-onasini yo'qotgan Feride to'yi arafasida qattiq sevgan insoni Kamrondan ayriladi. Sal o'tib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride ogʻir xastalik sabab uni ham yo'qotadi. Asar so'ngida esa otasiday ko'rgan insoni Xayrullohbey vafot yetadi. "Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko'nglim yaxshi ko'rgan insonlarimning o'liklari bilan liq toʻla".

🖇Ostiga chizilgan satrlar:

•Inson o'zi yashagan joylarda ko'ngliga yaqin olgan insonlarga ko'rinmas simlar bilan bog'langan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib ketgan cholg'u simlariday xazin ovoz chiqaradi.

•Odamzot eng ko'p sevgan kishisi bilan sinaladi

• Haqiqiy muhabbat orada qanchalik to'siqlar bo'lishidan qat'i nazar aslo yo'qolib ketmaydi.

• G'amda qandaydir yashirin shafqat borday. Shikoyat qilmaganlarga nisbatan, ularni kulib qarshilaganlarga nisbatan kamroq zulmkor bo'ladi.
🧐Qanday qilib effektiv tarzda kitob o‘qish mumkin?

Kitob sizni butun diqqatingizni jamlashingiz uchun qanday bo‘lishi kerak? Qanday qilib o‘qiganingizni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish mumkin?

1. Kitoblar ro‘yxati

Juda ko‘plab odamlar kitoblarga o‘zgacha tashnalik bilan qaraydi. Biz kitoblarni sotib olaveramiz, ularni javonlarga to‘playveramiz. Lekin ko‘pincha o‘qimaymiz. O‘qilmagan kitoblar ko‘payib borishi insonni o‘qishga bo‘lgan tashnalikni oz bo‘lsa ham susayishiga olib keladi. Kitoblarni ko‘plab sotib olish kerakmas. Bitta yoki ikkita yetarli. Agarda, baribir sotib olish yoqsa, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va qat‘iy o‘sha ro‘yxatga amal qiling.

2. Ellik sahifa qoidasi.

Keraksiz kitoblarni o‘qish uchun hayotimiz juda ham qisqalik qiladi. Zerikarli va foydasiz kitoblardan tezroq uzilishga harakat qiling. Kitob qandayligini bilish uchun uning 50 sahifasini o‘qish yetarli. Agar o‘sha sahifalar davomida sizni o‘ziga torta olmadimi, demak bu kitob sizniki emas.

3. Kim yozgan va nima haqida yozilgan.

Kitobni o‘qishdan oldin u haqda tanishib chiqing. Muallif va kitob haqidagi fikrlarni o‘qing. O‘qishdan oldin o‘zingizga savol bering, kitobdan nima o‘rganmoqchiman? Qaysi muammolarimni yechishga yordam beradi bu kitob? Bu savollar kitobni har bir sahifasini diqqat bilan o‘qishingizga, har bir satrdan o‘zingizga nimadir olishga harakat qilishingizga turtki beradi.

4. Qalam bilan o‘qing yoki yozib boring.

Kitob o‘qiyotgan vaqtingizda qalam bilan o‘zingziga kerakli joylarni belgilab boring. Kitobga hech nima tekkizishni istamaydigan kitobxonlar ham bor. Ularga esa kerakli gaplarni yon daftarchaga yozib borishni tavsiya etamiz. Kitob - ma‘nolar xazinasi. Undan foydali gaplarni yig‘ib borish ham zavqli mashg‘ulot hisoblanadi.

5. Bir kunda kamida 30 bet.

Har bir insonda o‘zining o‘qish ritmi bor. ‘‘Marafonchilar‘‘ bitta kitobni bir oyda tugatishadi. ‘‘Sprinterlar‘‘ esa bitta kitobni bir necha kunda tugatishi mumkin. Ammo hammada vaqt masalasi har xil. Shunday ekan sizga oddiy va qulay qoida yordam beradi. Bir kunda 30 sahifadan kam o‘qimang. Bu sizga kitobni bir haftada tugatish uchun yordam beradi. Bir yilda 60 ga yaqin kitob o‘qib qo‘yasiz. Zo‘r natija!

6. Janrlarni almashtirib turish.

Har bir kitobxonda o‘zining sevimli janri bor. Lekin faqat detektivlarga yoki bisnes adabiyotalarga berilib ketish, sizni bitta qolipga tashlab qo‘yadi. Boshqa janrdagi eng zo‘r asarlarga ham qiziqmay qo‘yasiz. Bunday paytda janrlarni almashtirib turish zarur. Masalan, non-fikshndan keyin rus klassikasini o‘qing. Undan keyin esa fantastikani, keyin detektiv. Albatta, ketma-ketlikni o‘z ta‘bingizga qarab tuzib olishingiz ham mumkin.

7. O‘qiganlaringiz haqida yozing.

Agarda kitob sizga yoqsa, undagi sitatalar, foydali gaplar, kitob haqidagi fikrlaringiz yig‘ilib qoladi. Bu esa juda qimmatli ma‘lumotlar sanaladi. Uni ‘‘sandiq‘‘da saqlash kerakmas. O‘zingizga kundalik tutib oling. O‘qigan kitobingiz haqida retsenziya yozing, sitatalarni yozing. Bu uchun nafaqat kundalik, balki, feysbuk kabi tarmoqlar ham sizga foydali. Yozganlaringizni barcha bilan ulashing. Siz kitobni analiz qilishingiz uchun aynan adabiyotshunos bo‘lishingiz shartmas, ishoning. Boshqalar bilan ulashishingiz ularga ham bu kitob haqida qiziqish uyg‘otishingizga yordam beradi.

8. O‘qiganlaringizni prezentatsiya (taqdimot) qiling.

O‘qilgan kitob yoddan ko‘tarilmasligi uchun uni do‘stlaringizga aytib bering. Kitob haqida oila a‘zolaringizga, do‘stlaringizga ‘‘seminarlar‘‘ o‘tib berishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#So'rovnoma

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining qanday tadbirlar shakllari sizni ko'proq jalb qiladi?
Anonymous Poll
20%
qiziqarli odamlar bilan uchrashuv
43%
interaktiv o'yinlar, tanlovlar, viktorinalar
9%
ijodiy mahorat darslari
29%
adabiy musiqiy kechalar
​​#Unitilmas_siymolar

🔰Dog‘iston shoiri Rasul Hamzatov Dog‘istonning Xunzax rayoniga qarashli Sada qishlog‘ida xalq shoiri Gamzat Sadasa oilasida dunyoga keldi.

🔰Ilk she’rlar to‘plami — «Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat». «Bizning tog‘lar», «Mening yurtim» , «Tog‘lik o‘lkasi», «Tug‘ilgan yilim», «Katta og‘a sha’niga», «Dog‘iston bahori», «Qalbim mening tog‘larda», «Yuksak yulduzlar», «Bitiklar», «Yulduz yulduz bilan so‘zlashar», «Yillar ortidan yillar», «O‘choq boshi-da», «Chegara», «Muhab-batnoma», «So‘nggi narx» va b. she’riy kitoblar muallifi.

🔰Hamzatov ijodi Sharq va Gʻarb she’riyati an’analari o‘zaro tutashgan nuqtada paydo bo‘lgan betakror hodisadir, Hamzatovning Sharq tarovati bilan yo‘g‘rilgan va tog‘li o‘lka kishilarining o‘ziga xos ruhiy olamini aks ettirgan she’rlari 50-yillarda milliyligi, samimiyligi, lirik his va tuyg‘ularning bokiraligi bilan kitobxonlar va tanqidchilar e’tiborini qozongan.Hamzatov, o‘z tabiatiga ko‘ra, lirik shoir. Shunga qaramay, u doston janrida ham ijod qilib, «Otam bilan suhbat», «Tog‘ qizi» , «Onalarni asrang» kabi barkamol dostonlarini yaratgan. Uning hayot va adabiyot, onavatan va zamondoshlar haqidagi «Mening Dog‘istonim» lirik qissasi 60-yillarning 2-yarmida qardosh xalqlar adabiyotida soxta vatanparvarlik goyalari o‘rniga milliy g‘oya va milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

❇️Hamzatov asarlari jahonning ko‘plab tillariga, shu jumladan, o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Hamid Gʻulom, Shuk-rullo, Abdulla Oripov singari o‘zbek shoirlari bilan ijodiy aloqada bo‘lgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buktreyler

📽"Shohnoma" asarini ko'p shoir va adabiyotshunoslar badiiy fikr xazinasi, yangi -yangi badiiy asarlarning vujudga kelishida ummondek tubsiz manba deb hisoblaydilar. Firdavsiy qalamiga mansub mazkur doston mukammal tartibga solingan bo'lib, kompozitsiyasi ham juda puxta. Firdavsiy o'zining bu ulkan asarida juda ko'p falsafiy g'oyalar, ijtimoiy masalalarni ilgari suradi, peyzajlar chizadi.
🎞A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining xodimlari tomonidan tayyorlangan buktreyler orqali asar haqida kerakli ma'lumotni olishingiz mumkin!

📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
​​#Unitilmas_siymolar
#Tug'ilgankun

❇️O. Genri-Rossiyadagi eng sevimli amerikalik yozuvchilardan biri, qisqa hikoyaning taniqli ustasi. Uning hayotini oʻzi ajoyib hikoyaga oʻxshaydi.

❇️11-sentyabr Uilyam Sidney Porter dunyoga dunyoga keldi yozuvchi O. Genri sifatida tanilgan-Rossiyaning eng sevimli amerikalik yozuvchilardan biri, qisqa shakl va istehzoli boʻgʻinning ustasi. Aynan shu odam, uning hayoti hikoyaga oʻxshaydi, „Bolivar ikki kishiga dosh berolmaydi“, „inson sabr-toqatining chegarasi bor“ va, albatta, „Kanada chegarasigacha ulguramiz“ kabi mashhur aforizmlar aynan O.Genry tomonidan uylab topilgan va uz hikoyalarida ishlatgan.

❇️Uilyam Porter 1862-yil 11-sentyabrda Shimoliy Karolinada qishloq shifokori oilasida tugʻilgan. Bola hali yoshligida onasi vafot etdi, otasi bu vazifani xolasiga oʻtkazib, taʼlim bilan shugʻullanmagan. Uning xususiy maktabida boʻlajak O. Genri boshlangʻich taʼlim oldi. Yosh Uilyam hayvonlarni yaxshi koʻrardi, shunchaki mushuklarni yaxshi koʻrardi va yoshligida kitob oʻqishga qiziqib qoldi. Bola shunchaki websterning entsiklopedik lugʻatidan ajralmadi, uni deyarli boshidan oxirigacha oʻrgandi.

❇️Taniqli roman yozuvchisining eng mashhur hikoyalari:

Magi sovgʻasi
Jihozlangan xona
Rus sablesi
Xayriyaviy-matematikning kafedrasi
Nikoh aniq fan sifatida
Katta shahar ovozi
Qiziltanlilar rahbari
Biz tanlagan yoʻllar
Ishbilarmon odamlar

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ajdodlar_xazinasi

Alisher Navoiy bobomiz merosidan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Talabalar bilan qiziqarli kutubxonada ekskursiyasi davom etmoqda

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida SamDU Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti talabalari bilan birgalikda "Qiziqarli kutubxonada" nomli  kutubxona...

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz

💵Million dollarlik xatolar.

📚Inson hayotda 10 ta kitob o'qisa muvaffaqiyatli bo'ladi. Lekin o'sha 10 ta kitobni topish uchun 10 000 ta kitob o'qishi kerak degan gap bor. Men ishontirib ayta olamanki. Ushbu kitob sizning o'sha 10 ta kitobingizdan biri bo'ladi.

Bu kitob sizni biznesingizni butunlay o‘zgartirish, undagi jarayonlarni yaqqol ko'ra bilishga yordam beradigan kitobdir.

❗️Diqqat bu kitob faqat amaliyotlarga asoslanib yozilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
📚#iqtibos

Kitobga to'la uyning fayzi shu qadarki, ularni varaqlamay turib, sen o'zingni ulardagi donolik sharbatini simirayotgandek his qilasan.

•Mark Tven

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#news

📌 Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani ingliz tilida chop etildi!

🖇Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romanining inglizcha nashri (“Babur: Starry Nights”) chop etildi. Loyiha Islom Karimov nomidagi fond tomonidan amalga oshirilgan.

🖇Romanni britaniyalik mutarjim Kerol Yermakova ingliz tiliga oʻgirgan, tarjima matni Juli Uikenden tomonidan tahrir qilingan. Taniqli rassom Bobur Ismoilov esa nashr uchun suratlar ishlagan. Kitob Fransiyaning “Nouveau Monde Editions” nashriyotida chop etilgan.

🖇“Yulduzli tunlar” shuningdek  rus, yapon, hind, urdu, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga ham tarjima qilingan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
📘Eng katta nashr qilingan kitob !
"Kichkina shahzoda
"

Ananaviy tarzda chop etilgan eng yirik kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining  “Kichik Shahzoda»ning braziliyalik nusxasi kitobidir. Uning uzunligi 3,08 metr, kengligi 2,01 metrni tashkil etadi. Bu kitob 2007-yil sentyabr oyida Rio-de-Janeyro (Braziliya) da bo‘lib o‘tgan Biannual kitob ko‘rgazmasida namoyish etildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Sevimli kutubxonamaga kitob sovg‘a qilaman

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi Nizomiddin Gulboyev tomonidan "XIX asr Xorazm vohasi harbiy-siyosiy tarixiga doir rasmiy hujjatlar"deb nomlangan monografiyani kutubxona fondiga sovg‘a qildi...

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Ma'rifatparvar jadidlarimizdan eslatmalar!

🗞Jadidlarimizning o'gitlari yoshlarning ilm yo'lidagi ravnaqiga ozgina bo'lsa-da hissa qo'shadi, degan umiddamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt