Sabitov ©️
2.04K subscribers
2.42K photos
223 videos
11 files
1.12K links
Ba'zida jiddiy, ba'zida yumor, ba'zida esa sarkazm bilan...

Murojaat uchun — @husansabitov
Download Telegram
Kechagi Superkubok o’yini uchun tayyorlangan translyatsiya grafikalari. “Broadcast design”dagi ilk ishim.

Ko’proq grafikalar — behance.net/gallery/226924851/Broadcast-Design-for-Uzbekistan-Supercup-2025

Imkoniyat va ishonch uchun Azamat Umarov va PFL’ga rahmat!

@sabitov_co
Sabitov ©️
BAA dan yangi mashmasha! “O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari uchun “Al Nahyan” stadionida maxsus sektorlar ajratilgan — 24, 25 va 26-blok. Chiptalarni xarid qilishda albatta pasport raqamini kiritish zarur. Diqqat qiling: ayni paytda mehmon sektorlaridagi…
Ular baribir aytganini qilishdi — “mezbon sektorlardan chipta xarid qilgan mehmon jamoa muxlislarining chiptalari bekor qilin(a)di”

Pochtamga chipta bekor qilinganligi va xarid uchun sarflangan pul 5-10 ish kunida qaytarilishi haqida xabar keldi. Men bilgan boshqa o’zbekistonlik chipta xarid qilgan BAA rezidentlariga ham shunday xabarlar kela boshladi. Afsus…

@sabitov_co
Shu suratdan kelib chiqib, ta’mirdan keyingi “Paxtakor” stadioni o’rindiqlarining qolgan qismini ham “bo’yab chiqdim”. Fikrimcha, o’rindiqlarning bunday tuslanishi stadionga sal bo’lsa-da zamonaviylik qo’shyapti. Lekin, bu hali yakuniy ko’rinish bo’lmasligi ham mumkin ekan.

@sabitov_co
10-oktyabr kuni O’zbekiston MTJ Yaponiyada Anchelotti qabul qilib olgan Braziliya terma jamoasi bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazadi, deyapti Wikipedia. Bu xabar qanchalik rost-yolg’onligini bilish uchun O’FA vakillari bilan bog’landim. Kutamiz…

P/S: 2025-yil kuzidagi FIFA kunlarida o’rtoqlik o’yinlar o’tkazishimiz uchun avvalo iyun oyida JCh masalasini hal qilib olishimiz kerak.

@sabitov_co
Sabitov ©️
10-oktyabr kuni O’zbekiston MTJ Yaponiyada Anchelotti qabul qilib olgan Braziliya terma jamoasi bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazadi, deyapti Wikipedia. Bu xabar qanchalik rost-yolg’onligini bilish uchun O’FA vakillari bilan bog’landim. Kutamiz… P/S: 2025-yil…
Braziliya terma jamoasi oktyabr oyida rostan ham Yaponiyadagi xalqaro turnirda qatnashishi aniq ma’lumotga o’xshayapti, har holda terma jamoaning Wikipedia sahifasida 14-oktyabr kuni Yaponiyaga qarshi o’yin haqida ma’lumot bor.

@sabitov_co
Bugungi tarkibimizdagi eng tajribali va to’purar futbolchilar o’nligi.

Shu o’rinda Shomurodov haqida ikki og’iz. Eldor allaqachon raqamlarda ham, maydonda ham milliy jamoaning lideriga aylanib bo’lgan. Olimpiada o’yinlarida sardorimiz, ilk tarixiy golimiz muallifi bo’lgandi. So’nggi 5 yilllikda turli past-balandliklardan o’tdi, yo’qolib qolmadi, ko’p qiyoslanadigan Azmunning yo’lini tanlamadi va yakunda Rimdagi birinchi raqamli jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Haqiqiy namuna.

@sabitov_co
Bugun, 23:59.

@sabitov_co
Galitskiy va uning "Krasnodar"dan oldingi “Avangard” loyihasi haqida

“Krasnodar”dan avval Sergey Galitskiy o'zi tug‘ilib-o‘sgan shahri – hozirda Sochi tarkibiga kiruvchi Lazarevskoyega katta futbolni olib kelishni niyat qilgan edi.

Shaharchada “Avangard” nomli jamoa bo'lgan. Bu klub 50 yil davomida mintaqaviy musobaqalarda qatnashgan, bir necha bor Sochi birinchiligida g‘olib bo‘lgan va Krasnodar o‘lkasi chempionatida o‘rtamiyona jamoa hisoblangan.

2003-yilda Galitskiy “Avangard”ga yordam bera boshladi, moliyaviy va maishiy muammolarni hal qildi, futbolchilarga professional darajada maosh to‘ladi. Natijada jamoa darhol Krasnodar o‘lkasi chempionatida kuchli uchlikka kirdi.

Ba’zi jabhalarda “Avangard” hatto RPL darajasida edi. Masalan, klub formasi italiyalik "Kappa" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va uning taqdimoti tungi klubda, janubiy Rossiyaning eng chiroyli qizlari ishtirokidagi moda ko‘rgazmasi va auksion bilan o‘tkazilgan.

“Avangard” 2004-yilda Uchinchi ligada barchani raqiblarini yengib, kelasi yilda allaqachon professional hisoblangan Ikkinchi ligaga chiqishi kerak edi.

Ammo attestatsiya boshlanishidan bir hafta oldin Galitskiy loyihadan chiqishga qaror qiladi. Bunga sabab bo'lajak milliarder stadionni sotib olishga ruxsat ololmadi va u Ikkinchi liga talablaridan birini bajarish uchun sun'iy to'siqlar yaratilayotganini tushundi. Lazarevskoye kema qurish zavodi stadionni yopiq auksion orqali 33 million rublga moskvalik biznesmenga sotdi. Galitskiy ko‘proq pul taklif qilishga tayyor edi, lekin bunga imkon berilmadi.

Shundan so‘ng Galitskiy Lazarevskoyedagi futbol loyihasini tark etdi va buni shunday izohladi: "Bo‘ldi, endi menga ham sizlar kabi baribir! Men Lazarevskoyeni normal shahar qilmoqchi edim, katta futbol havosini olib kirish niyatida edim, sizlar esa to‘sqinlik qildingiz".

Shundan keyin “Avangard” jamoasi yo‘q bo'lib ketdi, stadion esa yopilgan (yuqorida suratlar keltirilgan).

Oradan 4 yil o'tib, 2008-yili Galitskiy “Krasnodar” loyihasini boshladi va 17 yil deganda u "buqalar" bilan Rossiya chempionligini qo'lga kiritdi. Bu Rossiya tarixida xususiy futbolning katta g'alabasi sifatida qarshi olindi va mutaxassislar yaqin kelajakda mamlakatda xususiy futbol jamoalarining ko'payishiga umid paydo bo'lganini ta'kidlashmoqda.

Bizning futbolda ham yaqin kelajakda kimdir shunday hikoya yozarmikan...

@sabitov_co
Bu yildan Parij go’zalligiga yana bitta go’zallik qo’shildi. Necha yillar katta pullar bilan yaratish uddasidan chiqilmagan, tugatilmagan “asar”ni qat’iy intizom, mehnat va to’g’ri yondashuv bilan, hatto “qimmatbaho toshlarsiz” ham chiroyli qilib bunyod qilish mumkinligini ispaniyalik “me’mor” hammaga ko’rsatib qo’ydi. Shunchaki tasanno!

@sabitov_co
Rahmat va tabriklar, Parij! Chiroyli futbol g’alaba qozonishda davom etaversin.

@sabitov_co
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Журналист кечаги кубогдаги ғалабадан сўнг берган саволга Аббосбек Файзуллаев ўзбек тилида жавоб берди. Одам хурсанд бўлди-е) Ўзбекистон

Соврин ютганига қарамай, хаёлида терма жамоа!

Футболчиларимиз мундиал билан яшаяпти. Улар ,100 фоиз хақли бу йўлланмага. Аллоҳ қўлласин барчасини.

@Yahyoxoja_konkret
Rivojlangan yoki kamida shunga intilayotgan dunyo futbol ortidan turizm, aviatsiya va xizmat ko’rsatishni rivojlantirish haqida bosh qotirib, o’z mamlakatiga tashrif buyuradigan futbol muxlislari uchun alohida tayyorgarlik ko’rishadi. Oqim qancha ko’p bo’lsa ham o’z diyoriga qabul qiladi va bunda stadion sig’imi hech qanaqasiga muxlislarni ortga qaytarish uchun yetarli asos bo’la olmaydi. Kecha va bugun BAA da o’zbekistonliklarga nisbatan qilinayotgan ishlar - turizm uchun har kimga har narsasini “ochib bergan” amirliklarga yarashmayapti.

TIV va boshqa tashkilotlar qonuniy yo’l bilan BAA ga borgan (bormoqchi bo’lgan) o’zbekistonliklarni ogohlantirishi emas, asossiz ularni ushlab o’tirganlarga “hoy” deb qo’ysa yaxshi bo’lardi. Manimcha.

@sabitov_co