Sabitov ©️
2.04K subscribers
2.42K photos
223 videos
11 files
1.12K links
Ba'zida jiddiy, ba'zida yumor, ba'zida esa sarkazm bilan...

Murojaat uchun — @husansabitov
Download Telegram
🤫 Tsss…

@sabitov_co
Akademiyamizda mavsum yakunlanyapti. Eng yaxshi besh tarbiyalanuvchimiz avgust oyida Madrid va Nyu-Yorkdagi kampuslarga yo'l olishadi.

LLA (La Liga akademiyasi)da ish boshlaganimga 6 oydan oshdi. Shu vaqt ichida umumiy 4 ta tarbiyalanuvchimiz Yevropaga ketdi.

@sabitov_co
“Malades”, “Nasaf”!

Hamkorlikdagi 2-yilimiz, 4-titulimiz. 🤫

@sabitov_co
BAA dan yangi mashmasha!

“O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari uchun “Al Nahyan” stadionida maxsus sektorlar ajratilgan — 24, 25 va 26-blok. Chiptalarni xarid qilishda albatta pasport raqamini kiritish zarur.

Diqqat qiling: ayni paytda mehmon sektorlaridagi barcha chiptalar sotib bo‘lingan.

Mezbon sektorlardan chipta xarid qilgan mehmon jamoa muxlislarining chiptalari bekor qilinadi va mablag‘ to‘liq qaytariladi. Qaytarilgan mablag‘ 5–10 ish kuni ichida yetib boradi”, deb yozyapti o’yin uchun chipta sotayotgan yagona platforma - Ticketmaster.ae sayti.

Sayt odatda faqat ingliz va arab tillarida yuritiladi, aynan ushbu punkt rus tilida ham bejiz berilmagan, chunki u yangi joriy qilingan qoida. Agar rostan ham BAA rezidenti bo’lgan o’zbekistonliklarning chiptasi “kuyadigan bo’lsa”, bunisi endi g’irt maynavozchilik. Hech bo’lmaganda bu haqda chipta olishdan avval aytilishi kerak edi, agar bu qoida avvaldan bo’lganida chipta xarid ham qila olmagan bo’lardik.

Demak, rostan qo’rqityapmiz!

@sabitov_co
Eng sovrindor jamoalarimiz (#). “Nasaf” 2014-yildan beri titul yutmayotgan “Bunyodkor”ga yetib oldi.

@sabitov_co
Kechagi Superkubok o’yini uchun tayyorlangan translyatsiya grafikalari. “Broadcast design”dagi ilk ishim.

Ko’proq grafikalar — behance.net/gallery/226924851/Broadcast-Design-for-Uzbekistan-Supercup-2025

Imkoniyat va ishonch uchun Azamat Umarov va PFL’ga rahmat!

@sabitov_co
Sabitov ©️
BAA dan yangi mashmasha! “O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari uchun “Al Nahyan” stadionida maxsus sektorlar ajratilgan — 24, 25 va 26-blok. Chiptalarni xarid qilishda albatta pasport raqamini kiritish zarur. Diqqat qiling: ayni paytda mehmon sektorlaridagi…
Ular baribir aytganini qilishdi — “mezbon sektorlardan chipta xarid qilgan mehmon jamoa muxlislarining chiptalari bekor qilin(a)di”

Pochtamga chipta bekor qilinganligi va xarid uchun sarflangan pul 5-10 ish kunida qaytarilishi haqida xabar keldi. Men bilgan boshqa o’zbekistonlik chipta xarid qilgan BAA rezidentlariga ham shunday xabarlar kela boshladi. Afsus…

@sabitov_co
Shu suratdan kelib chiqib, ta’mirdan keyingi “Paxtakor” stadioni o’rindiqlarining qolgan qismini ham “bo’yab chiqdim”. Fikrimcha, o’rindiqlarning bunday tuslanishi stadionga sal bo’lsa-da zamonaviylik qo’shyapti. Lekin, bu hali yakuniy ko’rinish bo’lmasligi ham mumkin ekan.

@sabitov_co
10-oktyabr kuni O’zbekiston MTJ Yaponiyada Anchelotti qabul qilib olgan Braziliya terma jamoasi bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazadi, deyapti Wikipedia. Bu xabar qanchalik rost-yolg’onligini bilish uchun O’FA vakillari bilan bog’landim. Kutamiz…

P/S: 2025-yil kuzidagi FIFA kunlarida o’rtoqlik o’yinlar o’tkazishimiz uchun avvalo iyun oyida JCh masalasini hal qilib olishimiz kerak.

@sabitov_co
Sabitov ©️
10-oktyabr kuni O’zbekiston MTJ Yaponiyada Anchelotti qabul qilib olgan Braziliya terma jamoasi bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazadi, deyapti Wikipedia. Bu xabar qanchalik rost-yolg’onligini bilish uchun O’FA vakillari bilan bog’landim. Kutamiz… P/S: 2025-yil…
Braziliya terma jamoasi oktyabr oyida rostan ham Yaponiyadagi xalqaro turnirda qatnashishi aniq ma’lumotga o’xshayapti, har holda terma jamoaning Wikipedia sahifasida 14-oktyabr kuni Yaponiyaga qarshi o’yin haqida ma’lumot bor.

@sabitov_co
Bugungi tarkibimizdagi eng tajribali va to’purar futbolchilar o’nligi.

Shu o’rinda Shomurodov haqida ikki og’iz. Eldor allaqachon raqamlarda ham, maydonda ham milliy jamoaning lideriga aylanib bo’lgan. Olimpiada o’yinlarida sardorimiz, ilk tarixiy golimiz muallifi bo’lgandi. So’nggi 5 yilllikda turli past-balandliklardan o’tdi, yo’qolib qolmadi, ko’p qiyoslanadigan Azmunning yo’lini tanlamadi va yakunda Rimdagi birinchi raqamli jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Haqiqiy namuna.

@sabitov_co
Bugun, 23:59.

@sabitov_co