Sabitov ©️
2K subscribers
2.34K photos
220 videos
11 files
1.09K links
Ba'zida jiddiy, ba'zida yumor, ba'zida esa sarkazm bilan...

Murojaat uchun — @husansabitov
Download Telegram
Marra yaqin.

@sabitov_co
O’zbekiston milliy terma jamoasining oq va ko’k liboslaridagi oxirgi 5 yillik natijalarini bir yerga jamladim. Foizlarga qaralsa, ko’k biz uchun biroz omadliroq — 2020-yildan beri ko’k forma kiygan o’yinlarimizning 16 foizida yutqazibmiz, oq kiygan bahslarimizning 29 foizida yengilganmiz. G’alabalar ulushi deyarli teng, durang natijaga ko’pincha ko’k libos kiyib erishgan ekanmiz. Shu bilan birga ko’k libosda bir ochko olgan o’yinlarimizning barchasida raqiblar oddiy jamoalar bo’lmagan: Rossiya (0:0), Venesuela (1:1), Meksika (3:3), Eron (2:2, 0:0), Avstraliya (1:1).

Yana bir qiziq fakt — oxirgi 5 yilda Eronga qarshi 5 ta o’yin o’tkazib, 3 durang, 2 mag’lubiyat qayd etganmiz. Ikkala yengilgan bahsimiz ham oq libosimizda bo’lgan. Ko’kda o’ynab Toshkentda 0:2 ni 2:2 ni qilib ketganimiz ko’pchilikning yodidan chiqmagan bo’lsa kerak. 2012-yildagi tarixiy va yagona g’alabamiz ham aynan ko’k forma kiygan o’yinimizda sodir bo’lgan.

Bugun O’zbekiston ko’k libosda maydonga tushadi. Omad. Olg’a, O’zbekiston!

@sabitov_co
Қатар иккинчи ўринга чиқиши деярли имконсиз. Қолган учрашувларда барчасида ғалаба қозонса ва рақиблари мағлуб бўлса ҳам, голлар нисбати жуда ёмон.

Қирғиз Республикаси эса уч ёки тўртинчи ўринга ҳаракат қилиб кўрса бўлади. Ҳаракат қилсин ҳам! БАА дан очко олиши бизга катта ёрдам беради.

Қирғиз Республикаси кейинги турда КХДР ва охирги турда ўзида БАА 🇦🇪 ни ўз уйида қабул қилади 😎

Қўшниларимиз КХДР ни ютсин ва охирги турда мамлакат президенти ўйинни стадиондан томоша қилсин! :)

@SamvelKarlenovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo kubogida o’z ishtirokini yirik g’alaba bilan boshlagan O’zbekiston U17 terma jamoasi uchun tayyorlangan ijtimoiy tarmoq konsepsiyasi.

Behance’da ko’rish: https://www.behance.net/gallery/222939591/Uzbekistan-U17

@sabitov_co
Bir loyiha boshlayapmiz. Moushn grafika (motion graphics) sohasida tajribasi va portfoliosi bor yigit-qizlar bo’lsa aloqaga chiqishlarini so’rab qolardim.

Talablar:
• Kamida yarim yillik tajriba va portfolio;
• Dedlaynlarga qat’iy amal qilish;
• After Effects, Cinema 4D (yoki boshqa alternativ) dasturlarda ishlay olishi;
• Sport sohasida ishlagan yoki ta’lim olgan bo’lsa, qo’shimcha ustuvorlik beriladi.

Qolganini shaxsiyda gaplashamiz.

Murojaat manzili: @husansabitov

@sabitov_co
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
La Liga akademiyasi uchun tayyorlagan oxirgi ishlarimizdan.

To’liq portfolio: https://www.behance.net/gallery/218464957/LaLiga-Academy-Dubai

@sabitov_co
Ertaga ishxonada gaplashishga mavzu topildi =)

P/S: 2 haftalarcha oldin hindistonlik hamkasbim O’zbekistonda ham (xuddi Dubaydagi kabi yetarli sharoitlarga ega) yaxshi akademiyalar bormi, deb so’ragandi. Endi bemalol sizlarnikidan zo’rroq akademiyalarimiz bor, deya olaman. Rahmat, yigitlar!

@sabitov_co