Sifatli ta'lim
166 subscribers
119 photos
28 videos
79 files
151 links
Ta'lim insonni yaratmaydi balki unga o'zini yaratishga imkon beradi.

Education does not create a person, but allows him to create himself.

Direct: @mr_quvondiqov

https://youtube.com/@EducationLC
Download Telegram
4-kun natijalari e’lon qilindi!

16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
❗️Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan, 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yiliuchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.

@s_talim
5-kun natijalari e’lon qilindi!

16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
6-kun natijalari e’lon qilindi!

#Qabul2025 #Natija

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Siz talabamisiz?
Anonymous Poll
58%
Ha
14%
Nasib qilmadi
28%
Abituriyentman
Forwarded from Book remark📚
Jannat yo’llari ko’p. Zero har bir solih amal jannat yo’llaridan bir yo’l. Lekin ilm yo’llari jannat yo’llarining eng yaqini va eng buyugidir.
🔥3👏1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Nega chaman istamas yantoq,
Sahrosidan kelmaydi beri?
Axir qo`msar yongan shu ovloq
Ne qilsa ham uning vatani

#34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏1
Qaysi shahar talaba bo‘lish uchun eng zo‘ri.pdf
16.6 MB
Qaysi shahar ‘talaba bo‘lish’ uchun eng zo‘ri? 🎓✈️

Xorijda o‘qish orzusi bor, lekin qaysi shaharni tanlashni bilmaysizmi? Londonmi, Tokio-yu Seulmi yoki Berlinmi? Yoki “qayerda grant bo‘lsa, o‘sha joy zo‘r” deydiganlardanmisiz? 😂

🤓 Shunchaki universitet emas, balki shahar ham katta rol o‘ynaydi: yashash sharoiti, xavfsizlik, arzonlik, ish topish imkoniyatlari va, albatta, boshqa talabalar nima deydi — bularning barchasi hisobga olinishi kerak.

⚡️ QS reytingi har yili dunyodagi eng yaxshi talaba shaharlari reytingini e’lon qiladi. Biz esa uni siz uchun “qisqacha, lo‘nda va qiziqarli” tarzda tahlil qilib chiqdik.
Forwarded from KARYERIST_UZ
Hozirgina pochtamga shu xabar keldi.

Ma’lumki, biz 24–31 avgust kunlari talabalarning ishga kirish uchun zarur ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mutlaqo bepul Karyera Oromgohini tashkil qilgan edik.

Unda qatnashgan 200 nafar talaba uchun asosiy vazifa sifatida o‘z universitetida karyera klublarini yo‘lga qo‘yish va oromgohda berilgan bilimlarni tengdoshlari bilan bo‘lishish belgilangan.

Aslida bunday klublar uchun katta mablag‘ ham, maxsus joy ham shart emas. 10–15 nafar ko‘ngillilar to‘planib, haftasiga 1–2 soat davomida online yoki offline tarzda peer-to-peer learning – ya’ni birgalikda o‘qish va o‘rganishni tashkil etishadi.

Ammo ayrim universitetlardagi “katta rahbarlar” buni katta muammodek ko‘rayotgani achinarli.

Axir siyosatda ochiq yozilgan: “Yoshlar bandligini ta’minlash”, “Ularning salohiyatini oshirish”, “Yoshlarga imkoniyat yaratish”. Nega ayrim universitetlar bu tamoyillarga amal qilmayapti?

Nahotki bilim olish va o‘rganishga qarshi bo‘lgan shaxslar ta’lim tizimining o‘zida rahbarlik lavozimlariga qo‘yilsa? Eng muhim yo‘nalish – TA’LIMga bunday odamlarni ishga olishning nima keragi bor?

Ba’zan Oliy Ta’lim vazirligi bizni qanchalik qo‘llab-quvvatlamasin, agar universitet ichida rivojlanishga qarshi shaxslar bo‘lsa, tizim baribir ishlamaydi.

Bu juda-juda achinarli holat…
😨4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim. Kecha va bugun.

Manba: Prezident matbuot xizmati
👏3
2025 йилнинг январь-август ойларида жами 14 минг 216 нафар чет эл фуқаролари ўқиш мақсадида Ўзбекистонга ташриф буюрган. Бу ҳақида Миллий статистика қўмитаси маълумот берди.

Жорий йилнинг ортда қолган даври мобайнида Ўзбекистонга ўқиш мақсадида келган чет эл фуқаролари сони бўйича Туркманистон етакчилик қилмоқда. Ушбу мамлакатдан юртимизга таълим олиш мақсадида келган фуқаролар 4 минг 603 нафарни ташкил қилган.

Ундан кейинги ўринларда Ҳиндистон 3 минг 477 нафар фуқаро билан иккинчи, Тожикистон 1 минг 392 нафар фуқаро билан учинчи поғонада қайд этилган.

Шунингдек, Хитойдан 710 нафар, Покистондан 700 нафар, Жанубий Кореядан 553 нафар, Қирғиз Республикасидан 333 нафар ҳамда АҚШдан 319 нафар фуқаролар таълим олиш мақсадида Ўзбекистонга келган.

Ўқиш мақсадида келган чет эл фуқароларининг умумий сони мамлакатлар бўйича қуйидагича тақсимланган:

Филиппин – 245 нафар;
Туркия – 233 нафар;
Афғонистон — 226 нафар;
Миср – 203 нафар;
Россия – 121 нафар;
Буюк Британия – 110 нафар;
ЖАР – 98 нафар;
Бошқа давлатлар — 893 нафар.
Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, ушбу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 3 минг 179 нафарга ёки 28,8 фоизга ошган.
2👍11
Олий таълим ташкилотлари битирувчиларини амалиёт ўташи ва ишга жойлаштириш тизимини рақамлаштириш тартиби белгиланди. Бу ҳақида «Таълим назорати» Telegram-канали хабар берди.

Унда айтилишича, Ҳукумат қарори билан «Олий ва касбий таълим ташкилотлари битирувчиларининг амалиёт ўташи ва уларни ишга жойлаштириш тизимини рақамлаштириш тартиби тўғрисида»ги низом тасдиқланган.

Мазкур низомга кўра, таълим ташкилоти ҳар йили 1 октябргача «Ягона миллий меҳнат тизими» дастурига киритилган корхона билан битирувчилар амалиётини ўташи бўйича шартнома тузиш учун платформа орқали ушбу корхонага сўров юборади.

Шундан сўнг, амалиётни ташкил этиш бўйича таълим ташкилоти ва корхона ўртасида шартнома амалиёт бошланишидан камида 3 ҳафта олдин платформа орқали расмийлаштирилади.

Таълим ташкилоти ҳар йили якуний давлат аттестацияси хулосаси асосида битирувчилар тўғрисидаги маълумотларни платформага киритади.

Шунингдек, корхона дастурга ҳар ойнинг 25 санасигача ўзлари учун зарур кадрлар, шу жумладан, вакант лавозимлар ҳақидаги маълумотларни киритиб боради.

Ишга қабул қилинган ва меҳнат шартномалари дастурда рўйхатдан ўтказилган битирувчилар платформада автоматик тарзда «бандлиги таъминланган» сифатида қайд этилади
👍22👏11
Sifatli ta'lim pinned «https://t.me/boost/s_talim»