My notes
8 subscribers
23 links
Just my notes from my life..)
Download Telegram
Insonlardan yakkalangan holatda inson o‘zida yolg‘izlik hissini tuyishi bu tabiiy xolat. Biroq butkul yolg‘iz qolish ilojsiz. Ya'ni bu Allohga xosdir. Shunday ekan doim Alloh sen bilan. Iddao shuki Allohdan hayo qil. Yolg‘iz qolganda ham, omma oldida ham ma'siyatdan uzoq bo‘l.

Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir.

(Fajr surasi 14-oyat)

© My notes 🍁
1👍1
Samimiylik - inson tabiatiga yaqin va yoqimli. Lekin unga kibr to‘sqinlik qiladi xolos. Samimiy bo‘ling!

Kibr jarlikka tushirsa, samimiylik undan olib chiqadi...)


***

PS: Eng qimmat narsalar aslida tekin. Ularni qayerdan va kimdan olishni bilsak kifoya...

© My notes 🍁
Me'yordan oshgan xar bir narsada "inqilob" ga yuz tutiladi. Hatto his-tuyg'ularda ham! Inson o'zida yo‘q narsani izlaydi. O‘z qiymatingni bil...)


23.09.2024 | 18:57

© My notes 🍁
Qarama qarshilik birlashganda nolga teng bo‘ladi! O‘zingni qaysi tarafda ekanligingni angla va shunga yarasha harakat qil. (Gap sonlar haqida emas)


© My notes 🍁
Vafoning evazini o‘zi bilan ham to‘lab bo‘lmaydi.


© My notes 🍁
Oz ovqatlanish jasadni sog‘lomligi, gunohni ozaytirish qalbni sog‘lomligi, kam gapirishlik nafsni sog‘lomligini beradi!


© My notes 🍁
"Hurmat" kuchlimi yoki "Muhabbat" ... ?!

Har qaysisi bo‘lgan taqdirda ham, ikki taraflama bo‘lgada kuchli va afzal! Buning misoli, ikki qanot kabi, bitta qanotda uchib bo‘lmaganidek, his tuyg‘ularda ham shunday...!


© My notes 🍁
Mulohaza

Inson yaxshi ko‘rgan kishisidan o‘zi istagan sifatlarni izlaydi va uni o‘z tasavvuridagi shaklga keltirishga urinadi.

Mohiyat shuki, kishi ayni shaxsni emas, balki o‘z tasavvuridagi qiyofani yaxshi ko'radi. Lekin buni tan olish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.

Muammoning sababi bir shaxsning asl va hayoliy qiyofalari orasidagi farqning kattalashib borishidadir.

Ayriliq esa bu farqni anglashga imkon bermaydi. Shuning uchun ham erishilmagan muhabbat afsonaga aylanadi.


Demak, muhabbat munosabatning avvalida emas, markazida paydo bo‘ladi.


© My notes 🍁
❤‍🔥1
"Ey o‘g‘il, xushyor tur – otang seni sotganda ham!"


© My notes 🍁
👍1
Tajriba bo'lmasa, tanlovda tanazzulga tutilish tayin!


© My notes 🍁
B u h a m o' t a r . . . )


© My notes 🍁
Forwarded from ifoda
Inson nima uchun taqdiridan atrofidagi insonlarga shikoyat qiladi, axir taqdirning egasi Alloh taoloku?!

Buning siri shuki, inson nolishdan avval o‘z boshiga tushgan sinovlarni avval bo‘rttirib, yanada achinarliroq tusga keltiradi va bu yolg‘onga boshqa insonlarnigina ishontira oladi, aslo Yaratganni emas.


Odamlarning rahmini keltirishdan muddao shuki, hayotdagi muvaffaqiyatsizligi uchun o‘zini oqlash yoki ulardan biror narsa ta‘ma qilmodir.

@ifoda_sodiq
"To'g'ri qabul qila olish" — insoniyat uchun anchagina mashaqqat talab qiladigan "Odamiylik hislatlari" dan desak, menimcha to'g'ri bo'ladi. Chunki buning uchun insonda, birinchi o'rinda kibr mavjud bo'lmasligi va kamtarlik tomon hech bo'lmaganda bir qadam qo'ya olgan bo'lishlik ham talab qilinadi va bu hislat normal odamda mavjud bo'lish ehtimoli kutilganidan ham past bo'lishi bu tabiiy holat.


© My notes 🍁
🔥2
"Sarob" ga ergashish, bu — gohida isyonga (gunohga) gohida behudalikga va yoki ma'lum bir shaxsning ma'lum bir vaqtini kesilishiga olib keladi. Natija esa, xulosaga olib keladi va uni to'g'ri qabul qilib, hissa ola bilish insonning kechinmalari bilan bog'liq. Kechinmalar esa — insonning hayotiga bog'liqdir.


PS: Yuqoridagilar qisman hayotiy misol va xulosadan iborat! (avvalo o'zim uchun)


© My notes 🍁
U meni doim eshitadi, U meni doim tushunadi, U menga har doim yordam beradi, U meni har qanday holatda ham doim to'g'ri qabul qiladi, U meni doim kechiradi, U meni doim yaxshi ko'radi...


الحمد لله ربّ العالمين

© My notes 🍁
MULOHAZA

Sen ketsang, seni o'rning bosiladi, boshqasini ham o'rni bosiladi, faqat "Ota-Ona" ning o'rni bosilmaydi xolos. Kimnidir yo'qotsang, o'rniga kimnidir topishing mumkin. Faqat unga nisbatan o'rganib qolishning badalini ma'lum muddat o'taysan. Bu esa oson kechmas balkim, lekin o'tib ketadi. Shunchaki o'tib ketadi. O'rganib qolish va haqiqiy muhabbat o'rtasida sezilarli farq bor va shu (ya'ni chin muhabbat) yuqoridagilardan mustasno. Uning o'rnini kimdir egallasa hamki, sen uni yodingdan chiqara olmaysan. Chunki u "Ilohiyat" tomonidan berilgan bo'ladi va unga sen javobgar yokida mas'ul emassan ya'ni u seni ixtiyoringdan tashqarida. Shunisida o'ylab ko'rishli farq bor..)

© My notes 🍁
O'limda shak yo'q, kafanda shak bor..)


© My notes 🍁
Sen xohlaysan, Men ham xohlayman; Men xohlagan narsada Menga itoat qilsang, sen xohlagan narsada yetishlikda senga yordam beraman, Men itoat qil deb senga buyurgan narsalarimda menga itoat qilsang, yetmoqchi bo'lgan narsada oson qilib qo'yaman yetishlikni, agar Men xohlagan narsada Menga itoat qilmasang, sen xohlagan narsada seni qiyinchilikka solib qo'yaman, so'ngra baribir Men aytgan narsa bo'ladi.


©️ Hadis Qudsiy