My notes
8 subscribers
23 links
Just my notes from my life..)
Download Telegram
Channel created
Shunchaki rozi bo'l. Juda ko'p muammolaring yechimini topasan va baxt tomon ilk qadamni tashlaganingni his qilasan. Chunki baxt rozilikda.


PS: Lekin hammani o'zini dunyo qarashi bor. Yuqoridagilar umumlashtirilmagan tavsiya.

© My notes 🍁
Mazil aniq emas yohud yo'q... Lekin bekatda yolg'izlik bilan kimnidir kutish..) Bu - chuqur depressiya yoki o'zlikni yo'qotishdan o'zga narsa emas! Ko'nikish va to'g'ri manzilni topish va u yo'lda to'xtamaslik kerak. Shunda o'zligingni anglaysan yoki tushkun holatingdan "depressiya" dan butkul chiqasan.


©️ My notes 🍁
Odam yaxshilik topmagan balki faqat undan ziyon ko'rgan taraf uchun mamnunlik ila go'zal muoamalada bardavom bo'lishi mo'minlik sababidandir. Boshqa xolatda buning uchun muvozanat yo'q.


© My notes 🍁
Kamtarlik - insonning naqshi.
Balki, senga hech narsa muhim bo‘lmasligi mumkin. Lekin u narsa meni qalbim edi..)


© Mahmud Darvesh
Yashash bu tiriklik belgisi emas..)


© My notes 🍁
❤‍🔥1🔥1
Insonlardan yakkalangan holatda inson o‘zida yolg‘izlik hissini tuyishi bu tabiiy xolat. Biroq butkul yolg‘iz qolish ilojsiz. Ya'ni bu Allohga xosdir. Shunday ekan doim Alloh sen bilan. Iddao shuki Allohdan hayo qil. Yolg‘iz qolganda ham, omma oldida ham ma'siyatdan uzoq bo‘l.

Albatta, Robbing kuzatib turuvchidir.

(Fajr surasi 14-oyat)

© My notes 🍁
1👍1
Samimiylik - inson tabiatiga yaqin va yoqimli. Lekin unga kibr to‘sqinlik qiladi xolos. Samimiy bo‘ling!

Kibr jarlikka tushirsa, samimiylik undan olib chiqadi...)


***

PS: Eng qimmat narsalar aslida tekin. Ularni qayerdan va kimdan olishni bilsak kifoya...

© My notes 🍁
Me'yordan oshgan xar bir narsada "inqilob" ga yuz tutiladi. Hatto his-tuyg'ularda ham! Inson o'zida yo‘q narsani izlaydi. O‘z qiymatingni bil...)


23.09.2024 | 18:57

© My notes 🍁
Qarama qarshilik birlashganda nolga teng bo‘ladi! O‘zingni qaysi tarafda ekanligingni angla va shunga yarasha harakat qil. (Gap sonlar haqida emas)


© My notes 🍁
Vafoning evazini o‘zi bilan ham to‘lab bo‘lmaydi.


© My notes 🍁
Oz ovqatlanish jasadni sog‘lomligi, gunohni ozaytirish qalbni sog‘lomligi, kam gapirishlik nafsni sog‘lomligini beradi!


© My notes 🍁
"Hurmat" kuchlimi yoki "Muhabbat" ... ?!

Har qaysisi bo‘lgan taqdirda ham, ikki taraflama bo‘lgada kuchli va afzal! Buning misoli, ikki qanot kabi, bitta qanotda uchib bo‘lmaganidek, his tuyg‘ularda ham shunday...!


© My notes 🍁