Forwarded from TopEx School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#trend
⭐️ Bizning TOPEX SCHOOL maktabimiz "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanlovida "Eng yaxshi xususiy maktab" nominatsiyasida g'olib bo'ldi!
Bu haqida hali yana batafsil maqtanamiz! 🙃
🗓 10-yanvar kuni soat 11:00 da "Topex School" maktabida OCHIQ ESHIKLAR KUNI esingizdan chiqmasin!
@topexschool
Bu haqida hali yana batafsil maqtanamiz! 🙃
@topexschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2⚡1🔥1
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Ilmiy ishonchsizlik bo'yicha O'zbekiston dunyoda top-10talikda
2025-yilda O'zbekiston ilmiy maqolalari ishonchsiz deb topilib, ilmiy bazalardan chiqarilgan ("qaytarib olingan") davlatlar orasida top 10talikka kirgan. (Retraction - ilmiy manbalarda chop etilgan maqolaning "qaytarib olinishi", ishonchsiz, ilm talablariga mos kelmaydi, deb e'tirof etilishi). Hindistonlik tadqiqotchi Achal Agrawal PostPub Retraction Dashbord - qaytarib olingan ilmiy maqolalar portali ma'lumotlariga asoslanib e'lon qilgan tahlilidan shunday xulosa kelib chiqadi. O'zbekistonlik Bobir Muratovga ko'ra esa, biz nafaqat qaytarib olingan maqolalar soni bo'yicha top-10talikka kiramiz, balki foiz hisobida (ya'ni, e'lon qilingan maqolalar va qaytarib olingan maqolalar nisbati) olsak, dunyoda 1-o'rindamiz. Ya'ni, O'zbekiston - ilm-fan borasida dunyoda eng ishonchsiz davlat, degan xulosa qilish mumkin.
O'zbekiston uchun ilmiy maqolalarining ishonchsiz deb e'tirof etilishi, qaytarib olinishi "pik" (eng ko'p sodir bo'lgan) davri 2015 va 2023-yillarga to'g'ri kelganini ko'rish mumkin. 2015-yilda har 1000tadan 11tasi, 2023-yilda har 1000tadan 9ta maqola "qaytarib" olingan. Maqolalarning "qaytarib" olinishi sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, 2023-yilda asosiy sabab "research" (ya'ni tadqiqotning ilmiy talablarga javob bermasligi, masalan, ma'lumotlar yoki ularning tahlilida xatolik, yoki ilmiy xulosalar ishonchsizligi) bo'lgan. 2024-yilda esa asosiy sabab "integrity" (ilmiy halollik qoidalariga amal qilinmaganligi) bo'lgan.
OTMlar kesimida tahlil qilinsa, eng ko'p "qaytarib olingan" maqolalar Buxoro davlat universiteti hissasiga to'g'ri kelgan va ularning hammasi tadqiqotning ilmiy talablarga javob bermasligi sababli "qaytarib" olingan. Keyingi o'rinda - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, bu universitet nomidan chop etilgan maqolalar aksariyati ilmiy halollik talablariga mos kelmagani uchun ishonchsiz deb e'tirof etilgan. Va ishonchsiz (sifatsiz) maqolalar chop ettirish bo'yicha top-3talikka "milliy tadqiqot instituti" deb e'tirof etilgan Toshkent irrigatsiya instituti kirgan.
Mana bu postimda O'zbekistonda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan bog'liq muammolar haqida yozgan edim. Tadqiqotchilarga ilmiy ish nimaligi, uning qanday amalga oshirilishi, talablari haqidda o'rgatmasdan, ko'p hollarda xalqaro ilmiy bazalarni o'qish imkonini bermasdan maqolalar talab qilaverishi, OTMlar sifat emas, chop qilingan maqolalar soni ketidan quvishi mana shunday "sharafli" reytingda birinchilikni olganimiz sabablaridan biri bo'lsa kerak.

Forwarded from Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
🏆 Yilning eng yaxshi xususiy maktabi -2025
TOPEX SCHOOL
Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi xususiy maktab" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi.
Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi.
Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat!
@talimuz

🔥7
Forwarded from Topex Texnikum
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOPEX TEXNIKUM — nazariya va amaliyot uyg‘unligi!
🔍 Texnikumimizda ta’lim jarayoni faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. O‘quvchilar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha real amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, kelajak kasbiga puxta tayyorlanadilar.
🧪 Zamonaviy laboratoriyalar, tajribali ustozlar va amaliy yondashuv — bularning barchasi bilimni mustahkamlash va professional ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
🚀 Kelajagingizni bugundan mustahkam poydevor bilan boshlamoqchi bo‘lsangiz — TOPEX TEXNIKUM siz uchun!
@topextexnikum

🔥2
ЁШИНГИЗ 70 ДАН ОШДИМИ? ЕТМИШГА БОРМАСДАН ОЛДИН АМАЛ КИЛИНГ!
Ёши 70 дан ўтиб қолган бир дўстимдан ўзида қандай ўзгаришларни ҳис қилаётганини сўрадим.
У менга қуйидагиларни айтди:
1. Ота-онам, ака-ука, турмуш ўртоғим, фарзандларим ва дўстларимни сева-сева, энди ўзимни сева бошладим.
2. Дунё менинг елкамда эмаслигини англадим.
3. Мева-сабзавот сотувчилар билан савдолашишни тўхтатдим. Яна бир неча минг сўм мени синдирмайди, лекин бу пуллар камбағал деҳқонга қизининг ўқиши учун пул тўлашга ёрдам беради.
4. Мен официантга ҳам чойчақа қолдираман. Қўшимча пул унинг юзига табассум олиб келиши мумкин. Ахир унинг тирикчилики меникидан кўра қийинроқ.
5. Мен кекса одамларга битта воқеани неча марта такрорлагани ҳақида айтишни тўхтатдим. Хотира уларни умр йўлларидан қайта юриб, ўтмишни эслашга мажбур қилади.
6. Мен одамларнинг нотўғри гапирганини билсам ҳам, уларни тузатмасликни ўргандим. Ҳаммани мукаммал қилиш юки менинг зиммамда эмас. Дунё мукаммалликдан қимматроқдир.
7. Барчага сахийлик билан илтифот кўрсатаман. Яхши гаплар нафақат уларни эшитувчининг, балки менинг ҳам кўнглимни кўтаради.
8. Мен кўйлакдаги бурма ёки доғга эътибор бермасликни ўргандим. Шахсият ташқи кўринишдан кўра аниқроқ кўзга ташланади.
9. Мени қадрламайдиган одамлардан узоқлашишга ҳаракат қиламан. Улар менинг қадримни билишмайди, лекин мен биламан.
10. Каламушлар пойгасида кимдир мени қувиб ўтиш учун фитнага қўл урса, мен совуққонликни сақлайман. Чунки мен каламуш эмасман.
11. Мен ҳис-туйғуларимдан уялмасликни ўрганяпман. Ҳис-туйғуларим мени одам қилади.
12. Мен тушундимки, муносабатларни тўхтатгандан кўра, худбинликдан воз кечиш яхшироқдир. Менинг худбинлигим мени чеклайди, ундан воз кечсам мен ҳеч қачон ёлғиз қолмайман.
13. Мен ҳар кунни охирги кунимдек яшашни ўргандим. Ахир у чиндан ҳам охирги бўлиши мумкин.
14. Мени бахтли қиладиган ишни қиламан. Мен бахтим учун жавобгарман ва қарздорман. Бахт бу танловдир. Сиз хоҳлаган вақтда бахтли бўлишингиз мумкин, шунчаки бахтни танланг!
Энтони Хопкинс
👉@rustamnishonov👈

👍1🔥1
Forwarded from Topex Texnikum
Yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!
💫 TOPEX TEXNIKUM'i o‘quvchisi Rahimova Muslima Baxtiyorjon qizi zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida muhim natijalarga erishdi.
📜 U "Five Million AI Prompters" xalqaro loyihasi doirasida sun’iyintellekt va prompt engineering" bo‘yicha sertifikat, "Python dasturlash tili" bo‘yicha bilimini muvaffaqiyatli tasdiqlovchi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
💻 Ushbu yutuqlar o‘quvchining IT sohasiga qiziqishi, bilimga intilishi va kelajak kasblariga tayyor ekanini ko‘rsatadi.
TOPEX — bilim va imkoniyatlar maskani!
@topextexnikum
📜 U "Five Million AI Prompters" xalqaro loyihasi doirasida sun’iyintellekt va prompt engineering" bo‘yicha sertifikat, "Python dasturlash tili" bo‘yicha bilimini muvaffaqiyatli tasdiqlovchi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
TOPEX — bilim va imkoniyatlar maskani!
@topextexnikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1👍1🔥1🏆1
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Askarlarga harbiy qismning o‘zida oliygohga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishda harbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, o‘quv jarayonini harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida raqamli va intellektual ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi boʻlib chiqishi boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Harbiy qismlardagi asosiy yoʻnalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha 3-6 oylik dasturlar ishlab chiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi.
Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida oʻqitiladi.
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi.
Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali

🔥1
Forwarded from Paiziev24
Мен бутун тиббий тарихимни Anthropic’нинг Claude’ига юкладим.
550 та лаборатор таҳлил натижалари. 182 та клиник учрашув. 14 та касаллик ҳолати. Johns Hopkins, Мэриленд Университети, GBMC ва менинг PCP’м маълумотлари.
Промптим:
«Мен билмаслигим мумкин бўлган, очиқ-ойдин бўлмаган бирор нарсани айт».
Бир неча дақиқа ичида у менинг LP(a) кўрсаткичимни аниқлади — бу генетик маркер жимгина одамларни ўлдириши мумкин.
Кўп шифокорлар уни умуман текширмайди. Менда эса у меъёрдан 4 баравар юқори экан.
У 2024 йилда тестостероним кескин пасайганини ҳам пайқади.
(Ўша пайтда мен тўртта маҳсулотни ишга тушираётган ва код ёзишни ўзим ўрганаётган эдим. Кўриниб турибдики, танам стрессни мендан олдин сезган.)
У 90 кунлик узлуксиз глюкоза мониторинги маълумотларини устма-уст қўйиб, HbA1c’ни қўлбола ҳисоблади ва лаборатор таҳлиллар билан солиштирди.
Ҳатто консьерж-шифокорим LP(a) сабабли мени муайян статинга ўтказганини ҳам аниқлади — ва шу билан бирга 3-босқич клиник синовларда бўлган, 80% камайиш кўрсатаётган янги дори ҳақида ҳам қайд этди.
Ҳозир мен қуйидаги учта масала ҳақида ўйлаяпман:
→ Буни қандай тартибга солиш мумкин? Агар бу алоҳида соғлиқ иловаси бўлганида, FDA тасдиқ жараёни йиллар давом этар эди. Лекин бу — шунчаки суҳбатлашиш мумкин бўлган чат-бот, холос.
→ 15 дақиқалик PCP қабуллари ва кейинги кузатувларсиз қолиб кетган одамлар учун бу жуда катта ўзгариш бўлиши мумкин. Бутун тиббий картани ўқийдиган ҳақиқий «иккинчи фикр».
→ Тиббиёт ходимлари учун оқибатлар улкан. Бу алмаштириш эмас — лекин «хабардор бемор» деган тушунчанинг минимал даражаси жуда юқори кўтарилди.
Биз ҳозир асосий бир ўзгаришни реал вақтда кузатяпмиз.
Хавфсизлик ва қандай қилиб фойдаланиш ҳақида изоҳларда батафсил 👇
#HealthTech #AI #FutureOfMedicine #PersonalizedHealth
Linkedin да Robert Wray пости таржимаси
@paiziev24

LinkedIn
AI Flags Hidden Health Risk in Medical History | Robert Wray posted on the topic | LinkedIn
I uploaded my entire medical history to Anthropic's Claude. 550 lab results. 182 clinical encounters. 14 conditions. Hopkins, University of Maryland, GBMC, and my PCP. - My prompt: "Tell me something not obvious that I might not be aware of. " Within minutes…
👍1
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бундай дастурлар «Қўрқув орқали ўрганиш» деб аталади. Бу шоу эмас, балки 2000-йиллар бошидан буён бутун мамлакат бўйлаб ўтказиб келинаётган давлат таълим тизими бўлиб, унда полиция ва JAF (Япония автомобиль федерацияси) ҳам иштирок этади.
Бола авария қандай содир бўлиши мумкинлигини ўз кўзи билан кўрганда, буни ҳиссий даражада эслаб қолади. Шунинг учун японияликлар таълимни насиҳат орқали эмас, тажриба орқали ўтказишади — бола тормоз овозини эшитади, реакцияни кўради, қўрқувни ҳис қилади ва нега йўлга югуриб чиқмаслик кераклигини ҳеч қачон унутмайди.
Japan Automobile Research Institute (2015) тадқиқотлари шуни кўрсатдики: ролли машғулотлардан сўнг 8–9 ёшли болалар йўлдан ўтиш кўникмаларини яхшилаган ва хатолар хавфини камайтирган.
Япония шуни исботламоқда: хавфсизлик — бу шиорлар эмас, балки маданият, амалиёт ва тизимли ёндашувдир.
Биз ҳам бу тажрибани ўзлаштиришимиз керак — мактабларда ролли намойишлар ўтказиш, болаларни жалб этиш ва назария ўрнига ҳақиқий ҳаётни кўрсатиш лозим.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡2🔥2🏆1
Forwarded from Topex Texnikum
Bugun sertifikat. Ertaga — real loyiha.
Indinga — kuchli mutaxassis.
👨💻 Soraxon Python asoslari, Excel klavishlari, Rim sanoq sistemasi, Generative AI, Dasturlashga kirish hamda AI prompt engineering yo‘nalishlarini izchil o‘zlashtirdi.
📌 Ushbu sertifikatlar bilimga mas’uliyat bilan yondashuv va IT sohasida muntazam rivojlanishning amaliy natijasidir.
Bugungi bilimlar — kelajak kasbiga qo‘yilgan mustahkam poydevor.
💫 Soraxon hozirda TOPEX TEXNIKUM o‘quvchisi bo‘lib, u yerda zamonaviy IT bilimlarini chuqur egallab bormoqda.
Bilim — eng kuchli investitsiya.
@topextexnikum
Indinga — kuchli mutaxassis.
📌 Ushbu sertifikatlar bilimga mas’uliyat bilan yondashuv va IT sohasida muntazam rivojlanishning amaliy natijasidir.
Bugungi bilimlar — kelajak kasbiga qo‘yilgan mustahkam poydevor.
Bilim — eng kuchli investitsiya.
@topextexnikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
“O‘rta darajadagi davlatlar birgalikda harakat qilishi kerak, chunki stolda bo‘lmasangiz, menyuda boʻlasiz”: Kanada bosh vazirining Davosdagi tarixiy nutqi
Mark Karni “buyuk davlatlar” qoidalarga rioya qilishdan bosh tortishi tufayli “dunyo tartibi oʻzgarayotgani”ni aytdi. U gegemonlarda harbiy qudrati va shartlarni belgilash imkoniyati borligini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/01pQs-IDR
Mark Karni “buyuk davlatlar” qoidalarga rioya qilishdan bosh tortishi tufayli “dunyo tartibi oʻzgarayotgani”ni aytdi. U gegemonlarda harbiy qudrati va shartlarni belgilash imkoniyati borligini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/01pQs-IDR
Forwarded from Topex Texnikum
Yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!
💫 TOPEX TEXNIKUM o‘quvchisi Ganiyev Abdurashid Alisherovich xalqaro miqyosdagi nufuzli universitet va platformalar orqali zamonaviy bilimlarni muvaffaqiyatli egallab, katta yutuqlarga erishdi.
📜 U Coursera platformasi orqali quyidagi yo‘nalishlarda sertifikatlarni qo‘lga kiritdi:
— SUNY (AQSH) — Resume yozish va professional karyera ko‘nikmalari
— University of Michigan — HTML5 asoslari
— Duke University — Data Science uchun matematik bilimlar
— Google Cloud — Generative AI asoslari
— Scrimba — ChatGPT, DALL·E va GPT-4 bilan AI ilovalar yaratish
— University of Edinburgh — Dasturlashga kirish
— University of Sydney — Dizayn orqali innovatsiya
— Yonsei University (Koreya) — Big Data va zamonaviy texnologiyalar
— Coursera Project Network — YouTube orqali kichik biznes marketingi
💻 Ushbu sertifikatlar o‘quvchining IT, sun’iy intellekt, dasturlash, ma’lumotlar tahlili va raqamli marketing sohalariga bo‘lgan yuqori qiziqishi, qat’iyati va kelajak kasblariga puxta tayyorlanayotganini yaqqol namoyon etadi.
💫 TOPEX TEXNIKUM — bilim, xalqaro imkoniyat va zamonaviy kasblar sari mustahkam qadam!

👍2🔥1