Rustam Nishonov Topex
281 subscribers
3.26K photos
1.3K videos
166 files
2.54K links
"Topex school", "Topex texnikum", Toshkent tibbiyot texnikumi asoschisi Rustam Nishonovning rasmiy kanali!!!

Facebook: https://rb.gy/1bgvah
Instagram: https://rb.gy/pefttz
Telegram: t.me/rustamnishonov
Download Telegram
Forwarded from Aileaders.uz
2026-yilda sun’iy intellekt sabab talabgir boʻlishi kutilayotgan 5 ta kasb

Coursera tomonidan 2026-yilda sunʼiy intellekt sabab talabgir boʻlishi kutilayotgan sohalar haqida maqola eʼlon qilindi.

Xususan, maqolada quyidagi 5 yo‘nalish alohida tilga olingan:
Sunʼiy intellekt va ML muhandislari — ushbu kasb egalari AI/ML usullari yordamida biznes uchun foydali yechimlarni taklif etadi hamda ortiqcha resurs sarfini kamaytiradi.
 Ma’lumotlar muhandisi — sunʼiy intellekt rivojlanishi ortidan katta maʼlumotlar makoni shakllanmoqda, ushbu maʼlumotlarni tahlil qilish, oʻrganish aynan shu soha vakillariga talabni oshirishi kutilmoqda.
Robotexnika muhandisi — sunʼiy intellekt modellari rivojlanayotgani sabab robotexnika yoʻnalishi ham izchil kuchaymoqda. Dunyoda hozirgi vaqtda humanoid robotlar ishlab chiqish poygasi boshlangan. Shu sabab, kelgusida aynan robotexnika muhandisiga talab yuqori boʻlishi mumkin.
NLP (Natural language processing) mutaxassisi — Ai’ni inson tili bilan ishlashga moslaydi. Nutqni tanish, matnni tushunish, tarjima va matndan ma’no ajratish (sentiment/tasnif) kabi funksiyalarni yaratadi.
Kompyuter vision muhandisi — sunʼiy intellektga “ko‘rish” imkonini beradi. Yaʼni obyektni aniqlash, yuzni tanish, tasvirni tahlil qilish kabi yechimlar ustida ishlaydi.


Zamon tez rivojlanmoqda ortda qolmaslik hamda yangi bilim marralarini kashf etishni hozirdan boshlang, aileaders.uz saytiga tashrif buyuring va sunʼiy intellekt kurslarida bepul tahsil oling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Rustam Karimjonov
🟢 2026 yilda Raqamli tehnologiyalar hamda Sun'iy intellekt tehnologiyalarni BEPUL o'rganishingiz uchun Raqamli tehnologiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar!

Tavsiyalar maktab o'quvchilari, talabalar va yuqori daromadli ish qidirayotganlar uchun mo'ljallangan bo'lib, 2ga bo'lingan:

1️⃣ Chap tomondagi tavsiyalar - bepul ta'lim olish va o'rganishingiz mumkin bo'lgan foydali resurslar.
2️⃣O'ng tomondagi tavsiyalar - kelajakda yuqori daromad topishingizga yordam beradigan foydali resurslar.


📱 Ushbu tavsiyalarni Maktab o'quvchilari (8-11 sinf), Talabalar va O'qishni bitirib yaxshi ish topolmay yurganlarga yuborib qo'ying.

📲 Tavsiyalarni telefoningizga saqlab qo'yish esdan chiqmasin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
❗️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanlovi yakunlandi!

📊 13-dekabrdan 5-yanvargacha davom etgan ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijaga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablarning keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlandi.

Eng yaxshi davlat oliygohi:
Huquqni muhofaza qilish davlat akademiyasi

Eng yaxshi nodavlat oliygoh
Osiyo xalqaro universiteti

Eng yaxshi akademik litsey
IIV Andijon akademik litseyi

Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
Mirzacho'l kasb-hunar maktabi

Eng yaxshi kollej
Baxmal 2-son pedagogika kolleji

Eng yaxshi texnikum
Jizzax shahar 2-son politexnikumi

Eng yaxshi xususiy maktab
Topex school

Barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin.

G'oliblar esa biz bilan quyidagi bot orqali bog'lanishlarini so'rab qolamiz:
👉@Talimuz_murojaatbot

@talimuz
👍2
Forwarded from TopEx School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq eshiklar Kuniga marhamat!

🎒Siz farzandingiz uchun har tomonlama mos keluvchi maktab izlayapsizmi?

🗓
Aziz ota-onalar unda sizni 10-yanvar kuni soat 11:00 da "Topex School" maktabi va jamoasi bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz.

🏫 “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyuring va maktabimizdagi:
• Oʻqituvchilarimizning kasbiy mahoratlari;
• Darsdan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlar;
• Maktab muhiti va sharoitlarni;
• Demo(sinov) darslariga qatnashish boʻyicha yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlasiz.

Farzandingiz kelajagi uchun muhim qadam tashlash imkoniyatini boy bermang!


—————————————

Добро пожаловать на День открытых дверей!

🎒 Ищете школу, которая идеально подойдёт вашему ребёнку?

🗓 Уважаемые родители, приглашаем вас 10 января в 11:00 на встречу с командой "Topex School".

🏫 В рамках “Дня открытых дверей” вы сможете:
• Узнать о профессионализме наших учителей;
• Познакомиться с дополнительными внеклассными занятиями;
• Оценить школьную атмосферу и условия обучения;
• Посетить пробные уроки.
Не упустите возможность сделать важный шаг для успешного будущего вашего ребёнка!


Для подробной информации:
☎️ +998555195577

Наши адреса:
📍 Чиланзарский район, улица Чопонота, дом 39.
📍 Мирзо Улугбек, улица Богишамол, 276

Telegram | Instagram | Facebook

#TopexSchool #образование #школа #успехучеников #частнаяшкола
Forwarded from TopEx School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#trend

⭐️ Bizning TOPEX SCHOOL maktabimiz "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanlovida "Eng yaxshi xususiy maktab" nominatsiyasida g'olib bo'ldi!

Bu haqida hali yana batafsil maqtanamiz! 🙃

🗓 10-yanvar kuni soat 11:00 da "Topex School" maktabida OCHIQ ESHIKLAR KUNI esingizdan chiqmasin!

@topexschool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Ilmiy ishonchsizlik bo'yicha O'zbekiston dunyoda top-10talikda

2025-yilda O'zbekiston ilmiy maqolalari ishonchsiz deb topilib, ilmiy bazalardan chiqarilgan ("qaytarib olingan") davlatlar orasida top 10talikka kirgan. (Retraction - ilmiy manbalarda chop etilgan maqolaning "qaytarib olinishi", ishonchsiz, ilm talablariga mos kelmaydi, deb e'tirof etilishi). Hindistonlik tadqiqotchi Achal Agrawal PostPub Retraction Dashbord - qaytarib olingan ilmiy maqolalar portali ma'lumotlariga asoslanib e'lon qilgan tahlilidan shunday xulosa kelib chiqadi. O'zbekistonlik Bobir Muratovga ko'ra esa, biz nafaqat qaytarib olingan maqolalar soni bo'yicha top-10talikka kiramiz, balki foiz hisobida (ya'ni, e'lon qilingan maqolalar va qaytarib olingan maqolalar nisbati) olsak, dunyoda 1-o'rindamiz. Ya'ni, O'zbekiston - ilm-fan borasida dunyoda eng ishonchsiz davlat, degan xulosa qilish mumkin.

O'zbekiston uchun ilmiy maqolalarining ishonchsiz deb e'tirof etilishi, qaytarib olinishi "pik" (eng ko'p sodir bo'lgan) davri 2015 va 2023-yillarga to'g'ri kelganini ko'rish mumkin. 2015-yilda har 1000tadan 11tasi, 2023-yilda har 1000tadan 9ta maqola "qaytarib" olingan. Maqolalarning "qaytarib" olinishi sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, 2023-yilda asosiy sabab "research" (ya'ni tadqiqotning ilmiy talablarga javob bermasligi, masalan, ma'lumotlar yoki ularning tahlilida xatolik, yoki ilmiy xulosalar ishonchsizligi) bo'lgan. 2024-yilda esa asosiy sabab "integrity" (ilmiy halollik qoidalariga amal qilinmaganligi) bo'lgan.

OTMlar kesimida tahlil qilinsa, eng ko'p "qaytarib olingan" maqolalar Buxoro davlat universiteti hissasiga to'g'ri kelgan va ularning hammasi tadqiqotning ilmiy talablarga javob bermasligi sababli "qaytarib" olingan. Keyingi o'rinda - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, bu universitet nomidan chop etilgan maqolalar aksariyati ilmiy halollik talablariga mos kelmagani uchun ishonchsiz deb e'tirof etilgan. Va ishonchsiz (sifatsiz) maqolalar chop ettirish bo'yicha top-3talikka "milliy tadqiqot instituti" deb e'tirof etilgan Toshkent irrigatsiya instituti kirgan.

Mana bu postimda O'zbekistonda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan bog'liq muammolar haqida yozgan edim. Tadqiqotchilarga ilmiy ish nimaligi, uning qanday amalga oshirilishi, talablari haqidda o'rgatmasdan, ko'p hollarda xalqaro ilmiy bazalarni o'qish imkonini bermasdan maqolalar talab qilaverishi, OTMlar sifat emas, chop qilingan maqolalar soni ketidan quvishi mana shunday "sharafli" reytingda birinchilikni olganimiz sabablaridan biri bo'lsa kerak.
Forwarded from Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
🏆 Yilning eng yaxshi xususiy maktabi -2025

TOPEX SCHOOL

Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi xususiy maktab" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi.

Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi.

Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat!

@talimuz
🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7
Forwarded from Topex Texnikum
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOPEX TEXNIKUM — nazariya va amaliyot uyg‘unligi!

🔍 Texnikumimizda ta’lim jarayoni faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. O‘quvchilar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha real amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, kelajak kasbiga puxta tayyorlanadilar.

🧪 Zamonaviy laboratoriyalar, tajribali ustozlar va amaliy yondashuv — bularning barchasi bilimni mustahkamlash va professional ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

🚀 Kelajagingizni bugundan mustahkam poydevor bilan boshlamoqchi bo‘lsangiz — TOPEX TEXNIKUM siz uchun!

@topextexnikum
🔥2
ЁШИНГИЗ 70 ДАН ОШДИМИ? ЕТМИШГА БОРМАСДАН ОЛДИН АМАЛ КИЛИНГ!

Ёши 70 дан ўтиб қолган бир дўстимдан ўзида қандай ўзгаришларни ҳис қилаётганини сўрадим.

У менга қуйидагиларни айтди:

1. Ота-онам, ака-ука, турмуш ўртоғим, фарзандларим ва дўстларимни сева-сева, энди ўзимни сева бошладим.

2. Дунё менинг елкамда эмаслигини англадим.

3. Мева-сабзавот сотувчилар билан савдолашишни тўхтатдим. Яна бир неча минг сўм мени синдирмайди, лекин бу пуллар камбағал деҳқонга қизининг ўқиши учун пул тўлашга ёрдам беради.

4. Мен официантга ҳам чойчақа қолдираман. Қўшимча пул унинг юзига табассум олиб келиши мумкин. Ахир унинг тирикчилики меникидан кўра қийинроқ.

5. Мен кекса одамларга битта воқеани неча марта такрорлагани ҳақида айтишни тўхтатдим. Хотира уларни умр йўлларидан қайта юриб, ўтмишни эслашга мажбур қилади.

6. Мен одамларнинг нотўғри гапирганини билсам ҳам, уларни тузатмасликни ўргандим. Ҳаммани мукаммал қилиш юки менинг зиммамда эмас. Дунё мукаммалликдан қимматроқдир.

7. Барчага сахийлик билан илтифот кўрсатаман. Яхши гаплар нафақат уларни эшитувчининг, балки менинг ҳам кўнглимни кўтаради.

8. Мен кўйлакдаги бурма ёки доғга эътибор бермасликни ўргандим. Шахсият ташқи кўринишдан кўра аниқроқ кўзга ташланади.

9. Мени қадрламайдиган одамлардан узоқлашишга ҳаракат қиламан. Улар менинг қадримни билишмайди, лекин мен биламан.

10. Каламушлар пойгасида кимдир мени қувиб ўтиш учун фитнага қўл урса, мен совуққонликни сақлайман. Чунки мен каламуш эмасман.

11. Мен ҳис-туйғуларимдан уялмасликни ўрганяпман. Ҳис-туйғуларим мени одам қилади.

12. Мен тушундимки, муносабатларни тўхтатгандан кўра, худбинликдан воз кечиш яхшироқдир. Менинг худбинлигим мени чеклайди, ундан воз кечсам мен ҳеч қачон ёлғиз қолмайман.

13. Мен ҳар кунни охирги кунимдек яшашни ўргандим. Ахир у чиндан ҳам охирги бўлиши мумкин.

14. Мени бахтли қиладиган ишни қиламан. Мен бахтим учун жавобгарман ва қарздорман. Бахт бу танловдир. Сиз хоҳлаган вақтда бахтли бўлишингиз мумкин, шунчаки бахтни танланг!

Энтони Хопкинс

👉@rustamnishonov👈
👍1🔥1
Forwarded from Topex Texnikum
Yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!

💫 TOPEX TEXNIKUM'i o‘quvchisi Rahimova Muslima Baxtiyorjon qizi zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida muhim natijalarga erishdi.

📜 U "Five Million AI Prompters" xalqaro loyihasi doirasida sun’iyintellekt va prompt engineering" bo‘yicha sertifikat, "Python dasturlash tili" bo‘yicha bilimini muvaffaqiyatli tasdiqlovchi sertifikatni qo‘lga kiritdi.

💻 Ushbu yutuqlar o‘quvchining IT sohasiga qiziqishi, bilimga intilishi va kelajak kasblariga tayyor ekanini ko‘rsatadi.

TOPEX — bilim va imkoniyatlar maskani!

@topextexnikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🏆1
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Askarlarga harbiy qismning o‘zida oliygohga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda harbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, o‘quv jarayonini harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti negizida raqamli va intellektual ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi boʻlib chiqishi boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Harbiy qismlardagi asosiy yoʻnalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha 3-6 oylik dasturlar ishlab chiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi.

Har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida oʻqitiladi.

Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi.

Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1