Rustam Nishonov Topex
280 subscribers
3.26K photos
1.3K videos
166 files
2.54K links
"Topex school", "Topex texnikum", Toshkent tibbiyot texnikumi asoschisi Rustam Nishonovning rasmiy kanali!!!

Facebook: https://rb.gy/1bgvah
Instagram: https://rb.gy/pefttz
Telegram: t.me/rustamnishonov
Download Telegram
Forwarded from Andijon IT-MED texnikumi
🎉 Andijon IT Med texnikumi Yoshlar markazida yangi yil tadbirini yuqori kayfiyatda o‘tkazdi! 🎄

Quvonch, tabassum va bayramona muhitga boy bo‘lgan ushbu tadbirda talabalar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, yangi yilni birgalikda ko‘tarinki ruhda kutib olishdi.
Qiziqarli chiqishlar, musiqalar va iliq tilaklar bilan boyitilgan kecha barchaga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Yangi yil barchamizga yangi imkoniyatlar, katta yutuqlar va omad olib kelsin! 🎉🎁

Talaba bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting!
👉 Ro’yxatdan o’tish 👈

Manzil: Andijon sh, Gumbaz MFY, Payitaxt hotel binosi

📞 +998781137331

Telegram | Instagram| Websayt
👍4🔥1
“Topex”ning navbatdagi hamkorlik loyihalari!

Hozirda qurilish va avtomobilsozlik eng talab kuchli va yuqori daromadli kasblar hisoblanadi!
“Topex” brendi ostida faoliyat yuritayotgan o’quv markaz, maktab, texnikum o’quvchilariga keng imkoniyat va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida “Texnonikol” qurilish akademiyasi va “Toyota avtomobilsozlik akademiyasi” faoliyati bilan yaqindan tanishdik!
Kelgusida mustahkam hamkorlikni yo’lga quyib, o’quvchi/talabalarni ushbu yo’nalishlarga qiziqishini oshirish rejalashtirilmoqda!

👉@rustamnishonov👈
🔥2
Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Яндекс таксидан фойдаланаман. Йўл-йўлакай шопирлар билан гаплашиб кетаман. Турфа тақдир ҳикояларидан воқиф бўласиз.

Бугун келган йигит Андижондан экан. Гаплашиб кетдик.

"Аввал Россияда Яндекс-таксида ишлардим. Бир сафар чегарадан ўтганимда "қонун-қоидаларни буздинг" деб тўғри қамоқхонага жўнатишди. Аслида, мени махсус жойда сақлаб, депортация қилиш керак эди. Ниятлари бошқа экан. "Урушга борсанг озод қиламиз, шартномага қўл қўйсанг бўлди..." дейишди. Айбсизлигимга ишончим комил эди. "Ҳеч қандай жиноят қилмаганман, шартномага ҳам қўл қўймайман!" деб туриб олдим. Уч ой қамоқхонада қолиб кетдим. Ҳақиқий турма ҳаёти эди."

"Отам Россияга келиб, москвалик адвокат ёллади. Суд бўлди. Оқландим. Адвокат қамоқхона раҳбариятини жавобгарликка тортмоқчи бўлди. "Қамоқда ўтирган кунларинг учун товон ундириб бераман, фақат маълум муддат Россияда яшаб туришинг керак", деди. Уч ой қамоқда ўтириб бўларим бўлганди, кўнмадим, Ўзбекистонга қайтдим..."

"Биздан бир кўча нарида бир йигит яшарди, Новосибирскда "доставка"да ишларди. Шу йигитни "куръерлик"да айлашиб, 15 йилга ҳукм қилишибди. "Урушга бориб, 3 ой хизмат қилсанг озод бўласан" дейишганди рози бўлибди. Урушдан ўлиги келди..."

Бундай воқеаларни кўп эшитгандим. Уларни ёзаман, деб кўнглимга ҳам тугиб қўйгандим.

Биринчи ҳикоя шу. Шундай ҳикоялар қизиқ бўлса 👍 босиб ишора беринг, улашиб бораман.

Ҳеч ким ҳаётда адашмасин...
👍4
Forwarded from Ta'lim nazorati
Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga oʻqishga kirish tartibi oʻzgartirildi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 1-dekabrdagi 958-sonli ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida’’ qaroriga bir qancha o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, Akademiyaning bakalavriat dasturi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari qabul kvotasining 80 foizi bo‘yicha qabul qilinadi. (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul bundan mustasno)

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, Akademiyada ichki ishlar organlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi.

Masofaviy ta’lim muddati:

— oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun — 4 yil;

— oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun — to‘lov-kontrakt asosida 3 yil etib belgilandi.

Umumta’lim fanlari (matematika, fizika va kimyo)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatlar yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarning tegishli darajalariga ega bo‘lgan nomzodlarga esa matematika, fizika yoki kimyo fanidan o‘tkaziladigan sinovlarda quyidagicha ball beriladi:

A+ A darajali milliy sertifikatga yoki A-LEVEL imtihonining B, A, A* darajali xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga — matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilanadigan maksimal ball;

B+, B, C+ darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga — mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida matematika, fizika yoki kimyo fanidan belgilanadigan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proportsional) ball.


Muhim: Bunda 2024-yil 1-martga qadar umumta’lim fanlari bo‘yicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda amalda bo‘lgan imtiyoz tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, professional darajadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan nomzodlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi.

Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan bitta nomzod mazkur yo‘nalishning ikkinchi kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.

Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy topshiriqlar soni bittaga oshirildi. Endilikda ushbu fandan imtihon biletlarida:

— 1 ta nazariy savol;
— 2 ta amaliy topshiriq bo‘ladi.

Nomzodlarga topshiriqlarga tayyorlanishi uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu fan bo‘yicha bilim va amaliy koʻnikmalari komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan 60 ballik tizimda baholanadi.

Yana bir muhim o‘zgartirishga ko‘ra, 2-ilovaning 3-band va 4-bandning 6-xatboshisidagi ‘‘qabul yilida qirq bir yoshga toʻladigan’’ so‘zlari ‘‘qirq yoshdagi’’ so‘zlari bilan almashtirildi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
“Аждодинг шуҳратига суянма, ўзингга ўзинг шуҳрат топ”.

—Исмоил Сомоний

“Кимда-ким қариндошлари сабабли ўзига обрў, яқинлик ахтарса ва ўтган аждодлари билан кибрланса, ўша кишининг ўзи ўлик, аждодлари эса тирик саналади”.

—Абу Райҳон Беруний
👍3🔥31🏆1
⚡️Assalomu-alaykum!!!

Yangi 2026-yilingiz bilan!
Ushbu yil barchaga omadli, qut barakali, zafarli yutuqlarga boy yil bo’lsin!

👉@rustamnishonov👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
⚡️Yangi 2026-yilni kichik xushxabar bilan boshlaymiz!

Bir necha yildan beri o’tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi nodavlat ta’lim muassasalari” “online” so’rovnoma reytingida “Topex school” xususiy maktabimiz 1-o’rinni qo’lga kiritdi!
Bizga ovoz bergan, bizga ishongan barcha-barchaga katta rahmat! Nasib bo’lsa, biz ishonchingizni oqlaymiz!

Rustam Nishonov
“Topex” brendi asoschisi

👉@rustamnishonov👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🏆7🔥2
Marketingda kreativlikni o’rni juda beqiyos ekanligiga bundan ortiq isbot topish qiyin bo’lsa kerak!
Fransuz kuyovto’ra Dagober Renuf to’y kostyumiga 26 ta “startup”lar reklamasini joylashtirib, to’y xarajatlarini qoplab yubordi!
Bu postni uylanish uchun pul topishga bosh qotirayotgan yoki kredit olishni o’ylab yurgan tanishlarga yuborib quyamiz!

👉@rustamnishonov👈
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shunday qattiqqo’l ustozga tushib qolsangiz nima qilardingiz?😀
Ustozlarni asabiga tegmasdan, qadriga yetishni o’rganishimiz kerak!
Kimga jo’natib quyishni o’zingiz bilasiz-a?

👉@rustamnishonov👈
🔥1