Rustam MIRVOHID ijodi
686 subscribers
515 photos
231 videos
2 files
197 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Barchamizni maʼnaviy mamotlardan asrasin,
Oq sahfani “xol qo‘yar” davotlardan asrasin.
Ildiz qalin bo‘lsa-da, yaproqqa kafolat yo‘q -
Buyuk ajdodni nobob avlodlardan asrasin.

07.08.2021-y.

@Rustam_MIRVOKHID
Вот sheʼr. Agar sheʼrni 1920-yilda shoir Tavallo yozganini bilmaganimda, blogerlarga atalgan, zamonaviy sheʼr degan boʻlardim. Вот так.👇


“Mushtum” chirogʻim, soʻyla-chi: как ты поживаеш?
Har kimni soʻkib, сам себе dushman наживаешь.
Tekkanga tegib, tegmasa шутишь, почему так?
Xullas, jim oʻtir, muncha всегда задиваешь.
Если попадет senga birov mulla qilursan,
Har qanday asov boʻlsa-da, uzda надеваешь.
Bir kun chiqasan чёрный kiyib, ertaga boshqa,
Откуда chopon haftada надиваешь?
Hech bir сожалеть etma, yozib tur nima koʻrsang.
Иначе bugun vaqti gʻanimatni теряешь.
Mayli, хорошо, разный qiliqlarni yozib tur,
Bizlar bilamiz, везде бываешь.
Вот endi bugun man yozaman, san смотри,
Sen dema meni “magʻzava” tezda забивеашь.


✍️Tavallo
“Mushtum” jurnali 1928-yil 3-son.

Nigora Umarovaning feysbook sahifasidan olindi.

@Rustam_MIRVOKHID
Bu – oshiq so‘zim

Keragidan ortiq menga keraksan,
Zarurdan ham zarur hozir visoling.
Yiqilsam, yelka tut, axir, tirgaksan,
Tashnaman, sipqoray,
bergil ziloling!

Netay, senga bog‘liq budu nobudim,
Qoshing imosida tirikligim hal.
Darig‘ tutma mehring, titrar vujudim,
Ostonangni tavof qilganim mahal.

Uf tortma, oz qoldi, so‘ng seni zinhor
Bezovta qilmayman, bu – oshiq so‘zim.
O‘shanda... seni ham tanimam, dildor,
Seni Yaratganga tushganda ko‘zim.
Lek, bu qachon bo‘lar? Bilmayman o‘zim,
Ungacha o‘zimga tilayman to‘zim...


2011 yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
​​Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!

Charxi dunyo aylanar oʻsha-oʻsha,
Manzil tomon shaylanar oʻsha-oʻsha,
Dilga mos dil saylanar oʻsha-oʻsha,
Ahvolim oʻnglanmas, deb nolima, bas,
Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!

Yangilanar har kun bu eski oʻlan,
Bir chalpak yogʻilmas koʻkdan, ming tilan!
“Almiysoq”da ahdlashganmiz Haq bilan,
Siyoh qurib boʻlgan, qalam oʻzgarmas,
Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!

Hayot goʻzal, kezay desang, kezgulik,
Baxtlar talay, sezay desang, sezgulik,
Borar yering yovuzlikmi, ezgulik,
Yoʻllar koʻpdir, ammo, qadam oʻzgarmas,
Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!

Goho rosting, goh hazil-huzuling bor,
Dunyo shunday, goh dard, goh huzuring bor,
Bir oʻzingni ming nuqson, qusuring bor,
Kasallik turfa xil, malham oʻzgarmas,
Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!

Koʻzingni och, mayli, hechdan koʻra kech,
Oʻz dilingning tugunlarin oʻzing yech!
Oʻzgartirmoq istama olamni hech,
Deysan kuyib: “Nega nolam oʻzgarmas?!”
Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!

Mehrli boʻl, boʻlsin ishqdan diling choʻgʻ,
Mehr tekin, muhabbatning narxi yoʻq,
Botirmisan, kim boʻlsang ham farqi yoʻq,
U-bu dema, u ham, bu ham oʻzgarmas,
Oʻzing oʻzgarmasang, olam oʻzgarmas!


©Botirjon Ergashev

@Rustam_MIRVOKHID
​​Ey, meni o‘zingga "tashbeh" aylama!

Shoir g‘am simirar qurushsa labi,
Maddoh so‘z paxtasin titadi beor.
Igna qulog‘iga kirgan ip kabi
So‘zboz, qulog‘ingga kirsa gapim bor:

"Ey, meni o‘zingga "tashbeh" aylama,
Senga o‘xshamayman, buni o‘y toshga.
Hey, meni o‘zingga "tajnis" saylama,
Hayhot, jinsdosh esam, mazmunim boshqa!

"Ishtiqoq"miz dema, aslo mumkinmas,
O‘zaklar orasi minglab chaqirim.
"Tanosub"miz dema, mutanosibmas -
Sening ko‘zqiring-la, mening ko‘zqirim.

"Tajohuli orif" kabi o‘zingni
Bilib bilmaslikka solasan, tokay?
Mudom "kinoya"dan boshlab so‘zingni,
"Mubolag‘a"larda qolasan, tokay?

"Tansiq as-sifat"dek harir sifatlar
Tansiqlashib ketgan ushbu dunyoda
Gʻaribgina ko‘nglim izlar shohbaytlar,
Topsa... qolarmikin mangu dunyoda?!

Bu savol shubhaga solar "iyhom"dek,
Bu savol tashlaydi o‘tu suv aro
Meni... lek nima bor laziz ilhomdek,
Tangrining nafasi kelganday go‘yo...

O‘sha on samoni ostona bilib,
Ilohiy huzurga hatlaydi yurak.
Buyuklar o‘ltirar unda bahs qilib,
O‘sha bahsdan senga "iqtibos" andak:

"Ey, meni o‘zinga qofiya ko‘rma,
Na-da bayot ichra, na hayot ichra.
Hey, meni satringa ham qo‘ya ko‘rma,
Biz sen-la birgamiz bir "tazod" ichra"!


2013 yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
​​...«Qoshingizga yana keldim,
Quloq soling, Boy ota,
Sidqi dildan xizmat qilay,
Ishga oling, Boy ota.

Fazilatim ko‘pdir, yana
Aybimni ham aytganman.
Lekin endi yangi zamon,
Men yolg‘ondan qaytganman.

Chunki endi yolg‘onni hech
Aybgina deb bo‘lmaydi.
Aldaganni balo urmas,
Aldangan ham o‘lmaydi.

Shart emas Shum bola bo‘lish,
Yolg‘on bukun osondir.
Gazet to‘la, kitob to‘la,
Majlis to‘la yolg‘ondir.

Bitta yig‘in — Kotibiyat,
Bitta yig‘in — Rayosat.
Yolg‘on endi davlat ishi,
Yolg‘on endi Siyosat.

Innaykeyin demay turing,
Quloq soling, Boy ota.
Sidqi dildan xizmat etay,
Ishga oling, Boy ota.

O‘n kishilik mehnat qilib,
Parcha nonga to‘yaman,
Bir aybim bor, faqat ba’zan...
Rost gapirib qo‘yaman».

Boy otaning jahli chiqdi,
Dedi, ko‘nglim zormidi?
Yolg‘oningga chidab edim,
Rost gaping ham bormidi?

Yo‘qol, seni ishga olsam
Xonavayron bo‘laman.
Yolg‘oningdan omon qoldim,
Rost gapingdan o‘laman!

Gʻazab bilan hassasini
Qo‘lga oldi Boy ota.
Yangi zamon Shum bolasin
Quvib soldi Boy ota.


©Erkin Vohidov, 1991 yil

Manba:
@Erkin_Vohidov

@Rustam_MIRVOKHID
Bugun biz uchun qo'shaloq bayram. Turkiyadagi "Hece" degan nufuzli jurnalda ustoz va tengqur ijodkorlar qatorida kaminaning ham she'rlari tarjima qilinib chop etilibdi. Shu o'rinda, tashabbuskor va tarjimon Ma'rufjon Yo'ldoshevga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
P.S: Xudo xohlasa, jurnal qo'lga tekkanda alohida taassurotlashamiz.


@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol va ayolga haqiqiy muhabbat haqida

🎤Saidabdulaziz Yusupov

@Rustam_MIRVOKHID
Abdulla Qodiriyga salom berolmagan kelini

...Dadam ijod qilib o‘tirganida chanqasa, choy keltir, demasdi, choynak qopqog‘ini bir ko‘tarib qo‘yardi, xolos.

Chunki oshqozoni mahbuslikda ishdan chiqqan, kamiga pnevmoniya orttirib kelgandi.

Bilganimda angladimki, yangi yilni nega nishonlashmaganini, dadam nega u kunni faqat shifoxonada navbatchilikda o‘tkazganini. Sababki, Abdulla Qodiriy bobomizni 1937-yil aynan yangi yil kechasi 11:30 da, hamma bayramni kutayotgan vaqtda olib ketishgan ekan!..

Batafsil

@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dafʼatan daf oʻldi hajring bir visol dafʼasidan
Ki, koʻzingdan may simirdim, soʻng labing qahvasidan.

Maymi yo qahva sening-chun qay biri totli, dema,
Har biri joy olgan ersa dilni zarlavhasidan.

Goho may ham qahva yangligʻ taskin oʻlmas rashk aro,
Naylayinki, oshigʻing koʻp elni har jabhasidan.

Yot nedir, bor koʻzlarimda bir-biridan ishtiboh,
Vosil et, har ikkisini qil xalos shubhasidan.

Soqiyo, jon jomi-yu koʻnglimni finjoniga quy
Ishqdan may, sidqdan qahva, bu - Haq tuhfasidan.

Rustaming al-on na mastu va na hushyor, ne ajab
Ki, koʻzingdan may simirmish, soʻng labing qahvasidan.


9.10. 2020-yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
Bugun yozuvchi Abdulla Qahhor tug‘ilgan kun. Quyida Abdulla Qahhorning hayot yo'li davomida keltirib o'tgan iqtiboslari haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Sukut — tanqidning bir turi.

Xalqning qalbiga uzoqdan qo‘l solib bo‘lmaydi, qo‘l solish uchun uning oldiga borish kerak.

Gapni tonnalab olingu grammlab soting.

Batafsil

@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qahhor haqda film yaratildi

"Haqiqat mendan ustun" hujjatli filmi premyerasi adib tavalludi kuni, ya’ni bugun 17 sentyabrda Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tdi.

Manba: Oyina.uz

@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Bugun 19 sentyabr, soat 18:00 da davlat buyurtmasi asosida O‘ZBEKKINO Milliy kinoagentligining "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan tasvirga olingan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodi haqidagi "Tirik sayyora" filmining taqdimoti bo‘ladi.

Barcha o‘zbek adabiyoti ixlosmandlari hamda shoirimiz muxlislarini ushbu taqdimotga taklif etamiz.

Ssenariy muallifi: Xurshid Do‘stmuhammad
🎬 Film rejissyori: Abduxalil Mingnorov
🎥 Film operatori: Azizbek Arziqulov


❇️ Manzil: O‘zbek adiblari xiyoboni.

❇️ Mo‘ljal: Metroning "Milliy bog'" bekati.


@Rustam_MIRVOKHID
​​25 сентябрь — Рустам Мирвоҳид туғилган кун

Бир шеър ёзсам...

Бир шеър ёзсам – овозаси ҳеч шоирда бўлмаса,
Бир шеър ёзсам – андозаси ҳеч шоирда бўлмаса,
Бир шеър ёзсам Тож Маҳалдай, унинг гумбази тугул,
Остонаси, дарбозаси – ҳеч шоирда бўлмаса.

Тақдир менга тортиқ этса ё айласа ҳавола,
Вазминлиги тоғ мисоли, шўҳлиги-чи, шалола,
Тимсоллари, ташбеҳлари якто бўлса қуёшдек,
Фаришталар талашганча қилса уни мутолаа.

Ўша шеър деб, нафақат мен, олам яралган бўлса,
Оламдаги энг биринчи Одам яралган бўлса.
Кавокиблар булут узра ётиб тикилса унга,
Кимсан Оллоҳ ўзи йўнган қалам яралган бўлса.

Ўша шеър деб, аввал-охир гуноҳлар кечирилса,
Тинчлик учун қонлар тўккан подшоҳлар кечирилса,
Тескарисин ўқиганда “қора” сўзи чиқса ҳам -
Ёшлик қилиб нўш этилган ароқлар кечирилса.

Ахир, у деб, тоқ ўтдилар – иккиланмай – уйланмай,
Кимлар бошин дорга тикди иккиланмай – ўйланмай,
Ахир, у деб, чирт юмдилар кўзларини не-нелар,
Ҳатто Маъжуж деворидан кутиб турар бўйламай...

Фақат ҳозир у қаерда, дунёнинг қай кунжида,
Қайси сирли ғор оғзида ё оғзининг лунжида?
Бу дунёга келганимга рози бўлардим, бир бор –
Ҳувиллаган кўксим узра қилса қадам ранжида...

Ўша шеър деб аввал-охир гуноҳлар кечирилса...
2017 йил

Шому шамъ

Зулфу ҳуснинг ёдга тушса
ёдланармиш шому шамъ,
Ишқ аро бу рутбасидан
шодланармиш шому шамъ.

Гоҳи ҳажрингда риё чун
қўзғатиб рашшоклигим,
Тунланармиш... пирпирармиш...
додланармиш шому шамъ.

Мен-ку Қайс авлодиман деб
ифтихор этсам, қара,
Лайлининг зурёди биз деб
зодланармиш шому шамъ.

Беқарормиш тил учида
васли бомдодинг учун -
Ёрланармиш ёт-ла, ёр-ла
ётланармиш шому шамъ.

Ҳар на қилсун, лек садоқат
отлиғ ул шатранж уза
Дона сурса Рустаминг-ла
мотланармиш шому шамъ.
2019 йил

Иккинчи одам

Машҳурлик берилмас ҳар кимга бирдек,
Эплаган – шуҳратнинг шаробин хўплар.
Машҳурлар аксари биринчидир, лек
Иккинчи одамни билмайди кўплар.

Эл кўзидан пинҳон юрар панада,
Меҳнатларин қилмас зарра овоза.
Тушунарли бўлсин сизга янада:
Косанинг тагида улар нимкоса.

Буюклик чўққисин кўзласа ҳар ким,
Тутган елкалари зинапоядир.
Худо билар, улар авлиё, балким,
Жами даҳоларга ёлғиз доядир.

Улар ҳар соҳада мавжуддир азал,
Турмуш ҳар жабҳаси уларга маъво.
Уларнинг тури кўп, ўзгарар ҳар гал:
Бирда она бўлар, бирда-чи ошно.

Баъзида устоздек кўринар кўзга,
Баъзан рафиқадек боқар мулойим.
Биринчи бўлмоқни эп кўрмас ўзга,
Иккинчи бўлмоқдан хурсанддир доим.

Иккинчи зотларга мисол кўп, билсанг,
У гоҳ фарангидир, гоҳо аробий.
Муаллим ул-аввал Арасту бўлса,
Муаллим ус-соний, не тонг, Фаробий.

Тарихда осийлар ҳақ йўлга қайтган,
Бунга гувоҳ сариқ саҳифалардир.
Илк бор ислом сўзин гар Набий айтган,
Уни тарғиб қилган ҳалифалардир.

Саид Баракадек пиру муршид ҳам,
Темур учун руҳий таянч бўлган-ку.
Навоий-чи? Вазир – иккинчи одам,
Бойқарога қирқ йил суянч бўлган-ку.

Ҳаёт шу – кимдир бош, ким эса бўйин,
Ундан фармон эрур, бундан-чи ижро.
Гоҳо бош бўйинга ён босган сайин,
Бўйин бош бўлмакка қилар иддао.

Худо, ўзинг асра бундай ҳолатдан,
Ҳар ким ўз ўрнида тургани маъқул.
Отлиқлар урушда тушмасин отдан,
Пиёда пиёда юргани маъқул.

Шунда тўкис бўлар янада турмуш,
Аҳиллик – найзани куракдан юлар.
Саҳнада санъаткор олганда олқиш,
Саҳна ортидаги юракдан кулар.

Юракдан кулмоқлик ҳар ким учунмас,
Эплаганга омад ёр бўлсин, дейман.
Биринчи одамлар бахтига, хуллас,
Иккинчи одамлар бор бўлсин, дейман.
2014 йил

Рустам Мирвоҳид, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоир
Noyob kadr

Mening tayanch nuqtam ham asosim ishq,
Nafsimdan olganim zo‘r qasosim ishq.
Chap ko‘ksimni ochib, o‘qi xujjatim –
Men noyob kadrman – ixtisosim ishq.

2015 yil

@Rustam_MIRVOKHID
Ustoz degani ulkan qalb degani, birodar,
Mustahkam asab, nozik ta'b degani, birodar.
Har sohani tomiru hayotni yurak, desak,
Undan bunga qon haydar zarb degani, birodar.

Ustoz degani senga murg'ak chog'ingdan hamdam,
Aqling piligiga o't ulashguvchi bir shamday,
Sochlaringni taft ila silaguvchi kaft hamda
Peshonangdan jim o'par lab degani, birodar.

Ustoz degani, xullas, hurmati g'oyat kabir,
Ma'rifat uchun qalqon, jaholat uchun jabr,
Bu Zotlarning Allohga yaqinligi bor, axir,
"Murabbiy"ning o'zagi "Rab" degani, birodar.


1. 10. 2021 y.

Assalomu alaykum, muhtaram Ustoz va Murabbiylar, kasb bayramingiz muborak bo'lsin!


©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
Subhidam oh urdim – gulim sarg‘aydi,
Yaprog‘in ushladim – qo‘lim sarg‘aydi.
Qo‘limdan zum o‘tmay badanga o‘tdi,
Oyoq tekkizdimu yo‘lim sarg‘aydi.

U yo‘lda ketyapman... chor-atrof so‘lib,
Men kabi kiryapti xazon tusiga.
Bu ne balo bo‘ldi, men sabab bo‘lib
Olam yuzlandi-mi yana kuziga?!

Qaydanam oh urdim...

2010 yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#video

Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg‘irlar chertmasin derazangizni...


📝Usmon Azim she’ri

🎙Shunqor Choriyev o‘qidi


@Rustam_MIRVOKHID