Ruboiyot
231 subscribers
58 photos
21 links
🧠 Shaxsning tafakkuri va soʻzning qudrati shu qadar kuchliki, shu toʻrtta misrada olam haqiqatini anglash mumkin.

— postlardagi fotosuratlar unsplash.com saytidan olindi.
Download Telegram
Haq yoʻlida ikki Kaʼba boʻlmish hosil,
Bir - Kaʼbayi suvrat esa, bir - Kaʼbayi dil.
Sen sayla va dillarni ziyorat ayla,
Ming Kaʼbadin ortiqroq emishdir bir dil.

Abdulla Ansoriy


@ruboiyot
Chun neki yoʻq... yoʻqdir u - bodi havas,
Chun har neki bor, bori - nuqsonu shikast.
Bilgilki, u yoʻq deganlari - bor, hayot,
Bilgilki, u bor demishlari - yoʻq, anas...

Shayx Najmiddin Kubro


@ruboiyot
Har ko‘zki, agar olmasa ibrat, ko‘rdir,
Har luqma agar bermasa lazzat, sho‘rdir.
Har to‘n, agar o‘zgarmasa, to‘nmas, u kafan,
Har xonaki, birdek turaversa, go‘rdir...

Mirzo Abdulqodir Bedil

@ruboiyot
Shu lahza senga fidoyi jon lozim emish.
Ruhingga nisor ruhi ravon lozim emish.
Kim qolgay ekan jahon aro bilmasmen.
Ey doʻst, chunonsanu chunon lozim emish...

Hakim Sanoiy


@ruboiyot
Ay dil, koʻzingni och, jahon oʻtgusidir,
Umring bu jahonda roygon oʻtgusidir,
Tan manzilida mahbusu gʻofil qolma,
Manzil osha manzil karvon oʻtgusidir.

Jaloliddin Rumiy


@ruboiyot
Ey sarvi chaman, jilvagari bo‘ston bo‘l,
Ey bodi sabo, chamanda kez, sayron bo‘l.
Ey gul, sabr aylaki, nargis mastdir,
Gul pardasi ichra bir nafas pinhon bo‘l.

Amir Xusrav Dehlaviy

@ruboiyot
Jono, bitigingki, bo‘ldi marqum manga,
Mehnat bila g‘amni qildi ma’dum manga.
Ko‘rgach ani garchi shod behad bo‘ldum,
Mazmuni, vale, bo‘lmadi ma’lum manga.

Zahiriddin Muhammad Bobur

@ruboiyot
Taqdir lavhasida hukmim bo‘lg‘onda,
Maylimcha yozardim uni shu onda.
Qayg‘uni dunyodan yo‘qotib butkul,
Shodlikdan bo‘lardi boshim osmonda.

Umar Xayyom

@ruboiyot
Soqiy, qadahi jur'ati joning qayda?
Ul oinai nuri jahoning qayda?
Sun mengaki, ko‘nglimni musaffo etayin,
Taqvoni shikast aylagoning qayda?

Abu Ali ibn Sino

@ruboiyot
Maqsudi diling, murodi joning ishqdir,
Sarmoyayi umri zindagoning ishqdir.
Yod aylaki, ishqdin baqo topdi Xizr,
Ya'niki, hayoti jovidoning ishqdir.

Abdulla Ansoriy

@ruboiyot
Qo‘lingda samar hadis va afsona emish,
Ko‘yingda kezib el bari devona emish,
Savdoying ila men kabi ming dilso‘xta
Ka'ba sarimas, ozimi butxona emish...

Shayx Najmiddin Kubro

@ruboiyot
Faryodki, menga jafoyi g‘aflat o‘tdi,
Jomimga qiyomati xijolat o‘tdi.
Dedim necha ko‘z ochib shu dunyoni ko‘ray,
Dunyoni to ko‘rganimcha muddat o‘tdi...

Mirzo Abdulqodir Bedil

@ruboiyot
Yod etmasa yorni mard dilin shod etmas,
Yor, der yuragi o‘zgaga faryod etmas.
Ishq yo‘lida oshiq degani andoqdir,
Do‘zax neyu jannat nimadir, yod etmas...

Hakim Sanoiy

@ruboiyot
Soqiy menga tutsa ul mayi gulgunni,
Gulgun etayin firoqidin Jayhunni.
yer ustiga ko‘z yoshim ila boda berib,
Ham mast etayin yer ostinda Qorunni.

Adib Sobir Termiziy

@ruboiyot
Jonim berayin, ol uni, jondin kechma.
Dildan kechayin, ol u jahondin kechma.
Sen o‘qsanu men esam kamonmen hanuz,
Ey o‘q, sabr ayla, kamondin kechma...

Jaloliddin Rumiy

@ruboiyot
Jonona, shu lablaring menga taskindir,
Bir bo‘sa tilarmen, oshig‘ing — miskindir.
Dedingki, bu gapni qo‘y, labimda tuz ko‘p,
Hay, sho‘r demagil, sho‘r deganing - shirindir...

Amir Xusrav Dehlaviy

@ruboiyot
Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go‘shai mehrob manga,
Ne fisq qilurg‘a bordur asbob manga,
Ne zohid o‘lurg‘a toqatu tob manga.

Zahiriddin Muhammad Bobur

@ruboiyot
Ey charx, nokaslarni qilding farovon -
Hammomu uy berding, yer, suv, tegirmon,
To`g`ri kishi garov bir burda nonga,
Jirtakka arzimas bundayin davron.

Umar Xayyom

@ruboiyot
Ey ongsiz, bilmaysan, bu olam hechdir,
Negizing shamoldir, bir tutam, hechdir.
Ikki yo‘qlik aro qolmish borliging,
Atrofing yo‘qligu o‘rta ham hechdir.

Umar Xayyom — @ruboiyot
Afsus, yorug‘ umrim - qaro tun bo‘ldi,
Ajal dastidan ko‘p jigar xun bo‘ldi.
U dunyodan kelib, aytmadi hech kim:
Ketganlar boshida qanday kun bo‘ldi.

Umar Xayyom — @ruboiyot