Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
131 subscribers
5.3K photos
2.1K videos
7 files
584 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
Isroil Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda urush boshlanganidan beri 800 ta transport samolyoti va 140 ta kema orqali AQShning 90 ming tonnadan ortiq harbiy yordami Isroilga yetib kelgan.

Ta'minotlar orasida zirhli mashinalar, o'q-dorilar, himoya vositalari va tibbiy buyumlar mavjud.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Fransiyada evtanaziya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

Fransiya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan evtanaziya va palliativ yordam bo‘yicha qonun loyihalarini ma’qulladi.

305 nafar deputat shifokorlar yordamida hayotdan ixtiyoriy ravishda voz kechishni qo‘llab-quvvatladi, 199 nafar deputat esa qarshi chiqdi.

Qonun loyihasi endi parlamentning yuqori palatasi — Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Tramp Netanyaxuni AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralarga xavf tug‘diradigan har qanday harakatlardan ogohlantirdi- Axios.

👉@jahon_geosiyosati👈
Tramp Rossiya va Xitoy bilan taʼsir doiralari boʻyicha keng koʻlamli kelishuv tayyorlayotgan boʻlishi mumkin , — New York Times.

Nashrning yozishicha, AQSh prezidenti Moskva, Pekin va Vashington “19-asrning imperiya siyosati ruhida” kuch markazlari boʻladigan dunyoni barpo etish niyatida.

👉@jahon_geosiyosati👈
💥 Zelenskiy: "2026 yil iyun - barchamiz endi urush bo'lmaydi deb umid qilamiz. Juda"

Ukraina prezidenti o'sha vaqtga kelib Rossiya iqtisodiyoti kuchli sanksiyalar ostida qolishini, ammo buning uchun Putinga bosim o'tkazish uchun kuchli qadamlar talab qilinishini aytdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
🗣 Putinning urushni to‘xtatish shartlarini Reuters e’lon qildi.

Nashr yuqori martabali Rossiya rasmiysiga tayanib yozishicha, Kreml pozitsiyasidan xabardor manbaga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘arbdan quyidagi yozma talablarni qo‘ymoqda:

🔻 Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq SSSR respublikalarining NATOga a’zoligi istisno qilinishi kerak.
🔻 Ukraina neytral maqomda bo‘lishi lozim.
🔻 Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishi talab qilinmoqda.
🔻 Ukrainaning rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolari “himoya ostiga olinishi” so‘ralmoqda.
🔻 Shuningdek, Rossiya muzlatilgan zaxiralarni Ukrainani tiklashga o‘tkazishga rozilik berishi mumkinligi aytilgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️YeI Suriyaga qarshi barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi.

Qora roʻyxatdan 24 ta kompaniya, jumladan, Suriya Markaziy banki hamda neft va paxtani qayta ishlash sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar ham oʻchirildi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Ryanair 1 avgustgacha Isroilga barcha reyslarni bekor qildi, yuz minglab chiptalar bekor qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram va Ilon Maskning xAI kompaniyasi "Grokni bir milliard Telegram foydalanuvchisiga tarqatish va uni ilovalarga integratsiya qilish" uchun bir yillik hamkorlikka kelishib oldi — Durov

Durovning soʻzlariga koʻra, Telegram xAIdan 300 million dollar naqd pul va aktsiyalarni, shuningdek Telegram orqali sotilgan xAI obunasidan tushgan daromadning 50 foizini oladi.

Grok - bu xAI tomonidan ishlab chiqilgan sun'iy intellektga asoslangan chatbot.

👉@jahon_geosiyosati👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Noqonuniy muhojirlarni qidirish uchun dronlardan foydalanila boshlandi.

Krasnodarda Rossiya Milliy gvardiyasi dron yordamida qurilish maydonchasida 14 nafar noqonuniy muhojirni aniqladi. Endi ular jarimaga tortiladi va Rossiyadan chiqarib yuboriladi

👉@jahon_geosiyosati👈
Agar Germaniya Ukrainaga Toros berib, Moskvaga zarba berishga ruxsat bersa, Rossiya Berlinga zarba berish bilan tahdid qildi.

RT bosh muharriri Simonyanning yozishicha, bunday muhokamalar hozir “Moskva ofislarida” bo‘lib o‘tmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Buyuk Britaniya Arktikada qo‘shinlarini joylashtirishi mumkin— The Daily Telegraph.

Gazetaning xabar berishicha, kontingent Norvegiyada joylashgan bo'lishi kutilmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇮🇱 Endi rasmiy: Isroil G‘azoda HAMAS yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi.

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu parlamentdagi nutqida bayon qildi.

📌 Yangi rahbar Sinvar 2024 yil kuzida, 2023 yil 7-oktabrdagi hujumni uyushtirgan deb hisoblangan akasi — Yahyo Sinvarning o‘limidan so‘ng HAMAS boshqaruviga kelgan edi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Trampdan “Putin urushni toʻxtatmoqchimi?” degan savolga:

"Buni sizga ayta olmayman, lekin taxminan ikki hafta ichida sizga xabar beraman. U [Putin] bizni biror narsa qilishga undayaptimi yoki yoʻqligini tez orada bilib olamiz va agar shunday boʻlsa, biz biroz boshqacha munosabatda boʻlamiz."

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ So'nggi xabar: Toshkentda "Afrosiyob" yo'lovchi poyezdi yonmoqda - ichida odamlar bor!

Ayni damda Shimoliy vokzal yaqinida “Afrosiyob” poyezdi yonib ketdi.

Guvohlarning aytishicha, ichkarida yo‘lovchilar bor, poyezddan quyuq tutun chiqmoqda, qichqiriqlar eshitilmoqda. Tafsilotlarga aniqlik kiritilmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
Sankt-Peterburgdagi migrantlarga kurer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanishi mumkin .

Asosiy:

👁 2025 yilda xorijliklarning taksi va yetkazib berish xizmatlarida ishlashini taqiqlash rejalashtirilmoqda.

👁 Kurerlarga qoidalar beriladi: taqiqlangan zonalar, majburiy forma va raqamlari bo'lgan sumkalar, tezlik chegarasi 15 km/soat.

👁 Ish beruvchilar shaxsiy ma'lumotlarga ega bo'lgan kurerlarning registrlarini yuritishlari shart

👉@jahon_geosiyosati👈
Ilon Mask Tramp ma'muriyatini tark etadi
👉@jahon_geosiyosati👈
Mask Durov bilan Grok chatbotini Telegram’ga qo‘shish bo‘yicha kelishuvni rad etdi

"To'g'ri. Prinsipial kelishuvga erishildi, ammo rasmiyatchilik hali hal etilmagan".
— Durov Maskga javoban

👉@jahon_geosiyosati👈